uzluksiz o’rganishini tashkil etish, olingan bilim va ko’nikmalarni yanada mustahkamlash, kelgusidagi darslarga tayyorgarlik ko’rish, aqliy mehnat madaniyatini, yangi bilimlarni mustaqil ravishda izlab topish va qabul qilishni shakllantirish hamda ushbu tariqa institutda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlashga erishishdan iborat.
fanning ayrim mavzularini o’quv adabiyotlari yordamida mustaqil o’zlashtirish, o’quv manbalari bilan ishlash;
seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rib borish;
belgilangan mavzular bo’yicha referat tayyorlash;
Prezident I.A.Karimov asarlarini mustaqil o’rganish va konspektlashtirish;
O’zbekiston Resublikasi qonunlari, Prezident qarorlari va farmonlari hamda boshqa me’yoriy hujjatlarni konspektlashtirish;
testlar yechish;
amaliyotdagi mavjud muammoning yechimini topish bo’yicha keyslar yechish;
munozarali savollar va topshiriqlarga tayyorgarlik ko’rish;
talabalarning ilmiy jamiyatlari va to’garaklarida ishtirok etish;
ko’rgazmali vositalar tayyorlash;
kurs ishi (loyihalari)ni bajarish;
hisob-kitob va grafik ishlarini bajarish;
ilmiy maqola, tezislar va ma’ruza matnlarini tayyorlash;
“talaba-o’qituvchi-kutubxona” kunida fan bo’yicha yangi o’quv adabiyotlar sharhini o’qituvchi bilan hamkorlikda tayyorlash;
axborot resurs markazida belgilangan mavzular bo’yicha nazariy, amaliy va statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va muayyan tizimga solish;
belgilangan mavzular bo’yicha zamonaviy axborot texnologiyalari yordamida taqdimot materiallari tayyorlash;
talabalar turar joyidagi ma’naviyat xonasi, kutubxona, zamonaviy axborot texnologiyalar markazi imkoniyatlaridan foydalangan holda mustaqil o’qish jarayonlarida ishtirok etish;
maxsus seminarlar ishlarida ishtirok etish;
kafedra va fakulьtetning ilmiy hamda ilmiy-uslubiy ishlarida ishtirok etish va boshqalar.
Talabalarning mustaqil ishi ta’lim va tarbiyaning shunday vazifalariga bo’ysundirilganki, bunda butun o’quv jarayoni to’laligicha talabalar tomonidan faol, ongli, puxta va tizimli ravishda fan asoslarini o’zlashtirish va ularda iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish imkonini beradi. Bu vazifalar ta’lim jarayoni va shaxsni shakllantirish qonuniyatlarini bilmasdan va foydalanmasdan turib hal qilinishi mumkin emas. Ularning mazmuniga qisqacha to’xtalib o’tamiz.