5. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari darslarini tashkil etishga innovatsion yondashuv. Ta'lim muassasalari tizimida Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o`qitish mazmunini kasbiy soha yo`nalishlarining mohiyatiga mos shaklda rivojlantirish, ya'ni KHKlarning kasbiy qiziqishidan kelib chiqqan holda qo`shimcha ma'lumotlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
O`qitish jarayonini kasbiy yo`naltirish - berilayotgan bilimlarni KHKning kasbiy yo`nalishidan kelib chiqib darsni tashkil etishdir.
Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o`qitishda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari iy bilim, tushuncha va tasavvurlarni egallash, ularni izohlash, ko`nikma va malakani shakllantirish orqali o`quvchilar intellektual qobiliyatlarini jadal o`stirishni, ularga kasb-hunarga yo`naltirilgan bilim berishni ta'minlash va kasb-hunar kolleji o`quvchilarining kasb-hunarga qiziqishini oshirish maqsad qilib olingan. Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari fanlarini o`qitishning o`ziga xos xususiyatlari shundan iboratki, o`quvchilarning tanlagan kasbi bilan bog`liq bo`lgan Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari tushuncha, tassavvurni yanada rivojlantirish hamda o 'zining sohasiga doir Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari bilan tanishtirish ularni hayotga va kasbiy faoliyatiga tatbiq etishni o`rgatishdir.
O`rta maxsus ta'lim tizimida fanlarni o`qitishda umumiy o`rta ta'lim tizimidan farqli o`laroq, mashg`ulotlarning ma’ruza va seminar (amaliy) shakllari bo`lib, ular quyidagi maqsad va vazifalarga yo`naltirilgan:
ma’ruza - o`qitishni tashkil etishning yetakchi shakli bo`lib, quyidagi vazifalarni amalga oshirishga imkon beradi:
yo`naltiruvchilik - o`quvchilarni o`quv materialining asosiy holatlariga, uni kelgusi ish faoliyatidagi o`rni va ahamiyatiga diqqat qilishlariga imkon beradi;
axborotlilik - o`qituvchi ma’ruza vaqtida holat, asosiy ilmiy dalillar va xulosalar mohiyatini ochib beradi;
metodologiklik - ma’ruza vaqtida o`qitish usullari taqqoslanadi, ilmiy izlanishning asoslari namoyon etiladi;