O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə28/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

Tayanch iboralar: ITTKIni boshqarish, ITTKIga xarajatlar, ITTKI turlari, ITTKIni xarid qilish muqobillari, yangiliklarning sifat ko’rsatkichlari, ekspert bakholari, yangilik texnik darajasining integral ko’rsatkichi, loyihaviy yondashuv, yangi mahsulotni ishlab chiqarishga o’tish usullari, texnologik yechimni tanlash chizmasi.
          1. Korxonalardagi ITTKIni boshqarish

Iqtisodiy rivojlanish xarakteridagi jiddiy o’zgarishlar mamlakat tovarlari raqobatbardoshligini qo’llab-quvvatlash zarurligi ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarish larni firmalar va sanoat kompaniyalarida keskin zaruratga aylantirgan. Xo’jalik yuritishning yangi sharoitlariga moslashish firma faoliyatining ko’pgina tomonlarini qayta ko’rib chiqishni taqozo etgan.
Firmani boshqarishning asosiga innovatsion strategiyani texnologik yangilash va ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarning turli-tuman shakllarini faollashtirish siyosati qo’yilgan. ITTKI tashkiliy tuzilmasini qaytadan qurish, tadqiqotlar yo’nalishlari turli- tumanligini kengaytirish, sanoat firmalarining fundamental tadqiqotlar sohasidagi faollligini oshirish vujudga kelgan.
Sanoati rivojlangan mamlakatlarda XX asrning keyingi o’n yilliklarida sanoat ITTKI milliy ilmiy salohiyatining yirik tashkil etuvchisi va raqobat afzalligining muhim manbaiga aylangan. Sanoat kompaniyalarida fan yangilik kiritishlarning asosiy va amalda tugamaydigan manbai sifatida yangiliklarning aniq iste’molchilari bilan birlashgan. Sanoat sektori doirasida ITTKIning faol kengayishi zarurligi shunday dalil bilan tasdiqlanadiki, mahsulotlarning ishlab chiqarilishi va sotilishi orqali ilmiy tadqiqotlar natijalari tijoratlashadi va jamiyatning ehtiyojini qanoatlantiradi.
ITTKI rivojlanishini boshqarishning yana bir xususiyati boshida novator va tashkilotchilar turgan ishlarni jamoaviy tashkil etishga suyanishdir.
Innovatsion faoliyat, ayniqsa fundamental va amaliy tadqiqotlarni bajarishda noaniqlik va xatarning yuqori darajasi bilan ta’riflanadi. Yangilik kiritish loyihasini tanlash va qarorlar qabul qilishda ham xatar elementi juda katta. U axborotlarning to’liqligi ko’zda tutilgan loyihaning sifati, qarorlar qabul qilish usullari va yondashuvlarga bog’liq. Yangi

tovarni seriyali ishlab chiqarish zarurati eng kam bo’ladi. Ammo bozorga chiqish va yangilik kiritish diffuziyasida yangiliklarning noaniqlik va xatar elementlari yana o’sadi, yangiliklarni sotishning barqaror hajmi va yuqori raqobatbardoshligida esa kamaya boshlaydi. Keyingilar innovatsiyalar yashash davrlarining har xil bosqichlarida ularni boshqarish xususiyatlaridir.


Ko’pgina ijodiy g’oyalar bilimlar o’sishining mantiqiy izchil jarayoni va tafakkurning an’anaviy sharhi bo’lmaydi. Tijorat novatorlik tashkilotlari hamma vaqt ham beixtiyor ijodiy hodisalarga bog’liqdir. Korxonaning oddiy, an’anaviy faoliyatida “boshqarish usullari va yondashuvlari tasodifga juda kam joy qoldiriladi, ammo tadbirkorlik loyihalarining muvaffaqiyati ko’proq darajada bu loyihalar asoslangan g’oyalar va kontseptsiyalarning sifatiga bog’liq”, - deb yozadi yangiliklar bo’yicha mashhur mutaxassis Brayn Tviss.
Ilmiy tadqiqotlar bosqichida ayniqsa noan’anaviy boshqaruv yondashuvi muhimdir. Bunda ijodiy shaxsiy xususiyatlar erkinligi, shaxsiy, guruhli, ijodiy va tadbirkorlik manfaatlarini samarali qidirish va loyihani tanlash vazifasi bilan mos kelmasligini birga olib borish zarur.
Tadqiqotlar ilmiy bosqichi rahbarining roli ijodiy xodimlarini oddiygina tanlash, strategik vazifalarni qo’yish va operativ nazorat qilish doirasidan tashqariga chiqadi. Undan ijodiy axloqiy-psixologik muhitni tashkil qilish, tavakkalchilikni rag’batlantirish, olimlar o’rtasidagi keng aloqalar va ularning axborotga egaliklarining yuqori darajasini ta’minlash, erkin ijodiyot, bardoshlilik va tanqidiylik uchun sharoitlar yaratish talab etiladi.
Olimlar uchun tan olinish va yuqori baho, obro’ va pul mukofoti faoliyatning muhim mezonlari bo’lib xizmat qiladi.
Muammolarni ijodiy hal etish usullari orasida B. Tviss tahliliy va morfologik hamda notahlil usullarni ko’rsatadi, ular orasida “aqliy hujum”, fantaziyalar, metaforalar assotsiatsiyalar, o’xshatishlar va sinektika usullaridai foydalanish muhim o’rin egallaydi.
Sinektika e’tiqodli tafakkurni bartaraf etish asosida ijodiy jarayonni tashkil qilishga harakat qiladi. Ijodiy harakatni operatsion boshqarish fundamental, mantiqiy va ruhiy jarayonlar asosida izohlanadi. Sinektika usullari ixtisoslashgan ilmiy tashkilotlarda yetarlicha keng tarqalgan.
ITTKIni boshqarishda qarorlar qabul qilishning ikki sohasi muhimdir: loyihalarni tanlash va ishlab chiqarishni yakunlash. Bunda amaliy tadqiqolar uchun yetarlicha yuqori tizimiylik va maqsadga qaratilganlik xosdir. Ammo ularda hali ham determinatsiyalanmaganlik (asoslanmaganlik) elementi yuqori. Muvofiqlashtirilgan portfelni ta’minlovchi loyihalar tanlovi o’tkaziladi, u firma tomonidan qo’yilgan vazifalarni vaqtning har xil davrlarida resurslardan muvofiq foydalanish bilan bir vaqtda hal qilish maqsadida shakllantiradi.

          1. Innovatsion davr bosqichlari bo’yicha ITTKIga xarajatlarning tuzilishi

Hozirgi zamon amaliyotida ITTKI ga xarajatlar, qoidaga ko’ra, sotish hajmining 3 dan 5 %gacha qismini tashkil etadi. Innovatsion biznesning o’rtacha statistik firmasi tomonidan ITTKI doirasida amalga oshiriladigan ish bosqichlari bo’yicha xarajatlarning taqsimlanishi 9.1-jadvalda berilgan.

9.1-jadval Innovatsion davr bosqichlari bo’yicha ITTKIga xarajatlarning tuzilishi



Bosqichlar

Yakunga nisbatan % dagi xarajatlar


1

Muammo bo’yicha ilmiy boshlanish tadqiqoti, fundamental tadqiqotlarning mavjud ma’lumotlari tahlili

3,0

2

Innovatsiya g’oyalarini o’rganish


1,1

3

Laboratoriya eksperimental tadqiqotlari


13,1

4

Yangiliklarning loyiha-konstruktorlik ishlab chiqilishi


16,7

5

Yangilik kiritish tajribasi namunasining hujjatli va tashkiliy- texnologik ta’minlanishi





ITTKI bosqichlari bo’yicha o’rtacha statistik xarajatlar tahlilidan kelib chiqishga, yangi namunani ishlab chiqishni hujjatli va tashkiliy-texnologik ta’minlash eng katta ulushni tashkil qiladi. Bu texnik-texnologik yangiliklarning o’sib boruvchi ta’siri va zamonaviy firmalarning shaxsiy ilmiy boshlanish va ITTKIning rivojlangan tarmog’iga ega bo’lishga intilishlari haqidagi fikrni yuzaga keltiradi.
Korxonaning ushbu uchastkasidagi yetarlicha bo’lmagan faolligi xorijdagi yirik sanoat kompaniyalari rahbarligi ta’minlamaganligidan kelib chiqadi. Masalan, 1999 yilda 500 yirik TMK rahbarlaridan faqat 3,4 % firmalari yetarlicha shaxsiy ilmiy-texnik boshlanmagan egaligini ta’kidlagan, 32,8 % uning yetarlicha emasligi, 34,8 % esa shaxsiy ilmiy tadqiqotlar va yangi texnologiyalarni ishlab chiqishga ega emasliklarini aytganlar.
Yuqorida ko’rsatib o’tilgan kompaniyalar yarmining innovatsion faoliyati takomillashtirilgan innovatsiyalar, yangi tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga asoslangan. So’ralgan kompaniyalarning bundan keyingi rejalariga kelsak, 24,6 % shaxsiy ilmiy-texnik va fundamental tadqiqotlarni rivojlantirishga zarurat ko’rilgan.
Keyingi o’n yil ichidagi xorijdagi yirik korporatsiyalar rivojlanishining o’ziga xosligi shundan iboratki, o’tkazilayotgan ITTKIning hajmi va amaliy ahamiyati bo’yicha ular nafaqat kichik biznesdan, balki OO’Yu va akademik fandan ham o’zib ketgan. Yirik firmalar patent va nou-xaularni sotish bo’yicha shubhasiz ustuvorlikka ega, bu quyidagi ma’lumotlar bilan tasdiqlanadi: patentlarning yapon bozorida xorijiy sotuvchilar savdolarining 40%ga yaqiniga tegishli ravishda yirik firmalar 39,9 %, akademik va OO’Yu sektorlari - 11 %, kichik va o’rta biznes – deyarli 10 % ga ega.
Sanoat firmalarining innovatsion yo’naltirilganligi ana shunda yaqqol ko’rinadiki, ITTKIga bozor holatining qisqa muddatli o’zgarishlariga nisbatan kamroq bog’liq bo’lgan uzoq muddatli istiqbol sifatida qaraladi. Jahonning ko’pgina sanoat kompaniyalari ITTKIga savdolarning 4dan 7%gacha summali hajmlarini sarflaydi.
ITTKIdagi tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarda davlatning ishtiroki amalda pasaygan mamlakatlarda innovatsion faoliyatning rivojlanishi milliy iqtisodiyot rivojlanishining nomuqobil varianti bo’lib ko’rinadi. Mamlakatimizdagi vaziyat akademik sektorning og’ir holati va OO’Yu fanining yetarlicha bo’lmagan natijaviyligi bilan yanada murakkablashadi.
Mamlakat bozorida loyihaviy moliyalashtirishni haqiqatda yo’qligi, aqliy mulk bozorining qoniqarsiz holati, texnologiyalar transfertining yo’lga qo’yilgan amaliyoti yo’qligi, hamda yangi texnologiyalarning importiga cheklovlar yirik kompaniyalarda ITTKIni rivojlantirish vazifasini ilgari suradi. Yaponiya va AQSH firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy ahamiyati quyidagi ma’lumotlar bilan ifodalanadi (9.2-jadval).
Zamonaviy kompaniyalardagi tadqiqotlar va ishlab chiqarishlarni guruhlar bo’yicha tasniflash mumkin: yangi texnologiyalar sohasidagi tadqiqotlar, mavjud mahsulotlarni takomillashtirish va modernizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar, yangi mahsulotlar va ishlab chiqarishning yangi usullari o’zlashtirilishi.

9.2-jadval Yaponiya va AQSH firmalari uchun ITTKI turlarining nisbiy ahamiyati, %da



ITTKI turi

Yaponiya


AQSH

1

Yangi texnologiyalar sohasidagi fundamental tadqiqotlar



15,9


8,4

2

Mavjud mahsulotlarni takomillashtirish va modernizatsiyalash sohasidagi tadqiqotlar



26,6


35,9

3

Yangi mahsulotlarning o’zlashtirilishi



33,9


29,9

4

Ishlab chiqarish va ishlab chiqarish jarayonining yangi usullarini o’zlashtirish



23,9


26,1



Jami

100,0

100,0


Ishlab chiqarishni yangilash, ishlab chiqrilayotgan mahsulot navlarini o’zgartirish, yangi ishlab chiqarish texnologiyalarini tatbiq etishni turli yo’llar bilan: patentlar, litsenziyalar, nou-xaularni xarid qilish, kompaniya ITTKIning fundamental bo’linmalarida shaxsiy tadqiqotlarni o’tkazish, yangiliklarni ishlab chiqish va tijoratlashtirish uchun firma ichidagi venchurli bo’linmalarni tashkil qilish vositasida amalga oshirish mumkin.
Yirik kompaniyalarning oldida ITTKIni qo’lga kiritishning turli muqobillari vujudga keladi – ilmiy ishlab chiqarishlarning yuqori darajasiga ega kichik firmalarni yutib yuborish hisobiga, firmalararo tadqiqotchilik va ishlab chiqarish kooperatsiyasi hisobiga qo’shma korxonalar tashkil qilish yo’li bilan va hokazo. Yirik korxonalar kichik innovatsion biznes ustidan nazorat o’rnatish yoki keyinchalik xarid qilish bilan moliyalashtirish uchun xatarli sarmoyalar fondini tashkil qilishi mumkin.
Kompaniyada ilmiy boshlanishlarni yaratish va ishlab chiqarishning yangilanishini ilmiy ta’minlashning har bir varianti muqobil asosda ko’rib chiqiladi va quyidagilarni hisobga oluvchi aniq vaziyatga asoslanadi:

  • yangilikning ta’rifi;


  • uning faoliyat sohasiga mos kelishi;


  • yangilik yashash davrining xususiyatlari va bosqichlari;


  • innovatsion infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi;


  • moliyaviy, moddiy va axborot resurslari bilan ta’minlanganligi;


  • xodimlarning malakasi, kasbiy ko’nikmalari va texnik tajribasi;


  • ishlab chiqarish tizimlarining texnik-tashkiliy darajasi;


  • firmalarning sohaviy tegishliligi va hokazo.


Ko’pgina, ayniqsa davlat ishtiroki past darajada bo’lgan mamlakatlarda ITTKIni tashkil etish shakllari “portfeli”dagi eng katta salmoqni firma ichidagi ishlab chiqarish va yangiliklakrni ITTKI bo’linmalari bazasida tatbiq etish egallab turishda davom etadi.


Yangi tashkiliy tuzilmalar va ITTKIni boshqarishning yangi usullarini yaratish ilmiy tadqiqot va konstruktorlik bo’linmalari tizimi faoliyatini takomillashtirishda muhim rolь o’ynaydi. Masalan, agar an’anaviy korxonaga matritsali, divizion yoki tarmoqli tuzilmalar doirasida yangiliklarni ishlab chiqishning chiziqli – izchil ishlab chiqilishi xos bo’lsa, u holda zamonaviy korxonalarda ITTKIni boshqarishga loyihaviy yondashuv muvaqqat
maqsadli loyihaviy guruhlarni boshqarish tizimi yoki yirik korporatsiyalar doirasida innovatsion venchurli bo’linmalarni tashkil qilish ustuvorlik qiladi.
Yangiliklarni ishlab chiqishning an’anaviy chiziqli – izchil usuli ilmiy ishlab chiqarishning texnologiyalarning radikal almashuviga to’siq bo’luvchi moddiy-texnik bazasininginertligi o’sishi singari ob’ektiv sabablari oqibatida yangiliklarning yangilanish sur’atlari sekinlashuvini keltirib chiqaradi.
ITTKIning sifati va samaradorligiga rahbarlikning undovchi sabablarini pasaytiruvchi, kommunikatsiyalar va yangiliklarni ishlab chiqish va tatbiq etishga mas’ul bo’lgan turli vazifaviy bo’linmalar harakati muvofiqlashganligini yomonlashtiruvchi sof ma’muriy usullarning ustunligi ta’sir ko’rsatadi. Loyihali boshqaruv usullarini qo’llash, muvaqqat loyiha jamoalarini va firma ichidagi venchurlarni tashkil etish yirik kompaniyalardagi innovatsion jarayonni takomillashtiradi.
Yangilanishning samaradorligiga innovatsion faoliyatning turli omillari: innovatsiya mahsulotining sifati, qo’llanilayotgan texnologik qarorlarning sifati va loyihani amalga oshirishning tashkiliy-texnik sharoitlari ta’rifi ta’sir ko’rsatadi. Buyumning texnik darajasi, uning texnologiyaliligi, resursni iste’mol qilishi, unifikatsiyalanganlik va standartlashtirilganlik darajasi, eski va yangi modellarning qiyosiy texnik-iqtisodiy samaradorligi o’zlashtirilayotgan buyum yoki yangi mahsulot sifatini belgilab beruvchi omillar hisoblanadi.

          1. Yangiliklarning sifat ko’rsatkichlari

Buyumlarning har qanday parametrlari va xususiyatlari innovatsiyalarning sifat ko’rsatkichlari hisoblanadi. Yangilik kiritishning texnik darajasi haqida to’liq tasavvurga ega bo’lish uchun ko’rsatkichlar, xususiyatlar, ularni o’lchash usuli, ishlab chiqarish va foydalanish bosqichlari bo’yicha bo’linadi.
Ta’riflarning to’liq bo’lishi uchun tabiiy yoki qiymatli aks ettirishdagi xususiyatlarning ham mutlaq, ham nisbiy ko’rsatkichlari qo’llaniladi. SHu bilan birga nisbiy ko’rsatkichlar – odatda eskining mutlaq ko’rsatkichlarining yangi yoki yaxshilangan namunaga nisbati hamda moddiy iste’mol qilinishi, mehnat iste’mol qilinishi, quvvatning o’lchov birligiga tannarx, unumdorlikning solishtirma va xarajat ko’rsatkichlaridir. Bu parametrlar yangilikning texnik darajasi va sifatini baholashning asosidir.
Agar yangiliklarning yakka (xususiy) ko’rsatkichlari faqat uning xususiyatlaridan biriga tegishli bo’lsa, majmuaviy ko’rsatkichlar eng muhim ta’riflar ketma-ketligini yetarlicha to’liq aks ettiradi. Bunday mahsulot uchun uning texnik va texnologik takomilligi yangilikning texnik darajasini eski mahsulotning asosiy xususiyatlari bilan qiyoslash orqali belgilanadi. Asos sifatida standartlashtirib ishlab chiqarilayotgan mahsulotning ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Bunda yangi mahsulot yashash davrining barcha bosqichlari uning yakuniy bosqichi sotilishi va iste’molida foydalanishga bo’ysunadi. Ushbu nuqtai nazardan loyihalashtirishga ilmiy-texnik faoliyatning bosqichi sifatida qarash mumkin emas, chunki ITTKIning barcha bosqichlari yangi tovar namunasining istiqbolli rivojlanishiga, shu jumladan foydalanish samaradorligiga qaratilgan. Masalan, texnik - foydalanish omillari zaruriy foydalanish ta’riflarini ta’minlash xarajatlarini belgilaydi, yangi namunaning vazifaviy xususiyatlari esa mahsulotni modernizatsiyalash istiqboli va undan foydalanish va uning bozorda bo’la olishi muddatiga ta’sir ko’rsatuvchi vazifaviy parametrlari (quvvati, ishonchliligi, unumdorligi, xizmat muddati) ning dinamik zahirasini belgilaydi.
Tashkiliy-iqtisodiy omillar makroiqtisodiy, mikroiqtisodiy va tashkiliy jihatlarni yangilikni ishlab chiqishning sifati va qiymatiga ta’sirini ta’riflaydi. Konstruktiv-texnologik omillar mahsulotning zarur ko’rsatkichlariga erishish xarajatlarini belgilaydi, texnologik ishlab chiqish qiymatini o’z ichiga oladi. Ixtisoslashishni chuqurlashtiruvchi va mahsulotlarning standartlashuvi va unifikatsiyalashishiga ko’maklashuvchi omillar, ayniqsa ajralib turadi.
Bu ko’rsatkichlar yakka va eng yangi namunalarni tatbiq etishda kichik rolь o’ynaydi, chunki ommaviy ishlab chiqarish uchun qulay sharoitlar yaratiladi. Bu yerda mahsulotning yangiligi, uning texnik va texnologik mukammalligi birinchi o’ringa chiqadi, yangi model jahon bozoridagi shunday tovarning eng yaxshi namunalari bilan qiyoslanadi.
Tatbiq etilayotgan yangilikning texnik darajasini baholash integral yoki o’rtacha o’lchangan ko’rsatkich asosida amalga oshirilishi mumkin. Bunda asosiy umumlashtiruvchi ko’rsatkich buyumning belgilanishi va iste’mol bilan bog’liq.
Tatbiq etilayotgan mahsulot sifatining umumlashtiruvchi ko’rsatkichini hisoblash uchun, odatda, ekspert baholari qo’llaniladi, chunki mavjud axborotlar miqdoriy moddiy usullarni qo’llash uchun yetarli bo’lmaydi.
Sifatning xususiy ko’rsatkichlari salmog’i koeffitsientlarini belgilash tadbirlari to’rt bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda xususiy ko’rsatkichlar va ularning salmog’i ko’rsatkichlariga tegishli anketa savollari ishlab chiqiladi. Ikkinchi bosqichda “ekspertlar jamoasi” tanlab olinadi, bunda uning ishtirokchilari soni 20 dan kam bo’lmasligi kerak, bu yerda buyurtmachilar, ishlab chiqaruvchilar, menejerlar, marketologlar vakillari bo’lishi kerak. So’rov bir necha bosqichlar va albatta yashirin holda o’tkazilishi mumkin. Har bir bosqichning oxirida olingan natijalarini muhokama qilish maqsadga muvofiqdir. Natijalar so’rovlarni ehtimolli usullar yoki tartibga solish usullari: ranjirovkalash (bir qatorga terish), bevosita baholash, izchil solishtirish, preferentsiyalash (afzallik berish) usuli bilan matematik ishlab chiqish to’rtinchi, yakuniy bosqich hisoblanadi.
Ranjirovkalashdan oldin keluvchi agregatsiyalangan baholash usuli yetarlicha tez- tez qo’llaniladi. Yangilik kiritishning integral ko’rsatkichlarini belgilashga eng yaxshi yondoshuv asosiy ko’rsatkichlarni ishlab chiqarish – foydalanish va tashkiliy iqtisodiy omillarga vazifaviy bog’liqligi ko’rinishidagi matematik modellarni ishlab chiqishdan iboratdir. Yangi mahsulotning talab etiladigan texnik darajasiga erishish uchun zarur investitsiyalar hajmi ham yetakchi rolь o’ynaydi.
Agar asosiy miqdoriy ko’rsatkichni qo’llashning iloji bo’lmasa, o’rtacha o’lchangan miqdorlar qo’llaniladi. Xususiy ko’rsatkichlarning o’rtacha o’lchangan arifmetik yoki geometrik miqdoridan foydalanish mumkin. Ushbu holda yangi mahsulotlar loyihalari variantlarini eng katta yo’l qo’yiladigan chetga chiqishlar sharoitlarini qiyoslash va barcha tashkil etuvchilar ahamiyat va ta’sir etish darajasini belgilash zarur.
Ishlab chiqarish-texnologik ko’rsatkichlar yangi mahsulotni ishlab chiqarish uchun qo’llaniladigan resurslar barcha turlarining xarajatlari bilan bog’liq. Konstuktivlik unifikatsiyalash ko’rsatkichlari mahsulotning vorisligi, takrorlanishi, standartlashtirish va unifikatsiyalash darajasiga bog’liqdir. Yangi mahsulotning foydalanish xususiyatlari ayniqsa ajralib turadi.
Buyumning iqtisodiy parametrlarini ifodalash uchun omilli tahlil qo’llaniladi. Bu yerda mehnat iste’moli, energiya iste’moli, material iste’moli va tannarx texnologik jarayonlarning vazifalari ko’rinishida taqdim etiladi.
Tubdan yangi loyihalarni tahlil qilish, fundamental va amaliy tadqiqotlarni bashoratlash uchun maqsadlar daraxti yoki bashorat grafasi deb ataluvchi tuzilishga asoslangan usullardan foydalaniladi.
Bashoratli grafa usulining mohiyati hm innovatsion muqobilni va ham innovatsion ehtiyojni, shu jumladan zarur resurslar va ishlab chiqarish imkoniyatlarini baholashni aks ettiruvchi maqsadlar daraxtini yaratish va tahlil qilishdan iborat. Bunda iizchil taqdim etilayotgan vaziyatlar hodisalarning sodir etilish ehtimoli yordamida baholanadi.

          1. Yangilik kiritish va taqdim etishni boshqarish

Ishlab chiqarish va mahsulotning qayd etilgan ishlab chiqarish omillari va determinatsiyalangan turiga mo’ljallangan markazlashgan boshqaruv qaytarilmaydigan holda o’tmishda qoldi. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida har qanday firma o’z innovatsion strategiyasi va tashkiliy tuzilmasini mustaqil ravishda belgilaydi, qo’llaniladigan texnologiyalar turini tanlaydi, zarur texnologik uskunalarni tanlab oladi va kerakli miqdor va sifatdagi moddiy va nomoddiy resurslarni oborotga jal etadi.
Firmaning yangilik kiritishdan foydalanish sohasidagi faoliyatini tashkil qilish alohida bosqichlardan iborat g’oyat murakkab tadbirlardan tashkil topadi, ular umuman yangilikning yashash davriga ta’sir ko’rsatadi. Loyihaviy yondashuv butun ilmiy ishlab chiqarish doirasini chiqishga asoslanadi, unda yangiliklarni ishlab chiqish, yaratish, tatbiq etish va tarqatishdan tortib mahsulotni foydalanishdan olib tashlashgacha bo’lgan jarayon tushuniladi. Innovatsiya bo’yicha ilmiy-ishlab chiqarish davra tushunchasi printsipial texnik-texnologik tizimlar hamda tajribali namunalar almashuvi va uskunalarning mavjudlarini almashtirishga tegishlidir.
Ishlab chiqarishdagi texnologik qarorlar, texnika va tayyor mahsulotlar modellarining doiraviy aylanishi va almashuvi innovatsion jarayonning asosiy mazmuni hisoblanadi. Ishlab chiqarish tizimlarining yashash davri ishlab chiqish bosqichidan boshlanadi. Bu yerda ilmiy tadqiqotlar, tajribaviy namunalarni tuzish va yaratish, sinovlarni o’tkazish amalga oshiriladi.
Mahsulot murakkablashgani va modernizatsiyalangani sari bu bosqich borgani sari kattaroq ahamiyat kasb etadi. Birinchi bosqich seriyali ishlab chiqarishga o’tish to’g’risida qaror qabul qilish bilan yakunlanadi. Mahsulotning ilm iste’moli qancha yuqori bo’lsa, kichik seriyali ishlab chiqarishning roli va qo’llanilayotgan texnologik qarorlarning egiluvchanligi va moslashuvchanligi shunchalik yuqori.
Keyingi bosqich ishlab chiqarishni texnologik tayyorlash va texnologiyalarni tanlashni o’z ichiga oladi. Yangi materiallar va mahsulotlarni ishlab chiqarishni o’zlashtirish usulini tanlashga ishlab chiqarishning texnik-iqtisodiy tayyorgarligini tashkil qilish tizimi va zarur texnologik uskunalarning tarkibi katta ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYaT)ga muvofiq mahsulotlarni ommaviy va seriyali ishlab chiqarishga texnologik tayyorlash texnologik jarayonlarni ishlab chiqish, jihozlarni loyihalashtirish va ishlab chiqarish, mahsulotning tajribaviy namunasini ishlab chiqarish va sinovdan o’tkazish, umuman ishlab chiqarish tizimini tashkil qilish va vujudga keltirishni o’z ichiga oladi.
Texnologik jarayonni ishlab chiqishda ta’sir ko’rsatish usullari operatsiya turlari va ularning izchilligi, mahsulotla, oraliq turlari, detallar yoki qismlarni olishusullari belgilanadi. Nihoyat, jarayonning asosiy, yordamchi va yakuniy bosqichlari birlashtiriladi. Texnologik uskuna uning texnik ta’riflari (quvvati, ishonchliligi, unumdorligi) yoshi, eskirish darajasi, ta’mirlanishning texnologik ta’riflari bo’yicha tanlab olinadi.
Yaratilayotgan ishlab chiqarish tizimlarida kerakli uskunaning tuzilishi alohida ahamiyatga ega. U montaj qilinayotgan uskuna hamda mavjudlarini modernizatsiyalash va eskirganlarini hisobdan chiqarish tahlili nuqtai nazaridan ko’rib chiqiladi. Uskunaning ishlashidagi tayyorlash-yakunlash va yordamchi vaqtni qisqartirish imkoniyatiga ega bo’lish muhim ahamiyatga ega. Yaratilayotgan texnologik tizim deyilganda texnikani tanlashda uskunaning ishlash tartibidan to’liqroq foydalanish, ish vaqtini texnologik, operatsiya ichidagi, tizim ichidagi va boshqa yo’qotishlarini qisqartirishga qaratilgan tashkiliy- texnologik tadbirlarni ko’zda tutish zarur.
Texnologik jarayonning sifati uning yangilik yaratish qobiliyatida amalga oshiriladi. U texnik-texnologik ta’riflar hamda iqtisodiy ko’rsatkichlar nuqtai nazaridan baholanadi. Tahlilning keng qo’llaniladigan texnik-iqtisodiy va vazifaviy-qiymatiy modellari jarayonlarning texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlari o’rtasidagi bog’liqlikni o’rnatish va ishlab chiqarish tizimlarini muvofiq faoliyat yuritish algoritmini topish imkonini beradi.
Ishlab chiqarish hajmi ham tabiiy, ham qiymatiy aks ettirishda baholanadi. Bunda barcha ishlab chiqarish xarajatlari, yangi mahsulot birligiga sotish narxi va sotishdan ko’zda tutilgan tushumni ko’rsatish muhimdir. SHuni hisobga olish kerakki, innovatsion loyihalarning ko’pligi uchun boshlang’ich davrda quvvatlarni yuklash 20% va hatto kamroq bo’lishi mumkin.
Bunday vaziyat ham yangi mahsulotni bozorga chiqishigacha tijorat qiyinchiliklari, ham xomashyo, butlovlarni yetkazib berish, uskunalarni sozlash, yangi uskunalar va yangi texnologiyalarga xizmat ko’rsatuvchi xodimlarni tanlashning keng doirasi natijasida vujudga keladi. Bunday jihatlar texnik-iqtisodiy asoslashni tuzish va innovatsion loyihani muhandislik o’rganishida ko’rib chiqiladi.
Ishlab chiqarish bosqichida yangi mahsulotni o’zlashtirish, tajribaviy partiyani ishlab chiqarish va yangi mahsulotni seriyali, so’ngra ommaviy ishlab chiqarishga o’tish bo’yicha ishlar majmuasi amalga oshiriladi. Ishga tushirilayotgan quvvatlar ehtiyojni belgilash ketma-ket bosqich va har bir ketma-ketlik uchun yangi mahsulotni taklif etilayotgan ishlab chiqarilishi yoki savdolar hajmining oraliq miqdorlariga muvofiq alohida amalga oshirish kerak. Har bir bosqich uchun material va ishchi kuchiga aniq ehtiyojlarni aniqlash hamda uskunalardan foydalanishning eng yangi varianti (parallel, izchil, aralash yoki xavfsiz- aylanma)ga afzallik berish kerak.
Resurslarga ehtiyoj va xarajatlar har bir bosqich uchun hisoblab chiqilishi va moliyaviy resurslar va savdolar hajmi bilan aniq tuzatishlar kiritilishi mumkin. Yo’qotishlar, brak, to’xtab qolishlarni ko’zda tutish kerak. Quvvatlarning turlicha yuklanishida ishlab chiqarishning turli bosqichlaridagi xarajatlar xarajatlarni to’liq ishlab chiqarish quvvatlaridagi mutanosib taqsimlanishi asosida hisoblab chiqiladi.
SHunday qilib, texnik-texnologik yangilanishning usuli va variantini tanlash uning aniq vaziyati, yangilik kiritishning xarakteri, korxonaning sohasi, resurslari va ilmiy-texnik salohiyatiga mos kelishiga bog’liq.
Texnologik tizimlarni muvofiqlashtirish uchun innovatsiyalar turini almashtirishga rejali o’tish bo’yicha tadbirlar tizimini qo’llash zarur. Masalan, ishlab chiqarishning bir turidan boshqasiga o’tishning bir necha variantlari mavjud. Odatda boshqasiga o’tishning izchil, parallel, aralash usullari ajratiladi. Qoidaga ko’ra, ishlab chiqarishning yangi turiga o’tish qo’llanilayotgan jarayonlar va bo’lg’usi yangiliklarning texnik va texnologik xususiyatlari bilan uzviy bog’liqdir.
Samarali izchil – parallel (aralash) usul bir qator afzalliklarga ega. Ammo ularni amalga oshirish uchun o’tuvchi yoki gibridli deb ataluvchi modellarni yaratish zarur. Yangi mahsulotlarga izchil – parallel o’tish tekis, ishlab chiqarishni to’xtatmay, mahsulotlarni
gibridli gibridli modellarni qo’llash yo’li bilan asta-sekin yangilashda amalga oshiriladi. Ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va innovatsiyalalarni tatbiq etishning bunday usuli Zil, BMW, FordVaz va boshqa avtomobil gigantlarida kengroq tarqalgan. “Ishlab chiqarish hajmi - vaqt” bog’liqliklar grafiklari ko’rinishidagi yangi mahsulotlarga o’tishning asosiy usullari 9.1-rasmda ko’rsatilgan.




Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin