O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik pedagogika instituti


– MАVZU. INVESTITSIYaLAR VA INNOVATSIYАLARNING XO’JALIK FAOLIYАTI SAMARADORLIGI TA’SIRINING TAHLILI



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə42/68
tarix24.10.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#160196
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68
Respublikasi oliy va-www.hozir.org

16MАVZU. INVESTITSIYaLAR VA INNOVATSIYАLARNING XO’JALIK FAOLIYАTI SAMARADORLIGI TA’SIRINING TAHLILI


    1. Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlarining tizimi.


    2. Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari


    3. Korxona investitsion faoliyati samradorligining qiyosiytahliliy ko’rsatkichlari


    4. Investitsion va innovatsion loyihalar samaradorligining qiyosiytahliliy ko’rsatkichlari


Tayanch iboralar: Iqtisodiy tahlil, bo’lajak foyda, samaradorlikning xususiy ko’rsatkichlari, moddiy xarajatlar, energiya resurslari, samaradorlik, ammortizatsiyadan foydalanish, mahsulotni sotishdan foyda, sof foyda, taqsimlanmagan foyda, mahsulotning rentabelligi, yakuniy moliyaviy natija, ilmiy-texnik tadbirlar.
16.1. Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari tizimi

Korxona ishlab chiqarish , moliyaviy va investitsion faoliyati ko’rsatkichlar va yangiliklar va investitsion loyihalar samaradorligining iqtisodiy mazmuni bo’yicha ularga tegishli


bo’lgan ko’rsatkichlari o’rtasidagi o’zaro aloqalarni iqtisodiy tahlil qilish maqsadida ko’rsatkichlarning quyidagi tizimidan foydalanish maqsadga muvofiqdir :

  • korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi va xususiy ko’rsatkichlari;


  • korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari;


  • korxona investitsmon faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari.


Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari tizimi o’z ichiga quyidagilarni oladi: umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar:


  1. 1 so’mli mahsulotlarga xarajatlar va ularni pasaytirish foizi ;


  2. Mahsulot ishlab chiqarishga xarajatlarni nisbatan tejalishi;


  3. Qo’shimcha qiymat (shu jumladan amortizatsiya)va uni bazisli darajaga nisbatan, hammasi bo’lib va shu jumladan xarajatlarning nisbiy tejalishi hisobiga o’sishi;


  4. Daromad va uni bazisli darajaga nisbatan hammasi bo’lib va shu jumladan mahsulot moddiy va boshqa xarajatlarni tejarishi hisobiga o’sishi;


  5. Bo’lajak foyda va uni bazisli darajaga nisbatan hammasi bo’lib va shu jumladan mahsulot tannarxini pasayishi hisobiga o’sishi;


  6. Qo’shimcha qiymat va foydani mahsulot tannarxini pasayishi hisobiga bazisli darajaga nisbatan o’sishi darajasi.% da.


Mahsulot ishlab chiqarishga moddiy xarajatlar va energiya resurslari sarflanishi ko’rsatkichlarining xususiy ko’rsatkichlari :


  1. 1 so’mli mahsulotga moddiy xarajatlar va energiya resurslari sarflanishi mahsulotni (material iste’mol qilishi va energiya iste’mol qilishi)va ularni pasayishi foizi;


  2. Mahsulot ishlab chiqarishga moddiy xarajatlar va energiya sarflanishi qiymatiy aks ettirilishidagi nisbiy tejalishi;


  3. Foyda , qo’shimcha qiymatni va daromadni mahsulotni material iste’mol qilishi va energiya iste’mol qilishini pasaytirish hisobiga o’sishi ;


  4. Foyda va qo’shimcha qiymatni mahsulotni material iste’mol qilishi va energiya iste’mol qilishini pasaytirish hisobi o’sishining ulushi , % da .


Ish haqiga xarajatlardan foydalanish samaradorligining xususiy ko’rsatkichlari:


  1. 1 so’mlik maxsulotga ish haqi xarajatlari , shu jumladan sotsial zaruriyatlarga ajratmalar va ularni pasayishi foizi;


  2. ish haqiga xarajatlar , shu jumladan sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni nisbatan tejalishi;


  3. ish haqiga xarajatlar , shu jumladan sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni nisbiy tejalishi hisobiga foydani o’sishi;


  4. qo’shimcha qiymatni bazisli darajaga nisbatan , shu jumladan ish haqiga , shu jumladan sotsial zaruriyatlarga ajratmalarga xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga o’sishi;


  5. foyda va qo’shimcha qiymatni ish haqi , shu jumladan sotsial zaruriyatlarga ajratmalarga xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga o’sishining ulushi , % da.


Amortizatsiyadan foydalanish samaradorligining xususiy ko’rsatkichlari:


  1. 1 so’mlik mahsulot amortizatsiyasiga xarajatlar va ularni pasayishi foizi;


  2. Amortizatsiyani nisbatan tejalishi;


  3. Foyda va qo’shimcha qiymatni amortizatsiyaga xarajatlarni nisbiy tejalishi xisobiga o’sishi;


  4. Foyda va qo’shimcha qiymatni amortizatsiyaga xarajatlarni nisbatan tejalishi xisobiga o’sishining ulushi.


Boshqa xarajatlardan foydalanish samaradorligining xususiy ko’rsatkichlari:


  1. 1 so’mlik mahsulotga boshqa xarajatlarni sarflanishi va ularni pasaytirish foizi;


  2. mahsulot ishlab chiqarishga boshqa pul xarajatlarini nisbatan tejalishi;


  3. foyda va qo’shimcha qiymatni boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga o’sishi;


  4. boshqa pul xarajatlarini o’zgarishi hisobiga daromadni o’sishi;


  5. foyda va qo’shimcha qiymatni boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi hisobiga o’sishi ulushi, %da.


Mahsulot tannarxini kalьkulyatsion kesmada iqtisodiy tahlil qilishda mahsulot tannarxi xususiy ko’rsatkichlarini tasniflash kalьkulyatsiya moddalari bo’yicha keyinchalik majmuaviy kalьkulyatsion moddalardan mahsulot tannarxini shakllantiruvchi xarajatlarning asosiy elementlarini ajratish bilan amalga oshiriladi.


Ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligi tavsiya etilgan umumlashtiruvchi ko’rsatkichlarining hozirgi vaqtda qo’llanadigan tegishli ko’rsatkichlardan tubdan farqi quyidagilardan iborat:

-birinchi umumlashtiruvchi ko’rsatkich korxonalar darajasida ishlab chiqarish samaradorligini o’sish sur’ati - ishlab chiqarish natijalarini o’sish sur’atlarini xarajatlarni o’sish sur’atlaridan o’zib ketishini hisoblashga imkon beradi;


  • umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar har bir resursdan alohida foydalanish samaradorligini ta’riflovchi ko’rsatkichlar bilan bevosita aloqaga ega. Bu iqtisodiy tadqiqotlar (rejalashtirish, loyihalashtirish va iqtisodiy tahlil)da ishlab chiqarishda faolyait yurituvchi resurslardan biri (mehnat, ishlab chiqarish fondlari va moddiy resurslar)dan foydalanishning samaradorligidagi o’zgarishlar umuman ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligini oshishiga ta’sirini belgilashga imkon beradi;


  • mahsulot ishlab chiqarish hajmini umumiy jarajatlar bilan solishtirish asosida ishlab chiqarish samaradorligining erishilgan darajasi- haqiqiy yig’ma xarajatlarni bu xarajatlarning ijtimoiy zarur darajasiga mos kelishi darajasi haqida xulosaga kelish mumkin;


  • tannarxi kamayishi hisobiga qo’shimcha qiymat va foydani o’sishi ishlab chiqarish va yakuniy natijalarni taqsimlash masalasi bo’yicha muvofiqlashtirishga imkon beradi;


  • xarajatlarni nisbatan tejalishi ko’rsatkichi innovatsiyalar iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini muvofiqlashtirish va umumlashtiruvchi va xususiy ko’rsatkichlar guruhlari o’rtasidagi o’zaro aloqani ta’minlash, ishlab chiqarish jarayoniga yangidan jalb qilinayotgan resurslardan foydalanishini kuchaytirishdagi o’zgarishlarni mumumlashtirilgan bahosini berishga imkon beradilar;


  • umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar jamlash va iste’mol fondlarini sarflashning samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirish imkoniyatini beradilar; texnik qayta jihozlash va yangi ish joylarini tashkil qilishga yo’antirilgan kapital kiritmalardan foydalanishni ratsionalligi, hamda xo’jalik ichidagi zaxiralarni harakatga keltirish ustidan nazorat qilishni ta’minlaydilar.


16.2 Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari

Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligini ta’riflash uchun ko’rsatkichlarning quyidagi tizimidan foydalaniladi:


  1. quyidagilarni o’z ichiga oluvchi foydaning umumiy miqdori va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  • mahsulotlarni sotishdan foyda; boshqa operatsion faoliyat bo’yicha salьdo; olingan foizlar; boshqa korxonalarda ishtirok etishdan daromadlar;


  • sotishdan tashqari operatsiyalarning ularning tarkibiga kiruvchi soliqlarni hisobga olmasdan salьdosi;


  • mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlar; sotishdan tashqari xarajatlar tarkibiga kiruvchi soliqlar;


  1. foyda va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi. Foyda, foydaning umumiy summasidan farqli ravishda, mahsulot tannarxiga kiritiladigan soliqlarni o’z ichiga olmaydi;


  2. sof foyda (faoliyatning oddiy turlaridan foyda) va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  3. taqsimlanmagan foyda (favqulodda daromadlar va xarajatlar salьdosiga tuzatish kiritilgan sof foyda) va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  4. jamg’arma fondi, sotsial soha fondi, iste’mol fondi, dvivdentdlarni to’lash, rezerv sarmoyalariga yo’naltirilgan foyda, hamda bu foydani o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  5. foydaning jamg’arma fondi, sotsial soha fondi va rezerv sarmoyalari, foydaning umumiy summasiga yo’naltirilgan ulushi va bu ulushni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’zgarishi;


  6. amalga oshirilgan qo’shimcha qiymat, shu jumladan amortizatsiyaning umumiy summasi, va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  7. amortizatsiya, ish haqi, jamg’arma fondi, sotsial soha fondi, iste’mol fondi va dividendlarni jamlashga xarajatlarni o’z ichiga oluvchi sof qo’shimcha qiymat va uni o’tgan yilga yoki rejaga nsibatan o’sishi;


  8. amorizatsiyani o’z ichiga oluvchi sof qo’shimcha qiymatning amortizaitsyani o’z ichiga oluvchi qo’shimcha qiymatning umumiy summasidagi ulushi;


  9. daromad va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  10. sof daromad va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  11. sof daromadning daromadning umumiy summasidagi ulushi;


  12. mahsulotning daromadning umumiy summasi bo’yicha hisoblab chiqarilgan rentabelligi va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  13. mahsulotning sof daromad bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelligi va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  14. mahsulotning mahsulotni sotishdan foyda bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelligi, va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi;


  15. mahsulotning taqsimlanmagan foyda bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelligi va uni o’tgan yilga yoki rejaga nisbatan o’sishi,


Foydaning umumiy summasi sotishlardan foyda, mahsulot tannarxiga kiritilgan soliqlar miqdoridan katta amortizatsiyani o’z ichiga oluvchi amalga oshirilgan qo’shimcha qiymatning umumiy summasi quyidagilarni jamlash yo’li bilan hisoblab chiqiladi:


  • ish haqining sotsial zaruratiga ajratmalar bilan birga xarajatlari;


  • asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarning amortizatsiyalari;


  • foydaning umumiy summasini;


Amortizatsiyani o’z ichiga oluvchi sof qo’shimcha qiymat quyidagilarni tanlash yo’li bilan hisoblab chiqiladi:


  • ish haqining sotsial zaruriyatlarga ajratmalar bilan birga xarajatlari;


  • asosiy ishlab chiqarish fondlarining amortizatsiyalari;


  • jamg’arma, iste’mol, sotsial soha fondlari, rezerv sarmoyalari va dividendlarini to’lashga yo’naltirilgan sof foydani.


Daromadning umumiy summasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:


  • foydaning umumiy summasi;


  • asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining summasini. Sof daromadni umumiy summasiga quyidagilar kiradi:


  • jamg’arma, iste’mol, sotsial soha fondalari, rezerv sarmoyalari va devidendlarni to’lashga yo’naltirilgan sof foyda;


  • asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasining summasini. Mahsulotning daromad, sof daromad, mahsulotni sotishdan foydalar, taqsimlanmagan foyda bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelliligi aytib o’tilgan ko’rsatkichlarning sonli miqdorlarining sotilgan mahsulot qiymatiga nisbati sifatida belgilanadi.


          1. Korxona investitsion faoliyati samaradorligining qiyosiy – tahliliy ko’rsatkichlari

Korxonalar investstion faoliyati samaradorligini tahlil qilish va uning yangilik kiritishlar va investitsion loyihalarni amalga oshirish hisobiga o’zgarishini belgilash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiq:


  1. korxona mulkining daromadning umumiy summasi bo’yicha hisoblangan umumiy rentabeliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  2. o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarni daromad bo’yicha hisoblangan umumiy rentabelliligi va uni htgan yilga nisbatan o’sishi;


  3. asosiy mablag’lar nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zxiralarining daromad bo’yicha hisoblangan umumiy rentabelliligi;


  4. korxona mulkning foydaning umumiy summasi asosida hisoblangan rentabelliligi, hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  5. korxona mulkining sof daromad bo’yicha hisoblangan rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  6. o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  7. asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining sof daromad bo’yicha hisoblab chiqilgan rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  8. korxona mulkining sof foyda bo’yicha hisoblangan rentabeliligi hamda bu ko’rsakichning o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  9. o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning sof foyda bo’yicha bo’yicha hisoblangan rentabelliligi hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  10. asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining foy foyda bo’yicha hisoblangan rentebelliligi, hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  11. jamg’arma, iste’mol sotsial soha fondlari, rezerv sarmoyalari va dividendlarni to’lashga yo’naltirilgan foydaning rentabelligi hamda bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  12. o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromadning umumiy summasi asosida hisoblab chiqilgan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rastkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;


  13. o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning sof daromad asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tish yilga nisbatan o’zgarishi;


  14. asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarining daromadlarning umumiy summasi asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;


  15. asosiy mablag’lar, moddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarni sof daromad asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;


  16. asosiy mablag’lar, moddiy aktivlar va ishlab chiqarish zaxiralarni sof foyda asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddati va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi;


  17. ishlab chiqarilgan mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ning 1 so’miga to’g’ri keluvchi uskunalarni saqlab turish va foydalanish va ishlab chiqarish inshootlarini saqlab turishga xarajatlar va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.


Sanab o’tilgan ko’rsatkichlardan ko’pchiligini hisoblash uslubiyoti ma’lum, qiyinchiliklar keltirib chiqarishi kerak emas. Ammo bo’zi bir ko’rsatkichlar bo’yicha tushuntirishlar berish kerak.


Yangilik kiritishlar va investitsion loyihalarning korxona investitsion faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilish uchun sanab o’tilgan ko’rsatkichlarning faqat bir qismidan foydalanish tavsiya etiladi. Masalan, agar investitsiyalar turli yo’nalishdagi xarakterga ega bo’lsalar va investitsion loyihalar, yanglik kiritishlarni amalga oshirishga, hamda qarz va bog’liq jamiyatlar, boshqa tashkilotlarga, 12 oydan ko’proq muddatda tashkilotlarga qarzlar berishga va boshqa uzoq muddatli kiritmalarga yo’naltirilsalar, unda bu investitsiyalarning korxona investitsion faoliyati samaradorligiga ta’sirini umumlashtirilgan holda baholash uchun quyidagi ko’rsatkichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

  • o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromad bo’yicha hisoblangan umumiy rentabelligi va un o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  • o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromad bo’yicha hisoblangan rentabelliligi va uni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  • o’z ichiga ishlab chiqarish zaxiralarini oluvchi oborotdan tashqari aktivlarning daromad yoki sof daromad bo’yicha hisoblangan o’zini o’zi qoplash muddati va bu ko’rsatkiyani o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.


Ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar, hizmatlar) ning so’miga to’g’ri keluvchi uskunalarni saqlab turish va foydalanish va ishlab chiqarish inshoatlarini saqlab turishga xarajatlar va bu ko’rsatkichni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.


Agar investitsiyalar yangilik kiritishlar sarmoyalarni tashkil qiluvchi investitsion loyihalarni amalga oshirishga yo’naltirilsalar, unda bu investitsiyalarning korxona investitsion faoliyati samaradorligiga ta’sirini umumlashtirilgan holda baholash uchun quyidagi ko’rsatgichlardan foydalanish maqsadga muvofiqdir:

  • asosiy mablag’lar, nomoddiy aktivlar va ishlab chiqarish zahiralarining daromad va sof daromad asosida hisoblangan rentabelliligi va ko’rsatkichlarni o’tgan yilga nisbatan o’sishi;


  • ishlab chiqarish zaxiralarini o’z ichiga oluvchi aborotdan tashqari aktivlarning daromad va sof daromad asosida hisoblangan o’zini o’zi qoplashi muddatlari va bu ko’rsatgichlarni o’tgan yilga nisbatan o’zgarishi.


Korxona buxgalteriya foydasini taqsimlash tartibida amalga oshiriladigan xarajat va ajratmalar


O’tgan yildagi faoliyat yakunlari tasdiqlanganda n keiyn korxona ixtiyorida qoluvchi foydalanish tartibida qayta taqsimlanuvchi foyda


Qolgan foyda hisobidanva favquloddavaziyatlarni hisobga olish bilan mablag’lar (mulklarni jamg’arish bilan bog’liq)


Sof foyda qoldig’i


Sof (taqsimlanmagan) foyda


Korxonaning hisobot davridagi foydasi


Korxonaning hisobot yilidagi buxgalteriya foydasi


Favqulodda xarajatlar


Jamg’arish fondiga ajratmalar


Rezerv sarmoyalariga ajratmalar (ixtiyoriy va majburiy)


Korxona mablag’larini sarflanishi bilan bog’liqlar


Dividendlarga hisoblab o’tkazishlar


Iste’mol fondi hisobidan xarajatlar


Korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq joriy (avansli) xarajatlari


Foydadan yil davomida birinchi navbatdagi to’lovlarga joriy foydalanish tartibida


Moliyaviy intizomni buzganlik uchun jarimalar peniyalar








Foyda hisobidan qoplanadigan


boshqa soliqlar bo’yicha to’lovlar


Foydadan soliq bo’yicha to’lovlar


Moliyaviy natija (buxgalteriya foydasini) shakllantirishda e’tiborga olinadigan xarajatlar


Sotishdan tashqari xarajatlar


Tashkiliy xarajatlar


Tannarxga kiritilgan xarajatlar


Tijorat Boshqaruv


Ishlab chiqarish



177
16.1- rasm. Hisobot yili foyddani taqsimlanishi va korxona xarajatlarini ularni moliyaviy natijalarni shakllantirishdagi ishtiroki bo’yicha tasniflanishi chizmasi

Yangilik kiritishlar va innovatsion loyihalar innovatsion samaradorligining korxona investitsion faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilishda xarakatlarning umumiy summasi va tugallanmagan qurilish bo’yicha xarajatlar miqdoridan xarajatlarning yangilik kiritishlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish bilan asoslangan qismini chiqarib tashlash zarur.
Korxona investitsion faoliyati samaradorligi qiyosiy – tahliliy ko’rsatkichlarining tavsiya etilgan tizimi yuqorida bayon qilingan uslubiy yondashishlarni hisobga olish bilan quyidagi masalalarni yechishga imkon beradi:

    • yangilik kiritishlar va investitsion loyihalar samaradorilgining umuman korxona investitsion faoliyati samaradorligiga ta’sirini belgilash;


    • korxona investitsion faoliyati samaradorligini oshirishning ichki rezervlarini aniqlash;


    • asosiy texnik – iqtisodiy omillar va soliqqa tortish tizimining korxona investitsion faoliyati samaradorligiga ta’sirini belgilash.



          1. Innovatsion va innovatsion loyihalar samaradorligining qiyosiy – taxliliy ko’rsatkichlari

Innovatsiyalar (yangilik kiritishlar) va investitsion loyihalar samaradorligi qiyosiy – taxliliy ko’rsatkichlarining butun majmuasi uchta guruhga bo’linadi.
Birinchi guruhga yanglik kiritishlar va investitsion loyihalarni amalga oshirilishining korxona ishlab chiqarish faoliyati ko’rsatkichlariga ta’sirini tahlil qilish uchun mo’ljallangan ko’rsatkichlar kiritilgan ular yangilik kiritishlar va investitsion loyihalar (ilmiy – texnik tadbirlar) ning ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlari deb ataladilar.
Ikkinchi guruhga yangilik kiritishlar va investitsion loyihalarning korxona moliyaviy faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilish uchun mo’ljallangan, yangilik kiritishlar va investitson loyihalarning moliyaviy samaradorligi ko’rsatkichlari deb ataluvchi ko’rsatkichlar kiritilgan.
Uchinchi guruhga yangilik kiritishlar va investitson loyihalarning korxona investitsioln faoliyati samaradorligiga ta’sirini tahlil qilish uchun mo’ljallangan ko’rsatkichlar kiritilgan. Ular yangilik kiritishlar va investitsion loyihalar ilmiy-texnik tadbirlarning investitsion samaradorligi ko’rsatkichlari deb ataladi.
Yangilik kiritishlar va investitsion loyhalar ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion samaradorligining butun majmuasi bundan keyin (qisqartirish maqsadida) ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini ko’rsatkichlari deb ataladi.
Ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarini hisoblash o’rta bosqichda o’tkaziladi:
    • birinchidan- ilmiy-texnik tadbirlarning hisobot yilidagi iqtisodiy samaradorligi belgilanadi. Hisoblash natijalaridan ilmiy-texnik tadbirlarni aniq sharoitlarga nisbatan amalga oshirishning maqsadga muvofiqligi haqida qaror qabul qilish, ya’ni bu tadbirlarning loyihaviy (hisoblash) samaradorligini sarmoyadorlar talablariga mos kelishi darajasini o’rganish uchun foydalaniladi. SHuning bilan bir vaqtda hisoblash natijalari biznes rejalarini ishlab chiqish va korxona ishi iqtisodiy samaradorligini oshirishning xo’jalik ichki rezervlarini aniqlashda qo’llaniladilar;


-ikkinchidan- hisobot yiliga hisoblashdagi ilmiy-texnik tadbirlarning rejaviy va haqiqiy samaradorligi hisobot ma’lumotlaridan korxona ishi iqtisodiy samaradorligini oshirishning joriy rezervlari (o’tuvchi tejalishi) mo’ljallangan miqdorini belgilash, hamda ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligining loyihaviy (hisoblash) ko’rsatkichlarini


o’zlashtirilganlik darajasini tahlil qilish uchun foydalaniladi. Joriy rezervning miqdori bunday tadbir yil boshidan tatbiq etilgan degan shartdan qilib chiqish bilan hisoblangan ilmiy-texnik tadbirlarning shartli samaradorligi va tadbir tatbiq etilgan paytdan boshlab hisobot yilining oxirigacha hisoblangan haqiqiy (rejaviy va amaldagi) samaradorlik o’rtasidagi farq sifatida belgilanadi;
-uchinchidan- ilmiy-texnik tadbirlarning ularni tatbiq etilgan paytidan hisobot yilining oxirigacha rejaviy va haqiqiy samaradorligi. Hisoblash natijalaridan ilmiy- texnik tadbirlarning iqtisodiy samaradorligi bo’yicha biznes-rejalarni ishlab chiqish, ularni bajarilishini tahlil qilish, asosiysi esa- investitsion loyihalar va yangilik kiritishlarning korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion faoliyati samaradorligini ta’riflovchi asosiy texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga ta’sirini belgilash uchun foydalaniladi.
Ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko’rsatkilarini ishlab chiqish uchun ularni amalga oshirilishiga sababchi bo’lgan yakuniy rejadan kelib chiqish zarur. SHuning bilan birga ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligi ko’rsatkichlari tizimi korxona ishlab chiqarish, moliyaviy va investitsion faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlari tizimi bilan to’liq moslashtirilgan bo’lishi kerak.
SHundan kelib chiqqan holda, ayrim ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligini belgilash uchun, fikrimizga ko’ra, umulashtiruvchi va xususiy ko’rsatkichlarning quyidagi tizimidan foydalanish zarur.
Aniq ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlari
  1. ilmiy-texnik tadbirlarday foydalanishdan mahsulotlar (ishlar)ning aniq turlarini ishlab chiqarish samaradorligini o’sish sur’ati yoki ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga mahsulotlarning aniq turlari tannarxini pasayishi foizi23. Ushbu ko’rsatkichlar innovatsion loyiha yoki yangilik kiritish quyidagilarni yo’naltirilgan holda qo’llaniladi:


-mahsulotning o’zlashtirilgan turini ularning texnik ta’riflarini o’zlashtirmasdan ishlab chiqarishni kengaytirish;


-texnologiyani takomillashtirish, ishlab chiqarishni mexanizatsiyalashtirish va avtomatlashtirish vositalarini tatbiq etish;

-mehnatni tashkil qilish, ishlab chiqarish va boshqarish usullarini takomillashtirish;


    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifatini standartlar, texnik shartlar va shartnoma narxlarni o’zgartirmasdan oshirish.


Agar analoglari yo’q, butunlay yangi mahsulot o’zlashtirilayotgan bo’lsa, unda uning samaradorligini umumlashtirilgan holda baholash uchun uni korxona tomonidan ishlab chiqarilayotgan barcha mahsulot bo’yicha hisoblab chiqilgan tegishli ko’rsatkich bilan solishtirish uchun (so’mlik mahsulotga xarajatlar ko’rsatkichidan foydalanish kerak);


  1. ilmiy-texnik tadbirlarni tatbiq etish natijasida mahsulot tannarxini nisbatan tejalishi;


  2. foydani ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida, shu jumladan intensiv va ekstensiv omillar hisobiga o’sishi;


  3. qo’shimcha qiymatni ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida, shu jumladan intensiv va ekstensiv omillar hisobiga o’sishi;


  4. amortizatsiyani o’z ichiga oluvchi qo’shimcha qiymatni ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida, shu jumladan intensiv va ekstensiv omillar hisobiga o’sishi;




  1. Óïðàâëåíèå èííîâàöèÿìè. Ïåð ñ àíãë. –Ì.: Àëüïèíà Áèçíåñ Áóêñ, 2008.



  1. daromadni ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida, shu jumladan intensiv va ekstensiv omillar hisobiga o’sishi;


  2. qo’shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan o’sishining umumiy hajmidagi intensiv omillar qo’shimcha harakati hisobiga o’sishining ulushi.


          1. Ish haqiga xarajatlardan foydalanish samaradorligini ilmiy-texni tadbirlarni amalga oshirilishidan kelib chiqqan o’zgarishning xususiy ko’rsatkichlari:
  1. aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish uchastkalaridagi mehnat unumdorligini o’sish sur’atlari va o’rtacha ish haqini o’sish sur’atlari o’rtasidagi nisbat;


  2. aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish uchastkasidagi qo’shimcha qiymatni o’sishining har bir foiziga ish haqini qo’shish foizi;


  3. o’z ichiga sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida nisbatan tejalishi;


  4. o’z ichiga sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan aniq ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq intensiv va ekstensiv harakatlar hisobiga foydani o’sishi;


  5. o’z ichiga sotsial ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirishi bilan bog’liq intensiv va ekstensiv xarakatlar hisobiga qo’shimcha qiymatni o’sishi;


  6. o’z ichiga sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirishi bilin bog’liq intensiv va ekstensiv omillarning harakati hisobida daromadni o’sishi:


  7. qo’shimcha qiymat, foyda va daromadning o’z ichiga sotsial zaruriyatlarga ajratmalarni oluvchi ish haqiga xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan ularni o’sishining umumiy xammadagi intensiv va ekstensiv harakatlar hisobiga o’sishlarini ulushi;


  8. xodimlar sonidan nisbatan tejalish.


          1. Moddiy resurslardan foydalanishning samaradorligini ilmiy – texnik tdabirlarni amalga oshirish natijasida o’zgarishini xususiy ko’rsatkichlari:
  1. mhasulotning aniq turlarini ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan material iste’mol qilishini pasayishi (material qaytarilishini oshishi );


  2. ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida moddiy xarajatlarning nisbatan tejalishi;


  3. moddiy xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy –texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq intensiv va ekstensiv omillar xarakatlari hisobiga foyda, qo’shishga qiymat va daromadni o’sishlari;


  4. qo’shimcha qiymat, foyda va daromadni moddiy xarajatlarni o’zgartirishga qaratilgan ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan ularni o’sishlarining umumiy hajmlaridagi intensiv omillar hisobiga o’sishlarining ulushlari;


  5. ilmiy –texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida ishlab chiqarish zaxirilarini nisbatan tejalishi.


          1. Amortizatsiyaga xarajatlardan foydalanish samaradorligini ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida o’zgarishining xususiy ko’rsatkichlari:
  1. Ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida mahsulotlarning aniq turlari amortizatsiyasiga xarajatlar samaradorligini oshishi (amortizatsion sig’imni pasayishi );


  2. ilmiy – texnik tadbirlarning amalga oshirilishi natijasida amortizatsiyaga nisbatan xarajatlarni tejalishi;




  1. ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan bog’liq asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlardan foydalanish samaradorligini o’zgarishidan kelib chiquvchi intensiv va ekstensiv omillar xarakati hisobiga ko’shimcha qiymat, foyda va daromadni o’sishlari ulushlari;


  2. qo’shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi bilan asoslangan, asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlardan foydflanish samaradorligidagi o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi o’sishlarining umumiy hajmlaridagi intensiv omillar harakati hisobiga shsishlarining ulushlari;


  3. ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirilishi natijasida asosiy ishlab chiqarish fondlari va nomoddiy aktivlarni nisbatan tejalishi.


          1. Ilmiy – texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga boshqa xarajatlardan foydalanish samaradorligini o’zgarishining xususiy ko’rsatkichlari:
  1. aniq ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish hisobiga 1 so’mlik mahslotning aniq turlariga boshqa xarajatlarni pasayishi foizi;


  2. ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirish natijasida boshqa xarajatlarni nisbatan tejalishi;


  3. foyda, qo’shimcha qiymat va daromadni boshqa xarajatlardan foyalanish samaradorligida o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirilish bilan bog’liq intensiv va ekstensiv omillar harakati hisobiga o’sishi;


  4. qo’shimcha qiymat, foyda va daromadni ularni boshqa xarajatlardan foydalanish samaradorligida o’zgarishlar ketirib chiqaruvchi ilmiy-texnik tadbirlar bilan asoslangan o’sishlarning umumiy hajmlaridagi intensiv omillar hisobiga o’sishlarining ulushlari.


Ko’rsatkichlarning taklif qilingan tizimi aniq ilmiy-texnik tadbirlarning ishlab chiqarish samaradorligini to’liq ta’riflaydi. U ilmiy-texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlarini korxona ishlab chiqarish samaradorligi iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan muvofiqlashtirish va ilmiy-texnik tadbirlarni amalga oshirishga ajratilgan kapital kiritmalaridan foydalanishning samaradorligi ustidan nazoratni amalga oshirishga imkon beradi.


Oldin ta’kidlab o’tilganidek, ko’rsatkichlarning ushbu tizimi aniq ilmiy-texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligini ta’riflaydi. Xuddi shu vaqtda biznes-rejalarni ishlab chiqish va ularni bajarilishining tahlilini o’tkazish jarayonida barcha ilmiy-texnik tadbirlar umuman korxona ishlab chiqarish faoliyati iqtisodiy samaradorligiga qanday ta’sir ko’rsatishini aniqlash muhimdir. CHamasi, yig’ma ko’rsakichlarni hisoblash uslubiyoti aniq ilmiy-texnik tadbirlar samaradorligini hisoblash uslubiyotidan farqlanishi kerak. Masalan, aniq ilmiy-texnik tadbirlarni mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sirini belgilashda ushbu tadbilarni tatbiq etish uchastkalarida mehnat unumdorligi qancha foizlarga oshganligini bnlgilash muhimdir. Barcha tadbirlarni mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligiga ta’sirini baholashda umuman korxona bo’yicha ushbu tadbilarni o’tkazishdan mehnat unumdorligi qancha foizlarga o’sganligini aniqlash maqsadga muvofiqdir.
SHunday qilib, barcha tadbirlarni umuman korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligiga ta’sirini umumlashtirilgan holda baholash uchun dastavval ularning summar samaradorligini hisoblab chiqish, keyin esa korxona ishlab chiqarish faoliyati samaradorligini o’zgarishiga ta’sirini belgilash zarur.
Ilmiy-texnik tadbirlar ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichlarini belgilash uslubiyotini bayon qilishdan avval bunday hisoblashlarni o’tkazishning ayrim bosqichlaridagi xususiyatlarini ta’kidlaymiz.
Hisobot yilidagi ilmiy-texnik tadbirlarning samaradorligi belgilanadigan birinchi bosqichda yangilik kiritishlar va ilmiy loyihalarning texnik parametrlaridan ularning
tegishli pasport ma’lumotlari darajasida, yangi to’liq quvvatda foydalanishi shartlaridan kelib chiqish kerak. Bunda yangilik kiritishlar va investitsion loyihalarni o’zlashtirishni rejalashtirish (me’yoriy) muddati tugagandan keyingi birinchi yil hisoblash yili uchun qabul qilinadi. Demak, hisoblash yilidagi ilmiy-texnik tadbirlarning yakuniy natijalari qo’shimcha qiymat, daromad, mahsulotni qiymatiy va tabiiy aks ettirilishida ishlab chiqarishini o’sishi va boshqa ko’rsatkichlar tadbirlarni tatbiq etish paytidan yilning oxirigacha hisoblangan yoki yilga hisoblashdagi tegishli natijalarga nisbatan eng katta bo’ladilar. SHuning bilan bir vaqtda, qoidaga ko’ra, hisoblash yilida mahsulot birligiga mehnat moddiy va moliyaviy xarajatlarni tadbir o’tkazilishining birinchi yildagi qisqarishlarga ko’ra ko’proq qisqarishi ko’zda tutiladi.

Hisoblash yilidagi ilmiy-texnik tadbirlar iqtisodiy samaradorligini belgilashning xususiyatlari ulardan ishlab chiqarish samaradorligining istiqbolli rezervlarini aniqlash va investitsion samaradorlikning baholovchi ko’rsatkichlarini belgilash ilmiy-texnik tadbirlarni o’tkazishga yetarli ekanligi maqsadga muvofiqligi ustidan nazorat qilish uchun foydalanishga imkon beradi. Ilmiy-texnik tadbirlarning yiliga hisoblangan samaradorligi belgilanadigan ikkinchi bosqichda mehnat va moddiy xarajatlarning yangidan kiritiladigan normativlari tadbirini tatbiq etish paytida emas, balki yil boshida ko’rib chiqilganligi, ya’ni butun yil davomida amalda bo’lganligi shartidan kelib chiqish zarur.


Nazorat uchun savollar
  1. Korxona samaradorligini yangilik kiritishlar samaradorligi bilan o’zaro aloqasini taxlil qilish uchun ko’rsatkichlarning qanday tizimidan foydalaniladi ?


  2. Ishlab chiqarish faoliyati samaradorligining umumlashtiruvchi ko’rsatkichlariga nimalar kiradi ?


  3. Qanday hususiy ko’rsatkichlar moddiy xarakatlarning samaradorligini ta’riflaydilar ?


  4. Korxona moliyaviy faoliyati samaradorligi ko’rsatkichlarini ta’riflab bering .


  5. Yakuniy moliyaviy natijani shakllantirish sxemasini izoxlang .


  6. Korxona investitsion faoliyatini taxlil qilish uchun qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi ?


  7. Innovatsion loyihalar samaradorligining taxlil uchun qanday ko’rsatkichlardan foydalaniladi ?


  8. Ilmiy- texnik tadbirlar iftisodiy samaradorligi ko’rsatkichlarni hisoblashning asosiy bosqichlarni ko’rsating .





Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   68




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin