SHaxtali quritkichlar donador, sochiluvchan materiallarni quritish uchun ishlatiladi. Issiqlik eltkichni uzatish uchun quritkichning o’qi bo’ylab trubalar o’rnatilgan.
Trubalarning ikkinchi uchida issiqdik eltkichni bir xilda taqsimlash uchun jalyuzlar o’rnatilgan. Issiqlik eltkichni uzatish va sirkulyatsiya qilish sistemasi quritish hajmini ikkita zonaga bo’ladi. Birinchi zonada ikkinchi-sidan chiqayotgan issiqlikdan foy-dalaniladi. Birinchi zonada asosan sirtiy namlik, ikkinchisida esa - ichki namlik yo’qotiladi [68,69].
Ikkinchi zonaga yuborilayotgan issiqlik eltkich dastavval shu zonadagi kondensatorda qisman quritiladi. Quritkichning tepa qismida ikkila oqim bir-biriga aralashib ketadi va kaloriferda qizdirilgandan so’ng, gazoduvka yordamida quritkichning birinchi zonasiga uzatiladi. Quritilgan materialni to’kish uzluksiz ishlaydigan tokchali qadoqlagich yordamida amalga oshiriladi.
Tebranma quritkichlar -mayin dispers, polidispers, qumoq-qumoq va shular kabi boshqa, ya’ni mavhum qaynashga moyil bo’lmagan, materiallarni quritish uchun mo’ljallangan. Dispers material qatlamiga past chastotali tebranishlar ta’siri qatlamdagi issiqlik va massa almashinish jarayonlarni intensivlaydi. Undan tashqari, tebranishlar o’zaro kesishgan yo’nalishli, yuqori samarador va ideal siqib chiqaruvchi quritkichlar yaratish imkonini ochib beradi. Bu turdagi quritkichlarda temperatura va konsentratsiya maydonlari bir tekisda bo’ladi.
Tebranma mavhum qaynash qatlamini vertikal, gorizontal va novli qurilmalarda tashkil etish mumkin.
Kimyo va oziq-ovqat sanoatlarida novli quritkichlar eng keng tarqalgan. Lekin, shuni alohida qayd etish kerakki, bu qurilmalar kichik qiyalik burchak ostida o’rnatilgan bo’ladi.
Quritkich uzatmasi mayatnikli yuritgich - tebratgichdan iborat. Qatlam orqali o’tayotgan gaz oqimi va past chastotali tebranmalarning bir vaqtda ta’siri natijasida tebranma mavhum qaynash qatlami hosil bo’ladi. Bunday qatlamda massa va issiqlik almashinish juda yuqori bo’ladi.