MАVZU. INNOVATSION LOYIHALAR VA SAMARADORLIKNI BAHOLASH USULLARI
Innovatsion loyiha samaradorligining tahlili
Innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirishning tamoyillari.
Innovatsion faoliyatning samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini hisobga
olish
Tayanch iboralar: innovatsion loyiha, investitsion loyiha, tizimli yondoshish, vaqt
omili, summar foyda, investitsiyalarning rentabelliligi, diskontlashtirish.
Innovatsion loyiha samaradorligining tahlili
Innovatsilarni boshqarishning asosida innovatsion faoliyat samaradorligini oshirish maqsadida belgilash yotadi.
Har qanday innovatsion loyihaning samaradorligini baholash innovatsion faoliyatida investitsiyalarning samaradorligini belgilashning yagona metodologik tamoyillari asosida quriladi.
Innovatsion loyha samaradorligini tahlil qilish uchun uni amalga oshirish davridagi quyidagi uchta bosqichni ajratish muhimdir:
investitsiya kiritishdan oldingi (bundan loyihadan oldingi tadqiqotlar, loyihani amalga oshirilishligini baholash o’tkaziladi, uni texnik-iqtisodiy asoslanishi tayyorlanadi);
investitsiya kiritish;
foydalanish (loyihaga muvofiq innovatsion faoliyatni amalga oshirish).
Innovatsion faoliyatni boshqarishga tizimli yondoshish investitsiyalarni kiritishdan oldingi bosqichda investitsion qarorlarning muqobil variantlarini ko’rib chiqish va tahlil qilishni ko’zda tutadi. Muqobillarnig tahlili investitsion qarorlardagi xatolarning yuqori bahoga egaligi tufayli g’oyatda muhim, ular innovatsion loyihalardan foydalanish bosqichidayoq topiladilar. Bunday xatorlardan qochish-demak loyhaning yuqori samaadorligini ta’minlashdir.
Innovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish ularning tijorat tahlilini samaradorlikni tahlil qilishning boshqa turlari bilan uzviy to’ldirishni ko’zda tutadi. SHubhasiz, innovatsion loyihaning yuqori samaradorligini ta’minlash uchun uning ilmiy- texnik tahlili hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi, uni borishida loyiha ilmiy yangiligi
darajasi, u tomonidan taklif qilinayotgan ilmiy-texnik qarorlarni zamonaviy ilmiy istiqbolligi va texnik asoslanishi tadqiqot qilinadi.
Inovatsion loyihalarni boshqarishga tizimli yondoshish nuqtai nazaridan sotsial tahlil ularning samaradorligini tahlil qilishda markaziy o’rinni egallaydi. Innovatsion loyiha samaradorligi sotsial tahlilning maqsadlari va vazifalarga o’ar xil sotsial guruhlar manfaatlarini loyiha natijalariga mosligini ta’minlash bo’yicha masalalarni tadqiqot qilish va choralarni ishlab chiqish bilan bog’liqdir. Bunday moslik loyihaning yetarlicha yuqori samaradorligiga erishish uchun zarurdir, chunki u loyihani aholi tomonidan qo’llab- quvvatlanishini ta’minlaydi. Loyiha maqsadlariga erishishni rag’batlantiruvchi belgilangan sotsial guruhlarning ttasavvurlari va xulqiga ta’sir ko’rsatish mumkin bo’ladi.
Agar loyihani ishlab chiqishda uning samaradorligining sotsial tahliliga yetarlicha e’tibor berilmasa, loyiha yetarlicha keng sotsial qatlamlarga emas, balki loyihani ishlab chiqaruvchilarning o’zlarining sotsial qadriyatlariga mo’ljallantirilishi mumkin. Loyiha natijalari bo’lajak iste’molchilari guruhini boshidan bunday toraytirilishi odatda uning past samaradorligiga olib keladi.
Ko’pgina hollarda turli - tuman sotsial omillar, manfaatlar va afzalliklarni hisobga olish loyihani ishlab chiqish va amalga oshirishga qo’shimcha xarajatlarni talab qilishi mumkin. Innovatsion mahsulotlar, xizmatlar, texnologiyalarni amalga oshirish uchun do’stona sotsial muhitni yaratish bilan bog’liq bu xarajatlarning zarurligini baholash muhimdir.
Loyiha samaradorligining moliyaviy –iqtisodiy tahlili odatda uni ishlab chiqishning namunaviy ekspertiza qilishning yakunlovchi bosqichida o’tkaziladi, ammo amalda u innovatsion loyiha samaradorligini butun tizimli tahlilining markaziy elementi bo’ladi.
Loyihaning investitsiyalar kirtishdan oldingi bosqichida uning moliyaviy samaradorligini tahlil qilish va investitsion qaror qabul qilishda loyihaning kiruvchi va chiquvchi pul oqimlarining bashoratli miqdorini baholash va tenglashtirish muhimdir.
Boshqacha qilib aytganda, bu bosqichida loyihani “qora quti” sifatida ko’rib chiqish, ya’ni loyihaning tashqi tuzilishi va uni amalga oshirish mexanizmiga e’tibor bermasdan kiruvchi pul oqimlari ()ya’ni kerakli resurslar yoki loyihaning xarajatlari qiymati ni loyihani chiquvchi pul oqimlari (ya’ni, ishlab chiqarish mahsulotlar qiymati yoki loyihaning foydalari, daromadlari bilan) baholash va tenglashtirish maqsadga muvofiqdir.
Innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirish tamoyillari
Innovatsion faoliyatda investitsion loyihalarni amalga oshirishning asosiy umumiy tamoyillari sifatida quyidagilarni ajratish mumkin:
investitsion innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish jarayonida ularni amalga oshirishga majmuaviy yondoshishni ta’minlash uchun ilmiy-texnik tahlilni tijort, moliya-iiqtisodiy, sotsial bilan birlashtirish zarur.
innovatsion faoliyatdagi investitsion loyihalarni ishlab chiqish va ekspertiza qilishda loyihani amalga oshirish natijasida olinadigan innovatsion mahsulot oqimlari loyihada foydalaniladigan turli –tuman resurslar oqimlari kabi pul mablag’lari oqimi ko’rinishida taqdim etilishlari kerak.
innovatsion loyhalarning samaradorligini baholashda xarajatlar va natijalarni solishtirishni pullar qiymatini vaqtda o’zgarishini hisobga olish bilan o’tkazish zarur.
investitsion innovatsion loyihalarni amalga oshirishda loyihani amalga oshirish bilan bog’liq noaniqlik va xatarlarni pritsipial hisobga olish zarur.
Investitsion loyihalar korxona ehtiyojlaridan vujudga keladilar. Investitsion loyihalarning yashash qobiliyatining sharti ularni korxonaning xo’jalik faoliyati
samaradorligini oshishida asosan aks etadigan investitsion siyosati va strategik maqsadlariga mos kelishidan iboratdir. Investitsion loyihalarning samaradorligi investitsion tahlilning asosiy elementlaridan birini baholash bir necha investitsion loyihalardan eng samaraligini to’g’ri tanlashning asosiy quroli bo’ladi.
Investitsion loyihalarni baholash usullari hamma hollarda ham yagona bo’lmasliklari mumkin, chunki investitsion loyhalar xarajatlarning ko’lamlari, ulardan foydalanish muddatlari, hamda foydali natijalar bo’yicha g’oyatda katta xavflarga egalar.
Katta kapital kiritmalarni atalb qilmaydigan, mahsulotni ishlab chiqarishni o’zgarishiga katta ta’sir ko’rsatmaydigan, hamda foydali foydalanishning nisbatan kichik muddatiga ega. Mayda investitsion loyhalarga hisoblashning oddiyroq usullarini qo’llash mumkin.
SHuning bilan bir vaqtda kattaroq investitsion xarajatlarni talab qiluvchi ko’lamliroq investitsion loyihalar yangi qurilish, qaytadan qurish, mahsulotlarning tubdan yangi turlarini o’zlashtirish omillarining katta sonini hisobga olish va buning natijasida murakkabroq hisoblashlarni o’tkazish, hamda samaradorlikni baholash usullarini aniqlab olish zrurligini keltirib chiqaradi. Korxona xo’jalik faoliyati natijasida investitsion loyiha qanchalik ko’lamliroq va katta o’zgarishlar qanchalik ko’p bo’lsa, pul oqimlarini hisoblash va investitsion loyiha samaradorligini baholash usullari shunchalik aniqroq bo’lishlari kerak.
Investitsion loyihalarni amalga oshirishdan kelib chiqqan pul oqimlarini harakatlanishi bir qator yillar davomida o’tganligi holati ularning samaradorligini baholashni qiyinlashtiradi. Investitsion loyihalarni vaqtning uzoqroq davri davomida tatbiq etilishi korxonaning iqtisodiy salohiyati va xo’jalik faoliyati natijalariga ta’sir ko’rsatishini hisobga olish bilan ularning samaradorligini baholashdagi xato katta moliyaviy xatorlar va yo’qotishlar olib kelishi mumkin.
Iqtisodiyot faniga investitsion loyihalar samaradorligining loyihaviy va haqiqiy ko’rsatkichlari o’rtasidagi farqning bir necha asosiy sabablari ma’lum. Sabablarning birinchi guruhiga investtsion loyiha samaradorligini ayrim olimlar, ilmiy xodimlar va korxona mutaxassislarining sub’ektiv nuqtai nazarlari bilan asoslangan ongli ravishda oshirilishi va ularning moliyaviy resurslarni seklash uchun kurashlari kiradi. Bunday hisoblashlardan korxonalarda boshqaruvning tegishli tizimlarini tashkil qilish yo’li bilan himoyalanish mumkin, ular korxona vazifaviy xizmatlar ishini muvofiqlashtirish va nazorat qilishga yoki investitsion loyihalarning samaradorligini baholash bilan bog’liq hisoblashlarning ob’ektivligini tekshirishga mustaqil ekspertlarni jalb qilishga imkon beradilar.
Investitsion faoliyat samaradorligini tahlil qilishda vaqt omilini hisobi
Vaqt omili hisobi loyiha samaradorligini baholashning muhim tamoyillaridan biridir. Bu hisob pullarning vaqtdagi qiymati nazariyasi tushunchalariga asoslanadi, unga ko’ra bittagina pul summasi vaqtda joriy paytga nisbatan, masalan, inflyatsiya, pul mablag’laridan muqobil foydalanish imkoniyatlari (pulni innovatsion loyihaga kiritmaslik, balki bankka qo’yish mumkin va ularning qiymati vaqt davomida o’zgaradi), ushbu ob’ektga investitsilar kiritish bilan bog’liq xatarlar va noaniqlilik va boshqa sabablar tufayli har xil qiymatga ega bo’lishlari mumkin.
Investitsion qarorni qabul qilishda vaqtning har xil davrlarida amalga oshirilgan xarajatlar va foydalarni tenglashtirishni bilish, ya’ni bo’lg’usi pul summalarini vaqtni
hozirgi payti (investitsion qaror qabul qilingan payt - t 0 )ga diskontlashtirish yo’li bilan
olib kelish kerak. Quyidagi oddiy misolda diskontlashtirish operatsiyasi (murakkab foizni teskari operatsiyasi) texnikasini namoyish etamiz.
Mayli bugun biz R teng pul summasiga egamiz, uni biz bankka r ga teng foiz stavkasi ostida bankka qo’yishga qaror qildik. t yildan keyin bizning bank hisobimizda qancha pul bo’ladi?
Bu hisoblash uchun formulani (murakkab foizlarni hisoblash formulasini) iterativ ravishda oson chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |