O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə38/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

Tayanch iboralar: Moliyaviy resurslar, byudjetli assignovaniyalar, resursli ta’minlash, maqsadli byudjetli fondlar, innovatsion fondlar, aktsiyalar va obligatsiyalarning emissiyasi (bosib chiqarilishi), venchurli biznes, xatarli sarmoyalar, xatarli investitsiyalarning diversifikatsiyalash, tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalar, loyihali moliyalashtirish, innovatsion loyiha, venchurli sarmoya.
          1. Innovatsiyalarni moliyalashtirish manbalari va shakllari

Innovatsion faoliyatning mufaqqiyati ko’proq darajada uni tashkil qilish shakllari va moliyaviy qo’llab quvvatlash usullari bilan belgilanadi . Yangi ilmiy ishlamalar va texnologiyalar davlat milliy kuchining asosiy tashkil qiluvchilari bo’lganlari sari rivojlangan davlatlar innovatsiyalarni qo’llab quvvatlash va riaojlantirishning turli tuman imkoniyatlarini topadilar. Bunda innovatsion faoliyatni moliyatirishning turli tuman usullari va innovatsiyalarni vositali qo’llab quvvatlash bo’yicha tadbirlarning rang barangligi kengayadi.
Rivojlangan mamlakatlar innovatsion faoliyat uchun moliyaviy resurslarni ham davlatning va ham hususiy manbalardan to’playdilar: /arbiy Yevropaning kopgina mamlakatlari va A+SH uchun molmyaviy resurslarni ITTKI uchun davlat va hususiy kapital o’rtasida teng taqsimlanishi xosdir.
Ma’lumki, ilmiy salohiyat birinchi navbatda fanlarning fundamenti tadqiqotlarni rivojlantirishga investitsiyalarning hajmi , hamda patentlar va litsenziyalarning soni, jahon ilmiy adabiyotiga ulush va boshqalar bilan belgilanadi. Yetakchi sanoati rivojlangan mamlakatlarda ITI ga xarajatlar YaIM ning 3% yaqinini tashkil qiladilar. Masalan, 1998 – yilda AQSH da tadqiqot ishlab chiqishlarini moliyalashtirishning umumiy hajmi 200 mlrd dollarda yaqinini, «katta yettilik» ning qolgan mamlakatlarning 2000 mlrd dollardan kamroqni tashkil qilgan
SHuni eslash qiziqki, sobiq SSSR da 1980 –yillarning oxirida ITTK I ga xarajatlar milliy daromadning 5,5% ni tahkil qilganlar. Xususiy, davlat va xorijiy sarmoyalar hamkorligining turli tuman shakllari kengayishida davom etmoqda.
Faqat moliyalashtirishning rivojlangan tizimi asosida innovatsion faoliyat rivojlanishi mumkin. Bozor turidagi iqtisodiyotda mustaqil korxonalar, sanoat kompaniyalari, moliya sanoat guruxlari, kichik innovatsion bines, investitsion va innovatsion fondlar, mahalliy boshqaruv idoralari, xususiy shaxslar va h. k. moliyalashtirish sub’ektlari bo’ladilar.
Ularning barchalari u yoki bu shaklda qayta ishlab chiqarish jaayonida ishtirok etadilar va innovatsion faoliyatni rivojlanishida bevosita ishtirok etadilar. Moliyalashtirishning tashkil qilish tamoyillari moliyalashtirishning manbalarining ko’pligi, tizimning alohida elemlntlarining egiluvchanligi va dinamikligiga qaratishni va innovatsionlarni ularni innovatsion faoliyatdan moliyaviy qaytarilishni o’sishini ta’minlovchi tijoratlantirilishi bilan samarali tadbiq etilishi kerak.
Buning uchun ikkita asosiy shartga amal qilish zarar: davlatning innovatsion, ilmiy – texnik va sanoat siyosatini faollashtirish va tadbirkorlarni faol investitsion rivojlanishga o’tishga tayyorligi.
Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi mulkchilik turi, markazlashtirilganlik darajasi, ham mulk egalarining darajasi va moliyalashtirish shakllari bilan farqlanuvchi shvkllar va manbalarning murakkab birikib ketishidan iboratdir.
Mulkchilik turlariga ko’ra moliyalashtirish manbalari quyidagilarga bo’linadi:

  • davlat investittsion resurslari (byudjet mabla-lari, byutjetdan tashqari fondlar , davlat tomonidan qarz olish , aktsiyalar paketlari ,davlat tasarrufidagi mulk ):


  • tijorat va notijorat xarateriga ega xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, hamda shaxs tashkilotlar jismoniy shakllarining investiitsion, shu jumladan moliyaviy resurslari.


Bu jamoaviy sarmoyadorlar, shu jumladan sug’urta kompaniyalari, investitsion fondlar va kompaniyalar, nodavlat nafaqa fondlarining investitsion resurslari. Korxonalarning shaxsiy mablag’lari, hamda tijorat banklari, boshqa kredit tashkilotlari va hukumat tomonida maxsus vakil qilingan investitsion banklarning kredit resurslari ham shunga kiritiladi.


Davlat darajasida quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar

  • byudjetlar va byudjetdan tashqari fondlarning shaxsiy mablag’lari:


  • davlat kredit bank va sug’urta tizimlarining « jalb qilingan » mablag’lar:


  • davlatning tashqi (xalqaro qarz olish ) va ichki qarzi (davlat obligatsiyali , qarzli va boshqa ziyonlari )ko’rinshidagi qarz mablag’lari :


Korxona darajasiga quyidagilar moliyalashtirish manbalari bo’ladilar


  1. SHaxsiy mablag’lar fryda, amartizatsion ajratmalaaar, sug’urtali to’lovlar, nomoddiy aktivlarning jalb qilinmagan ortiqchalari, asosiy va aylanma mablag’lar va h.k.;


  2. Jalb qilingan mablag’lar, aktsiyalarni sotishdan olingan mablag’lar, hamda badallar, maqsadli tushumlar va boshqalar;


  3. Xar xil asosdagi byudjet, bank va tijorat kreditlari ko’rinishdagi qarz mablag’lari. Byudjetdan mablag’ ajratilishi innovatsion faoliyatning har xil shakllarining muhim moliyaviy manbalari bo’ladilar, ular hisobidan maqsadli majmuaviy dasturlar, davlatning


ustuvor loyihalari bajariladi.


Davlat inovatsion siyosatini amalga oshirishning moliyaviy mexanizmi butun innovatsion davrani resursli ta’minlash tizimidan iborat.
Bir qator mualliflar tomonidan taklif qilinayotgan moliyaviy mexanizmi kontseptsiyasi, birinchidan, innovatsion dasturlarni loyihalarni to’g’ridan to’g’ri davlat byudjetidan moliyalashtirishni ayrim ilmiy tashkilotlari moliyaviy qo’llab-quvvatlanishi bilan birlashtirishga maqsadli qaratilganligi, ikkinchidan, moliyalashtirish manbalarining kqpligi bilan ta’riflanadi. Bunda byudjetdan mablag’lar ajratish bilan bir qatorda byudjetdan tashqari manbalar, shu jumladan moliya-sanoat guruhlari, tijorat banklari, birlashmalar, tashkilotlar va boshqa xo’jalik yurituvchi sub’ektlar ishtirok etadilar.
Bunday mexanizm doirasida davlat innovatsion siyosatining asosiy qurollaridan biri sifatida davlat byurtmasini rolini kuchaytirish alohida ahamiyat kasb etadi. Davlat investitsion va ilmiy-texnik dasturlari davlat tomonidan maqsadli moliyalashtirishning ob’ekti bo’lishlari kerak. Tanlov bo’yicha tanlab olingan loyihalar ularning asosiy majmuini tashkil qiladilar.
Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitlarida investitsion va moliyaviy resurslarni qidirib topish muammosida sarmoyalar va innovatsiyalarning bozorlari hal qiluvchi rolni o’ynashlari kerak. Yangiliklar bozorini ilmiy tashkilotlar, OO’Yu, innovatsion biznes korxonalari, ilmiy xodimlarning har xil uyushmalari, sanoat firmalarining ilmiy bo’linmalari, novatorlar shakllantiriladi.
Bozor talabi- ishlab chiqarishni o’sishi- innovatsmyaga talab zanjirchasini muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi to’laqonli innovatsion bozorni vujudga kelishining
muhim sharti bo’ladi. SHuning bilan birga qisqa muddatlarda innovatsion bozorning, hammadan avval aqliy mulkni himoyalash va infratuzilmani shakllantirish qismidagi tashkiliy-huquqiy bazasini yaratishni yakunlash zarur.
Innovatsion bozorni samarali faoliyat yuritish raqobat muhitini ta’minlash va fandagi yakka hokimlikka faol qarshilik ko’rsatishini ko’zda tutadi.
Kichik inovatsion biznesni vujudga kelishiga muhim rolь ajratiladi, u innovatsion sohada haqiqiy raqobatni yaratilishi tufayli ITICH ni jadallashuvi omili bo’ladi. Bundan tashqari, kichik innovatsion korxonalarni rivojlanishi samarali ilmiy-texnik xodimlardan samarali foydalanishga, hamda yakunlangan ishlab chiqarishlarni tijoratlashtirish, ijara, lizing va boshqa bozor qurollari hisobiga ilmiy-ishlab chiqarish infratuzilmasidan to’liqroh foydalanishga yordam beradi.
Bozor munosabatlarini rivojlanishi bilan xatarli (venchurli) sarmoyalar fondlarini innovatsion tadbirkorlikning adekvat o’ziga xosligi sifatida yaratish uchun haqiqiy sharoitlar vujudga keladi. Bu yerda innovatsion fondlar asosiy rolni o’ynashlari kerak, ular 1989 yildan boshlab katta davlat qo’llab-quvvatlanishida yachratiladilar.
Jahon amaliyotida asosiy sarmoyalardagi investitsiyalarni moliyalashtirish uchun qarz mablag’lari, ayniqsa bank kreditlari keng qo’llaniladilar. Jahonning rivojlangan mamlakatlarida bank kreditlarining sarmoyalar kiritish larni moliyalashtirish manbalari sifatidagi ulushi 20,40% ni tashkil qiladilar, shuning bilan bir vaqtda Rossiyada u 6-8% dan oshmaydi. 1998 yilda jahon iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar instituti tomonidan so’ralgan 3 mingta korxonalardan faqat 16,5% ishlab chiqarishni qaytadan jihozlashga, 5,3%-ishlab chiqarishni zamonaviylashtirishga, faqat 1,8%- korxonalar ITTKT, litsenziyalar va nou-xaularni xarid qilishga kreditlar olganlar.
2015 yildagi sanoatdagi kapital kiritmalarni moliyalashtirish manbalarining tuzilishi 13.1-jadvalda berilgan.

13.1-jadval 2015 yilda sanoatdagi kapital kiritmalarni moliyalashtirish manbalarining tuzilishi



Manbalar

Yakuniga


nisbatan %da


1.

SHaxsiy mablag’lar

77,0



Ulardan:




2.

Korxona ixtiyorida qoluvchi foydali jamg’armalar fondi

16,2

3.

Amortizatsiya va shaxsiy mablag’larning boshqa manbalari


60,8

4.

Jalb qilingan mablag’lar


23,0



Ulardan:




5

Banklar kreditlari

7,0

6.

Boshqa tashkilotlarning qarz mablag’lari


3,1

7.

Byudjet mablag’lar


5,0

8.

Byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari


1,8

9.

Boshqa jalb qilingan mablag’lar


6,1



Jami



100,0

Jadvaldan ko’rinishicha, bank kreditlari va boshqa tashkilotlarning qarz mablag’larining ulushi 10,1% ni tashkil qiladi. Ilmiy-texnik sohada kredit resurslari ITTKI ni moliyalashtirishning umumiy hajmida 79 ni qiladilar, shuning bilan bir vaqtda
byudjetdan tashqari fondlar mablag’lari va boshqa jalb qilingan mablag’lar 20%dan ko’proq tashkil qiladilar. Tijorat banklaritomonidan ishlab chiqarish innovatsiyalarga yo’naltirilgan investitsiyalarning ulushi 2%dan oshmaydi. Bunga sababa bank krizisi, kreditlarning yuqori qiymati, banklarda manfaatdorlikni yo’qligidadir.
Investitsiyalarni moliyalashtirishning eng keng tarqalgan shakllaridan biri aktsiyalar va obligatsiyalarni bosib chiqarish yo’li bilan moliyaviy resurslarni olish, ya’ni ulushli yoki qarzli turdagi emissiya (bosib chiqarish)dir.
Innovatsion jarayonlarni takomillashishi va rivojlanishida infratuzilmalarga birlashgan moliya-sanoat guruhlari, konsortsiumlar, strategik alьyanslar hamda loyihaviy moliyalashtirish va venchurli biznes alohida rolь qynashi kerak.
Innovatsion loyihalarning samaradorligini oshirish uchun yirik kompaniyalar innovatsion axborotlarni kelib tushishining ko’pgina vositali kanallaridan foydalanadilar, norasmiy tashkilotlarga keng murojaat qiladilar. Ammo juda ko’p hollarda tadbirkorlar moliyaviy xavfsizlikni radikal yangiliklarning noaniqligi va tavakkalchi innovatorlarni mustaqilligidan afzal ko’radilar.
Loyihaviy moliyalashtirish va innovatsion fondlar, ixtisoslashtirilgan moliya kompaniyalari, xalqaro moliyaviy tashkilotlar, sug’urta va lizing kompaniyalari yangilik kiritishlar institutsional tuzilmasining muhim shakli yuo’ladilar. Ammo tijoart banklari, shu jumladan ixtisoslashgan investitsion va innovatsion banklar kerditlarning asosiy manbalari bo’ladilar.
O’sishning innovatsion omillarini safarbar qilishda venchurli biznesga alohida rolь ajratiladi, u iinovatsiyalarni amalga oshirish shakli sifatida sarmoyalarni safarbar qilish usullari, manbalarni tuzilishi va moliyaviy mablag’larni taqdim etish shartlari bo’yicha ancha farqlanadi. Venchurli biznes printsipial yangiliklarni ishlab chiqishga qaratilgan va qoidaga ko’ra, pioner (birinchi) sohalardagi yuqori ishga doir faollik bilan bog’langan. Microsoft va boshqa kabi yirik firmalar o’zlarining qudratlari uchun xuddi venchurli biznesga qarzdordirlar. Kaliforniyadagi Silikon vodiysida yuqori texnologiyalarni ishlab chiqilishi va tatbiq etilishi birinchilarning misoli bo’lib xizmat qilishi mumkin.
Fan va texnologiyalarning yorib o’tuvchi yo’nalishlaridagi yaqqol o’ziga jalb qilishlik bunday kompaniyalarning moliyaviy barqarorligini oshirish bo’yicha tashkiliy harakatlarni talab qilgan. Mamlakatli xususiyatlar venchurli biznesni rivojlanishining ikkita tendentsiyalarida namoyon bo’lganlar: uni Yaponiya, G’arbiy Yevropa mamlakatlarida inkorellyatsiyalanganligi (o’z tarkibga qo’shib olganligi va AQSHda institutlashtirilgangigi (qandaydir yangi ijtimoiy institutni ta’sis etganligi)da. 1980 yillarda OO’Yu, kakdemik fan, davlat va xayr-ehson fondlari, lizing va sug’urta kompaniyalari bilan bog’liq venchurli va innovatsion fondlar rivojlana boshlaganlar. Ammo AQSH venchurli sarmoyasining 90 %ga yaqini 2-3 yangi firmalarning birlashmasi tomonidan taqdim etilgan. Bu fan, texnika va biznesning mashhur “avangard turi”dagi korxonani tashkil qilishga qodir vakillarini jalb qilishga imkon bergan. Ammo bularning barchasi tadqiqotli va venchurli loyihalardan moliyaviy qaytarilishni oshishiga yordam berolmagan. Birgalikdagi davlat, institutsional va korporativ harakatlar talab qilingan.
Keyingi o’n yillar ichida sanoati rivojlangan mamolakatlarda investitsiyalarni moliyalashtirishning yangi shakli-loyihali moliyalashtirish tez rivojlana boshlagan. Dastavval investitsiyaon loyihalarni bank tomonidan uzoq muddatli kreditlash deb tushunilgan loyihaviy moliyalashtirish bugun kqpgina turli tumanliklarga ega.
Jahon amaliyotida qabul qilingan innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllari 13.2-jadvalda berilgan.

13.2-jadval


Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning tashkiliy shakllari


SHakl

Ehtimol bo’lgan sarmoyadorlar

Qarz mablag’larini oluvchilar


SHaklardan foydalanishning afzalliklari


Bizning mamlakatimiz sharoitida shakldan foydalanishning

murakkabligi

Difitsitli moliyalashtirish


Xorijiy davlatlar hukumatlari.


Xalqaro moliyaviy institutlar.

O’zbekiston Respublikasining korxonalari va tashkilotlari


Hukumat

Innovatsiyalarni davlat tomonidan tartibga solinishi va nazorat qilinishi

Moliyalashtirishning nomaqsadiy xarakteri tashqi va ichki davlat qarzlarini o’sishi. Byudjetning xarajat qismini ko’paytirish


Aktsiyadorlik (korporativ) moliyalashtirish


Tijorat banklari, instituttsional sarmoyadorlar


Korporatsiyala r, korxonalar


Korporatsiya (korxonalarda investitsiyalardan foydalanishning variant belgisi)


Nomoddiy xarakteri haqiqiy loyihalarp bozorida emas, balki faqat qimmatbaho qog’ozlar bozorida ishlash. Sarmoyador xatarining yuqori

darajasi

Loyihani


Hukumatlar,


Investitsion


Moliyalashtirishnin


Investitsiyaon


moliyalashtirish


xalqaro moliyaviy


loyiha.

g maqsadli

muhitga bog’iqlik,




institutlar. Tijorat


Innovatsion


xarakteri.


kredit xaratlarining




banklari.


loyiha

Xatarlarni

yuqori darajasi.




Mamlakat




taqsimlanishi.


Beqaror qonunchilik




korxonalari.




Davlat-ishtirokchi


va soliq tartibi.




Xorijiy



moliyaviy






sarmoyadorlar




muassasalarning






instutsional




kafolati.






sarmoyadorlar




Nazoratning yuqori










darajasi





          1. Xorijda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish таrtibi

Sanoati rivojlangan mamlakatlarda innovatsion jarayon sarmoyalarni ham xususiy va ham davlat manbalaridan oladi. AQSH va Yevropa mamlakatlarida ularning ulushi taxminan teng Yaponiyada xususiy investitsiyalarning ulushi 80%dan oshib ketadi. Moliyalashtirishning eng ixcham shakli- xatarli sarmoyalar – xususiy manbalarga asoslanadilar. Innovatsion jarayonlar uchun, shubhasiz, ITTIR ni innovatsion jarayondagi belgilab beruvchi bo’g’in sifatida moliyalashtirish eng katta ahamiyatga ega.
AQSHda moliyaviy resurslar ham federal va munitsipal byudjetlar orqali davlatdan (1998 yilda 49%) va ham xususiy firmalar va tashkilotlardan (o’sha 1998 yilda 46,7% ni tashkil qilgan ) kelib tushadi. Universitetlar, kollejlar va xususiy- hukumat fondlari ITTKI ni moliyalashtirishda 5%dan ko’proq ishtirok etganlar AQSHda innovatsiyalarni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlar tizimi uchun keyingi yillarda dasturli-maqsadli yondoshishni tarqalishi xosdir.
Bunda moliyaviy resurslar ham ustuvor texnologik (biotexnologiya, energetika, elektronika, sog’liqni saqlash) va ham sohaviy yo’nalishlar (agrokosmik, harbiy sanoat va h.k.) jamlanadilar. Masalan, agronomik sanoatda ITTKI ning to’rtdan uch qismidan
ko’prog’i davlat assignovatsiyalarida bo’ladilar. Yangi konstruktsion materiallarni ishlab chiqarishdagi ilmiy tadqiqotlarning 35% ham davlat tomonidan moliyalashtiriladi.
Evropa mamlakatlar xuddi shunday tartibda ko’p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlar va yuqori texnologik mahsulotlarning ahamiyati o’smoqda. ITTKI ni davlat tomonidan moliyalashtirish tizimida innovatsion jarayonni vositali qo’llab-quvvatlashning ham to’g’ridan to’g’ri shakllari va ham samarali usullari (soliq imtiyozlari, imtiyozli hukumat krediti, amortizatsion hisobdan chiqarishlar) biriktiriladi.
Davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning bunday turi Frantsiya, Avstriya, SHvetsiya va h.k. da keng qo’llaniladi. Xuddi davlatning qo’lida moliyalashtirishning bunday manbalari innovatsion faoliyatni rivojlantirishning rag’batiga aylanadi.
Yaponiyada ITTKIni moliyalashtirish manbalarining asosiy qismini xususiy kompaniyalar tashkil qiladilar. (1998 yilda 80%gacha). Bu yerda davlat xarajatlarining ulushi AQSH va Yevropa mamlakatlariga qaraganda ancha past, buning ustiga xususiy kompaniyalar va davlatning harakatlarini Yaponiya tashqi savdo va sanoat vazirligi (TSSV) tomonidavn belgilab berilgan umummilliy ustuvorlik bo’yicha maxsus fondlar va dasturiy tadqiqotlar shaklida birlashtirilishi katta ahamiyatga ega. Ustuvor ilmiy yo’nalishlardagi investitsiyalarni o’sish sur’atlari bo’yicha Yaponiya jahonda birinchi o’rinni egallaydi. Bunday tashqari, Yaponiyada xususiy firmalarga ilmiy laboratoriyalar va tajriba korxonalarining uskunalari, hamda davlat muassasalari, universitetlarining tadqiqotlari natijalarini, shu jumladan ilmiy-texnik axborotlarni topshirish amaliyoti qo’llanilmoqda. Buning ustiga eng yangi texnologiyalar bazasida yangi mahsulotni ishlab chiqaruvchi xususiy firmalarga asosiy innovatsyailarni shlab chiqarishda 3 yildan 5 yilgacha katta (50%gacha) soliq imtiyozlari beriladi. Yaponiyada amortizayion ajratlamalar me’yorlarini tabaqalashtirish keng qo’llaniladi.
Xatarli moliyalashtirish nafaqat an’anaviy xo’jalik yuritish doiralarini ikki tomonga suradi, balki innovatsion faoliyatni takomillashtirishga imkon beruvchi va umuman iqtisodiy tizimni faoliyat yuritishi samaradorligini oshiruvchi investitsion mexanizmning yangi turini yaratadi. Innovatsion biznes ITTKIga xususiy investitsiyalar tizimiga katta o’zgarishlar kiritadi. Masalan, agar 1980 yillarning boshida xususiy jamg’armalar, shaxsiy xorijiy kiritmalar va sanoat korporatsiyalari asosiy samaradorlar bo’lgan bo’lsalar, 1980 yilni oxirida u quyidagi ko’rinishni olgan:
Nafaqa fondlariga xususiy xatarli sarmoyalar barcha kiritmalarining 47%; Xususiy jamg’armalarga -125%;
Xorijiy kiritmalarga -10%; Yirik korporatsiyalarga – 10%;
Sug’urta kompaniyalariga – 13%;
Davlat va xayr – ehson fondlariga – 7% to’g’ri keladi.
Bunda xatarli moliyalashtirishning umumiy fondi 1980 yillar ichida AQSHda 14 marta ko’paygan. 1990 yillar arafasidayoq bu mamlakatda investitsiyalarning foydaliligini pasayishida innovatsion sarmoyalarning ba’zi bir ortiqchaligi kuzatilgan.
Xatarli biznes uchun moliyaviy mablag’larni taqdim etish tijorat banklarining uzoq muddatli kreditlaridan tkbdan farq qiladi. Innovatsion venchurli biznes moliyalashtirilayotgan loyihani barbod bo’lishi imkoniga yo’l qo’yadi. Birinchi yillar loyiha tadbirkori sarflangan xarajatlar uchun moliyachilar oldida javobgarlikka ega emas va ular bo’yicha foizlarni to’lamaydi. Xatarli saromoyalar sarmoyadorlari birinchi besh yilda yangi tashkil qilingan firmaning aktsiyalarini xarid qilish bilan chegaralanadilar. Agar mulk aktsiyalar bilan berilgan bo’lsa, aktsiyadorlar ularni start davri tugagunga qadar birjada sotish huquqiga ega emaslar. Agar innovatsion firma foyda bera boshlasa, unda u
xatarli sarmoyalar kirituvchilarni mukofotlashning asosiy manbai bo’ladi. Ko’pincha venchurli sarmoyador innovatsion korxonaning mulk egasi bo’ladi. Xuddi kapital kiritmalarga yuqori, ko’picha yillik 25-30 %ni tashkil qiluvchi, foyda olishning oydinligi venchurli biznesni, yuqori xatarga qaramasdan, g’oyata o’ziga jalb qiluvchi tadbir qiladi.
Venchurli biznesning Venchurli biznesning samaradorligini oshirish uchun keyingi yillarda sanoati rivojlangan mamlakatlarda xatarli investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi sodir bo’lmoqda va qenchurli kompaniyalarning tashkiliy tuzilmasi o’zgarmoqda. Masalan, investitsiyalarning innovatsion yo’naltirilishi firmani ko’p sohali va sohalararo yo’nalishga g’ayratlantiradi. Bunda yangi bozor uyachalarini, qo’shni ishlab chiqarishlarni vujudga kelishi mumkin, ishlab chiqarilayotgan texnologiya samaraliroq bo’ladi, amalda investitsiyalarni har tomonlama rivojlanishi va innovatsion yo’naltirilganliginamoyish qiluvchi kichik innovatsion firmalar yirik firmadan kurtak ochib chiqadilar. Masalan, agar 1970 yillarning boshida General Electric firmasida faqat 10 mustaqil innovatsion yo’nalishdagi korxonalar tashkil qilingan bo’lsa, 1980 yillarning oxiriga kelib bosh kompaniya qoshida endi 200 tashqi venchurli ilmiy bo’linmalar mavjud bo’lgan. General Motors, xerox, IBM va h.k. kabi sanoat ggantlari qoshida ham venchurli sarmoyalar firmalari keng rivojlanmoqda.
Keyingi yillarda venchurli sarmoyalarning tuzilishi murakkablashgan. An’anaviy bo’lib qolgan shakllar bilan bir qatorda yangilari paydo bo’lmoqda. Kichik innovatsion firmadan boshlab va ilmiy- texnik konsortsium bilan tugallanib, aralash xususiy–davlat moliyalashtirilishida ishlovchi, ularning barchasi, bir tomondan o’zining faoliyatida har tomonlama rivojlangan va ko’p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga, boshqa tomondan tadqiqot qiluvchi firma va venchurli moliyalashtirish fondiga suyanadi. Yangi korxonani tashkil qilishda besh yil ichida investitsiyalarning dastlabki hajmiga nisbatan sarmoyalarni o’n marta ko’payishi rentabellikning pay darajasi hisoblanadi.
Eng yangi ko’p ilm iste’mol qiluvchi sohalardagi tatbiq etuvchi firmalar misoli yo’q tijorat xavfiga duchor bo’ladilar. Faqat investitsiya kiritilayotgan yirik texnik loyihalarning o’ndan bir qismi yetarlicha rentabelli bo’ladi. Venchurli fond, shunday qilib, umumiy biznes tarkibidagi o’zining innovatsion sherigini ehtiyot qilgan holda, bu xatarni o’ziga qabul qiladi.
Innovatsion fondlar ko’psonli tatbiq etuvchi firmalar bilan, ayniqsa ularning yashash davrlarining eng qiyin, boshlang’ich bosqichida mahkam bog’langan o’ziga xos aqliy diversifikatlar (har tomonlama rivojlantiruvchilarga) aylanadilar.
Innovatsion fondlar akademik fan, hammadan avval universitetlar bilan yaqindan hamkorlikka muhim ahamiyat beradilar. Universitetlar laboratoriyalarida yuqori rentabelli texnik loyihalar ishlab chiqariladi, ular venchurli moliyalashtirish uchun ayniqsa o’ziga jalb qiluvchi bo’ladilar. Innovatsion banklar judayam faollar, ular odatda istiqbolli g’oyalarni o’zlari qidiradilar, eng foydali, o’zini tez qoplovchi texnik loyihalar ijrochilari bilan xo’jalik aloqalarini yo’lga qo’yadilar.
Eng istiqbolllli innovatsion loyihalarni amalga oshirish uchun tadbirkorlar xususiy kasbiy boshqariladigan innovatsion venchurli fondlarga murojaat qiladilar. Qoidaga ko’ra, byurokratik himoya va ko’p bosqichli bo’ysunishdan xoli bu fondlar, innovatsion tadbirkorga kerakli boshlang’ich sarmoyalarni, shu jumladan start oldi xarajatlarni beradilar.
Yaponiyada innovatsion tadbirkorlik biroz boshqacha shakllanadi.Bu mamlakatning hukumati an’anaviy ravishda sanoat ITTKI moliyalashtirishga katta mablag’lar ajratmaydi: ITTKIga xarajatlarning 25% ga yaqini davlat ulushiga to’g’ri keladi. U milliy bozor ITICHning ustuvor yo’nalishlarini himoyalash bo’yicha protektsion (himoya qiluvchi)
choralarini qo’llaydi. Faqat milliy yapon fani va iqtisodiyoti rivojlanishining uzoq muddatli bashorati davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning asos bo’ladi. Yillar o’tishi bilanustuvorliklarning majmuasi o’zgaradi, ammo printsipial ishlab chiqarishlarni davlat tomonidan qo’llab-quvvatlash tamoyili qoladi.
Yaponiya TSSV eng yirik milliy dasturlar (kosmik tadqiqotlar, biotexnologiya va genetika, ekologiya, Tinch okeanining tadqiqoti, energiyaning eng yangi noan’anaviy manbalari va h.k.) va amalga oshirishni bajaradi. Ilmiy-texnik siyosat davlatning butun iqtisodiy strategiyasining o’zagi bo’ladi. Yaponiyada 1990 yillarning boshida ITTKI ustuvor yo’nalishlariga davlat xarajatlari YaIMning 3,5% yaqini tashkil qiladi.
Davlat xususiy samoyalarga nisbatan o’zining innovatsion siyosatini faol amalga oshiradi. Masalan, tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishi belgilangandan keyin TSSV tegishli ishlab chiqarish sohasiga ega barcha yirik sanoat korporatsiyalariga dasutarlar va yirik loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tanlovda ishtirok etishni taklif qiladi. Bunda vazirlik loyio’a, nou-xau haqidagi ilmiy va ilmiy-texnik axborotlarni taqdim etadi, tadqiqotlarga yirik universitelar va boshqa ilmiy jamoalarni jalb qiladi, laboratoriya va boshqa ilmiy uskunalarni beradi.
Dasturlarni moliyalashtirish bo’yicha xarajatlarni ishtirochi –korporatsiyalar amalga oshiridilar. Davlat sotish bozorlarni kafolatlamaydi. Xususiy sarmoyadorning zimmasiga nafaqat amaliy innovatsion faoliyatni, balki mahsulotning an’anaviy yuqori sifati va narxlarning yetarlicha past darajasini saqlab qolishda yangi bozorlarni shakllantirish vazifasi ham tushadi.
Davlat har xil to’g’ridan to’g’ri va vositali choralar bilan xususiy sarmoyalarni zamonaviy innovatsion strategiyaning o’zaniga yo’naltiradi. Masalan, eng yirik davlat moliya institutlaridan biri-Yapon taraqqiyot banki ustuvor sohalarni modernizatsiyalash va yangilashga uzoq muddatli qarzlarni taqdim etadi. Bank bu kredit uchun to’lovni ushbu mijozlardan odatdagi qarzdorlarga nisbatan ancha kam oladi. Buning ustiga muddati Yaponiyadagi oddiy kreditlash kabi 10 yil sarmoyalar jahon bozoridag’3-8 yil. Bundan tashqari, amerikalik, yevropalik kompaniyalarga nisbatan yapon firmalarining birlashishga vazmin munosabati va yapon sarmoyalarining kamtarona ko’lailari Yaponiyada innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirishning xususiyatlarini asoslab beruvchi muhim omillardan bo’ladi.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalari- texnik ishlab chiqarishning eng istiqbolli shakllaridan biridir. Bir necha kompaniyalar tomonidan ulushli asosda tashkil qilingan bo’lib, ular nafaqat ko’p sarmoya iste’mol qiluvchi ilmiy-texnik loyihalarni, balki yuqori investitsion xatarning ular bilan bog’liq innovatsion yo’naltirilganlikni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlashga imkon beradi. Ko’p ilm iste’mol qiluvchi va yuqori texnologik mahsulotni ishlab chiqarish uchun moliyaviy xatarni ishtirokchilar o’rtasida taqsimlash imkoniyati katta ahamiyatga ega. ITTKI natijalari butunlay aniq bo’ladilar, ammo ko’pincha ularni litsenziyalash va patentlashtirishning imkoni yo’q, bu Yaponiyada bundan keyingi ishlab chiqarishlarda ma’lum qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. Birinchi tadqiqot qilish assotsiatsiyalari Yaponiyada 1960 yillarda paydo bo’lgan bo’lsalar ham, ular asosan amaliy imitatsion tadqiqotlar bilan shug’ullanganlar. Ularni o’sishiga yapon va xorijiy texnologiyalar va korxonalar va nou-xaular tomonidan keskin raqobat, hamda katta xususiy investitsiyalarni safarbar qilishga rag’batlarni yetishmasligi xalaqit bergan. 1970 yillarda assotsiatsiyalarning soni, ayniqsa EHM ni ishlab chiqarish sohasi, mashinasozlik va asbobsozlik, aloqa va telekommunikatsiya vositalarini ishlab chiqarish sohasida tez rivojlangan.
Yaponiya hukumati 1970 yillarda tadqiqot qilish tizimini vujudga kelishi va rivojlanishida ijobiy rolь o’ynagan.
Davlat ilmiy-texnik rivojlanishning asosi sifatida davlat byudjetida subsidiya oluvchi ustuvor ITTKIni tanlab, ularga firmalari tomonidan shartnoma asosida tashkil qilinadigan aralash davlat- xususiy moliyalashtirish tamoyilida tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalarni qo’shgan. Aga 1970 yillarning oxirida Yaponiyada 20 bunday assotsiatsiyalar tashkil qilingan bo’lsa, ulardan 7 tasi davlatning faol moliyaviy qo’llab-quvvatlashda shartnoma asosida jalb qilinganlar, 1980 yillarda esa yana 26 tasi.
Tadqiqot qilish assotsiatsiyalaridagi innovatsiyalarni tashkil qilish va moliyalashtirishning aniq mexanizmlari, shubhasiz o’zgarganlar. Masalan, hozirgi vaqtda assotsiatsiyalarning ikki turi faoliyat yuritmoqda: harakatlar va resurslarni belgilangan loyiha ostida birlashtiruvchi, ammo mustaqil ilmiy va moliyaviy bo’linmalarga ega bo’lganlar va ishtirokchi firmalar doiralarida va moliyalashtirining belgilangan hajmida umumiy ilmiy-texnik bo’linmani tashkil qiluvchi, ikkinich turdagi assotsiatsiyalar. Tadqiqot qiluvchi assotsiatsiyalar davlat tomonidan qo’llab-quvvatlashning har xil shakllaridan foydalanadilar. Bunda asosiy fondlarga soliq 25 %ga kamaytiriladi.
Yaponiya sanoat kompaniyalarida innovatsion faoliyat ichki korporativ bo’linmalarda loyihaviy vaqtincha guruhlar shaklida va ichki venchurlar ko’rinishida to’liqroq amalga oshiriladi. Ko’pincha ichki venchurli bo’linmalar korporatsiyaning mavjud bo’lgan bo’linmalar bazasida tashkil qilinadilar. Ichki venchurli vazifalarning yig’indisi va mustaqillikning darajasi bo’yicha vazifasi bo’linmalar-kompaniyaning mahsulotli bo’linmalariga o’xshashlar. Ammo agar keyingilar mavjud ishlab chiqarishlarning joriy rentabelligini qo’llab-quvvatlash uchun javobgarlikka ega bo’lsalar, ichki venchurning mustaqilroq tashkilotlari loyihani ishlab chiqish davrida foyda olinishi uchun javobgarlikdan ozod qilinadilar va korporatsiya tomonidan yangi ishlab chiqarishni rentabelligiga erishgunga qadar subsidiyalarni to’liq oladilar.
Agar vaqtinchali loyihaviy guruhlar asosan yangilik kiritishlarning operativ ishlab chiqishga qaratilgan bo’lsalar, ichki venchurlardan mavjud ishlab chiqarish va moliya bozorilariga kiritilmaydigan printsipial yangilik kiritishlar va innovatsion loyihalar ishlab chiqarishlar va tijoratlashtirish uchun foydalaniladi.
Vaqtinchalik loyihaviy guruhlar sotish faoliyat bilan mustaqil shug’ullanmaydilar va ishlab chiqarish quvvatlariga ega emaslar. Ichki venchurlar butun innovatsion davra: ishlab chiqish, tatbiq etish, ishlab chiqarish, marketing, sotish va sotishdan keyingi xizmat ko’rsatishni amalga oshirish imkoniyatiga egalar. Ko’pincha bir necha yirik loyihalarni muvaffaqiyatli amlag oshirgandan keyin ichki venchuryuridik shaxs mavqeini oladi va qiz fimasi bo’lib qoladi. Ham kichik innovatsion biznesning afzalliklari, va ham u qiz firmasi bo’lib qolgan holda ega bo’lishi mumkin bo’lgan tadbirkorlik xatarlarining kerakli barqarorlashuvi va har tomonlama rivojlanishi xuddi ichki venchurga xosdir. Kichik innovatsion firmalar va venchurli bo’linmalarda faoliyatning muvaffaqiyati butun xodimlarning harakatiga bog’liqdir. AQSHda, firma ichidagi venchurlar, tashqi venchurlarga nisbatan ancha kam mustaqillikka ega bo’lgan holda korporatsiyalarni qo’llab-quvvatlashlari, korporatsiyalar resurslarini, ilmiy-texnik axborotlar va nou-xaularni, bozor haqidagi axborotlarni keng olish, marketing va sotishning korporativ tizimidan foydalanish imkoniyatlaridan foydalanadilar.
          1. Innovatsion faoliyatni loyihaviy moliyalashtirish

Zamonaviy, shu jumladan xalqaro moliyaviy faoliyatda loyihaviy moliyalashtirish kabi istiqbolli va dinamik yo’nalish borgan sari ko’proq rivojlanish olmoqda. Bu innovatsion faoliyatda moliyaviy va bank ishtirokining turi sanoatning ko’p resurslar va sarmoyalar iste’mol qiluvchi sohalari ishlab chiqarish apparatini modernizatsiyalash, takomillashtirish va yangilashga ayniqsa muhtoj mamlakatlar va mintaqaoar uchun ayniqsa dolzarbdir.


Hozirga qadar rivojlangan mamlakatlarda moliyalashtirishda elektr energiyasi, foydali qazilmalarni qazib olish bilan bog’liq investitsion loyhalar katta ommaviylikka ega bo’lganlar. Endi loyihaviy moliyalashtirish ham sanoatning infratuzilmasini va qayta ishlab chiqaruvchi sohalari bilan bog’liq va ham ilmiy-texnik yangiliklar va ilg’or texnologiyalarga qaratilgan sanoat ob’ektlarining ko’pchiligiga keng tarqalgan. Keyingi yo’nalish yuqori texnologik, ko’p ilm iste’mol qiluvchi ishlab chiqarishlarga investitsiyalar kiritishning kam sonli tajribasida paydo bo’lgan.
Loyihaviy moliyalashtirish an’anaviy ravishda investitsion loyihalarga mo’ljallanganligiga qaramasdan, hozirgi vaqtda bu usullar noyob novatorlik yondoshishlar va tubdan yangi ishlab chiqarishlar sohasiga tez kirib bormoqda. Bunda, shubhasiz, loyihaviy va moliyaviy xatarlar, demak loyihalarni ekspertli baholashga talablar ham o’sadi. Bu masalalarni ham uslubiy va ham amaliy va tashkiliy jihatdan hal qilish zarur. Nafaqat kreditorlarni, balki mahsulotning yaroqligini baholash va xatarni bartarf qilishga qodir mustaqil maslahatchilarni topish qiyin. Ishonchli ta’sischilar, samoyadorlar, kafolatchilar, pudratchilar va operatorlardan tashkil topgan loyihaviy jamoani tanlab olish undan ham qiyin. SHunga qaramasdan xuddi innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirish bugun eng katta qiziqishni uyg’otadi.
Loyihaviy moliyalashtirish kamida innovatsion faoliyatni tashkil qilish va moliyalashtirish haqidagi uchta printsipial qoidalarni ishonchli ravishda namoyish qiladi.
Birinchisi-sanoati rivojlangan mamlakatlar misolida shu narsa ko’rinadiki, innovatsion jarayonlarning asosiy qismini har xil darajada va ko’lamdagi xususiy kompaniyalarning kuchlari bilan malga oshirish mumkin. SHubhasiz, innovatsion jarayonlar bu yerda maqsadning o’zi emas, balki tadbirkorlik muvaffaqiyatiga erishish vositasi sifatida bo’ladilar. Innovatsion biznes har xil tashkiliy fondlarda akademik “sof fan” va xususiy sarmoya manfaatlari o’rtasida vositachi bo’ladi, chunki innovatsion jarayon daromadli sifatida ko’rib chiqiladi.
Ikkinchisi- davlatning innovatsion siyosati nafaqat innovatsion jarayonga to’g’ridan to’g’ri ta’sir ko’rsatishda, balki innovatsiyalar uchun innovatsiyalarni davlat tomonidan vositali qo’llab-quvvatlanishining har xil moliyaviy qonunchilik, soliq, sotsial va boshqa usullari bilan bir qatorda qulay iqtisodiy muhitni yaratilishida namoyon bo’lishi mumkin. Davlat o’zbek iqtisodiyotining hozirgi holatida innovatsion siyosatning asosiy yukini o’ziga ololmaydi, ammo innovatsion biznesni qo’llab-quvvatlovchi tadbirlarning to’liq turli tumanligini ta’minlashi mumkin.
Va nihoyat, uchinchisi- inovatsion faoliyatning egiluvchanligi, ko’p variantliligi va muqobilliligi davlat va xususiy tadbirkorlik, xususiy va xorijiy sarmoyadorlar hamkorligining ko’p sonli shakllarini vujudga kelishiga juda yaxshi yordam beradi. Loyihaviy moliyalashtirishning kengroq amaliyoti va innovatsion faoliyatni rivojlanishi agar davlat siyosiy, makroiqtisodiy va yirik ekologik xatarlardan kafolatchi bo’lgan holda o’ziga munosib o’rinni topishlari mumkin. O’zbekistonda innovatsion biznesni rivojlanishi uchun dastlabki sharoitlar yaratilgan.
Agar venchurli sarmoyalardan ilmiy faoliyatni uning har qanday bosqichida moliyalashtirishni tashkil qilish uchun foydalanish mumkin bo’lsa, unda loyihaviy moliyalashtirishning tashkilotchisi bunday xatarga bora olmaydi. SHuning uchun loyihaviy moliyalashtirish holida bozor sharoitida loyihani amalga oshirishdan pul mablag’larining oqimi krelditni qaytarishning yagona manbai bo’ladi. Innovatsion va venchurli biznes va loyihaviy moliyalashtirish o’rtasidagi katta farq shundan iboratki, loyihaviy moliyalashtirish tijorat talabi shakllantirib bo’lingan mahsulotlarga nisbatan qo’llaniladi.
Jahon amaliyotida loyihaviy moliyalashtirish ostida ko’pincha moliyalashtirishni tashkil qilishning shunday turi nazarda tutiladiki, unda loyihani sotishdan olingan daromadlar qarz majburiyatlarini to’lashning yagona manbai bo’ladi. SHunga qaramay har xil mamlakatlarda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi har xil talqin qilinadi. Masalan, AQSHda uning ostida moliyalashtirishni shunday tashkil qilish tushuniladiki, unda investitsion loyihalarning katta qismi ta’sischining shaxsiy mablag’lari hisobiga moliyalashtiriladi, loyihani sotishda daromad qarz majburiyatlarini to’lashning yagona manbalaridan bo’ladi.
Evropada bu atama loyihalarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan moliyaviy resurslarni taqdim etishning har xil variantlari va yo’llariga nisbatan qo’llaniladi. Keyingi vaqtda “loyihaviy moliyalashtirish” atamasi ham banklar tomonidan taqdim etiladigan kreditlarga va ham vositali byudjetli qo’llab-quvvatlashga, har xil davlat tashkilotlari, investitsion fondlar, sug’urta kompaniyalari va boshqa manfaatdor sarmoyadorlarning qo’llab-quvvatlashiga asoslangan moliyaviy va tijorat operatsiyalari tizimiga nisbatan qo’llaniladi.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishga asosiy talablar ta’sischilar va ularning sheriklarining nufuzli tarkibi, loyihaning malakali tahlili, omilkorona tuzilgan texnik- iqtisodiy asoslanish, loyiha tadbirlarining bank bilan oldindan kelishib olish, loyihani yetarlicha kapitallashtirilishi, uni texnik-texnologik amalga oshirilishi va yuqori foydalanish ta’riflarida iborat. Loyiha va hukumat muassasalarini aniq taqsimlanishi, loyihaviy moliyalashtirish ob’ektini atroflicha bilishni muhim deb hisoblash kerak.
Loyihaviy yondoshish talablariga mosroq keluvchi sohalarga qazib chiqaruvchi sohalar va energetika, neftь- gaz xomashyoni qayta ishlash, energiyaning muqobil manbalari, mashinasozlik, asbobsozlikning belgilangan turlari, qurilish materiallarining ba’zi bir turlari hamda istiqbolli kimyoviy mahsulotlarni kiritish mumkin. SHu jumladan, “sof” loyihaviy moliyalashtirish na moliyalashtirishning qo’shimcha manbalarini va na qo’shimcha kafolatlarni talab qiladi va xatarning har xil turlarining ma’qul darajasiga asoslangan.
Agar pul mablag’larining birlamchi manbai (loyiha) talablarga adekvat bo’lmasa, unda kafolatchining aktivlari yoki byudjet subsidiyalari qarzni to’lashning ikkilamchi manbai bo’lib xizmat qilishlari mumkin. Misol sifatida qazib chiqaruvchi sohalarning ko’p ilm iste’mol qiladigan ishlab chiqarishlari, yuqori texnologiyalar, telekommunikatsiyalar tizimlari, kompьyuter tarmoqlarini ishlab chiqish dorivor moddalar va nozik organik sintezning boshqa mahsulotlarini ishlab chiqarishni keltirish mumkin. Loyihaviy moliyalashtirishning ko’pgina operatsiyalari “sof” sxemadan farq qiladilar. Bu nostandart xavflarning o’rnini qoplash va sotishdan tashqari tushumlar, yuqoriroq foizli stavkani taqdim etish va amortizatsion ajratmalar, soliq imtiyozlari hisobiga tushumlar va ko’pgina boshqa narsalar bo’lishlari mumkin.
Loyihaviy moliyalashtirishni tashkil qilishda hukumat idoralari va xalqaro tashkilotlarning kafolatlarini olish alohida rolь o’ynaydi. Ammo loyihaviy
moliyalashtirishga, qoidaga ko’ra, pul mablag’larining beqaror oqimi generatsiyalanadigan, ularning aktivlari esa qarzni to’lashning ishonchli ikkilamchi manbai bo’lib xizmat qiladigan ob’ektlar kiritiladi. Xatarlar loyihaning tashkilotchilari, kreditorlari va kafolatchilari o’rtasida taqsimlanishi uchun ko’pgina loyihalarni turkumlashtirishga imkon beruvchi loyihaviy xatarlarni diversifikatsiyalash loyihaviy moliyalashtirishning imkoniyatlarini kengaytirishning muhim tamoyili bo’ladi.
Innovatsiyalarni loyihaviy moliyalashtirishning bir necha turlari mavjud. Loyihaning o’zining, uning ishtirokchilarining kredit qobiliyati, ularning kreditni uchinchi shaxslar tomonidan to’lash kafolatlari hisobga olinmagandagi yashash qobiliyatiga asoslangan molyailashtirish asosiy bo’ladi. Loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan aul oqimlari qarzni to’lashning manbai bo’luvchi investitsiyalarni moliyalashtirishni uchinchi tur deb hisoblash mumkin. Moliyalashtirishning shunday turi uchinchi deb hisoblanadiki, bunda ham loyihani amalga oshirish natijasida generatsiyalanadigan naqd mablag’lar oqimlari va ham korxona aktivlari kreditni ta’minlanishi bo’lib xizmat qiladilar.
Korxonaning o’zining iqtisodiy va texnik yashash qobiliyati kreditni ta’minlashi loyihaviy molilashtirishning to’rtinchi turi bo’ladi21.
Innovatsion loyihalar o’z xususiyatalriga ega. Loyihali moliyalashtirish usullari va yirik kapital kiritmalarni baholash va ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olish uchun talab qilinadigan moliyaviy tahlil tadbirlari qo’llanilayotgan tadbirlarni adekvatligi va bir xildaligi o’aqidagi farazlarga olib kelishi mumkin deb hisoblaydi G.N.Bicc. Ammo bu ikki loyihalar o’rtasida muhim farqlar mavjud. Yangi sanoat ob’ektlari qurilishiga kapital kiritmalar haqidagi mavjud moliyaviy axborotlar hatto eng oddiy ilmiy-texnik loyihalarning ko’pchiligi uchunligiga qaraganda, ayniqsa boshlang’ich bosqichlarda ancha ishonchliroqdir.
Innovatsion loyihalar ancha katta noaniqlik bilan farqlanib turib, shunday afzallikka ega, ular ishlab chiqarishning ancha erta bosqichlaridayoq kichik moliyaviy yo’qotishlarda to’xtatilishlari mumkin. Ilmiy-texnik loyihalarni tanlab olishda axborotlarning investitsiyalarga nisbatan cheklanganlik omili o’ziga e’tiborni qaratadi.
Ilmiy-texnik loyihalarda axborotlarni adekvant emasligicha ancha ko’p duch kelishi mumkin. Mustaqil ekspertlarning fikrlarini korrelyatsiyalash g’oyatda murakkabdir. SHunday hollarda ma’lumki, ekspertizaning birinchi bosqichida qaytarilgan innovatsion loyihalar keyin ishlab chiqaruvchilarga misli ko’rilmagan muvaffaqiyat keltirganlar (masalan, British Airlines, “Mitsubisi”, Appel va ko’pincha boshqa kompaniyalarga).
Innovatsion loyihalar nafaqat ko’p mezonliligi va noaniqlikning katta darajasi bilan, balki sifatli bahosi bilan ham past ajralib turadilar. Xuddi shuning uchun muvaffaqiyatning integral mezonlari va qo’llangan harakatlarning olingan natijalarga muvofiq mosligini belgilashning maxsus tadbiri zarur. Innovatsion loyihani tanlashning eng muhim mezonlari 2-rasmda berilgan.
SHubhasiz, mezonlarning ko’proq miqdorlarini qanoatlantiradigan loyiha muvaffaqiyatliroq bo’ladi. Albatta, taklif qilingan innovatsion loyihalardan variantni tanlab olish g’oyatda qiyin. SHuning uchun loyihaviy xatarlarni kamaytirish va loyihaning muvaffaqiyatliligi parametrlarini muvofiqlashtirish uchun portfelli yondoshish keng qo’llaniladi.
Innovatsiyalar portfeli yirik va kichik, muddatlari bo’yicha uzoq va qisqa, belgilanishi va amalga oshirilishi tamoyillari bo’yicha har xil bo’lgan turli tuman
  1. Âåðòàêîâà Þ.Â. Ñèìîíåíêî Á.Ñ. Óïðàâëåíèå èííîâàöèÿìè: òåîðèÿ è ïðàêòèêà. –Ì.: Âыñøåå ýêîíîìè÷åñêîå îáðàçîâàíèå, 2008.


loyihalarga ega bo’lishi kerak. Bu innovatsiyani moliyaviy-iqtisodiy ko’rsatkichlarning yuqori natijaviyligi bilan bir vaqtda muvofiq tatbiq etish, hamda firma raqobatining muvaffaqiyatli strategiyasi uchun zarurdir. Portfelning mazmuni yetarlicha tez tez tavtish qilinishi, qayta ko’rib chiqilishi va yangilanishi kerak.


Katta portfelga xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadigan ustuvor yangilik kirtishlari bo’yicha loyihalarni kiritish mumkin bo’ladi, chunki bu holda cheklashlar portfelning umumiy xatari yo’l qo’yiladigan chegarasidan oshib ketmasligidan iboratdir. Mana shuning uchun bunday portfelning tarkibiga eskilikka xos innovatsiyalar bilan bir qatorda yangilikning yuqori darajasiga, ammo past rentabellikka ega loyihani va aksinchasini kiritish mumkin.
Kichik va mayda loyihalardan tashkil topgan loyiha har bir qator xususiyatlari bilan ajralib turadi. Har bir loyiha muvaffaqiyat holida sotishlarning nisbatan kamtarona hajmi va foydaning katta bo’lmagan miqdori bilan ta’riflansa ham, u yirikroq loyihalarga qaraganda, foydaning yuqori me’yori bilan generatsiyalanishi mumkin. Buning ustiga kichik loyihalar ancha kam resurslarni talab qiladilar. Kichik loyihalarni ishlab chiqish sur’atlarini bashoratlash osonroq. SHunday qilib, kichik loyihalarning portfeli, tezroq, yetarlicha foydali innovatsiyalarning bir tekisdagi oqimin shakllantiradilar. Ammo, kichik loyihalar bir qator kamchiliklar bilan ham ajralib turadilar: ular beqaror tashqi muhitga ta’sirchandirlar, ishlab chiqarish fondlari va texnologiyalar sifatiga yuqoriroq talablarni ilgari suradilar, xatarlarni rivojlanishi imkoniyatlarini toraytiradilar.
Har qanday loyihaning yakuniy muvaffaqiyati nafaqat uning o’lchamiga, balki inovatsion va moliyaviy menejerning loyihalarni rejalashtirish va boshqarish bo’yicha malakasiga bog’liqdir.
Inovatsion loyihalarni sinchiklab va ko’p tomonlama tahlil qilish va tanlab olish portfelining tarkibini muvofiqlashtirishga imkon beradi. Yechimni ishlab chiqish uchun yagona algoritm mavjud emas. Har bir aniq holda mezonlarning o’z guruhi ustun kelishi mumkin. SHundan kelib chiqqan holda, innovatsion loyihalarni tahlil qilish tizimi qo’llanilayotgan uslubiyotining ko’pligi bilan ajralib turadi: bu moliyaviy, investitsion va texnik-iqtisodiy tahlil usullari, metematik-statistik modellar, ekspert baholari tizimi, mahsulotning ilmiy-texnik darajasi va sifati tahlilidir. Ilmiy-texnik yangiliklarni bashoratlash va tizimli tahlili bilan ko’pgina mamlakatimiz va xorijiy olimlar shug’ullanganlar.
Ta’kidlash kerakki, innovatsion loyihalarni tahlil qilish va tanlab olish yangilik yashash davrining barcha bosqichlari uchun xarajatlarni har xil texnik yechimlar va moliyaviy iqtisodiy omillarni hisobga olish bilan bashoratlashga imkon beruvchi usullar va yo’llarning yig’indisi asosida amalga oshiriladi.

Nazorat uchun savollar
  1. Moliyaviy resurslarning qanday turlari rivojlangan mamlakatlarda kengroq tarqalgan?


  2. Bozor iqtisodiyotidagi moliyalashtirish sub’ektlarini aytib bering.


  3. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirish tizimi nima? Innovatsion faoliyatni byudjetdan moliyalashtirish haqida gapirib bering. Innovatsion bozorni moliyaviy ta’minlashini ta’riflang.


  4. Investitsion bozorning tarkibi va tuzilishini tasvirlang.


  5. Korxonadagi infestitsion resurslarning manbalarini ta’riflang.


  6. Venchurli moliyalashtirish innovatsion faoliyatni moliyalashtirishda qanday rolь o’ynaydi?


  7. Innovatsion faoliyatni moliyalashtirishning asosiy tashkiliy shakllarini ta’riflab bering.


  8. Xorijdagi venchurli biznesning alohida rolini ta’riflang.


  9. Investitsiyalarni moliyalashtirishda innofatsion fondlar va innovatsion banklarning roli nimada?


  10. Venchurli portfelь nima?


  11. Investitsiyalarni moliyalashtirishda taraqqiyot banklarining roli (ayniqsa Yaponiyada) qanday?


  12. Firmalararo assotsiatsiyalar shakllarining qanday istiqbollari va ularni moliyalashtirish xususiyatlarini bilasizmi?


  13. Venchurli boshqaruvchining vazifalari qanday?


  14. Innovatsion loyihalarni loyihaviy moliyalashtirishning xususiyatlarini sanab bering.


  15. Venchurli moliyalashtirishning loyihaviydan farqi nimadan iborat?




        1. Yüklə 0,79 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin