ma’ruza, seminar va amaliy mashg’ulotlarda mustaqil faoliyat ko’nikmalari: asosiy qoida va xulosalarni qisqa, chizma shaklida va ketma-ket yozib borish, o’quv vazifalari va masalalarini hal etish uchun zarur bo’lgan ma’lumotlarni to’plash, bilish, tushunish, tanqidiy baholay olish va yetkazib berish, hamda belgilar va ramzlar yordamida uni referat, xisobot shakliga keltira bilish; qo’yilgan talablarga muvofiq o’z matnini tuza olish. Bu esa talabaning Insert, Toifali sharx qurish kabi ta’lim uslub va vositalarini amalga oshirishda faol ishtirok etishiga, ma’lumotlarni tizimlashtirish va tizimdan chiqarish, taxlillash va qiyoslashga, o’rganilayotgan tushunchalar (voqealar, hodisalar, mavzular va boshqalar) o’rtasidagi aloqalar va o’zaro aloqalarga, klaster, toifali jadval, kontseptual xarita, SWOT, T-jadval, Venn diagrammasi, piramida, baliq skeletidan foydalangan holda muammoni hal etishni rejalashtirishga tayyor ekanligidan va asoslangan ESSE va o’quv loyihasi bajarilishi to’g’risida hisobot yoza olishiga dalolat beradi;
taqdimot ko’nikmalari: chiqish vaqtida, shu hisobda o’quv topshirig’ini bajarilishi natijalari bo’yicha, talaba o’qituvchi va boshqa talabalar bilan o’zini ishonchli tuta oladi va har xil vositalardan foydalanish ko’nikmasini egallaydi;
kommunikativ ko’nikmalar: o’qituvchi va talabalar o’rtasida o’quv munosabatlarini yarata olish xususiyati, o’z nuqtai nazarini himoya qila olish va murosaga kelish, dialogga qo’shilish, mohiyati bo’yicha savol berish, asoslangan javoblarni berish, qoidaga rioya qilgan holda bahslashish, muzokaralar va davra suhbatlarida qatnashish ko’nikmasini egallaydi;
hamkorlikdagi ishlash ko’nikmalari: guruh bilan harakat qilishga tayyor bo’lish – o’quv toshirig’ini bajarish bo’yicha qo’shma faoliyatni jamoali rejalashtirish, umumiy masalalarni yechishda hamkorlik qilish, ishbilarmon sherikchilik va o’zaro aloqada bo’lish;
muammoli holatlarni tahlil qilish ko’nikmalari, o’quv vazifasini yechish, g’oyalarni generatsiya qilish va qarorlarni qabul qilishning nostandart usullarini topish, bu o’z navbatida talabaning muammoli ma’ruza, tahlilda va o’quv holatlarini (Keys stadi) hal etishda faol ishtirokini ta’minlaydi.
ma’lumotlarni qidirish, yig’ish, ishlov berish va saqlash uchun zamonaviy kompьyuter va axborot texnologiyalaridan foydalana olishning amaliy ko’nikmalari: mustaqil ish natijalarini bezash bo’yicha o’quv topshiriqlarini bajarish (nutqlar, referatlar, o’quv loyihalari va boshqalar).
Mustaqil ta’limning asosiy metodi adabiyotlar ustida individual ishlashdir. Bu metod axborotlar oqimida eng muhim axborotni topish, unga to’g’ri baho berish, ushbu axborotdan o’zining kasbiy faoliyatida foydalanish malakasini shakllantiradi. Qo’lga kiritilgan axborotlar asosida mustaqil mashq qilish metodlaridan foydalanish amaliy faoliyatida zarur bo’ladigan sifat ko’rsatkichlarini ta’minlaydi.
Mustaqil ta’limning muhim metodlaridan biri talabalarning o’zaro muloqatidir. Mustaqil ta’limning pirovard maqsadi talabalarning ijodiy izlanishiga, o’z ustida ishlashga, xar tomonlama tadqiqot yuritishning mohiyatini anglashga tortishdir.
Mustaqil ishning o’ziga xosligi shundaki, o’quv faoliyatining bu qismi talabalarning mustaqil faolligi hamda tegishli professor-o’qituvchilarning nazorati asosida tashkil etilib, o’quv rejada semestrlar bo’yicha belgilangan soatlar hajmiga ko’ra amalga oshiriladi. Xususan, bakalavriat bosqichi 5230200 – Menejment (ishlab chiqarish) ta’lim yo’nalishi uchun “Innovatsion menejment” fani bo’yicha mustaqil ishlarning umumiy hajmi o’quv rejada 6 semestr uchun 44 soat, 6 semestr uchun 70 soat miqdorida belgilangan.
Talabalar mustaqil ishlarining mazmuni va asosiy shakllari
“Innovatsion menejment” fani bo’yicha talabalar mustaqil ishlarini tashkil etish ularda iqtisodiy bilim, dunyoqarash, ijtimoiy faollik va mustaqil fikrlashni shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimini o’z ichiga oladi. U o’quv rejasi va fanlar dasturlarida ko’zda tutilgan zarur bilimlar va ko’nikmalarning talabalar tomonidan oqilona, kam vaqt va kuch sarflab o’zlashtirilishini ta’minlaydi.
“Innovatsion menejment” fanini o’qitish jarayonini takomillashtirish, talabalarning qiziqishlarini anglash, faolliklarini va mustaqil ishlarini rivojlantirish yo’nalishida boradi, bunda ijodiy fikrlash, mustaqil o’qish, ko’nikma va layoqatlari shakllanadi.
Dostları ilə paylaş: |