tayyorlashning texnologik jarayonlarini ishlab chiqish;
moddiy-texnik resurslar turlariga ehtiyojni me’yorlashtirish;
yangi ishlab chiqarish uchastkalarini loyihalashtirish;
moddiy-texnik resurslarning yangi yetkazib beruvchilari bilan shartnomalar tuzish;
ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish normativlarini hisoblash;
Mahsulotlarni ishga tushirish va ishlab chiqarishning operativ-kalendar rejalarini ishlab chiqish;
ICHTTTni operativ boshqarish va hokazo. ICHTTT bo’yicha ishlarni ko’p mehnattalabligi va uni o’tkazish xarajatlari ITTKI xarajatlaridan ancha oshib ketadi. Masalan, AQSHda ICHTTT xarajatlari ITTKI xarajatlaridan 11 marta ko’proqdir. S. Orjanikidze nomli DAUda o’tkazilgan tadqiqotlarga ko’ra, bu nisbat kichik seriyali ishlab chiqarishda 4,6 dan yirik seriyali ishlab chiqarishda 8,0 gacha yetadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning seriyaliligi o’sgani sari maqsadli fan-texnika dasturlarini ishlab chiqishga ehtiyoj ortadi, ular bu mahsulotlarni yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarish sharoitlarida keng ko’lamli o’zlashtirishni ko’zda tutadi va aksincha, yangi mahsulotni yakka va kichik seriyali ishlab chiqarish sharoitlarida bunday dasturlarga ehtiyoj yo’q. Ishlab chiqarishning bunday turlari uchun texnologik jarayonlarni CHPUga ega uskunalar, ishlov beruvchi markazlar va egiluvchan ishlab chiqarish tizimlari (EICHT) negizida mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish muammolari juda dolzarbdir.
Raqobatbardosh mahsulotni yirik seriyali va ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etish uchun ishlarning keng majmuasini rejalashtirishning dasturiy-maqsadli usullarini qo’llash zarur; bu usulnining salmog’i ishlab chiqarish hajmining 20 %ga yaqinini tashkil etadi. Qolgan 80 % i ishlab chiqarishning kichik seriyali turlariga ega korxonalar mahsulotlariga to’g’ri keladi. Ular uchun texnologik jarayonlarni kompleks mexg’anizatsiyalash va avtomatlashtirish ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlashning maxsus ishlab chiqarilayotgan dasturlari bo’yicha amalga oshirilishi mumkin.
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash bu korxonaning DS (davlat standarti) va sifatning texnik shartlari tomonidan belgilangan mahsulotni rejali tartibda ishlab chiqarishga texnologik tayyorligini ta’minlovchi o’zaro bog’liq fan-texnika jarayonlari yig’indisidir. Sanoat mahsuloti sertifikatlanishi sababli mahsulot sifatiga talablar sezilarlicha oshiriladi.
Ishlab chiqarishni yagona texnologik tayyorlash tizimi (ICHYaTTT) - ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashni tashkil etish va boshqarishning davlat standartlarida
belgilangan tizimi, u fan va texnika yutuqlari asosida uzluksiz takomillashadi va turli boshqaruv darajalaridagi ICHTTning rivojlanishi orqali boshqariladi.