O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə32/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

ICHYaTTTning asosiy maqsadi - ishlab chiqarishning har qanday turini ko’rsatilgan sifatli mahsulotlar, resurslarning muvofiq xarajatlarida va muvofiq muddatlarda ishlab chiqarishga to’liq tayyorligiga erishish uchun zarur sharoitlarni yaratish.

ICHYaTTT quyidagilarni ta’minlashga qaratilgan: har bir korxona, tashkilot uchun fan, texnika va ishlab chiqarishning ilg’or yutuqlariga mos keluvchi ICHTT usullari va vositalarnir tanlash, qo’llashga yagona tizimli yondashuv; ishlab chiqarishni uni uzluksiz takomillashtirish, mukammalroq texnikani ishlab chiqarishga tez qayta sozlashga yuqori darajadagi moslashuvi; muhandislik-texnika ishlar muammosini mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan holda bajarilishini oqilona tashkil etish, shu jumladan ishlab chiqarish ob’ektlari va vositalarini qurish, texnologik jarayonlar ICHTT boshqarishni ishlab

chiqarishni avtomatlashtirish; ICHTTning boshqa BAT va tizimchalari bilan o’zaro aloqasi; ICHTTning yuqori samaradorligi.


ICHYaTTTning tuzilishi ikki omil: ICHTTning vazifaviy tarkibi va ICHTTning vazifalari barcha darajalarda hal etiladi va quyidagi to’rt vazifa bo’yicha guruhlarga ajratiladi: mahsulotning texnologikligini ta’minlash; texnologik jarayonlarni ishlab chiqish; texnologik jihozlash vositalarini loyihalashtirish va tayyorlash; ICHTTni tashkil etish va boshqarish.


ICHYaTTTning asosini quyidagilar tashkil etadi:
    • ICHTT doirasining tizimli tuzilmali tahlili;


    • mahsulotni tayyorlash va nazorat qilishning texnologik jarayonlarini turkumlash va standartlashtirish.




ICHYaTTT bosqichlari:
    • korxona va sohada mavjud ICHTT tizimlari tahlili;


    • ICHTTning texnik ishchi loyihasini ishlab chiqish;


    • ICHTTning ishchi loyihasini ishlab chiqish (axborot texnologiyalari, texnik- iqtisodiy axborotlar klassifikatorlari, ixtisoslashtirilgan ish joylari va uchastkalari, tashkiliy hujjatlar va lavozimli qo’llanmalarni guruhli ishlab chiqish usullarini tashkil etish hujjatlarini ishlab chiqish).


Texnologik jarayonlarning samaradorligini tahlil qilishda texnologiya tarkibiy qismlarini unifikatsiyalash darajasiga belgilangan texnologiyada mahsulot ishlab chiqarish ko’lami va muvofiq dasturini tanlash qonunini amalga oshirish sharti sifatida e’tibor qaratish kerak.


ICHYaTTTda hujjatlar. Texnologik hujjatlarning yagona tizimi (THYaT) talablariga muvofiq rasmiylashtiriladi, uning asosiy belgilanishi texnologik hujjatlarni rasmiylashtirish, tiklash va muomala qilish, unifikatsiyalash va standartlashtirish bo’yicha yagona o’zaro bog’liq qoida va me’yorlarni belgilashdir. THYaT ishlab chiqarish jarayonlarini turkumlash, hujjat shakllari va ularni rasmiylashtirish, me’yorlar va normativlarni ishlab chiqishni unifikatsiyalash va boshqa masalalarni ko’zda tutadi.


Ishlab chiqarish jarayonlarini turkumlash – har bir tasniflangan guruh mahsulotlarini ishlab chiqarishda ehtimoliy ishlab chiqarish qarorlarini smetalash va tahlil qilish; texnologik vazifalar majmuasini bir vaqtda hal etishda har bir tasniflangan guruh mahsulotlarini ishlab chiqarishning ushbu ishlab chiqarish sharoitlari uchun muvofiq namunaviy jarayonini ishlab chiqishni o’z ichiga oluvchi ishlar majmuasi. Namunaviy ishlab chiqarish jarayoni mahsulotlarning ushbu guruhi uchun umumiy bo’ladi.
Namunaviy ishlab chiqarish jarayonini ikki yo’l bilan amalga oshirish mumkin:

    • Asos sifatida iste’molchi uchun muvofiq variantni tanlash talablariga to’liqroq javob beruvchi aniq mahsulotni ishlab chiqarishning amaldagi ishlab chiqarish jarayoniolinadi.


    • Tanlash mezonlari – taraqqiylik va oqilona izchillik yangidan ishlab chiqiladi (o’tishlarning bir qismi bir korxonada amalda bo’lgan jarayonga boshqa qismi - boshqsidagiga mos keladi).


THYaT tomonidan belgilangan shakllarda ishlab chiqilgan texnologik hujjatlardan KBAT uchun axborotlarning birlamchi massivi sifatida foydalanish mumkin. THYaTni ishlabchiqarishga tatbiq etish va ishlab chiqarish jarayonlarini turkumlashtirish ishlab chiqarishni ishlab chiqishga vaqtni 35-40%ga qisqartirish imkonini beradi.


SHunday qilib, ICHTTTQning faoliyatini qisqartirish va uning samaradorligini oshirishning asosiy omillari ICHTTYaT, THYaT, KBATni tatbiq etish, ishlab chiqarish jarayonlarini
unifikatsiyalash va turkumlash, menejmentning ilmiy yondashuvlari qo’llanilishini tahlil qilish va jarayonlar tashkil etilganligi tamoyillariga rioya etishdan iborat.
          1. Ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasini tahlil qilish va bashoratlash

Ishlab chiqarishni firma miqyosida tashkiliy-texnik rivojlantirish texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarish, mehnat va boshqaruvni tashkil etish bo’yicha investitsion va innovatsion loyhalarni amalga oshirish asosida amalga oshiriladi.
Fan-texnika taraqqiyoti va innvatsion siyosatning natijalari ishlab chiqarishning tashkiliy-texnik darajasi (ICHTTD) da aks ettiriladi. ICHTTD innovatsion siyosatning natijaviyligi, texnologiya va jarayonlarni tashkil etish darajasini tizimga “kirish” talablariga mosligi darajasi yordamida ifodalanadi. Agar “kirish” – butlovchi buyumlar, xomashyo, materiallar va boshqalarning sifati raqobatbardoshlik talablariga mos kelsa, u holda “kirish” ni qayta ishlab chiqarish “jarayoni” ning sifati tizimning “chiqishi”da yuqori bo’lishi kerak .
Masalan, “kirish” ning sifati 5 ga baholansa, ya’ni raqobatbardoshlik talablariga javob qaytarsa, “jarayon” ning sifati 3 bo’lsa, u holda chiqishda 3 bo’ladi. Sarmoyador “kirish” sifatini oshirishga katta mablag’ sarflab, “chiqish”da istalgan natijani ola olmaydi, chunki texnologiya va jarayonlarni tashkil etish “kirish”ni sifatli qayta ishlashga qodir emas. Boshqa vaziyat: texnologiya va jarayonlarni tashkil etish rahobatbardoshlik talablariga javob beradi, ammo “kirish”ning sifati, masalan, ishlab chiqarish hujjatlaridagi sifat ko’rsatkichlari va tovarning resurslar iste’moli raqobatbardosh emas, bunda “chiqish”dagi sifat ham raqobatbardosh emas. Bundan quyidagi xulosa kelib chiqadi: tizimda “kirish” va “jarayon” sifatining mutanosib darajasini (yaxshisi tashqi yoki ichki bozorda raqobatbardoshligini) ta’minlash kerak.
ICHTTD ko’rsatkichlarini majmuaviy (ko’rsatkichlar daraxtining nolli darajasi, umumlashtiruvchi (birinchi daraja) va xususiy (ikkinchi daraja)ga ajratish maqsadga muvofiq. Majmuaviy ko’rsatkich bo’yicha jamoaning kelajakni ko’zda tutib, strategik maqsadlarga ishlashi haqida fikr yuritiladi. Agar strategik maqsadlar, firmaning obro’si, tashkiliy-ishlab chiqarish siyosatiga javob qaytarilsa, u holda taktik maqsadlar, shu bilan birga tizimning “chiqishi” talablari, aniq bozor talablariga javob beriladi.
ICHTTD ning majmuaviy ko’rsatkichini quyidagi formulalardan biri bilan belgilash tavsiya etiladi :



К ИЧТТД

а1 КТ 4 а2 КОУ , (1)



К ИЧТТД
а0 а3 КТУ


а4 КОУ , (2)



К ИЧТТД а9 КТУ КОУ , (3)
bu yerda KTU - ishlab chiqarish texnik darajasining umumlashtiruvchi ko’satkichi, birlik ulushlari;


Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin