O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə29/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

50

40

30

20

10

0

-10


кв кв кв

45

40

35

30

25

20

15

10

5

0

1 кв 2 кв 3 кв 4 кв

9.1-rasm. Yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga o’tishning asosiy usullari14

Ilmiy-texnik yangilikni muvaffaqiyatli amalga oshirish va uni innovatsion tovarga aylantirish uchun texnologik qarorlar va talab qilinayotgan uskunalarni ishlab chiqarish jarayonlarining keyinchalik boshqarishga ega tanlovini tahlil qilish zarur.


Boshqaruvning asosida nafaqat vaqtning ushbu paytida, balki istiqbolda ham eng yaxshi bo’lgan texnologik yechimlarni tanlash, ularni amaliyotga tatbiq etish bo’yicha tadbirlarning maqsadga qaratilgan tizimi yotadi.
Yangilik kiritish loyihasini amalga oshirish uchun texnologik yechimni tanlash muqobillik asosida amalga oshiriladi. Tanlash mezonlari g’oyatda turli-tuman, ammo moliyaviy maqsadga muvofiqlik va texnologik amalga oshirilishi hal etuvchi hisoblanadi. Buni odatda qabul qilinayotgan loyihaning rentabelligi, uning texnologiya, uskunalar, asboblar, jihozlar, ijrochilarning sifati va soni jihatidan amalga oshirish mumkinligi tushuniladi.
Umuman texnologik yechimni tanlashga 50 dan ortiq, shu jumladan moliyaviy, iqtisodiy, ilmiy-texnik, ijtimoiy, ekologik, bozor va boshqa mezonlar ta’sir ko’rsatadi.
Texnologik yechimlarning ehtimoliy variantlarini tahlil qilishda texnologik jarayonning texnik va iqtisodiy ko’rsatkichlarining o’zaro aloqasini belgilash va xarajatlarni kamaytirish va tatbiq etilayotgan yangilikning muvofiq sifatiga erishishga ko’maklashuvchi omillarni aniqlash muhimdir. Bu yerda ishlab chiqarishning tashkiliy-texnologik omillari: qo’llanilayotgan texnologiyaning ilg’orlik darajasi, ishlab chiqish tartiblari, texnologik jarayonlarning parametrlari, texnik jihozlanganlik darajasi, uskunalarni tanlashning tizimliligi va uni unifikatsiyalash darajasi katta rolь o’ynaydi.
Tashkiliy omillarga ishlab chiqarishning turi (yakka, seriyali, ommaviy), texnologik jarayonlarni vaqtda tashkil qilish usuli (uzluksiz yoki diskretli) uskunalardan foydalanish darajasi, mahsulotni ishlab chiqarish hajmi, partiyaning o’lchami va hokazolar kiradi. Bunda ayrim omillarning o’zaro aloqasiga alohida e’tibor qaratiladi, chunki ularning paydo bo’lishi oqibatida foydali yoki zarali bo’lishi mumkin. Masalan, mahsulotni materialni iste’mol qilishga nafaqat detalning o’lchami va og’irligi, balki tanlab olingan tayyorlash turi, uni olish usullari, ishlab chiqarish tartibi ham ta’sir ko’rsatadi. Texnologik jarayonni mehnat iste’moli va operatsiyani bajarish vaqtining me’yoriga konstuktsiyaning

14 Ðóìÿíöîâà À.À. Ìåíåäæìåíò èííîâàöèè. Êàê íàó÷íóþ ðàçðàáîòêè äîâåñòè äî èííîâàöèè: Ó÷åáíîå ïîñîáèå. – Ñàíêò Ïåòåðáóðã, 2007.

murakkabligi, aniqlashning talab etiladigan darajasi va sirtiga ishlov berishning tozaligi, xodimning malakasi ta’sir ko’rsatadi.Tatbiq etilayotgan yangilik darajasi va sifatini tanlash tadbirlari umuman 5-6 bosqichdan tashkil topadi va 9.2-rasmda ko’rsatilgan.


Eng kichik texnologik tannarx, eng katta unumdorlik mahsulotning maksimal darajasi va sifati hamda qo’llanilayotgan texnologiya darajasi tanlangan texnologik yechim muvofiqligining yechim bo’lib xizmat qilishi mumkin. Kerakli texnologik jarayonni tanlashdan maqsad – foydalanilayotgan resurslarda eng kam sarflashlarda berilgan iste’mol xususiyatlariga, sifat darajasiga ega yangilikni samarali ishlab chiqish.

Texnologik yechimni tanlashda, avvalo, tahlil qilinayotgan texnologiya yashash davrining qanday bosqichida tugallanganligini hisobga olish kerak. Bunday kontseptual yondashuv tubdan yangi tadqiqotlar va ishlab chiqarishlar natijalarini moddiylashtirishda hal etuvchi bo’lishi mumkin.

Eng muhim katta texnologik tizimlarning yashash davri kontseptsiyasi, shu jumladan evolyutsiya ham yashash davrlarining samaraliroq zamonaviy g’oyasi va texnologiyalarning iqtisodiy ob’ektlar sifatidagi o’zgarishi hisoblanadi. Ularning tadqiq etilishi an’anaviy hamda yangi texnologik paradigmalar doirasida rivojlanayotgan texnika va texnologiyalar avlodlari nazariyasiga olib keladi15.

Vazifani qo’yish, texnologik yechim ko’rsatkichlari tizimini shakllantirish


Iqtisodiy, texnologik, texnik va boshqa mezonlarni tanlash


Jarayonning parametrlari va ularni o’lchash chegaralarini belgilash


Ishlab chiqarish va foydalanishning muvofiq yechimlari va sharoitlarini tanlash


Muqobil echimlarning matematik modellarini ishlab chiqish va tuzish


Natijalarni tahlil qilish va muvofiq yechimlarni tanlash


9.2-rasm. Texnologik yechimni tanlash chizmasi


Texnologik tizimlarni rivojlantirish ikki yo’nalish bo’yicha amalga oshiriladi: asosiylarini takomillashtirish va tubdan yangi va modifikatsiyalangan texnologiyalarni yaratish. Texnologiyalar takomillashgani, ularni yetuklik bosqichiga o’tishi bozorning ushbu tovar bilan to’ldirilgani sari vujudga kelgan doirada bundan keyingi texnologik rivojlanish foydasiz bo’ladi, savdolar va foydaning hajmi kamayib ketadi. Texnika va
15 Borut Likar, co-editors Peter Fatur, Urshka Mrgole ; translation Arslingue K.Jontar, TEFL, TBE. - 1st. ed. - El. knjiga. - Ljubljana INNOVATION management [Elektronski vir] page 56
texnologiyalar rivojlanishining mavjud yo’nalishlari negizida yangi qarorlarning yorib chiqishi vujudga keladi., bu yangi ishlab chiqarishlar va sohalarga asos soladi.

Korxonaning innovatsion faoliyatini amalga oshirish uchun texnik-texnologik yechimlarni tahlil qilishdan tashqari atrof-muhitga ekologik ta’sir ko’rsatish hamda texnologiyalarga erishish manbalariga e’tibor qaratish zarur, keyigilar modernizatsiyalash, texnologiyaga to’liq huquqni qo’lgak kiritish yoki texnologiyadan foydalanish huquqiga birgalikda egalik qilishdan iborat bo’lishi mumkin.


Nazorat uchun savollar

  1. Yangiliklarni ishlab chiqish, tatbiq etish va ishlab chiqarishda menejerning oldida qanday vazifalar turadi?


  2. ITTKI rivojlanish xususiyatlarini ьta’riflang.


  3. Ilmiy tadqiqot bosqichitda menejerning oldida qanday vazifalar turadi?


  4. Zamonaviy firmadagi ITTKIga xarajatlarni ta’flang.


  5. ITTKIning innovatsion mo’ljallash oyi deganda nimani tushunasiz?


  6. Ishlab chiqarishning ilmiy asoslanishini tanlash bog’liq bo’lgan omillarning tuzilishi qanday?


  7. Ishlab chiqarishning ilmiy asoslanishini tanlash qanday omillarga bog’liq?


  8. Qanday omillar yangilanishning samaradorligiga ta’sir ko’rsatadi?


  9. Yangilikning texnik darajasini baholash ko’rsatkichlarini ta’riflang.


  10. Yangilik texnik darajasi integral ko’rsatkichi tuzilishini ko’rib chiqing.


  11. Tatbiq etilayotgan ko’rsatkich sifatining umumlashtiruvchi ko’rsatkichi qanday hisoblanadi?


  12. Ishlab chiqarish tizimining yashash davri haqida gapirib bering.




        1. Yüklə 0,79 Mb.

          Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin