КИЧТТД 0,550,94 0,450,98 0,961,0
ICHTTDni hisoblash va tahlil qilish ko’rsatishicha, bu daraja tizimning “chiqishi” talablariga javob bermaydi.
ICHTTDni oshirish uchun quyidagilar zarur:
ishlab chiqarish darajasini oshirish;
ishlab chiqarish jarayonining taraqqiy etganligi darajasini oshirish;
mehnatning fond bilan qurollanishini oshirish;
ish vaqti yo’qotilishini qisqartirish; ishlab chiqarishning bir maromdaligini oshirish.
ICHTTDni bashorat qilishni quyidagi izchillikda amalga oshirish tavsiya etiladi:
Tizimning “kirish” parametrlari – firma tovarlarining uning strategiyasida belgilangan muddatlardagi raqobatbardoshligini bashoratlash.
Ta’minlovchi tizimchaning parametralarini bashoratlash.
ro’yxati 10.2-jadvalda berilgan “jarayon” parametrlari (ICHTTD) tizimning “kirishi” talablariga mos kelishini ta’minlovchi ICHTTDning xususiy ko’rsatkichlarini bashoratlash.
Bashoratli normativlar bo’yicha ICHTTDni baholash.
Kelgusida ICHTTDni talab qilinadigan darajagacha oshirishga erishishni ta’minlovchi tadbirlarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Innovatsion loyihalarni amalga oshirish bo’yicha tashkiliy loyihalarni ishlab chiqish va muvofiqlashtirish.
Ishlab chiqarishni tashkiliy-ishlab chiqarishli tayyorlashning iqtisodiy masalalari
Tashkiliy-ishlab chiqarishli tayyorlashning iqtisodiy masalalari ro’yxatiga quyidagilar kiradi:
resurslardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
tashkiliy-ishlab chiqarish darajasini uning taraqqiy etganligi va tizimning kirish talablariga mosligi, raqobatbardoshligi maqsadida tahlil qilish;
boshqaruv va ishlab chiqarish jarayonlarini oqilona tashkil etish tamoyillariga rioya etilishi tahlili;
ICHTTDni rivojlantirish bo’yicha innovatsion loyihalarning iqtisodiy asoslanishi;
ishlab chiqarish ko’rsatkichlarining asoslanishi;
sanoat namunalari, nou-xaulardan foydalanishga litsenziyalarni xarid qilishning iqtisodiy asoslanishi;
materiallar, xomashyo, resurslar, uskunalar, mehnatga ehtiyojni me’yorlash;
mehnatni ishlab chiqish va menejmentni tashkil qilish parametrlarini me’yolash;
ishlab chiqarishni tayyorlashni iqtisodiy asoslash;
tashkiliy loyihalar (tashkiliy tuzilmalar, tsexlar, uchastkalar va ish joylarini rejalashtirish, kooperatsiyalash va hokazo)ni ishlab chiqish va asoslash
ICHTTD samaradorligi ko’rsatkichlari:
ICHTTDga investitsiyalarning samaradorligi;
ICHTTDning alohida ob’ektlar bo’yicha davomiyligi;
ishlab chiqarish jarayonlarini oqilona tashkil etish tamoyillari (mutanosiblik, reallik, to’g’ri – aniqlik, uzluksizlik, bir maromlilik va boshqalar)ga rioya etish ko’rsatkichlari;
ishlab chiqarishli jihozlanish elementlarini unifikatsiyalash ko’rsatkichlari;
texnologik jarayonlarni turkumlashtirish ko’rsatkichlari; ishlab chiqarishning avtomatlashtirilganlik darajasi;
ICHTTDning ishlab chiqarish tizimi mavjudligi;
resurslardan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari;
texnologiyalarning raqobatbardoshligi.
ICHTTD jarajatlaridastlabki (kapital), joriy va yakunlovchiga bo’linadi. Dastlabki xarajatlarga quyidagilar kiradi:
litsenziyalar, nou-xaularni xarid qilish xarajatlari;
loyiha – izlanish ishlarining qiymati;
qurilish-montaj ishlarini o’tkazish xarajatlari;
uskunani xarid qilish, o’rnatish va sinov xarajatlari;
qurilayotgan tashkilot (korxona) direktsiyasini saqlab turish xarajatlari;
xodimlarni tayyorlash xarajatlari;
ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani yaratish xarajatlari;
loyihani amalga oshirishning salbiy ijtimoiy va ekologik oqibatlarini bartaraf etish xarajatlari;
takror ishlab chiqarish davridagi sug’urta badallari;
loyihani amalga oshirish uchun aylanma mablag’larni yaratish va o’sishi uchun kapital qo’yilmalar va hokazo.
ICHTTDning joriy xarajatlari quyidagilarni o’z ichiga oladi:
moddiy xarajatlar;
mehnatga haq to’lash va ijtimoiy fondlarga ajratmalar xarajatlari;
uskunalar va transport vositalarini ta’mirlash va xizmat ko’rsatish xarajatlari;
ma’muriy qo’shimcha xarajatlar; zavodning qo’shimcha xarajatlari.
ishlab chiqarishdan tashqari xarajatlar.
Resurslardan samarali foydalanishning asosiy shartlari quyidagilardan iborat: ilmiy yondashuvlarni qo’llash; ko’lam samarasini amalga oshirish maqsadida ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va ishlab chiqarish vositalarini unifikatsiyalash; ishlab chiqarilayotgan mahsulot, texnologiyalar, ishlab chiqarish ob’ektlarining raqobatbardoshligini oshirish.
ICHTTD masalalaridan biri tanglik dasturini tanlashdan iborat, unda mahsulot ishlab chiqarishning ishlab chiqarish jarayonlari anketa varianti teng samaralidir. Tanglik dasturi quyidagi formula bo’yicha belgilanadi:
N KP
Здоим1 Здоим2 , (5)
Зўзг.2 Зўзг.1
Bu nisbatni chizmali quyidagicha tasavvur etish mumkin
Z doim.
bu yerda: NKP – tanglik dasturi ikki ishlab chiqarish jarayonining tengsamarali dasturidir.
Z doim 1 va Z doim 2 – dastur o’zgarishida shartli ravishda o’zgarmaydigan texnologiyalarning 1- va 2-variantlari bo’yicha tegishli ravishdagi shartli-doimiy xarajatlar.
Z o’zg. - o’zgaruvchi dasturga mutanosib xarajatlar (moddiy, asosiy ishchilarning ish haqi va hokazo).
Nazorat uchun savollar
ICHTTKI va ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash xarajatlarining nisbati qanday?
Zamonaviy texnologik inqilobning asosiy belgilari qanday?
Texnologiyalarni tasniflash qanday belgilar bo’yicha amalga oshiriladi?
Tashkiliy-texnologik tayyorlash (ICHTTT) ning vazifalarini aytib bering.
ICHTTT qanday bosqichlardan iborat?
Tashkiliy-texnologik daraja (ICHTTD)ning mohiyati va xususiyatlari niadan iborat?
ICHTTD qanday parametrlar bilan ifodalanadi?
Investitsion faoliyat innovatsiondan qanday farqlanadi?
ICHTTTda qanday iqtisodiy masalalarni hal qilish zarur?
ICHTTTsamaradorligi qanday ko’rsatkichlar bilan ifodalanadi?
Dostları ilə paylaş: |