O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


MАVZU. KORXONALARDA YАNGILIKLARNI ISHLAB CHIQARISHNING TASHKILIY-TEXNOLOGIK TAYYОRLASH ASOSLARI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə30/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

MАVZU. KORXONALARDA YАNGILIKLARNI ISHLAB CHIQARISHNING TASHKILIY-TEXNOLOGIK TAYYОRLASH ASOSLARI




    1. Texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari va ularning tasnifi. 10.2.Ishlab chiqarish tashkiliy-texnik darajasining vazifalari, xususiyatlari va


bosqichlari.


    1. Ishlab chiqarish tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish va bashoratlash.


    2. Ishlab chiqarish tashkiliy-texnik darajasining iqtisodiy masalalari.



Tayanch iboralar: Texnologiya, ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash, texnologiyalar tasnifi, ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash, texnologiklik, texnologik hujjatlarning yagona tizimi, ishlab chiqarish darajasi, ilm iste’moli, sarmoya iste’moli, energiya iste’moli, energiya ta’minoti, chiqindisiz texnologiyalar.
          1. Texnologiyalarning rivojlanish tendentsiyalari va ularning tasnifi

Xalqaro statistika amaliyotiga muvofiq yangi texnologiyalarni ishlab chiqish va ularni eksperimental tekshirish ITTKIning tarkibiga kiradi. Ammo texnologik tayyorlashg tarkibiga resurslarning turlariga ehtiyojni me’yorlashtirish bo’yicha tashkiliy ish, ishlab chiqarish va mehnat, kapital qurilishni tashkil etish usullarini ishlab chiqish (innovatsion faoliyat) ham kiradi, ITTKIga nisbatan 3-10 marta ko’proq xarajatlarni talab etadi.
Fan-texnika taraqqiyotining hozirgi bosqichi mehnat ashyolarini ko’proq mexanik ishlab chiqishdan materiya harakatlanishining turli-tuman murakkab shakllari, ayniqsa jismoniy, kimyoviy, biologikjarayonlardan majmuaviy foydalanishga o’tish bilan bog’liq texnologik inqilob yordamida ta’riflanadi.
Texnologiya nafaqat operatsiyalarni bajarish tartibi, balki mehnat ashyolarini tanlash, ularga ta’sir ko’rsatish, ishlab chiqarishni uskunalar, asboblar, qurollar, nazorat vositalari bilan jihozlash, ishlab chiqarishning shaxsiy va buyumli elementlarini vaqtda va masofada biriktirish, mehnatning mazmuni, asosiy ishlab chiqarish vositalariga nisbatan ham belgilanadi.
SHuning uchun tubdan yangi texnologiyalarni o’zlashtirish bir vaqtda yangi vositalar va mehnat ashyolaridan samarali foydalanish shart-sharoitidir. Nima uchun?
Birinchidan, gap operatsiyalarning borgan sari ko’proq maydalanishi va demak, ularning hamisha bir xilligi, yoqimsizligi ko’payishi yo’nalishi bo’yicha rivojlanishi mumkin bo’lgan diskretli (uzuq-uzuq) ko’p operatsiyali jarayondan kam operatsiyali ishlab chiqarish jarayoniga o’tish haqida ketmoqda.
Ikkinchidan, mehnat ashyolarini mexanik ishlab chiqish uzluksiz jarayonlar: tebranishli ishlov berish, kukunli mertallurgiya, aniq plastik deformatsiyalash, eritiluvchi modellar, markazdan uzoqlashish, bosim ostida, shtampovka bo’yicha aniq qurolga o’z o’rnini bo’shatib bermoqda.
Uchinchidan, yarim tayyor mahsulotlarni to’liq qayta ishlashga ega yopiq texnologiyalar (chiqindisiz texnologiya)ga yondashuv boshlanmoqda.
To’rtinchidan, texnolgiyada borgan sari ko’proq ekstremal sharoitlar: o’ta past va o’ta yuqori harorat va bosim, chuqur vakuum, beixtiyor portlatish usullari, yadroli nurlantirish va boshqalardan foydalanilmoqda.
Beshinchidan, yangi texnologiya, odatda, elektr energiyasidan nafaqat harakatga keltiruvchi kuch sifatida, balki mehnat ashyolarini bevosita ishlab chiqarish – elektr kimyoviy, elektr fizik (lazerli, elektr uchqunli, elektr impulьsli, elektr aloqali), yuqori chastotali toklar bilan ishlab chiqishda foydalanish bilan bog’liq.
Yuqori quvvatli energiyaning elektron tarmog’idan materiallarni issiqlikka chidamliligini oshirish, erituvchilarsiz bo’yash, bir zumda polemerlash, oqar suvlarni dezinfektsiyalash uchun foydalaniladi. Lazer texnologiyasidan payvandlash, kesish, issiqlik bilan ishlov berish, detallarni mustahkamlash, teshiklarni yamash, aloqasiz nazoratda foydalaniladi.
Oltinchidan, eng yangi texnologiya uchun ko’chma mexanik agregatlar va unifikatsiyalangan apparatlarga ega turli-tuman mashinalardan, elektr quvvatidan materiallarni ishlab chiqarishda universal vositachi sifatida foydalanishga o’tish bilan bog’liq katta universallik xosdir.
Ettinchidan, yangi texnologiyalar ko’pincha sohalaro xarakterga ega. Masalan, metallurgiya va mashinasozlik plastik deformatsiyalash, shesternallar, o’qlar, vallar, roliklar, parmalar va boshqa metizlar prokatini qattiq shtampovkalashdan foydalaniladi.
Fan-texnika inqilobi davrining eng ommaviy sanoat texnologiyasi plenarlidir. Uning yordamida mantiqiy va eslab qoluvchi qurilmalar uchun integral sxemalar tarkibidagi optik, magnitli, akustik, qttiq moddali ko’p sonli tranzistorlar hamda turli fizik signallar uchun datchiklar (o’lchagichlar) ishlab chiqariladi. Fizika-kimyo jarayonlari (fotografiya, plenkalarni olish va hokazo) mexanik ishlab chiqarishlarning o’rnini bosadi. Bu bir tekislikda minglab va o’n minglab o’xshash asboblarni shakllantirish, EHMdan
foydalanishni loyihalashtirish va keyin mikroprotsessorlar va boshqa eng murakkab tuzilishga ega buyumlarni yaratish imkonini beradi16.
Yuqori fan-texnika salohiyatiga ega sanoat korxonalarida fundamental ilmiy kashfiyotlarga asoslanuvchi va solishtirma xarajatlar, resurslarning keskin pasayish i, ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatidan tubdan oshiruvchi, ishlab chiqarishni majmuaviy avtomatlashishi, ekologik tozalikni ta’minlovchi 200ga yaqin kam operatsiyali asosiy texnologiya mavjud.
Yakka mashinalar o’z o’rnini umumiy ishlab chiqarish davrini bajaruvchi texnologik majmualarga bo’shatib bermoqda. Yangi texnologiya uskuna va mahsulotga nisbatan uzoq muddat ilg’or bo’lib qoladi, sekinroq eskiradi. SHuning uchun unga investitsiyalar tezroq o’zini-o’zi oqlaydi. Texnologiyalarning tasnifi 10.1-jadvalda berilgan.

10.1-jadval


Texnologiyalar tasnifi



Tasnif belgilari

Texnologiya turlari


1

Qo’llanish sohasi

Fan va ta’lim, informatika, sanoat, xizmatlar sohasi, sog’liqni saqlash, qishloq xo’jaligi va hokazo


2

Yangilik darajasi

Kashfiyotlar asosida dunyoda beqiyos; nou-xau asosida tashkilot uchun beqiyos


3

Rivojlanish darajasi

Taraqqiy etgan, rivojlanayotgan, qotib qolgan eskirgan


4

Texnologiyani qo’llash sohasi

Boshqaruvchi (asosiy, yordamchi, xizmat ko’rsatuvchi) ishlab chiqarish


5

Belgilanishi

Yaratuvchi, buzuvchi, ikki xildagi belgilanishda


6

Resurslarga munosabati

Ilmtalab, sarmoyatalab, energiyatalab, energiya tejovchi, chiqindisiz, non operatsiyalilar


7

Avtomatlishtirilganlik darajasi

Qo’lli, mexanizatsiyalashtirilgan, avtomatlashtirilgan, avtomat, odamsiz


8

raqobatbardoshligi

Aniq mamlakatlarda raqobatbardosh va raqobatbardosh emas



Innovatsiyalarni kodlashtirishga ega analogiyalarga ko’ra, texnologiyalarni kodlashtirish mumkin, bu ularni hisobga olish, qidirish, identifikatlash, va patentlash jarayonini avtomatlashtirish imkonini beradi.

          1. Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash vazifalari, xususiyatlari va bosqichlari

Ishlab chiqarishni tashkiliy-texnologik tayyorlash (ICHTTT) mahsulotning yashash davri (MYaD) bosqichi singari ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash (ICHTT) va ishlab chiqarishni tashkiliy tayyorlash (ICHTT)ni o’z ichiga oladi.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin