O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–texnologiya instituti



Yüklə 55,56 Kb.
səhifə3/14
tarix24.10.2023
ölçüsü55,56 Kb.
#160541
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Namangan muha-www.fayllar.org

Mavzuning dolzarbligi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining respublikada 2021-2022 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash hajmlarini ko’paytirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi qarori e’lon qilindi [ ].
Hujjatga muvofiq, 2021-2022 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish bo’yicha amalga oshiriladigan loyihalar maqsadli ko’rsatkichlari va 2021 yilda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish korxonalarini tashkil qilishning manzilli dasturi tasdiqlandi.
Qarorda meva-sabzavot mahsulotlarini quritish bo’yicha amalga oshiriladigan loyihalar maqsadli ko’rsatkichlari so’zsiz bajarilishiga mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari O’zbekiston fermer, dehqon xo’jaliklari va tomorqa yer egalari Kengashlari bilan birgalikda shaxsan javobgar ekanliklari belgilab qo’yildi [ ].
O’zbekiston Respublikasining konserva sanoati asosan xususiy tartibda qayta shakllanmoqda. Bozor iqtisodiyoti davrida yangi korxonalarning barpo etilishi, assortimentning o’zgarishi ehtiyojdan kelib chiqqan holda amalga oshirilmoqda. Bunga O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017 yil 6 yanvardagi “2017-2018 yillarda meva-sabzavot mahsulotlarini qayta ishlashni yanada chuqurlashtirish va ularni saqlash bo’yicha quvvatlarni barpo etishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PQ-2716 qarori, 2017 yil 6 noyabrdagi « Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, shuningdek, quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvchilarni qo’llab-quvvatlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» gi PQ-3377 qarori, 2017 yil 30 noyabrdagi “2017-2018 yillar qish-bahor davrida aholini oziq-ovqat mahsulotlarining asosiy turlari bilan barqaror ta’minlash to’g’risida” gi PQ-3418 qarorlarida qo’yilgan vazifalar yorqin dalil bo’ladi [ ].
Meva va sabzаvotlar inson organizmi uchun muhim ahamiyatga ega. Ularda yengil xazm bo’ladigan qand moddalari, organik kislotalar, vitaminlar va moddalarning ko’pligi meva-sabzavotlarni inson organizmi uchun qanchalik ahamiyati katta ekanligini bildiradi. Biz xo’l meva va sabzavotlarni uzoq vaqt saqlashga ham, boshqa joylarga jo’natishga ham vaqtimiz va imkoniyatimiz bo’lavermaydi. Imkoniyat bo’lgan taqdirda ham mahsus omborlarda meva-sabzavotlarni ko’p deganda 5-6 oy saqlash mumkin. Bunday saqlangan meva, sabzavot mahsulotlarini sifati pasayadi, fizik og’irligi kamayadi. SHuning uchun ham meva va sabzovotlarni quritish muxim ahamiyatga ega. Quritilgan mahsulotni yuklash, tushirish, saqlash juda qulay shu bilan birga bu mahsulotlar har xil ekspeditsiyalar va yo’lovchilar uchun ham bebaho sifatli mahsulotdir [10,11].

Muammo: Maxsulotlarni quritish davrini uzunligi, yuqori xaroratda olib borilishi evaziga maxsulot sifatini standartlarga javob bermasligi, “AFRUZ KAMOL NABI” MCHJ korxonasi buyurtmasiga ko’ra, energiyatejamkor texnologiyadan foydalanib meva-sabzavotlarni sifatli quritish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Yüklə 55,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin