YI. MUSTAQIL TA’LIM MAVZULARI
“INNOVATSION MENEJMENT” FANIDAN TALABALAR TOMONIDAN BAJARILADIGAN MUSTAQIL ISHNI TASHKIL ETISH, NAZORAT QILISH VA BAXOLASH TARTIBI Innovatsion menejment fanidan mustaqil ishning maqsadi va vazifalari
O’zbekiston Respublikasida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, yangi tashkiliy strukturalarni qurish va tadbirkorlikni rivojlantirish bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy o’zgarishlar iqtisodiyot tarmoqlari uchun mutaxassislarni shakllantirishning eng muhim mexanizmi bo’lgan iqtisodiy ta’limni isloh qilish va modernizatsiyalashni taqozo qilmoqda.
Ta’lim bosqichlariga zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo’llashda ta’lim oluvchining shaxsini xurmat qilish, xar bir shaxsning erkin fikr bildirishiga imkoniyat yaratish, ijod bilan shug’ullanishi va o’z-o’zini rivojlantirishga qulay ijtimoiy va psixologik muxit yaratish orqali tinglovchini mustaqil fikrlashga undaydi. O’zbekiston Reshublikasi Prezidenti I.A.Karimov Oliy Majlisning 14-sessiyasida so’zlagan nutqlarida “Bizning oldimizda ozod fuqoro shaxsining mahnaviyatini, boshqacha aytganda, ozod xar tomonlama rivojlangan, o’z xuquqlarini yaxshi biladigan, kuchi va qobiliyatiga ishonib tayanadigan, atrofdagi xodisalarga o’zining mustaqil fikri va munosabati mavjud, o’z manfaatlarini Vatan va xalq manfaatlari bilan uyg’unlashtiradigan shaxsni tarbiyalash vazifasi turibdi” deb ta’kidlagan edilar.
Mutaxassislar tayyorlash tizimini tubdan qayta qurishda, o’quv tarbiya jarayonining axamiyatini oshirishda talabalarning mustaqil ishlari muhim o’rin egallaydi. Taxlillar shuni ko’rsatadiki, mustaqil ishlar deganda shunday uquv faoliyati tushunilib, unda bilimlar egallanishi bilan birga, ko’nikmalarni shakllantirish ham mustaqil egallanadi.
Talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etishning asosiy shartlari quyidagilardan
iborat:
-mustaqil ishlarning ilmiyligi va uning tanqidiy xarakteri;
-mustaqil ravishda o’z bilimlarini yanada oshirib borishga bo’lgan extiyojning
shakllanishi;
-mustaqil ishlar vazifalarini individuallashtirish;
-mustaqil ishlarni tashkil etishga metodik raxbarlik qilish.
Zamonaviy pedagogika texnologiyalarini amalga oshirish sharoitlarida talabalar quyidagi ko’nikma va mahoratlarni egallab olishlari zarur:
Dostları ilə paylaş: |