Sublimatsiyali quritkichlar. Turli materiallardagi muz agregat holatidagi namligini vakuum ostida bug’ga (suyuq agregat holatidan sakrab) aylantirib suvsizlantirish jarayoni sublimatsiyali quritish deb nomlanadi. Sublimatsiyali quritish yuqori vakuum, qoldiq bosim 133,3...13,3 Pa (1,0...0,1 mm sim.ust.) bo’lgan oraliq va past temperaturalarda o’tkaziladi.
Sublimatsiya quritish jarayonida material yuzasidan namlikning bug’ agregat xolatida tarqalish mexanizmi o’ziga xos effuziya usulida boradi. Effuziya usulida bug’ molekulalarining erkin harakati davrida molekulalar bir-biri bilan o’zaro to’qnashmaydi.
Sublimatsiyali quritkich quritish kamerasi, kondensator-muzlatkich va vakuum nasosdan tarkib topgan.
Plita ichida issiq suv nasos yordamida tsirkulyatsiyali harakat qiladi. Quritilayotgan material temirli tolalarda plita ustiga joylashtiriladi. Plita va tolalar orasida ma’lum havoli bo’shliq bo’ladi. Plitalardan tovalarga issiqlik nurlanish usuli (radiatsiya) hisobiga o’tadi.
1,4,6-rasm.Sublimatsiyali quritkich 1- quritish kamerasi; 2 — plita; 3 — tunuka tova; 4 - kondensator-muzlatkich.
Sublimatorda hosil bo’lgan suv bug’ va havo aralashmasi kondensator- muzlatkichga o’tadi. Bug’-havoli aralashma qobiq-trubali issiqlik almashinish qurilmasining trubalar bo’shlig’ida, trubalararo bo’shliqda esa ammiak tsirkulyatsiyali harakat qiladi. Qurilma trubalarida suv bug’lari avval kondensatsiyalanadi, undan so’ng esa -muzlaydi. Sublimatsiyali kuritkichlarda 2 ta kondensator-muzlatkich bo’ladi. Ular navbatma-navbat ishlaydi, ya’ni bittasida kondensatsiya va muzlatish sodir bo’lsa, ikkinchisida hosil bo’lgan muz eritib yo’qotiladi. Materialdan namlikni chiqarib yuborish jarayoni 3 ta bosqichdan iborat:
quritish kamerasida bosim pasayishi bilan namlik o’z - o’zidan muzlaydi va materialdan chikqan issiqligi hisobiga muzdan bug’ga aylanadi. Bu bosqichda 15% namlik yo’qotiladi;
namlikning asosiy qismi sublimatsiya yo’li bilan quritish jarayonining o’zgarmas tezlik davrida yo’qotiladi;
qoldiq namlik materialdan issiqlik yordamida yo’qotiladi.
Sublimatsiyali quritish oz miqdorda past temperaturali (40...50°S) issiqlik eltkich sarflanadi. Lekin, umumiy energiya va eksplutatsion sarflar boshqa quritish (dielektrik quritishdan tashqari) usullariga qaraganda yuqori.
SHuning uchun, bu quritish usuli qimmatbaho moddalar, yuqori temperaturaga chidamsiz va biologik xossalari uzoq, muddat davomida saqlanib turishi kerak bo’lgan materiallarni (go’sht, meva, sabzavot, meditsina va farmatsevtika mahsulotlari) qurigish uchun ishlatiladi.
Energiya sarfi bo’yicha sublimatsiyali quritish, atmosfera bosimida quritishga yaqinroq turadi.