O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə22/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

Tayanch iboralar: tizimning yaxlitligi, yashash davrasi kontseptsiyasi, tashkilotning yashash davrasi, innovatsion menejment tizimi, maqsadlar tizimchasi, vazifalar tizimchasi, yangiliklarning kommunikativ aloqalari turlari, doiraviy tarmoq, to’liq tarmoq, yulduzsimon tarmoq, boshqariladigan vazifaviy tizimlar.
          1. Innovatsion menejmentga ilmiy yondashishlar

“Boshqaruv” tushunchasi har xil ob’ektlarga ta’sir ko’rsatish sifatida talqin qilinadi, u tartibga solish, takomillashtirish va rivojlantirish maqsadiga ega. Boshqaruvning ilmiy asoslari bo’yicha dastlabki darsliklarda ishlab chiqarishni boshqarish odamlar jamoalariga ularning ishlab chiqarish jarayonidagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish uchun maqsadga qaratilgan ta’sir ko’rsatish sifatida belgilangan. Boshqaruv tushunchasining inglizcha ma’nosi “menejment” so’zi bilan aks ettiriladi. Menejment mazmuniy nuqtai nazardan – bu boshqarish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va nazorat qilish usuli, mehnat sarmoyalar va boshqalar kabi resurslardan kattaroq samaradorlik bilan foydalanish. SHunday nuqtai nazar asosida innovatsion menejment – bu innovatsion faoliyat, uning resurslari, yangiliklarini ishlab chiqish va tadbiq etishda sotsial – iqtisodiy rivojlanishning eng muhim omili sifatida innovatsiyalarning kattaroq samaradorligiga erishish maqsadida ishtirok etayotgan odamlarni boshqarishning maqsadga qaratilgan tizimidir.


XIX asrning oxirida paydo bo’lgan boshqaruv haqidagi fan rivojlanishning murakkab yo’lini bosib o’tgan. Boshqaruvdagi amaliy tajribani umumlashtirishga birinchi harakatlar ilmiy menejment maktabini yaratish bilan almashgan, F.U. Teylor uning asoschisi bo’lgan. Buning oqibatida dastlabki nazariyalar o’rniga ilmiy-texnik va sotsial – texnik va sotsial- iqtisodiy omillarni murakkab yig’indisini hisobga olishni talab qiluvchi nazariyalar kelgan. Menejmentning keyingi maktablari boshqaruv fikrini evolyutsiyasiga asoslangan. Masalan, belgilangan bosqichda olimlar boshqaruv nazariyasini ikkita: yopiq va ochiq tizimlar va menejmentning ratsional va sotsial omillar nuqtai nazarda ko’rib chiqa boshlaganlar.
Ilmiy – texnik taraqqiyot va tashqi muhitning shiddatli evolyutsiyasi sharoitida boshqaruv nazariyasi va amaliyotining evolyutsiyasi sodir bo’lgan. Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar ta’siri ostidagi evolyutsiyasi asosiy bosqichlari 4.1
– jadvalda berilgan.

    1. – jadval Boshqaruv haqidagi fanning har xil maktablar va yondashishlar ta’siri ostidagi


evolyutsiyasi asosiy bosqichlari.


Boshqaruvning maktablari va yondashishlari


Vaqtli darv, yil


+1885

1920

1930

1940

1950

1960

Hozirgi vaqtda


Boshqaruvning Klassik maktabi


Hulqiy maktabi Ilmiy maktabi Jarayonli

yondashish

Tizimli yondashish
Yashash davrli yondashish

Miqdoriy matematik yondashishlar

Sotsial- psixologik yondashish

Loyihali yondashish

Marketingli yondashish





Ilmiy fan sifatidagi boshqaruv evoliyutsiyasining xususiyati shundan iboratki, u boshqaruv fikrining bir necha maktablari asosida rivojlangan, ular ko’pincha mos kelganlar, qisman esa bir birlarini to’ldirganlar, takomillashtirganlar. Bu shuning bilan izohlanadiki, ham an’anaviy va ham innovatsion menejmentda har xil maktablarning bilimlari va usullaridan foydalanilgan, boshqaruv jarayoni esa ham menejmentning nazariy kontseptsiyalariga va ham har xil nazariy maktablar va ilmiy yondashishlarga suyangan.
Bu boshqaruv ob’ektining yuqori murakkabligi va kamroq determinatsiyalanganligi (asoslanganligi) bilan izohlanadi. Aslida ilmiy, texnik, texnologik, sotsial va aralash tizimlarni muvofiq boshqarishning algoritmini ishlab chiqish zarur bo’lgan.
Menejment fan sifatida sotsiologiya, psixologiya, mantiq, pedagogika, fanshunoslik, matematika va kibernetika, har xil texnik va iqtisodiy fanlar usullarining keng turli tumanliklaridan foydalanuvchi fanlararo tadqiqotdir.
Boshqaruv fanining evolyutsiyasi boshqaruvning mazmuni va tamoyillarini boyitish, hamda uning vazifalari, usullari va yo’llarini takomillashtirishga asoslanadi.
Innovatsion menejmentga fan sifatidagi har xil kontseptsiyalar va yondashishlar 4.2 – jadvalda berilgan.

    1. – jadval. Innovatsion menejmentdagi kontseptsiyalar va yondashishlarning tasnifi5



Asosiy, bazaviy yondashishlar va kontseptsiyalar


Ularni amalga oshirish shakllari va natijalar


Klassik maktab


1.Mehnat taыsimoti tamoyillari. 2.Maqsad va rahbarlikning umumiyligi. 3.Hokimiyat va javobgarlik.


  1. Markazlashtirish va markazlashtirmaslikning nisbati.


  2. Menejmentning vertikal zanjiri.


1.Intizom. 2.Tartib.


3.Adolat va mukofot. 4.Samaradorlik.
5.Kompaniyaning asosiy maqsadiga bo’ysunish

Hulqiy maktab


1.E’tibor markazida insoniy resurs. 2.Tashkilotni shaxslararo munosabatlarning o’ziga xosligini hisobga olish bilan shakllantiish.


3.Xodimlar hulqini ehtiyojlar, manfaatlar,boyliklar orqali tartibga solish. 4.Xodimlarni unvovchi sabablar


  1. Xodimlar salohiyatidan samaraliroq foydalanish.


  2. Unumdorlikni oshirish.


  3. Xodimning qanoatlanganligini oshirish. 4.Mukofotlashlar va rag’batlantirishlarning egiluvchan tizimi.


Ilmiy maktab


  1. Menejmentning faoliyati va vazifalarining tahlilidan foydalanish.


  2. Xodimlarni tanlash, o’qitish va joy-joyiga qo’yish.


  1. Muvofiq faoliyat yuritish uchun sharoitlar yaratish.


  2. Mehnat unumdorligini ko’paytirish.


Jarayonli yondashish


1.Menejmentni jarayon sifatida tushunish. 2.Jarayonga ta’sir ko’rsatish omillarining tahlili.


  1. Boshqaruv jarayoni o’zaro bog’liq vazifalar tizimi sifatida.


  2. Muvofiqlashtiruvchi farmoyish beruvchi va nazorat qiluvchi vazifalarning roli.


  1. Boshqaruvning egiluvchanlik, uzliksizlik va intensivlik.


  2. Boshqaruv vazifalarini ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.


  3. Boshqaruv usullarining o’zaro bog’liqligi va bir birlarini taqazo qilishi.


  4. Boshqaruv qarorlari samaradorligini oshirish.


Tizimli yondashish


  1. Menejmentni murakkab ierarxik sotsial- iqtisodiy-iqtisodiy va ilmiy-texnik tizim sifatida ko’rib chiqish.


  2. Tizimning tashqi va ichki muhitining tahlili. 3.Tizimni boshqaruvchi, boshqariladigan ta’minlovchi va xizmat ko’rsatuvchi tizimchalarga bo’lish.


  1. Tizimdan ilmiy-texnik va “insoniy” tashkil qiluvchilarni ajratish


  2. To’g’ridan to’g’ri, teskari aloqalar, o’zaro hamkorlik va bir birlarini taqazo qilish samaralarini hisobga olish.


  3. Kutishlar nazariyasini qo’llash.


  1. Ta’sir qilish yo’llari va usullarining mantiqiyligi, menejer vazifalarining muvofiqligi.


  2. Tahlil asosida sintetik va asoslangan qarorlarni qo’llash.


  3. Boshqaruv qarorlarining samaradorligi, ularning natijaviyligini oshirish.


  4. Texnik, sotsial-psixologik, ekonometrik, ergonomik va boshqa usullari qo’llanma. 5.Tashkilotning talablari va maqsadlariga epchillik, moslashuvchanlik va uyg’unlik. 6.Ishdan chuqur qanoatlashish va o’zini o’zi aks ettiriish o’zini o’zi amalga oshirishga erishish.



  1. «Теп: Управление инновациями:Статистический подход: Гибкие корпоративные стратегии выживания и лидерства в новой экономике (на спирале). Котельников В.Ю. – М.: ЭКСМО, 2007


Yashash davrli yondashish


  1. Tashkilotning yashash davrini sotsial organizm sifatida ko’rib chiqish.


  2. Yashash davrlari bosqichlarini o’rganish. 3.Rivojlanishning keskin nuqtalarini belgilash. 4.Yashash davrlari asosida bashoratlash va rejalashtirish.


5.O’tish tendentsiyalarini aniqlash.


  1. Aniq rejalashtirish, muvofiqlashtirish va rahbarlik.


  2. Menejerning xabardorligi va omilkorligini oshirish.


  3. Aniqroq va muvofiqroq qarorlar qabul qilish. 4.Samarali strategiyani ishlab chiqish ehtimoli. 5.Firmaning rivojlanishini o’sishini bashoratlash va har tomonlama rivojlanish va yangi bozorlarga bostirib kirish yo’llarini topish.


Miqdoriy matematik yondashishlar


1.Ekonometrik modellarini qo’llash. 2.Ishlab chiqarish vazifalari apparatini qo’llash.


  1. “Xarajatlar-samaradorlik” usuli bo’yicha ko’plik regressiyasi (orqaga qaytish) usullarini qo’llash.


  2. Stoxatik (ehtimolli) modellarni qo’llash.


  1. Boshqaruv qarorlarining yuqori aniqligi, samaradorligi va sifati.


  2. Firma rivojlanishining ustuvor yo’nalishlarini tanlash.


  3. Ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligi hisob-kitoblarining aniqligi.


  4. Natijalarning noaniqligini bartaraf qilish, xatarlarni pasaytirish.


Loyihali yondashish


  1. Innovatsion loyiha turidagi yangiliklarni ishlab chiqish, tadbiq etish va tijoratlashtirishni tashkil qilish.


  2. Loyihani biznes-rejalashtirish




  1. Loyihaning tahlili. 4.Loyihani baholash.


5.Innovatsion loyihani moliyalashtirilishini tashkil qilish.




  1. Strategik rejalashtirishning alohida turi, kerakli ishlab chiqarish-texnik va marketing tadbirlarini tanlash.


  2. Yangilik, uning iste’mol va qiymatiy ko’rsatkichlarini tadqiqot qilish bo’yicha ko’p qadamli tadbirlar. Resursli, texnologik va moliyaviy imkoniyatlarni tadqiqot qilish.


  3. Balansli hisobot va pul oqimlarini harakatlanishi asosida texnik-iqtisodiy, rejaviy, tijorat, ekologik va moliyaviy o’tkazish.


  4. Loyihaning moliyaviy barqarorligi va tijorat samaradorligini baholash. O’zini o’zi oqlash muddati, daromadlik indeksi, sof diskontlashtirilgan daromad va rentabellikning ichki me’yorini hisoblash, xatarlarni hisobga olish.


  5. Moliyalashtirishga ehtiyojni belgilash, manbalarni qidirib topish va loyiha ostidagi pul oqimlarini tashkil qilish.


Marketingli yondashish


  1. Innovatsion firmani marketing strategiyasiga qaratish.




  1. Innovatsion marketingning aniq strategiyalari: raqobat afzalligi startegiyasi, importni o’rni bosish, xarajatlardagi yetakchilik, yangi bozorlarga bostirib kirish va h.k.ishlab chiqish.


  2. Yangilikni bozorga kirib borishi strategiyasini ishlab chiqish.


  1. Firma, uning tizimchalari va xodimlari faoliyatining bo’lajak iste’molchining so’rovlarini hisobga olish bilan yangiliklarni tijoratlashtirishga yo’naltirish.


  2. Bozorning nomlanish tadqiqoti. Bozor holatining tahlili va bashorati. Bozor sig’imi, tuzilishi va segmantlarga bo’linishining tadqiqoti. Talab, raqiblar hulqi, raqobat turlari va shakllarining tadqiqoti va bashorati.


  3. Yangilikni bozorga kirishining maqsadini belgilash, varianti va vaqtini tanlash.




  1. Operativ taktik innovatsion marketing. Marketingning turini tanlash.



  1. Marketingning xarajatlari va daromadlarini bashoratlash va rejalashtirish.


Yangilikni joylashtirish tadbirlari va bosqichlarini ishlab chiqish.


  1. Yangilikni bozorga kirib borishining aniq tadbirlarini ishlab chiqish. Marketinning kreativ, konversion, rahbatlantiruvchi va boshqa turlari tadbirlari. Sotish kanallarini shakllantirish. Reklama kompaniyasi, ko’rgazmalar, prezentatsiyalar, sinovli va to’g’ridan to’g’ri sotishlar, servisli va kafolatli xizmat ko’rsatish va h.k. tashkil qilish.


  2. Yangilikni sotishlar hajmining tahlili va bashorati, marketing daromadlarini baholash. Daromadlar bo’yicha narxli egiluvchianlikni belgilash. Raqiblarning narx siyosatini o’rganish. Innovatsiyalarning narx siyosatini ishlab chiqish. Marketing xarajatlarining tahlili. Yangilikni bozor tomon harakatlantirish xarajatlarini shakllantirish.



    1. – jadvaldan kelib chiqishiga, innovatsion menejmentga har xil kontseptsiyalar va yondashishlarning ahamiyati teng emas. Tizimli, marketingli, yashash davrli va loyihaviy yondashishlar strategik va ham operativ innovatsion menejmentda eng katta o’rinni egallaydilar. Ular innovatsion boshqaruvning alohida turini shakllantiradilar. Sotsial-psixologik va miqdoriy ekonometrik usullar boshqaruv qarorlarini tahlil qilish, bashoratlash va ishlab chiqishda qo’llaniladilar.


Jadvalda tizimga keltirilgan ma’lumotlar innovatsion menejmentning quyidagi eng xarakterli alomatlarini ajratishga imkon beradi:


  • murakkab ierarxik aralish ilmiy-texnik va sotsial-iqtisodiy tizimlar innovatsion menejmentning ob’ekti bo’ladilar;


  • innovatsion menejmentning maqsadga erishish haqidagi har xil tasavvurlarga ega turli tuman innovatsion tizimlardan iborat;


  • innovatsion jarayonlar ehtimoli xarakterga egalar va o’zining mohiyati bo’yicha kuchsiz determinatsiyalangan (asoslangan)lar;


  • innovatsion jarayonlar ijodiy xarakterga ega;


  • innovatsion tizimlarda innovatsion soha xodim-innovator markaziy sub’ekt


bo’ladi;


  • novator va innovatsion menejerning innovatsion faoliyat sub’ektlari sifatidagi


shaxsini ta’sir ko’rsatishning eng yangi usullarini qo’llashni talab qiluvchi murakkab sotsial tizim sifatida ko’rib chiqish kerak;


    • innovatsion faoliyatning natijaviyligini oshirish uchun egiluvchan, moslashuvchi ma’naviy-ahloqiy va shaxsiy yondashishlardan foydalanish kerak.


          1. Innovatsion menejmentdagi tizimli yondashish

Innovatsion menejmentda batafsil tahlil va boshqaruv jarayonlarini takomillashtirish tizimli yondashishda to’liqroq ochiladi. Tizimli tahlilning markaziy tushunchasi tizimdan, ya’ni bir birlari va atrof muhit bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning murakkab ichki qurilishi, katta soniga ega ob’ektdan iborat.


Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy dalil bo’ladi. tashqi muhit bilan yaqin o’zaro hamkorlikda bo’la turib, u tashqi muhit tomonidan ham

to’g’ridan to’g’ri va ham vositali ko’p sonli ta’sirlarga duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlar ham muhit omilariga o’zaro bog’liq bo’ladi.


Tashkilot tizim sifatida tizimning o’zi va uning tashqi va ichki muhiti elementlari tomonidan harakatlanuvchi kuchlar, o’zaro hamkorliklar, o’zaro ta’sirlar va o’zaro kirib borishlarning murakkab ansamblidan iboratdir.
Tashqi muhit tashkilotga to’g’ridan to’g’ri va vositali ta’sir ko’rsatadi. Davlat va qonunchilik idoralari, institutlar, kasaba uyushmalar, ilmiy va innovatsion tashkilotlar, ishlab chiqarish omillari bozorlari, sarmoyadorlar, raqiblar, yetkazib beruvchilar, ist’emolchilar, kasbiy vositachilar va h.k. to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatish muhitining muhim elementlari bo’ladilar.
Firmaning ichki muhiti omillariga, masalan, ilmiy-texnik salohiyat, ruhiy holat, infratuzilma, xodimlar malakasining darajasi va h.k. kiradi.
Tizimning elementlari mustaqil va sifatli bo’linmaydigan birlikdir. Bir birlari va atrof muhit bilan o’zaro hamkorlikni ular moddiy, energetik va axborotli muhit bilan ta’riflaydilar. Belgilangan yaxlitlik va maqsadga yo’naltirilganlikka ega o’zaro hamkorlik qiluvchi elementlarning masofaviy – vaqtli agregatlari (yig’indilari) vazifaviy tizimchalarda ajratadilar. Tizimni tizimchalarga bo’linishi tizimning ierarxiyasini ochishga va uning har xil darajada batafsil tekshirishligini ko’rib chiqishga imkon beradi.
Tizimning murakkabligi ierarxiya darajalarining soni, tizimda aylanib yuruvchi axborotlarning hajmi, hamda uning tuzilishining murakkabligi, elementlarning soni va aloqalari bilan belgilanadi. Aloqalarning yig’indisi tizimning tuzilmasini tashkil qiladi. Har bir tizim qo’yilgan maqsadga erishishga qaratilgan faoliyat yuritish algoritmiga ega.
Tizimni tizimning kiruvchi boshqaruvchilari, to’lqinlanuvchi, o’zgaruvchanlari va chiquvchi parametrlari o’rtasidagi aloqani aks ettiruvchi modelь yordamida shakllantiradilar. Katta va murakkab tizimlar va kichik tizimlarning yig’indisidan iborat bo’ladi va ulardan ham miqdoriy va ham sifatiy nisbatlarda farq qiladilar.
Katta va murakkab ierarxik tizimlarga quyidagilar xos:

  • umumiy maqsadlarning mavjudligi (belgilanish);


  • yaxlitlik va tugallanganlik;


  • bajarilayotgan vazifalarning katta miqdorlari va katta soni;


  • vazifalarning ko’p jihatliligi va turli tumanliligi;


  • hulqning murakkabliligi va undovchi sabablarning ko’p jihatliligi;


  • musobaqaluvchi, raqobatlashuvchi va har tomonga yo’naltirilganligi tendentsiyalarining mavjudligi.


Tizimni ichida sodir bo’layotgan katta tizimlar kabi noaniqlik va axborotlarning ehtimol bo’lgan to’liq emasligi xos bo’lgan, qarama-qarshi yo’nalishdagi jarayonlar uning samaradorligini pasaytirish mumkin.


Innovatsion tizimning murakkab, ko’p bosqichli, ko’p kompozitsiyali tizimini ko’rib chiqamiz. Kirish, chiqish va tashqi muhit tizimning tashqi muhiti bo’ladi. Tizimning kiruvchi parametrlari – bu moddiy, energetik, axborot va kognitiv (ilmiy bilimlar) oqimlaridir. CHiquvchi parametrlar yangi jarayonlar, mahsulotlar, xizmatlar, foyda, xodimlarning yangi bilimlari, ishlab chiqarishni o’sishi, yangi segmentlar va yangi bozorlarni o’zlashtirilishi, sotsial javobgarlik, xodimlarning qanoatlantirilganligidan iboratdir.
Innovatsion menejmentning ichki mikromuhiti – firmaning tashkiliy, texnologik, sotsial – psixologik va texnik – iqtisodiy muhitidan iboratdir.
Murakkab, katta tizim tizimchalarning yig’indisidan iborat bo’ladi va ta’minlovchi, ilmiy, boshqaruvchi va boshqariladigan ko’pbosqichli, murakkab tizimchalardan tashkil
topadi. O’z navbatida boshqaruvchi tizimga kichik tizimchalardan tashkil topadi, ular o’rtasida uchta asosiy bosqichlarga ega ierarxik tuzilma ko’rinishidagi tobelik mavjud. Bunda ierarxiyaning pastroq bosqichiga tegishli bo’lgan va birgalikda harakat qiluvchi tizim ierarxiyaning keyingi yuqori bosqichiga tegishli bo’lgan tizimchaning barcha vazifalarini bajaradi. Innovatsion menejmentning boshqaruvchi tizimchasini ko’rib chiqamiz. Tashkilotning ierarxik murakkab, katta tizim sifatidagi kirishlari va chiqishlari 4.1 – rasmda tasvirlangan.

Kirishlar


CHiqishlar

Kognitiv (ilmiy bilimlar) mehnat, moliyaviy, axborot,moddiy, energetik va boshqa

resurslar


Innovatsion va boshqa o’zgarishlar


Yangi jarayonlar, mahsulotlar, xizmtlar, foyda (biznesda)yoki ijtimoiy foyda (sotsial sohada), xodimlarning yangi bilimlari, ishlab chiqarishni o’sishi, yangi segmentlar va bozorlarni o’zlashtirilishi, sotsial javobgarlik, xodimlarning qanoatlanganligi.


    1. rasm. Innovatsion menejment tizimidagi kirish va chiqish parametrlari


Boshqaruvchi tizimga innovatsion menejment katta tizimi ierarxik tuzilmasining uchinchi va eng yuqori bosqichi bo’ladi. U kichik tizimchalardan tashkil topgan, boshqaruvning maqsadlari, vazifalari, usullari va tuzilmalari tizimidan iborat bo’lgan ierarxiyaning ikkinchi bosqichi har xil tizimchalari operatsion boshqaruv tizimidan iboratdir. Nihoyat, ierarxiyaning birinchi, pastki bosqichida boshqaruvning tipik mahalliy tizimlari turadilar. Masalan, boshqaruv vazifalari tizimchasi rejalashtirish, tashkil qilish, rahbarlik qilish, muvofiqlashtirish va tartibga solish, undovchi sabablarni boshqarish, o’zaro hamkorlik va nazorat qilish jarayonlarini tashkil qilishning tipik jarayonlari o’zaro bog’langan yig’indisidan iboratdir. Har bir tipik jarayon yakka harakatlar tizim elementlaridan tashkil topadi. Bunda barcha elementlar, jarayonlar, tizichalar har xil turdagi va ko’p sonli aloqalar va o’zaro hamkorliklarga ega. Masalan, nazoratning tipik jarayoni faoliyat natijaviyligi ko’rsatkichlari shaklidagi standartlarni belgilash, dastlabki nazora, faoliyat yuritish ko’rsatkichlarini berilgan standartlar bilan solishtirishni o’z ichiga oluvchi joriy nazorat va natijalarni o’lchashdan tashkil topadi. Yakuniy nazorat navbatdagi bosqichlar yoki umuman butun ish tugagandan keyin amalga oshiriladi.


Nazoratning tipik jarayonlarida aloqalarning birinchi bosqichidagi tahlili ancha murakkabliligi bilan ta’riflanadi. masalan, joriy va yakuniy nazorat teskari aloqalarga asoslanadi, shuning bir vaqtda rahbarning xodim harakatining xarakteri, ishning maqsadlarini o’zlashtirish, ta’sir ko’rsatishni, qo’llash bo’yicha harakati boshqaruvchi tizimni ko’pgina orasi ochiq teskari aloqaga ega qiladi.
Boshqariladigan tizimga ham ierarxiyaning bir necha bosqichlaridan tashkil topadi. Boshqariladigan tizimchaning birinchi bosqichidagi asosiy vazifa uning tizimchalari (ishlab chiqarish, xodimlar, moliya va marketing)ni muvofiq faoliyat yuritishdir. ishlab chiqarish tizimchasi energetik, moddiy va axborot oqimlari va ta’sir ko’rsatishning texnik –
texnologik omillariga asoslangan ularni ishlab chiqish usullarining murakkab biriktirilishi bilan ta’riflanadi.

Innovatsion menejmentning boshqaruvchi tizimchasi


Vazifalar tizimchasi



Maqsadlar tizimchasi



strategik maqsadlar


taktik


operativ vazifaviy uzoq muddatli


qisqa muddatli ustuvorlik darajasi ierarxiya

darajasi
















strategik rejalashtirish va bashoratlash


operativ rejalashtirish
jarayonlar va o’zaro hamkor - liklarni muvofiqlash-

tirish,tashkil qilish


undovchi sabablarni boshqa - qarish, hisobga olish va nazorat qilish

    1. – rasm. Innovatsion menejmentning boshqaruvchi tizimchasi


Ierarxiya ikkinchi bosqichi ishlab chiqarish tizimchasining ajralib turuvchi xususiyati oqimlarni muvofiqlashtirish va muvofiq taqsimlash vazifasidan, shu jumladan ierarxiyaning birinchi, pastki bosqichi tipik texnologik jarayonlarini dekompoziyalash va agregatsiyalash (biriktirish) dan iboratdir. Bunda har bir tipik jarayon kirishlar, chiqishlar, holatning har xil parametrlari, boshqaruv va berilgan maqsaddan chetga chiqishlarga ega kichik tizim bo’ladi. Ko’pgina tipik jarayonlar ierarxiyaning pastki darajasidayoq determinatsiyalanganlik (asoslanganlik)ning pastki darajasi bilan ta’riflanadi. Ayniqsa bu “insoniy resurslar” tizimchasiga tegishlidir. tushunarliki, ierarxiyaning yuqoriroq darajalarida tizimning noaniqligi o’sadi. SHuning uchun tizimlarning noaniqligini bartaraf qilish uchun ierarxiyaning barcha bosqichlarida jarayonlarni mahalliy barqarorlashtirish, egiluvchan, moslashuvchan jarayonlar va boshqaruv tizimlarini, hamda o’z ichiga bashoratli ustunni tahlil qilish, boshqaruv qarorlarining daraxtini yaratish, yashash davrili va ehtimolli yondashishlarni qo’llash, ekonometrik, statistik, imitatsion va vaziyatli modellashtirishdan foydalanishni oluvchi menejmentning yangi usullari kabi tizimchalarni boshqarish


vazifalarini alohida ajratish zarur.
Murakkab tizimchalarni boshqarishda evristik modellashtirish, ko’p bosqichli muvofiqlashtirish asosiy usullar bo’lishlari mumkin. Evristik modellar xodimlarni boshqarish tizimlariga nisbatan ko’proq qo’llanadilar, ko’p bosqichli muvofiqlashtirish esa, ishlab chiqarish va marketingni boshqarish tizimlariga nisbatan qo’llaniladi.
Ko’rib chiqilgan boshqaruvchi va boshqariladigan tizimchalar ta’minlash tizimchasi, ilmiy tizimga, firma mikromuhiti kabi asosiy tizim yagona bir butun sifatidagi tashkilotning tashkil qiluvchilari bo’ladilar.
Tashkilot “ochiq tizim” sifatida faoliyatning turli tuman shakllari, jihatlari tashkiliy tuzilmalarning birligi bilan ta’riflanadi, falsafa vazifasiga ega.
Tashkilotni faoliyat yuritishining muvofiq shartlarini aniqlash uchun tizimchalar, tipik jarayonlar va barcha darajadagi elementlarni tashkil qiluvchi katta, murakkab tizimlarning ko’rsatkichlari va xususiyatlarini umumlashtirish zarur. Ochiq tizim sifatidagi tashkilot innovatsion faoliyatini qurishning umumlashtirilgan tamoyillari 4.3 – jadvalda berilgan.

4.3-jadval


Ochiq tizim sifatidagi tashkilot innovatsion faoliyatini qurishning tamoyillari


Qurish tamoyillari


Mazmuni

1.Tizimning yaxlitligi

Tizim elementlarining yaxlitligi va o’zaro hamkorligi. Tashqi ta’sirlarga tizim yagona bir butun sifatida javob qaytaradi.Korxonaning avtonom tizim sifatidagi operativ, ishlab chiqarish, moliya, investitsion, innovatsion, strategik faoliyatining yaxlitligi.


2.Elementlarning o’zaro bog’liqligi va o’zaro hamkorligi


Tizimning tarkibiy qismlari to’g’ridan to’g’ri va teskari aloqa bilan bog’langanlar. Masalan ishlab chiqarishning yakuniy mahsuloti mehnat vositalari, mehnat predmetlari, texnologiyalar, tashkil qilishlar, xodimlarning


o’zaro hamkorligi asosida olinadi.


3.Vazifalarni asoslanganligi


Korxona vazifalari beixtiyor emas, balki ishlab chiqarishning maqsadlari, talabning talablari, resurslarning mavjudligiga muvofiq shakllanadi va

o’zgaradilar.

4.Ierarxiklik


Tizimning har qanday gorizontal va vertikal darajalarida elementlar (texnologik zanjirchaning bo’g’inlari, tarkibiy bo’linmalar, alohida xodimlar va h.k) o’rtasidagi ierarxik o’zaro hamkorlik ta’minlanishi kerak.


5.Elementlarning avtonomligi


Tizimning har qanday vertikal va gorizontal darajalarida boshqa bo’linmalar harakatlariga bog’liq bo’lmagan vazifalar aniq chegaralanadilar. Masalan, TNB, xodim, bosh konstruktor xizmatlari, ishlab chiqarish bo’linmalari va


h.k. bir biriga bog’liq bo’lmagan vazifalarni bajaradilar, ya’ni avtonom ravishda harakat qiladilar.


6.Moslashuvchanlik, sinxronlik, bir tekislik


Tizimning barcha bo’g’inlari va tarkibiy elementlari vaqtda sinxronlashtirilganlar va qanday va qat’iy belgilangan usullar va yo’llar (ishlab chiqarish jarayonlarining reglamentlar (ish tartibi), qo’llanmalar. Texnika xavfsizligi, mehnat muhofazasining me’yoriy talablari, ekologik me’yorlarga rioya qilish, mehnat jarayonlarining tarifini belgilash)dan


foydalanishda tashkilotning asosiy maqsadlari bilan moslashganlar.


7.Moslashuvchanlik, egiluvchanlik


Tizimni o’zgarishlarga moslashuvchanligi, masalan, ishlab chiqarish


apparatini yangi texnika, texnologiyalarga moslashuvchanligi, xodimlarni innovatsion va tashkiliy o’zgarishlariga moslashuvi va h.k.


8.Boshqaruvchanlik


Uskunani ishlashida to’xtashlar va bekor turishlarni yo’qligi, ishlab chiqarish jarayonining har xil bosqichlarining bir tekisligi va sinxronligi, xodimlarning sababsiz ishga kelmasliklari va kelmay qolishlarining yo’qligi. Axborot va moddiy oqimlarning tartibga solinganligi, boshqaruvchi bo’g’inning buyrug’i


bo’yicha vazifalarni bajarilishining muntazamligi.


9.Ko’p vazifaviylik, ko’p jihatlik


Tizimning qaytadan yo’lga qo’yilishga, yangiliklarni tadbiq etilishiga, xodimlar tez qayta o’qitilishiga, navlarni o’zgarishi va kengayishiga, qismi yoki to’liq modernizatsiyalanishga yangilanishga va h.k. qobiliyati.


10.Ravshanlik


Texnik va ishga doir hujjatlarning yagona atamashunosligi, tizimning barcha bo’g’inlariga nisbatan talablarning yagonaligi, jazolar, me’yorlar va tartibga soluvchi bazaning yagona tizimi. Tashqi ta’sirlar ta’siri ostida qaytadan


yo’naltirilishi imkoniyati.


11.Muvofiqlik


Eng muhim xususiyat-barcha bo’linmalar harakatlarini muvofiqlashtirish imkoniyati, asosiy vazifalarga qaratilganlik. Barcha yuqorida sanab o’tilgan tamoyillarga rioya qilish bilan ta’minlanadi.


          1. Yangiliklar yashash davri kontseptsiyasining mohiyati

Jahon va mamlakatimiz texnik – iqtisodiy rivojlanishining uzoq muddatli tendentsiyalarni tadqiqot qilish shuni ko’rsatadiki, milliy iqtisodiyotlar tuzilmalarining o’zgarishlari va olg’a siljishlari va xalqaro mehnat taqsimot bilan birga bo’luvchi qayta ishlab chiqarish jarayonlarining dinamikasi ilmiy – texnik taraqqiyot va innovatsion o’zgarishlar bilan to’g’ridan to’g’ri bog’liq iqtisodiyotning davriy tebranishlariga bog’liqdir. Xuddi innovatsion rivojlanishning davriy kontseptsiyasi ilmiy-texnik taraqqiyotni bir tomondan ishlab chiqarish takomillashtirishning muhim yo’li sifatida tushunishga olib keladi.6


Innovatsion jarayonlar, mahsulotlar va tizimlarning yashash davrlari kontseptsiyasi asosida ishla chiqarishning barcha jarayonlari va bosqichlarini vaqtli, resursli va tashkiliy sinxronlashtirish mumkin. Innovatsion jarayonlarni darajalar bo’yicha va bosqichma bosqich o’rganish uchun mahalliy, vaqtda bo’lingan axborotlar xarakterlidir, shuning bilan bir vaqtda yashash davrali yondashish yangiliklarni yaratish va o’zlashtirish jarayonini dinamik sinxronlashtirilgan tizim sifatida ko’rib chiqadi.
Innovatsion faoliyat bitta mantiqiy zanjirga birlashtirilgan bir qator tadbirlardan tashkil topadi. Bu zanjirning har bir bo’g’ini (innovatsion davraning) har bir bosqichi rivojlanishning o’zining mantiqiga bo’ysunadi, o’zining qonuniyatlari va xususiyatlariga ega. Ilmiy izlanishlar, tajriba – konstruktorlik va texnologik ishlamalar, investitsion – moliyaviy, marketing tadbirlari, ishlab chiqarish quvvatlari va tashkiliy tuzilmalar birga birlashgan holda bitta asosiy maqsad – yangilikni yaratishga bo’ysunadi.
Marketing tadqiqotlari bag’rida vujudga kelgan tovarlar, talab va texnologiyalarning yashash davralari qisqa vaqt ichida iqtisodiy ob’ektlar, jarayonlar va tizimlarni o’rganishda ustuvor holatni egallaganlar. Misol uchun, tashkilotlar, sanoat ishlab chiqarishi sohalari, texnik buyumlar, qurilish konstruktsiyalari, mashinalar va mexanizmlar yashash davralari kontseptsiyasi ancha rivojlanganlar.
Innovatsion faoliyatni o’rganish uchun yangi tovar, yangi texnika va texnologiyalar, hamda ochiq tizimlar sifatidagi innovatsion tashkilotlarning yashash davralari eng katta ahamiyatga ega.
Iqtisodiy ob’ektlar sifatidagi texnologiyalarning evolyutsiyasi va o’zgarishni o’z ichiga oluvchi katta texnologik tizimlar kontseptsiyasi yashash davralarining unumdorroq zamonaviy g’oyasi bo’ladi. Masalan, katta texnologik tizimlarning yashash davralarini tadqiqot qilish ham an’anaviy ham yangi texnologik paradigmalar (namunalar) doirasida rivojlanayotgan texnika va texnologiyalar avlodlarining nazariyasiga olib keladi.
Texnologik tizimlarni rivojlantirish ikki yo’nalish bo’yicha: bazaviy texnolgiyalarni takomillashtirish va tubdan yangilarni yaratish bilan amalga oshiriladi. Texnologiyalarni yaxshilanishi va modernizatsiyalanishi, ularni yetuklik bosqichiga o’tishi va bozorni ushbu tovarlar bilan to’ldirilganligi sari eski pragdama doirasidagi bundan keyingi texnologik rivojlanish foydasiz bo’lib qoladi, sotishlar hajmi va foyda pasayadi. Vujudga kelgan texnologik tartib doirasida tubdan yangi qarorlar, “yorib o’tuvchi” texnologiyalar vujudga keladilar, bu yangi texnologik tartiblar, ishlab chiqarishlar, sohalarga asos soladi.
Barcha iqtisodiy ob’ektlar, jarayonlar va tizimlarning yashash davrasi bir xildagi nazariy bazaga ega: har qanday yashash davrasi yaratilishdan boshlanadi, o’sish, yetuklik, so’nish va tanazzul bosqichlarini o’tadi.
Tovarning namunaviy yashash davrasi 1 - rasmda berilgan. Innovatsion menejmentning ko’p sonli ob’ektlari: innovatsion korxonalar, yangi texnika va texnologiya,

  1. А.М. Мухамедияров “Инновационный менеджмент”-М.: Инфра-М., 2008


yangi tovarlar va xizmatlar yashash davrasining xuddi shunday dinamikasi tuzilishiga egalar.


Bosqich

Tovarning sotishlar hajmi


    1. rasm. Yangi tovarning yashash davrasi:



I-yaratilish va o’sishni boshlanish bosqichi; II-tez o’sish, SH-o’sishni sekinlashuvi, balog’at; IV – barqarorlashish, V – So’rish, eskirish, tanazzul.
Innovatsiyalarning yashash davrasi kontseptsiyalarining afzalligi shunda namoyon bo’ladiki, 4 quyidagilarni ta’minlaydi:
vaqtli omilini hisobga olishni,
jarayonning markaziy tendentsiyasini aniqlashni, o’zgarishlar dinamikasini namunaviyligini, jarayonni kuchayishining mantiqini,
moddiy, axborot va moliya oqimlarining ko’rgazmaliligi va ravshanligini; bosqichlarni jarayonlarni matematik modellashtirish imkoniyatini, bashoratlashning muqobil usullarini qo’llash imkoniyatini;
Tovar-texnika-texnologiya, yangi tovar - talab – texnologiya, ishlab chiqarish omillari – firmaning raqobat afzalliklari – firmani rivojlanishi turidagi har xil iqtisodiy ob’ektlarning o’zaro aloqalarini aniqlashni.
Yashash davralarining matematik modellarini yaratish innovatsion menejmentdagi yashash davrasi kontseptsiyasining eng muhim afzalliklaridan biri bo’ladi.
Yashash davralari dinamikasini ta’riflovchi matematik vazifalar 4.4 – jadvalda berilgan. Yashash davrasi alohida uchastkalardan tashkil topgan, ulardan har biri har qanday iqtisodiy ob’ektni rivojlanishi darajasi vaqtni u yoki bu qismida vujudga keladigan ichki va tashqi sharoitlarni rivojlanishi darajasiga bog’liqligining matematik bayoniga ega. Bu innovatsion menejerga rivojlanishning sur’atlari va darajasini o’zgarishi bo’yicha qarorlarni ishlab chiqarishga imkon beradi.

4.4- jadval Yashash davralari dinamikasini bayon qiluvchi matematik vazifala
Innovatsion menejer muvofiq qarorlarni qabul qilish uchun eng natijaviy imkoniyatni ochiq tizim sifatidagi tashkilotning tahlili va batafsil yashash davrasi asosida oladi. Tashkilotning yashash davrasi 7-rasmda ko’rsatilgan.

Samara



    1. rasm. Tashkilotning yashash davrasi.


I – innovatsion tadbirkorlik bosqichi, yuqori ijodiy imkoniyatlar; II – innovatsion faoliyatni faollashishi, nomoddiy aktivlarni shakllantirish, jamoadagi norasmiy muloqat; III- yangiliklarning yirik seriyalariga chiqish, barqaror tashkiliy tuzilmalar, iqtisodiy samaradorlikka e’tibor berish; IV-tuzilmalarni murakkablashishi, rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashishni tugatish, har tomonlama rivojlanish, yangi bozorlarga o’tish, V-qo’ldan berilgan imkoniyatlar va texnologiyalarni eskirishi, innovatsion faoliyatni davom ettirish uchun birlashishlar va yutilishlar zaruriyati.


Tashkilotlarning ularning raqobati kurashida mavjud bo’lishilari nuqtai nazaridan yashash davralari nazariyasi I. Adizes tomonidan ko’rib chiqilgan. I. Adizes kontseptsiyasi 1990 yillarning o’rtalarida Harbiy iqtisodiyotda keng tarqalgan edi. Vaziyatli tahlilga asoslangan I. Adizes kontseptsiyasi tashkilotni yaratilishi, tez o’sishi, yetukligi, barqarorligi
va tanazzuli bosqichlarini batafsil tadqiqot qiladi. Muallif firmani o’sishi kasalligi uning tashqi va ichki muhitdagi vaziyatlarga bog’liq hulqining xususiyatlarini ko’rsatadi, ularning sabablarini tadqiqot qiladi, “tashhis” qo’yadi va “bashorati”ni beradi: “sog’lomlashtirish” yoki “o’limga olib boradigan” imkoniyatlari va yo’llarini ko’rsatadi. I. Adizes birinchi marta firmaning yashash davrasi bosqichlarini “kasallikning og’irligi” bilan, ya’ni davra fazalarini muvofiq o’tishidan chetga chiqishlar bilan bog’laydi.
U menejmentning xatolarini va ularni tuzatish bo’yicha to’g’ri xarakatlarni ko’rsatadi, shuning bilan bir vaqtda chorasiz vaziyatlar va menejer harakatlarning foydasizligini ajratadi. Firmaning o’sish nazariyasi firmaning ko’pgina “kasalliklari” ni oldini olishni namoyish qila turib, tadqiqotchilar e’tiborini eskirish sabablariga jamlaydi. Masalan, taraqqiy qilish va eskirish va tanazzulni kelishidan uzoqlashish omillari orasida firmaning innovatsion faolligi va ustuvor raqobatli afzalliklarni shakllantirish ajratadi.
Tashkilotni tashkil qilish bosqichida ijodiy jarayon erkin o’tadi, u tashqi muhit vaziyatlarini tahlil qilish va ayniqsa raqobat mexanizmlarini o’rganishga asoslanadi. Firmani tashqi muhitga vaziyatli yondashishi o’sish imkoniyatlarini his qilish va kerakli resurslarni olinishini ta’minlashdan iborat bo’ladi, ular orasida yangi bilimlar va texnologiyalar, nou-xaular alohida rolь o’ynaydi.
Birinchi bosqich uchun tashqi va ichki muhit omillarining yuqori noaniqligi xosdir. Adizes ratsional kutishlar gipotezasini tahlilning qurollari ko’rinishida taklif qiladi. Bozorlar, raqiblar va iste’molchilarni tovarga javoblari haqidagi menejer olish mumkin bo’lgan barcha axborotlardan foydalangan holda, talabning o’rtacha kutilgan darajasi, narxlarning dinamikasi, raqiblar bilan kurashish natijasining ehtimolini belgilash mumkin.
Ratsional kutishlar gipotezasi ob’ektiv va sub’ektiv ehtimollar nisbati muammosini hal qilishga harakat qiladi, ya’ni moslashtirilgan kutishlar va kutilgan foydalikning ertaroq nazariyasiga katta ulush qo’shadi.
Tashkilot yashash davrasining ikkinchi bosqichida innovatsion biznes kengayadi, ya’ni samarali yaratish va yangiliklarni tadbiq etish firmani iqtisodiy o’sishiga asos bo’lib xizmat qiladi. Xuddi yangiliklar raqobat afzalliklarini ichki resurslar (malakali xodimlar, yangi texnika va texnologiya, investitsiyalar)dan muvofiq foydalanish imkoniyatini yaratadilar.
Ushbu bosqichda boshqaruvning adekvat tashkiliy tuzilmalari va usullarini tanlash muhim vazifa bo’ladi. Firmani o’sish bosqichi Adizes taxminlariga asoslanadi, to’liq bo’lmagan axborotlar sharoitida kutilgan foydalikni ko’paytirish gipotezasi tanlovni tahlil qilishning dastlabki joyi bo’lishi mumkin. Xuddi shu yerga tashkilotning uzoq muddatli yutuqni ko’paytirish mumkin bo’lgan strategik hulqini modellashtirish imkoniyati qo’yilgan, qisqa muddatli davrda barcha yangiliklar ham foydani kattalishishini namoyish qilmaydilar.
Moliyaviy barqarorlik va o’sishning dinamikligini ta’minlovchi jarayonlarning muvofiq nisbati ushbu bosqichda tashkilot sog’lomligining o’lchami bo’ladi. “Kasalliklarni oldini olish” aqliy aktivlarni shakllantirish, mustahkam ilmiy-texnik bazani yaratish, boshqaruvning norasmiy psixologik usullaridan foydalanishga to’g’ri yondashishdan iborat bo’ladi.
Etuklik bosqichi barqaror va unumdor texnologiyalarning poydevoriga, innovatsiyalarning samaradorligini oshishiga asoslanadi. Bu yerda firma faoliyatning turli tumanligini kengaytirish, sotishlar hajmini ancha ko’paytirish, yangi tuzilmalar va bo’linmalarni paydo bo’lishini mo’ljallaydi. Ko’pincha firma yirik, ierarxik murakkab tashkilotga aylanadi, unda bozor ishtirokchilarining soni nisbatan katta emas va ular faoliyatning ko’lamlari, raqobat afzalliklari va iqtisodiy natijalar bo’yicha solishtirish
mumkin. Bitta ishtirokchining hulqi umuman bozorning holatiga va demak, raqiblarning holati va hulqiga albatta ta’sir ko’rsatadi.
Agar innovatsion biznesni yaratilishi bosqichida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning harakatlari muhitning holatiga hech qanday sezilarli ta’sir ko’rsatmasa, chunki mukammal raqobat sifatida bozorning boshqa ishtirokchilarining xulqi ham boyliklar narxiga g’oyatda kam ta’sir ko’rsatadi, unda bu yerda kutishlar nazariyalarining qurollari keng qo’llaniladi. Yetuk yirik firma oldini olish uchun na mukammal oldindan ko’rishga va na ratsional tanlovga ega. Barqarorlashish bosqichida raqobat kurashidagi tanazzul va mag’lubiyatdan qochish uchun rivojlanishning yangi variantlarini qidirib topish, markazlashtirish jarayonlarini vakolatlarni boshqacha topshirish bilan muvofiq birlashtirish zarur.
Yuqori innovatsion faollikka ega eng muvaffaqiyatli firmalar ishlab chiqarishni har tomonlama rivojlantirishlari, shuning asosida bundan keyingi yangilanish strategiyasini qurishlari va yangi bozorlarga bostirib kirishlari kerak.
Ammo ko’pgina yirik firmalarni rivojlanishida hamma vaqt ham har tomonlama rivojlanish va innovatsion rivojlanishning afzalliklaridan foydalanib bo’lmaydi. Qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar, tovarlar va texnologiyalarni eskirishi firmani og’ir “kasalliklar”ga olib keladi. Avvalgi raqobat afzalliklarini “sug’urib olish”, yangilash va qaytarishga katta mehnat bilan erishiladi. Ko’pgina firmalar, samarali yo’lni topa olmay, qayta tashkil qilishlar, birlashishlar va yutib yuborilishlarga murojaat qilishga majburlar. Qo’llangan harakatlarning samarasizligida firmaning “kasalligi” zo’rayadi va bankrotlik ehtimoli o’sadi. Adizes nazariyasi hozircha bizning sharoitimizda kamroq qo’llaniladi, ammo katta imkoniyatlar va istiqbollarga ega.
Tashkilotning yashash davri kontseptsiya asosiy dastlabki tamoyillarining alohidagi ahamiyatini namoyish qiladi, ular iqtisodiy ob’ektlar va tizimlarni ularning o’zini o’zi rivojlantirish va takomillashtirish nuqtai nazaridan o’rganishni talab qiladi. Davraviy yondashishlarning tizimli tahlil bilan yaqin aloqasi shuning bilan izohlanadi, buning asosida innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoniga tizimlilik, butlik va yakunlanganlikni kiritish mumkin bo’ladi.
Innovatsion faoliyatda korxona, tashkilot, texnika va texnologiya, tovarlar va xizmatlar kabi iqtisodiy ob’ektlar va tizimlar uzluksiz yangilanishga yo’naltirilgan vositalar va usullarning yaxlit yig’indisi sifatidagi ierarxik birga tobe bo’lish va o’zaro hamkorlikda ko’rib chiqiladi. Boshqacha qilib aytganda, har xil ko’lam va darajadagi innovatsion jarayonlar iqtisodiy tizimlarni rivojlanishining asosini tashkil qiladilar.
Har xil ishlab chiqarish, ilmiy-texnik, tashkiliy, kreativ va sotsial tizimlarda o’tuvchi innovatsion jarayonlarning xususiyatlarni tadqiqot qilish innovatsion menejmentning natijaviyligini oshirishning asosida yotadi.
Innovatsion jarayonda dinamik tizim sifatida nafaqat yangi g’oyalar, yangi bilimlarni yaratish, ishlab chiqarish va iste’mol qilish tizimchasini, balki g’oyani tajribali namunada ishlab chiqarishli ro’yobga chiqarish uchun yangi uskuna, yangi texnologiya, yangi materiallarni qo’llashni ham ajratish kerak. Yangilik kiritish ilmiy-texnik gavdalantirish bosqichini o’tadi, u muhandislik takliflari, laboratoriya sinovlari, konstruktorlik hujjatlarini yaratilishi, tajriba namunalarini yaratilishi va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning natijasi bo’ladi. Yangilik kiritishdan haqiqiy samara faqat uning bozor sharoitlaridagi tarqatilishi, diffuziyasi va tijoratlashtirilishi natijasida namoyon bo’ladi.

Innovatsion menejmentdagi boshqaruv jarayonlarini batafsil tahlil qilinishi va takomillashtirilishi tizimli yondashishda to’liqroq ochib beriladi. Tizimli tahlilning markaziy tushunchasi tizimdan, ya’ni murakkab ichki qurilishga, bir birlari va atrof muhit


bilan o’zaro hamkorlik qiluvchi tarkibiy qismlar va elementlarning katta soniga ega ob’ektdan iboratdir.
Innovatsion menejment uchun tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish asosiy dalil bo’ladi. Tashqi muhit bilan yaqindan o’zaro hamkorlikka ega bo’lgan holda, u tashqi muhit tomonidan ham to’g’ridan to’g’ri va ham vositali ko’p sonli ta’sirlarga duch keladi. Bir vaqtda tashkilot ichki mikromuhitga ega, uning elementlari ham tashqi muhit omillariga o’zaro bog’liqlikda bo’ladilar.
Tizimning elementlari mustaqil va shartli bo’linmaydigan birliqdir.

Har bir tipik jarayon yagona harakatlar tizim elementlaridan tashkil topadi.


Nazorat uchun savollar:
  1. Boshqaruv haqidagi fan evolyutsiyasining asosiy bosqichlariga ta’rif bering.


  2. Innovatsion menejmentning kontseptsiyasi va yondashishlarini ta’riflab bering.


  3. Innovatsion menejmentning xarakterli alomatlarini bayon qiling.


  4. Tashkilotni ochiq tizim sifatida tushunish nimadan iborat?


  5. Tashkilotning tashqi muhitiga ta’rif bering.


  6. Firma ichki muhiti omillarini sanab bering.


  7. Tizimning elementlari nima?


  8. Tizimning tuzilishi va parametrlarini ta’riflab bering.


  9. Menejmentning boshqaruvchi tizimchasi nima?


  10. Innovatsion menejment tizimidagi aloqalar turlarini ta’riflang.


  11. Innovatsion menejment tizimidagi ierarxiyaning qaysi bosqichlarini aytib bera olasi?


  12. Tizim sifatidagi tashkilot innovatsion faoliyatini faoliyat yuritishining muvofiq sharoitlari ostida nima yotibdi?


  13. Tizim sifatidagi tashkilot innovatsion faoliyatini qurilishining asosiy tamoyillarini ta’riflab bering.


  14. Yangiliklarning yashash davrasi kontseptsiyasi nimadan iborat?


  15. Texnologik tizimlarni rivojlanishining yashash davrasi kontseptsiyasi nimadan tashkil topadi?


  16. Yangi tovarning yashash davrasi bosqichlarini sanab bering.


  17. Tashkilot yashash davrasi bosqichlarini aytib bering.


  18. Tashkilotning yashash davrasi bosqichlarining xususiyatlarini ta’riflab bering.


  19. Tashkilotning yashash davrasi bosqichlari uning innovatsion faoliyati bilan qanday bog’langan.


  20. Innovatsion faoliyatni boshqarish jarayoni firmaning yashash davrasi bilan qanday bog’langan?





Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin