ITTIRning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari
Innovatsion tashkilotning patent-litsenziyali faoliyati
Innovatsion loyihalashtirishning asoslari
Innovatsion loyihalarning ekspertizasi.
Tayanch iboralar: fundamental tadqiqotlar amaliy tadqiqotlar, tajriba – konstruktorlik ishlari, eksperimental ishlar, ITTKIni tashkil qilish, patent, foydali modellar, sanoat namunalari, litsenziyalashtirish, litsenziya royaltlar, innovatsion loyiha, innovatsion loyihalarning ekspertizasi.
ITTKIning vazifalari, tamoyillari va bosqichlari
Ilmiy – tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlari (ITTKI)ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
tabiat va jamiyatni rivojlanishi sohasida yangi bilimlar olish, ularni qo’llashning yangi sohalari:
ishlab chiqarish sohasidagi materiallashtirishning tashkilot tovarlari raqobatbardoshligi me’yorlarining strategik marketingi bosqichida ishlab chiqilgan imkoniyatlarini nazariy va tajribaviy tekshirish;
yangiliklar va innovatsiyalar portfelini amalda bajarish.
Sanab o’tilgan vazifalarni amalga oshirish resurslardan foydalanishning samaradorligi, tashkilotlarning raqobatbardoshligi, aholining turmush darajasini oshirishga imkon beradi:
ITTKIning asosiy tamoyillari quyidagilardan iborat:
Har qanday muammolarni hal qilish ratsional boshqaruv qarorlarini qabul qilishda menejmentning avvaliroq ko’rib chiqilgan ilmiy yondashishlari, tamoyillari, vazifalari, usullarini bajarilishi. Ilmiy menejmentning qo’llaniladigan tarkibiy qismlarining miqdori boshqaruv ob’ektining murakkabligi, qiymati va boshqa omillar bilan belgilanadi.
Innovatsion faoliyatni kishilik kapitalni rivojlanishiga qaratish. ITTKI ishlarning quyidagi bosqichlariga bo’linadilar:
fundamental tadqiqotlar (nazariy va izlanishli);
amaliy tadqiqotlar;
tajriba – konstruktorlik ishlari;
tajriba, eksperimental ishlar, ular o’tgan bosqichlardan har birida bajarilishlari mumkin.
Nazariy tadqiqotlar natijalari ilmiy kashfiyotlar, yangi tushunchalar va tasavvurlarni asoslanishi, yangi nazariyalarini yaratilishida namoyon bo’ladilar.
Izlanishlarga quyidagi tadqiqotlar kiradiki, ularni vazifasi buyumlar va texnologiyalarni yaratishning yangi tamoyillarini, materiallar va ularning birikmalarining yangi, oldin noma’lum bo’lgan xususiyatlarini, menejment usullarini ochishdan iboratdir. Izlanish tadqiqotlarida odatda mo’ljallangan ishning maqsadi, ma’lum, nazariy asoslar ko’proq yoki kamroq ravshan, ammo aniq yo’nalishlar ma’lum emas. Bunday tadqiqotlarni borishida nazariy taxminlar va g’oyalar tasdiq topadilar, ular ba’zida inkor etishlari va qayta ko’rib chiqilishlari mumkin.
Fundamental fanning innovatsion jarayonlarni rivojlanishidagi ustuvor ahamiyati shuning bilan belgilanadiki, u g’oyalarning generatori sifatida bo’ladi, yangi sohalarga yo’l ochadi. Ammo fundamental tadqiqotlarni jahon faniga ijobiy kirish ehtimoli faqat 5% ni tashkil qiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida sohaviy fan bu tadqiqotlar bilan shug’ullanish imkoniyatiga ega bo’lmaydi. Fundamental tadqiqotlar, qoidaga ko’ra, davlat byudjeti hisobidan tanlov asosida moliyalashtirilishlari kerak, hamda byudjetdan tashqari mablag’lardan ham qisman foydalanishlari mumkin:12
Amaliy tadqiqotlar oldin kashf qilingan hodisalar, jarayonlarni amalda qo’llash yo’llarini tadqiqot qilishga qaratilganlar. Ular texnik muammolarni hal qilish, noaniq nazariy masalalarni aniqlab olish, keyinchalik tajriba konstruktorlik ishlari (TKI)da foydalaniladigan aniq ilmiy natijalar olishni o’zlariga maqsad qilib qo’yadilar.
12 Акофф Р., Магидсон Д., Эддисон Г. «Идеализированное проектирование: Как предотвратить завтрашний кризис сегодня. Создание будущего организации», 2007.
TKI – ITTKIning yakunlovchi bosqichi, bu laboratoriya sharoitlari va tajribali ishlab chiqarishdan sanoat ishlab chiqarishiga o’ziga xos o’tishdir. Ishlab chiqishlar ostida muntazam ishlash tushuniladi, ular ITI natijasida olingan mavjud bilimlar va yoki amaliy tajribaga asoslanganlar.
Ishlab chiqishlar yangi materiallar, mahsulotlar yoki qurilmalarni yaratish, yangi jarayonlar, tizimlar va xizmatlarni tadbiq etish yoki ishlab chiqarilayotgan va amalga kiritilganlarni ancha takomillashtirishga qaratilganlar. Ularga quyidagilar kiradi:
muxandislik ob’ekti yoki texnik tizimning belgilangan konstruktsiyasini ishlab chiqish (konstruktorlik ishlari);
g’oyalar va yangi ob’ektiv variantlarini, shu jumladan notexnikni, chizma yo belgili vositalar tizim darajasida ishlab chiqish (loyiha ishlari);
v) texnologik jarayonlarni, ya’ni fizik, kimyoviy, texnologik va boshqa jarayonlarni belgilangan foydali natijani ishlab chiqaruvchi mehnatning yaxlit tizimi bilan birlashtiruvchi usullarni ishlab chiqish (texnologik ishlar).
Ishlab chiqishlar tarkibiga statistika yana quyidagilarni kiritadi:
tajribaviy namunalar (yaratilayotgan yangiliklarning printsipial xususiyatlariga ega noyob modellar)ni yaratish;
Ularni texnik va boshqa ma’lumotlar olish uchun zarur vaqt davomida sinovdan o’tkazish va tajriba to’plash, u keyinchalik yangiliklarni qo’llash bo’yicha texnik hujjatlarda o’z aksini topishi kerak;
qurilish uchun loyiha ishlarining belgilangan turlari, ular oldingi tadqiqotlarning natijalaridan foydalanishni ko’zda tutadilar.
Tajriba, eksperimental ishlar ilmiy tadqiqotlar natijalarini tajribali tekshirish bilan bog’liq ishlab chiqishlar turlaridir. Tajriba ishlari yangi mahsulotlarning tajribali namunalarini tayyorlash va o’rganib olish, yangi (takomillashtirilgan) texnologik jarayonlarni o’rganib olish maqsadiga ega. Eksperimental ishlar ITTKI o’tkazish uchun zarur maxsus (nostandart) uskunalar, apparatlar, asboblar, qurilmalar, stendlar, matnlarni tayyorlash, ta’mirlash va ularga xizmat ko’rsatishga qaratilganlar.
Fanning tajriba bazasi – tajriba, eksperimental ishlarni bajaruvchi tajribali ishlab chiqarishlar (zavod, tsex, ustaxona, tajriba – eksperimental bo’linma, tajriba stantsiyasi va h.k) majmuasidir.
SHunday qilib, TKI ning maqsadi yangi texnika namunalarini yaratish (modernizatsiyalash) dan iborat, ular tegishli sinovlardan keyin seriyali ishlab chiqarishga yoki bevosita iste’molchiga topshirishlari mumkin. TKI bosqichida texnik tadqiqotlar natijalarining yakuniy tekshirilishi o’tkaziladi, tegishli texnik hujjatlar ishlab chiqiladi, yangi texnikaning namunalari tayyorlanadi va sinovdan o’tkaziladi. Istalgan natijalarni olish ehtimoli ITI dan TKI sari oshib boradi.
Yangi mahsulotni sanoat ishlab chiqarishni o’zlashtirilishi ITTKI ning yakunlovchi bosqichi bo’ladi.
ITTKI natijalarini tadbiq etishning quyidagi darajalari (sohalari) ni ko’rib chiqish
kerak:
ITI natijalaridan yakunlangan ITI ning rivojlanishi bo’lgan yoki fan va
texnikaning boshqa muammolari va yo’nalishlari doirasida bajarilayotgan boshqa ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqishlarda foydalanish.
ITTKI natijalaridan eksperimental namunalar va laboratoriya jarayonlarida foydalanish.
TKI va eksperimental ishlar natijalarini tajribali ishlab chiqarishda o’zlashtirish.
ITTKI va tajribali namunalar sinovlari natijalarini seriyali ishlab chiqarishda o’zlashtirish.
Texnik yangiliklarni ishlab chiqarishga keng ko’lamda tarqatish va bozor (iste’molchilar)ni tayyor mahsulotlar bilan to’ldirish.
ITTKI ini tashkil qilish hujjatlarning quyidagi sohalararo tizimlariga asoslanadi:
Davlat standartlashtirish tizimi (DST);
Konstruktorlik hujjatlarining yagona tizimi (KHYaT);
Texnologik hujjatlarning yagona tizimi (THYaT);
Ishlab chiqarishni texnologik tayyorlashning yagona tizimi (ICHTTYaT);
Mahsulotni ishlab chiqish va ishlab chiqarishga qiyin tizimi;
Davlat mahsulotlar sifati tizimi;
Davlat “Texnikadagi ishonchlik” tizimi;
Standartlar va mehnat xavfsizligi tizimi (SMXT) va boshqalar.
Innovatsion tashkilotning patent litsenziyali faoliyati
Xalqaro darajadagi aqliy mulkni huquqiy tartibga solishni vujudga kelishini Sanoat mulkini muhofaza qilish, patentlar, tovar nomlaridan foydalanish, shu jumladan ulardan noqonuniy foydalanilganlik uchun jazolash bo’yicha tadbirlar Parij konventsiyasi (1883y) bog’laydilar. Aqliy mulkka huquq III iqtisodiy, sotsial va madaniy huquqlar bo’yicha xalqaro paktda beglilab berilgan. Bizning davlatimiz kashfiyotga mamlakat ustuvorligini himoyalanishini ta’minlash maqsadida Parij konventsiyasiga qo’shilgan. Hozirgi vaqtda O’zbekiston qonunchilik bu sohadagi ko’pgina xalqaro huquqiy hujjatlarning mazmuni va yo’nalishini aks ettiradi. Kashfiyotlarni xorijiy patentlantirishda markaziy o’rinni konventsion ustuvorlikni taqdim etish haqidagi masala egallaydi. Gap konventsiya ishtirokchisi bo’lgan mamlakatlardan biri tomonidan patentlashtirishga dastlabki ariza bergan sanani e’tiborga olish haqida ketayapti, u ushbu dastlabki arizani bergan kundan bir yildan ko’p bo’lmagan chegarada belgilanadi. Bundan kashfiyotning yangiligi ushbu mamlakatda ariza berilgan kundan emas, balki dastlabki ariza kundan boshlab belgilanadi. Bu imtiyozli (bir yil) kashfiyotdan foydalanishining tijorat imkoniyatini belgilash (masalan, litsenziyalarni sotish), xorijda arizalarni rasmiylashtirish uchun zarur materiallarni sinchiklab tayyorlash, kashfiyotning reklamasini amalga oshirish imkoniyatini beradi. Konventsiya kashfiyotlarga, agar ular xalqaro ko’rgazmalar va yarmarkalarda namoyish qilinsalar, vaqtinchalik (bir yil davomidagi) himoyani beradi.
Kashfiyotga huquqlarni rasmiylashtirish mualliflik guvohnomasi yoki patent olish yo’li bilan amalga oshiriladi. mualliflik guvohnomasi kashfiyot tomonidan taklifni tan olinishini, kashfiyotning ustuvorligini va shaxsning u tomonidan kashfiyotga olingan mualliflikni tasdiqlaydi. U hududiy harakatga ega, ya’ni u tomonidan tasdiqlangan kashfiyotdan boshqa davlatlarda agar u yerda patentlanmagan bo’lsa, to’siqsiz va tekinga foydalanish mumkin emas.
Patent – bu mualliflikning tasdiqlovchi va uning egasiga kashfiyotga favqulodda huquq beruvchi hujjatdir. Buning ostida hech kimni kashfiyotdan patentning egasisiz foydalanishi mumkin emasligi ko’zda tutiladi. Mohiyati bo’yicha, patent – bu sanoatning namunasi yoki tovar belgisini ro’yxatga olinishi bilan mustahkamlangan kashfiyotga mulk egasining unvonidir. Bu holda kashfiyotdan foydalanishga rozilik qisman foydalanishga litsenziyani topshirish (sotish) yoki patent huquqlarini to’liq topshirish yo’li bilan aks ettiriladi.
Patentli himoyalashning barcha masalalari patent mahkamasi tomonidan tartibga solinadi. U sanoat mulki ob’ektlarini himoyalash sohasidagi yagona siyosatni amalga
oshiradi, kashfiyotlar, foydali modellar va sanoat namunlariga buyurtmalarni ko’rib chiqishga qabul qiladi, davlat tomonidan ro’yxatga olishni amalga oshiradi, patentlar beradi, rasmiy ma’lumotlarni nashr qiladi, patent qoidalarinri bosib chiqaradi va h.k.
Patent qonuni patentlarni amalda bo’lim muddatlarini belgilaydi, ular davlat tomonidan ro’yxatga olishga taqdim etilayotgan sanoat mulkining turiga bog’liq.
Kashfiyotga patent ariza kelib tushgan sanadan boshlab 20 yil davomida amalda bo’ladi foydali modelga guvohnoma 5 yil davomida davomida amalda bo’ladi. Patent egasining iltimosiga ko’ra u 3 yilgacha uzaytirilishi mumkin. Sanoat namunasiga patent 10 yil davomida amalda bo’ladi va yana 5 yilgacha uzaytirilishi mumkin.
Patent qonuni sanoat mulki ob’ektlarining patent qobiliyati mezonlari majmuasini belgilab beradi. Ular ostida uni yaratuvchisi tomonidan himoyalash patentini olish uchun ushbu ob’ekt qanoatlantirishi kerak bo’lgan shartlar tushuniladi.
Foydali modellarga, agar ular yangi va xalq xo’jaligi sohalarida sanoatli qo’llaniladigan bo’lsalar, huquqiy himoya taqdim etiladi.
Sanoat namunasi ostida mahsulotning tashqi ko’rinishini belgilab beruvchi uning badiiy – konsruktiv yechimi tushuniladi, agar u yangi, noyob va xalq xo’jaligi sohalarida sanoatli qo’llaniladigan bo’lsa, huquqiy himoya beriladi.
Patent qonunida patent qobiliyati deb hisoblanmaydigan aqliy mulk uchun ob’ektlarining ro’yxati beriladi.
Masalan, quyidagilar kashfiyotlar va foydali modellar sifatida himoyalanmaydilar:
ilmiy nazariyalar va matematik usullar;
xo’jalikni tashkil qilish va boshqarish usullari;
shartli belgilar, jadvallar, qoidalar;
aqliy operatsiyalarni bajarish usullari;
hisoblash mashinalari uchun algoritmlari va dasturlar;
inshoatlar, binolar, hududlarni rejalashtirish loyihalari va chizmalari;
buyumlarning faqat tashqi kshrinishiga tegishli bo’lgan, estetik ehtiyojlarni qanoatlantirishga qaratilgan qarorlar;
integralli mikrosxemalarning texnologiyalari;
jamoa manfaatlari, insonparvarlik va ahloq tamoyillariga zid bo’lgan qarorlar;
faqat buyumning taktik vazifasi bilan asoslangan qarorlar;
arxitektura ob’ektlari (kichik arxitekturik shakllardan tashqari), sanoat, gidrotexnik va boshqa ko’chmas inshoatlar;
bosma mahsulotlar;
suyuq gazsimon, sog’iluvchi yoki shunga o’xshish moddalaridan barqaror bo’lmagan shaklli ob’ektlari.
Patentni rasmiylashtirish tartibi Patent qonuni tomonidan tartibga solinadi. Litsenziyalashtirish texnologiyalar bilan savdoning, o’z ichiga patentlar, litsenziyalar,
nou-xaular bilan bitimlarni oluvchi, asosiy shakllarining biridan iboratdir.
Litsenziya alohida shaxslar yoki tashkilotlarga patent bilan himoyalangan kashfiyot, texnik vazifalar, ishlab chiqarishning texnologik va konstruktorlik sirlari, tovar belgisi va h.k.dan foydalanishga ruxsatdan iboratdir. Litsenziyani berish tijorat operatsiyasi bo’lib, patent egasi (litsenzar) o’zining kontragenti (litsenziati)ga patentlar, nou-xau, tovar belgilari va h.k.ga o’z huquqlarining belgilangan doirasida foydalanishga litsenziya beradi.
Litsenziyalashtirish manfaatdor tomonlar tomonidan litsenzion bitim – shartnomani qabul qilish yo’li bilan amalga oshiriladi, unga muvofiq kashfiyot, texnologik bilimlar, tajriba va ishlab chiqarish sirlarining egasi o’zining kontragentiga aqliy mulkdan
foydalanishga litsenziya beradi. Bitida litsenziyadan foydalanishning ishlab chiqarish sohalari va hududiy chegaralari belgilanadi.
Litsenzion bitim bir necha patentlar va ular bilan bog’liq nou-xaularni majmuaviy topshirishni ko’zda tutish mumkin. Bu holda litsenzion bitim, qoidaga ko’ra, litsenznar tomonidan tegishli injiring (muxandislik-maslahat) xizmatlarini, shu jumladan loyihalashtirish, litsenzion ishlab chiqarishni tashkil qilish, nou-xau, ishga tushurish-sozlash ishlar, xodimlarni tayyorlash va h.k. ko’rsatishni ko’zda tutadi.
Litsenzion bitimlar mustaqillarga, ular texnologiya va texnolgik bitimlar bo’lg’uvsi foydalanishga ularning joyi va sharoitlaridan qat’iy nazar topshirilishini ko’zda tutadi va birga bo’luvchilarga bo’linadi, bunda litsenziyani topshirish bilan bir vaqtda qurilish, uskunalarning butlovchi qismlarini yetkazib berish yoki injenering xizmatlari ko’rsatishga shartnoma tuziladi.
Sotuvchi (litsenzior)ga xaridor (litseziat)ga litsenzion bitim predmetida foydalanish huquqini bergani uchun mukofotlash litsenzion to’lovlar vositasida amalga oshiriladi, ular bitim amalda bo’lish davri davomida xaridor daromadidan davriy ajratmalar yoki ekspert baholari aosida oldindan belgilangan bir vaqtdagi to’lovlar ko’rinishida bo’lishlari mumkin.
Davriy ajratmalar (royaltlar) oborot, litsenzion mahsulotni sof sotishlar qiymatidan foiz to’lash kabi belgilanishi mumkin yoki ishlab chiqarilgan mahsulot birligiga hisoblash bilan belgilanadi. Bir vaqtdagi to’lov litsenziardan hujjatlarni topshirilishini ko’zda tutuvchi reushal (butunlay olinadigan) to’lov shaklida bo’lishi mumkin. Litsenzion mukofotlashning keltirilgan shakllarining har xil birikmalari bo’lishlari mumkin.
Yangi texnik yechimlar, kashfiyotlar va tovarlar odatda patentlashtiriladilar, bu patent egasiga ulardan foydalanishga favqulodda huquqni beradi. Litsenziyadan foydalanish huquqlari xarakteri va hajmi bo’yicha quyidagi turlarga bo’linadilar:
patentli (patentdan tezisli nou-xausiz foydalanish huquqi beriladi);
bepul (nou-xaudan faoliyatning har xil sohalarida fodalanish huquqi beriladi);
oddiy (patentdan foydalanish huquqiga lizenziat va litsenzior ega bo’ladi);
favqulodda (litsenziat tomonidan patentda yakka hukmron holda foydalanish);
to’liq (patentdan bir kishi bo’lgan litsenziat shartnoma tomonidan kelishilgan muddat davomida foydalaniladi).
Aqliy mulkka egalik qilish va boshqarish tartibi Patent qonuni, maxsus “elektron hisoblash mashinalari uchun dasturlarni huquqiy himoyalash haqidagi”, “integral mikrosxemalar topologiyalarini huquqiy himoyalash haqidagi” qonunlar tomonidan tartibga solinadi.
Innovatsion loyihalashtirishning asoslari
Iqtisodiyotga loyihalarni boshqarishning nisbatan yangi kontseptsiyasi (Project Management) jadal ravishda kirib kelmoqda. Bu kontseptsiyaning asosini loyihasiga har qanday tizimning vaqt va mablag’lar sarflanishi bilan bog’liq dastlabki holatini o’lchashga qarash tashkil qiladi. Oldindan ishlab chiqilgan dasturlar bo’yicha byudjet va vaqtli chegaralashlar doirasida amalga oshirilgan bu o’zgarishlar jarayoni esa – loyihalarni boshqarishdir. Hozirgi vaqtga kelib loyihalarni boshqarish barcha sanoati rivojlangan va yangi sanoatli mamlakatlarda investitsion faoliyat metodologiyasi tomonidan tan olingan. Mamlakatimiz amaliyotida bu kontseptsiya dasturiy – maqsadiy dasturlar (DMD)ni qo’llanilishida o’z aksini topgan.
“Innovatsion loyiha” tushunchasi quyidagicha ko’rib chiqilishi mumkin:
Innovatsion loyiha innovatsion faoliyatni maqsadli boshqarishni shakli sifatida fan va texnikani ustuvor yo’naltirilgan rivojlantirishning aniq maqsadlari (vazifalari)ga erishishga qaratilgan tadbirlarning resurslar, muddatlar va ijrochilar bo’yicha o’zaro asoslangan va o’zaro bog’langan murakkab tizimidan iboratdir.
Innovatsiyalarni amalga oshirish jarayoni sifatida – bu innovatsiyalarga olib keluvchi ilmiy, texnologik, ishlab chiqarish, tashkiliy, moliyaviy va tijorat tadbirlarini belgilangan izchillikda bajariladigan majmuasidir.
SHuning bilan bir vaqtda innovatsion loyiha – bu loyiha maqsadlarini amalga oshirish uchun zarur bo’lgan texnik, tashkiliy, rejaviy va hisoblash – moliyaviy hujjatlarning yig’indisidir.
Bu uchta nuqta nazarlarni hisobga olish bilan, quyidagi ta’rifni berish mumkin: innovatsion loyiha – bu masofa va vaqtda muammolarni hal qilish, innovatsion jarayonlarni tashkil qilish bo’yicha ilmiy asoslangan maqsadlar va tadbirlarni belgilab beruvchi hujjatlarining yig’indisidir. Maqsadlar va tadbirlarni ilmiy asoslanishiga menejmentga ilmiy yondashishlarga rioya qilish, zamonaviy usullarni qo’llash yo’li bilan erishiladi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga rahbarlik loyiha rahbari (loyiha menejeri) va ilmiy texnik kengashi (ITK) tomonidan amalga oshiriladi. ITK tarkibiga ilmiy – texnik yechimlarni tanlash, ular amalga oshirish darajasi, loyihaviy maqsadlarga erishish uchun zarur talbirlarning to’liqligi va butligi uchun javobgarlikka ega, ijrochilarni tanlov asosida tanlash va olingan natijalarning ekspertizasini tashkil qiluvchi loyihaning tematik yo’nalishlari bo’yicha yetakchi mutaxassislar kiradilar.
Loyiha rahbari – yuridik shaxslar, unga buyurmachi loyiha: rejalashtirish, loyiha ishtirokchilari ishlarini nazorat qilish va muvofiqlashtirish bo’yicha ishlarga rahbarlik qilish vakolatlarini topshiradi. Loyiha rahbari vakolatlarining aniq tarkibi buyurtmachi bilan shartnoma tomonidan belgilanadi. Loyiha jamoasi – loyiha rahbari tomonidan boshqariladigan va loyihani amalga oshirish davrida rejaviy ko’rsatkichlarga o’z vaqtida erishish maqsadida tashkil qilinadigan o’ziga xos tashkiliy tuzilmadir. Loyiha jamoasining tarkibi va vazifalari loyihaning ko’lamlari murakkabligi va boshqa ta’riflariga bog’liqdir. O’z vazifalarining bir qismini bajarish uchun ishlab chiquvchi ixtisoslashtirilgan tashkilotlarni jalb qilishi mumkin. Loyihani qo’llab quvvatlovchilarga innovatsion markazlar, dasturlar va loyihalarni qo’llab quvvatlovchi fondlar, konsalting firmalari, mustaqil ekspertiza tashkilotlari, patent-litsenziya firmalari, auditorlik firmalari, ko’rgazma markazlari va h.k kiradilar.
Innovatsion loyihalarni tasniflash innovatsiyalarni tasniflashlar asosida amalga oshiriladi. Masalan, tasdiqlash, moliyalashtirish va amalga oshirish darajasi bo’yicha innovatsion loyihalar, davlatlararo, davlat, mintaqaviy, sohaviy, alohida korxonanikiga bo’linishlari mumkin.
Loyihalarni shakllantirish va asoslash tamoyillari, maqsadlari, bosqichlari va usullari, ularni loyihalashtirish va amalga oshirish mexanizmi biz tomonimizdan oldin ko’rib chiqqan mavzulardan katta farq qilishi mumkin emas. Oldingi 9 mavzu biz tomonimizdan innovatsion loyihalarni ilmiy asoslash, ularni materiallashtirish va samara olish uchun ko’rib chiqilgan edi. Yakuniy masalalarga darslikning 10-13 mavzulari bag’ishlangan.
Takrorlaymizki, innovatsion loyihani turkumlashtirishning chuqurligi, loyihalashtirishda hisobga olinadigan ilmiy yondashishlar va tamoyillar, qo’llaniladigan menejment usullari miqdori loyihaning bosh menejeri (loyiha menejeri) va ITK a’zolari tomonidan muammoning murakkabligi, loyihaning qiymati va innovatsion tashkilot tashqi va ichki omillari holatiga muvofiq belgilanadi.
Innovatsion loyihani ishlab chiqish loyiha hujjatlarini tayyorlash bilan yakunlanadi. “Loyiha hujjatlari” ning yagona tarkibi hali belgilanmagan va har bir aniq holda uning tarkibi dastlabki (texnik iqtisodiy) vazifada belgilanadi. Har qanday darajadagi innovatsion loyiha quyidagi bo’linmalarni o’z ichiga olishi kerak:
muammo (g’oya)ning mazmuni va dolzarbligi;
loyiha rahbarining rezyumesi;
marketing tadqiqotlari va muammoni turkumlashtirish asosida qurilgan loyiha maqsadlari daraxti;
loyiha maqsadlari daraxtini amalga oshirish bo’yicha tadbirlar tizimi;
loyihani majmuaviy asoslanishi;
loyihani amalga oshirilishini majmuaviy ta’minlanishi;
ITK ning ta’rifi;
loyihaning ekspert xulosasi;
loyihani amalga oshirish mexanizmi va undovchi sabablar tizimi.
Loyihani amalga oshirish mexanizmi o’z ichiga innovatsion tashkilotning tuzilishi, uning bo’linmalari va lavozimli ko’rsatmalari haqidagi qoidalar, operativ – kalendar rejalar va tarmoqli modellar (jadvallar), loyihani boshqarish dasturlari, loyihaning vazifalari, masalalari va maqsadlarini bajarilishini majmuaviy ta’minlash, nazorat qilish, muvofiqlashtirish va tartibga solish rejalarini oladi.
Loyihani topshirilishi va shartnomani yopilishini o’z ichiga oluvchi loyihani yakunlash tartibini belgilash, innovatsion loyihalash masalalaridan biri bo’ladi.
Innovatsion loyiha bo’lim – loyiha kontseptsiyalarini ishlab chiqishda buyurtmachi tomonidan qabul qilingan qarorlarning uni amalga oshirishda olingan natijalarga mos kelishini belgilash demakdir. Ishni topshirish va qabul qilishga nisbatan barcha talablar shartnoma tomonidan belgilanadi. Agar tayyor ob’ekt loyihani amalga oshirishning natijasi qabul qilish va foydalanish sinovlarini o’tkazish kerak. Ular quyidagilarni o’z ichlariga oladilar: ishlab chiqishning texnik – iqtisodiy parametrlarini rejalashtirilgan ko’rsatkich bilan soleshtirilishini o’tkazish; farq qilishlar sabablarini aniqlash, topilgan farq qilishlarni bartaraf qilish bo’yicha tadbirlarni ishlab chiqish va chalalarni bartaraf qilish bo’yicha ishlarni tashkil qilish.
Agar qabul qilish sinovlari natijasida loyiha talablariga javob beradigan mahsulot olinsa, unda komissiyaning tayyor ob’ektlarni qabul qilish bo’yicha bayonnomasi rasmiylashtiriladi. Sinovlar natijasi tayyor mahsulot (ob’ekt yangilik va h.k)ni topshirish – qabul qilish davrida javobgarlikni ishlab chiquvchi tashkilotlardan buyurmachiga topshirish uchun asos bo’ladilar.
SHartnomani yopish quyidagi bosqichlarda o’tkaziladi:
moliyaviy hisobotni tekshirish;
rasfortlashtirish;
bajarilmagan majburiyatlarni aniqlash;
bajarilmagan majburiyatlarni yakunlash.
Moliyaviy hisobotlarni tekshirishga buyurtmachi va ijrochi tashkilotlar hisobotiga kiradi. Buyurtmachining moliyaviy hisobotini tekshirish quyidagilarni o’z ichiga oladi: yakunlangan ishlarning butun hajmiga schyot – fakturadan ko’chirmalarni tekshirish; olingan to’lovlarni taqdim etilgan schet – fakturalar bilan muvofiqlashtirish; o’zgarishlar bo’yicha hujjatlarning mavjudligini tekshirish; buyurtmachi tomonida amalga oshirilgan ushlab qolingan summani nazorat qilishni.
Ijrochi moliyaviy hisobotini tekshirish o’z ichiga quyidagilarni oladi:
etkazib beruvchilar va birgalikdagi ijrochilarning to’lovlarini tekshirish;
buyurtmalar summasini yetkazib beruvchilarning yuk xatlari bo’yicha xaridlarga mos kelishi;
etkazib beruvchiga muddati o’tgan to’lovlarni qidirib topish;
tegishli ushlab qolishlarni tasdiqlash.
Bundan tekshirishlarning natijalari loyiha bo’yicha yakuniy moliyaviy hisobotlarni tayyorlash uchun ma’lumotlar olishga imkon beradi. Ushbu bosqichda ijrochilar bilan yakuniy hisob kitoblar amalga oshiriladi.
Pasportlashtirish shartnomani yopishni tashkil qilishning muhim elementlaridan biridan iboratdir. U quyidagi izchillikda o’tkaziladi:
bo’limlarning ijrochilari kerakli ilovalarga hisobotlarni bosh tashkilotga bo’lim bo’yicha taqdim etadilar;
keyingi yakuniy hisobotni ITKga bo’lim bo’yicha taqdim etadi;
ITK bo’lim bo’yicha hisobotlarni qabul qiladi va dalolatnomalarni rasmiylashtiradi;
bosh tashkilot umuman loyiha bo’yicha hisobot tayyorlaydi va uni Bosh buyurmachiga yuboradi. SHartnoma yopiladi.
Innovatsion loyihalarni ekspertiza qilish
Innovatsion loyihalarning ekpertizasi – quyidagilarni majmuaviy tekshirish va nazorat qilish tadbirlaridir:
a) loyiha tarkibiga va innovatsion menejment tarkibiga kiruvchi me’yoriy – uslubiy, loyiha – konstruktorlik va boshqa hujjatlar tizimining sifati; b) loyiha rahbari va uning jamoasining kasbiy mahorati; v) innovatsion tashkilotning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyati, raqobatbardoshligi; g) bajarilgan hisob – kitoblarning ishonchligi, xatarning darajasi va loyihaning samaradorligi; d) loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish mexanizmining sifatlari, qo’yilgan maqsadlarga erishish imkoniyatlarini.
Qo’yilgan vazifalar davrasi bo’yicha innovatsion loyihalar ekspertizasini sertifikatsiyalash bilan taqqoslash mumkin. Yirik ekologik, axborot, insonparvarlik muammolariini hal qilishga qaratilgan, xalqaro yoki milliy ahamiyatga ega qimmatbaho innovatsion loyihalar bo’yicha ekspertiza emas, balki sertifikatsiyalashni o’tkazish to’g’ri deb hisoblaymiz. Ekspertizada tekshiriladiganlarning hajmi va guruhligi bosh buyurtmachi tomonidan innovatsion loyihaning turi va xususiyatlariga ko’ra belgilanadi.13
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilot (IQTT)ning tavsiyalariga muvofiq innovatsion loyihalarning ekpertizasini quyidagi tamoyillar asosida o’tkazish kerak:
Ekspertiza natijalari, mutaxassislarni tanlash bo’yicha munozarali vaziyatlarda hakamlik rolini bajaruvchi, uni o’tkazuvchi tadqiqotlarning mustaqil guruhini mavjudligi;
Tadqiqotlar sohasidagi faoliyatda qo’shimcha qiymatini hisoblashda yangilik kiritishlar ishlab chiqarishning sifatida ko’rib chiqiladi;
Nazarda tutilayotgan samaradorlikni belgilash imkoniyat va nazorat qilish uchun vaqtga ega bo’lish uchun o’rta muddatli istiqbolda xarajatlarni oldindan bashoratlash va rejalashtirishni o’tkazish;
Nazorat qilish usullari davlat darajasidagi ilmiy-texnik siyosatga rahbarlik qilishni rivojlantirish istiqbollari bilan bog’langan bo’lishi kerak.
13 Акофф Р., Магидсон Д., Эддисон Г. «Идеализированное проектирование: Как предотвратить завтрашний кризис сегодня. Создание будущего организации», 2007.
Loyihalarni ekspertiza qilishda tadqiqotlar va ishlamalar natijalarini sotsial, iqtisodiy va ekologik muhitga bo’lajak ta’sirini hisobga olish zarur. Ekspertiza nafaqat loyihalarni miqdoriy, balki sifatiy baholashga ham ega. Qarorlar qabul qilishga ekspert guruhining har bir a’zosi tomonidan berilgan baholar hisobga olinadi. Ekspertlar ishlab chiqarilayotgan loyihaga tegishli bo’lgan har qanday axborotlarni talab qilishlari mumkin. Har qanday ekspert guruhiga ekspertiza buyurtmachisining yuqori malakali vakili kiritilishi mumkin.
IHTT tomonidan tavsiya qilingan innovatsion loyihalar ekspertizasining sanab o’tilgan tamoyillarini quyidagilar bilan to’ldirish zarur deb hisoblaymiz:
Ekspert guruhi ushbu sohada shartnoma asosida ishlovchi yettitadan kam bo’lmagan mutaxassislardan tashkil topishi kerak;
Ekspert guruhining ishi mustaqillik, ob’ektivlik, kasb mahorati, butlik, tizimlilik, ishning yakuniy natijalaridan manfaatdorlik tamoyillarida tashkil qilinishi kerak;
Ekspert guruhining asosiy vazifasi ob’ektni loyihalashtirilayotganda innovatsion tashkilot tomonidan innovatsion menejmentning ilmiy yondashishlari, tamoyillari va usullariga rioya qilinishini tekshirishdan iborat bo’lishi kerak.
Innovatsion menejment va har qanday tuzilmona faoliyat yuritishi bo’yicha me’yoriy
uslubiy hujjatlarning yuqori sifatini ta’minlash innovatsion loyihaning yuqori sifatiga, ekspert guruhi ishining tashkiliyligi va natijaviyligiga erishishning muhim sharti bo’ladi.
Hujjatlarni quyidagi asosiy a’lomatlar bo’yicha tasniflash mumkin:
me’yoriy – uslubiy ta’minlash ierarxiyasining darajasi xalqaro hamjamiyat, mamlakat, mintaqa, shahar, qishloq, firmadir.
hujjatning huquqiy statusi – ijro qilinishi majburiylar (qonunlar, standartlar, farmonlar, qarorlar, qoidalar, dasturlar, rejalar, rasmiy buyruqlar) va tavsiyaviylar (qo’llanmalar, uslubiyotlar, yqriqnomalar va h.k.);
v) hujjatning mazmuni – texnik (investitsion loyihalar, konstruktorlik – texnologik hujjatlar, uslubiyotlar va h.k), iqtisodiy (texnik-iqtisodiy asoslash, moliyaviy, buxgalteriya, soliq hujjatlari, biznes-rejalar va h.k ), tashkiliy (tashkiliy loyihalar, tashkiliy tuzilma ustavi, bayonnomalar, yo’riqnomalar va h.k).
Firma hujjatlarining majburiy atributlari (alomatlari) – hujjatning maqsadi, ishlab chiqish uchun asos, ushbu maqsad (vazifa, xizmat menejment tizimining tizimchalari)ning o’rni, maqsad (vazifani hal qilishda rioya qilinishi zarur bo’lgan ilmiy yondashishlar va tamoyillarga ishoralar) axborotning iste’molchilari, ulardan foydalanish me’yorlari va qoidalari, ijrochilarning ehtimol bo’lgan doirasi, ishning sifati, resurslarni tejash, mudddatlarga nisbatan talablar, jazolar, axborot manbalari. Uslubiy hujjatlarda bu ma’lumotlardan tashqari aniq uslublar berilishi kerak.
Hujjatlarni sifatning quyidagi mezonlari bo’yicha baholash taklif qilinadi:
Hujjatning majmuaviyligi, ya’ni unda texnik, ekologik, ergonomik, iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy va boshqa masalalar ularning o’zaro bog’liqligi hujjatni maqsadga qaratilganida ko’rib chiqish;
Hujjat (ob’ekt) ni ekologik, xavfsizlik, o’zaro almashtira olinishi, patentli sofligi, huquqiy himoyasi va boshqa masalalar bo’yicha xalqaro talablarga mos kelishi darajasi;
Jahon yutuqlaridan foydalanilganlik darajasi va hujjatni jahon standartlari bilan uyg’unlashuvi integratsiyalashishi;
Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan ilmiy yondashishlar (tizimli, marketingli, qayta ishlab chiqaruvchi, vazifaviylar)ning soni;
Hujjatni ishlab chiqishda qo’llanilgan zamonaviy usullar (vazifaviy – qiymatiy tahlil, modellashtirish, bashoratlash, muvofiqlashtirish va boshqalar)ning soni. Agar bu
usullarni ob’ektini ishlab chiqishda qo’llash tavsiya etilsa, unda bu talab hujjatda aniq qayd etilishi kerak;
Boshqaruv qarorlarining iqtisodiy asoslanganligi;
Hujjatni takrorlanishi, uning istiqbolligi, qo’llash ko’lami;
Hujjatni ilmiy doiralar, boshqaruvning davlat va mintaqaviy idoralari va amaliyotda ma’qullanganligi;
Hujjatni ishlab chiquvchi tashkilotlarning obro’si va uni ishlab chiqaruvchilarning malakasi;
Hujjatni muvofiqlashtirgan va tasdiqlagan idoralar;
Hujjatni rasmiylashtirishda standartlarga rioya qilinishining darajasi, tushunchalarning bir ma’noligi, bayon qilishni aniqligi, ishonchliligi, ko’rgazmalilik.
Sifatning sanab o’tilgan mezonlari (talablari)ga javob beruvchi hujjatlar ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh bo’ladilar. Hujjatning sifati tovarlar, firmalar, mamlakatlarning raqobatbardoshligi ta’minlashning asosiy sharti bo’ladi.
Innovatsion loyihalarning ekspertizasini o’tkazish metodikasi boshqaruv qarorlarini tahlil qilish, bashoratlash, ishlab chiqishning usullari va yo’llariga asoslanadi. Quyidagilar ekspertizaning eng keng tarqalgan usullari bo’ladilar.
innovatsion loyihaga kiritilgan va ekspert (sertifikatsion) sinovlar natijasida olingan ko’rsatkichlarni ob’ektni qo’llashning ekologikligi, ergonomikligi, xavfsizligi bo’yicha xalqaro va milliy talablar, uning birga bo’la olishligi, o’zaro almasha olishligining ekspertizasi, ushbu sohadagi jahon yutuqlarining boshqa parametrlari bilan solishtirish usullari;
ekspertli;
indeksli
balansli
grafik (jadvalli) va boshqa usullar va yo’llar.
Bu usullar muqobil emaslar, ular bir birlarini to’ldiradilar.
Bitta tarkibiy qism (bo’lim, muammo) uchun bitta usul qo’llaniladi, boshqasi uchun boshqa. Har qanday usulni qo’llashda innovatsion menejmentning ilmiy yondashishlari va usullarini qo’llamasdan bo’lmaydi. Quyida S.D. Ilьenkova rahbarligi ostidagi jamoa tomonidan yozilgan “Innovatsion menejment” darsligida bayon qilingan loyihalarni ekspertiza qilish metodikasi bayon qilinadi.
Federal ilmiy-texnik dasturlarini amalga oshirish uchun davlat buyurtmachilari tomonidan tanlov asosida olingan dasturlar ijrochilari bilan davlat shartnomalari tuziladi.
Ekspert bahosi ekspert anketasi savollariga javoblar ko’rinishida shakllantiriladi va ekspert yakuniy xulosasining quyidagi variantlarini ko’zda tutadi:
5– loyiha shubhasiz qo’llab quvvatlashga loyiq; 4 - loyiha qo’llab - quvvatlashga loyiq;
3 – qo’llab – quvvatlanishi mumkin;
2 – loyiha qo’llab - quvvatlashga loyiq emas;
1- loyiha ekspert kengashi tomonidan ko’rib chiqishga loyiq emas.
Ekspert bahosida ob’ektiv ekspertizani qiyinlashtiruvchi holatlar hisobga olinadi. Bu “manfaatlarning janjali” bilan bog’liq bo’lishi mumkin: Ekspertning ilmiy manfaatlari va loyiha mazmuni mos kelmaydi; ekspert loyihasining rahbari va ijrochilari bilan, ilmiy rahbariyat loyiha rahbari yoki ijrochilari bilan ilmiy rahbariyat rahbar (loyiha asosiy ijrochilaridan biri bilan sheriklik, moliyaviy), qarindoshlik munosabatida turgan yoki turadi.
Ekspert bahosi loyihaning ilmiy mazmuni va muallif (yoki mualliflar jamoasi) ilmiy salohiyatining tahlil asosida beriladi. Loyiha ilmiy mazmunining tahlilida quyidagilar hisobga olinadi:
Loyiha g’oyasini bayon qilinishining aniqligi (aniq, noaniq);
Tadqiqot maqsadlari va usullarining aniqligi (aniq, noaniq);
Loyihaning sifat ta’riflari (loyiha quyidagilarga ega: fundamental xarakter; fanlararo yoki tizimli xarakter; amaliy xarakter);
Ilmiy boshlanish (quyidagilar mavjud: loyihada shakllangan muammoni hal qilishda katta ilmiy va metodologik boshlanish; berilgan mavzu bo’yicha nashrlar; muammoni hal qilishning ilmiy – uslubiy ishlab chiqilishi yo’q);
Muommalani qo’yilishining yangiligi (tadqiqot muammosi muallif tomonidan birinchi marta shakllantirilgan va ilmiy asoslangan; muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilingan; loyihada shakllantirilgan tadqiqot muammosi fanga ma’lum va muallif tomonidan muammoni hal qilishga noyob yondashishlar taklif qilinmagan).
Mualliflar jamoasining ilmiy salohiyati loyiha ilmiy mazmunining tahlilini hisobga olish bilan baholanadi (mualliflar/ishtirokchilar e’lon qilingan ishni bajarishga qodir; ekspert ishni bajarish imkoniyatiga shubha qiladi).
SHunday qilib ekspert nafaqat loyihaning bayonini berishi, balki quyidagilarni baholashi ham kerak: uning bilimlarning ushbu sohasi uchun dolzarbligi; loyiha tadqiqotlarning ustuvor yo’nalishlariga kiradimi yoki yo’qligini; qo’yilgan muammoning yangiligini; loyihani rivojlanishining istiqbollari; ishtirokchilarning sifatli tarkibini, hamda yuqorida keltirilgan tizim bo’yicha loyiha bahosini asoslanishini.
Eksperimental laboratoriya tadqiqotlari uchun ekspertiza quyidagi savollarga javobni ko’zda tutadi:
Tadqiqotlar dasturi tayyorlanganmi?
So’rov uchun anketalar tayyorlanganmi?
Pilotajli tadqiqot o’tkazilganmi?
Ekpertiza bir necha loyihalarning qiyosiy tahlili asosida o’tkaziladi. Ekspertizaning uchta bosqichi ko’zda tutiladi.
Birinchi bosqich – loyihani dastlabki ko’rib chiqilishi va quyidagi vazifalarni hal qilinishi:
Ikkinchi bosqich ekspertizada ishtirok etish uchun loyihalarni tanlash;
Rad etilgan loyihalar bo’yicha asoslangan xulosalarni tuzish;
Ekspertizaning yakka darajasida o’tgan har bir loyiha bo’yicha ekspertlarni belgilash.
Ekspertiza natijalarini shakllantirish reyting asosida amalga oshiriladi. Yakka tartibdagi loyihaning reytingi ikkinchi bosiqchda belgilanadi.
Uchinchi bosqichda loyiha bo’yicha xulosalar beriladi (loyihaning umumiy reytingiga tuzatishlar kiritilishi mumkin, moliyalashtirish haqida qarorlar qabul qilinadi).
Nazorat uchun savollar
ITTKI ning asosiy vazifalarini sanab bering.
ITTKI qanday bosqichlardan tashkil topadi?
Izlanish tadqiqotlari amaliydan nima bilan farqlanadi?
ITTKIni takshil qilish hujjatlarining qanday tizimiga suyanadi?
Patentlarning innovatsion faoliyatdagi roli qanday?
Aqliy mulkning qanday ob’ektlari O’zbekiston Respublikasining Patent Qonuni tomonidan himoyalanmaydi?
Litsenziyalashtirish nimadan iborat?
Litsenziyalar qanday turlarga bo’linadilar?
Innovatsion loyiha qanday bo’limlardan tashkil topadi?
Innovatsion loyihani amalga oshirish mexanizmi qanday?
“Innovatsion loyiha ekspertizasi” tushunchasi qanday elementlarni o’z ichiga
oladi?
Innovatsion loyihalarning ekspertizasi qanday tamoyillar asosida o’tkaziladi?
Innovatsion loyihalar ekspertizasi metodikasining xususiyatlari nimadan iborat?
MАVZU. KORXONALARDA YaNGILIKLARNI ISHLAB CHIQISH, TATBIQ ETISH VA YaRATISHNI BOSHQARISH
Korxonalardagi ITTKIni boshqarish.
Innovatsion davr bosqichlari bo’yicha ITTKI xarajatlarining tuzilishi. 9.3.Yangiliklarning sifat ko’rsatkichlari.
9.4 Yangiliklarni yaratish va tatbiq etishni boshqarish.
Dostları ilə paylaş: |