O‘rta maxsus ta’lim mutaxassisliklari bo‘yicha — o‘rta bo‘g‘indagi mutaxassislarni tayyorlash («Iqtisodiyot va buxgalterlik hisobi (tarmoqlar bo‘yicha)», «Boshqaruv (tarmoqlar bo‘yicha)», «Huquqshunoslik»).
o‘rta maxsus ta’lim mutaxassisliklarini tayyorlashda ZGA — aslida, yagona OTM bo‘lib, u E-Learningning tamoyillarini ishlatibgina qolmasdan, balki butunlay yangi ta’lim mahsulotlarini yaratish bilan shug‘ullanadi.
Masofaviy ta’lim texnologiyasi - ZGA elektron axborot ta’lim muhitiga keng spektrli vositalari kiritilgan, ya’ni ma’ruzalar, supertyutorlar, mantiqiy sxemalar, moslashuvchi test-treninglar, testlovchi va baholovchi dasturlar, ZGA xizmatchilarning bu individual ish rejalari tuzuvchi, mashg‘ulotlarga, baholashga, rejalar bajarilishini nazorat qiluvchi, moliyaviy hi-soblarni amalga oshiruvchi va reyting daftarchalarni shakllantiruvchi tashkiliy didaktik robotlardir.
Elektron ta’limiy manbalarga kirish talabaning saytdagi «Shaxsiy studiya» orqali amalga oshiriladi. O‘quv jarayonini ma’murlash IIS «Nur» intellektual axborot tizimi orqali amalga oshiriladi. Bu tizim har bir talabaning o‘qishga kirganidan to diplom olgungacha qadar bo‘lgan vaqtdagi o‘qishini kuzatib boradi va nazorat qiladi, baholash va akademik ma’murlashda talabani elektron tarzda identifikatsiyalaydi. Respublikamiz ta’lim muassasalarining barcha bo‘g‘inlarida takomillashgan tamoyillarga asoslangan yuqorida keltirilgan tizimlarni joriy etsak, o‘ylaymanki ta’lim jarayonida olib borilayot-gan islohatlarning namunali, samarali ijrosining bir bo‘lagi bo‘lib xizmat qiladi.
2. Ta’limning texnik vositalari: kompyuter va axborot texnologiyalari, elektron o`quv uslubiy majmua va uning tuzilishi. Kompyuter texnikasinig ta’lim jarayoniga kirib kelishi bilan “Inson kompyuter” muammosi markaziy masalalardan biri bo`lib qolmoqda. Bu muammo global va serqirra yo`nalishlarda bo`lib, kompyuter bilan turli xil ko`rinishdagi aloqa va munosabatlar asosida insonning bilim olish va dunyoqarashlari shakllanishining ilmiy – metodologik qarashlari konsepsiyasini yaratish zaruriyatini tug`dirmoqda.
Bu jarayonning to`g`ri, maqsadli tomonga qaratilgan yo`nalish, imkoniyatlarini topishga to`g`ri keladi.
Kompyuterli darslarni tashkil etuvchi, uni amalga oshiruvchi shaxslar:
kompyuterning tuzilishi, imkoniyati, boshqarish malakasini egallashi kerak.
Kompyuter savodxonligini egallashi kerak.
Ta’lim mazmunini dasturlash, loyihalash, modullash, algoritmlash, dasturlay olishi kerak.
Kompyuterda o`quvchilarni individual ishlay olish, boshqarish malaksini shakllantirishi talab etiladi.
O`quv jarayonida o`qituvchi dastur - kompyuter - o`quvchi munosabatlari o`rnatilishi taqozo etiladi.
Bunday darslar o`quv materiallarini o`quvchi tomonidan shaxsiy xatti - harakatlari orqali tez, soz o`zlashtirishlarga kafolat hisoblanadi.
Agar axborot texnologiyasi kompyuter asosidagi darslar maxsus ilgaritdan tayyorlangan dastur, loyihalar, modullar bilan ta’min etilsa, o`quv - biluv jarayoni samarali kechadi.
Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamida ta’lim mazmunini algoritmlash uni modullarga ajratish, ketma - ketligini ishlab chiqish, dasturlab olish pirovard o`quv maqsadiga erishish yo`llarini ilgaritdan rejalashtirish imkonini beradi. Axborot texnologiyasi, kompyuterlar yordamidagi darslarning sifat ko`rsatkichlari quyidagi asosiy faktorlar bilan aniqlanadi:
O`quv dasturining sifatli shakllantirilganligi
Kompyuter texnikasining sifati va uning imkoniyatlari
Shaxsning kompyuter imkoniyatlarini o`zlashtirib olish malakalarining shakllanishi shuning uchun ham axborot texnologiyasi kompyuter yordamidagi darslar dasturlangan loyihalangan hollarda amalga oshirish uchun qulay vaziyat yaratadi.
Loyihalashtirilgan, dasturlashtirilgan axborot texnologiyalari kompyuterli darslarning qulayligi shundaki, unda o`quvchining o`quv materiallarini o`zlashtirib olayotganligini doimiy ketma - ket kuzatishga, nazorat olib borishga, kerak hollarda tuzatishlar kiritib borishga imkoniyat yaratiladi.
Ta’lim jarayonida axborot - kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanishdagi quyidagi bosqichlarga e’tiborni qaratish kerak:
Ta’lim oluvchilarga o`quv materiallarini taqdim etish va tushuntirish bosqichi;
Kompyuter bilan o`zaro muloqot jarayonida o`quv materiallarini o`zlashtirish bosqichi;
O`zlashtirilgan bilim, ko`nikma va malakalarni takrorlash hamda mustahkamlash bosqichi;
Erishilgan yutuq va natijalarni o`zini o`zi tekshirish orqali, nazorat qilish bosqichi;
Oraliq va yakuniy nazorat bosqichi;
O`zini - o`zi, shuningdek, oraliq va yakuniy nazorat bosqichlari natija va xulosalarga ko`ra o`quv materiallarining taqsimlanishi, tasniflanishi, tizimga solinishini korreksiyalash, tuzatishlar kiritish bosqichi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, axborot texnologiyalarni qo`llash bo`yicha yaratilayotgan o`quv reja va dasturlarni yaratish, tuzish yuqorida keltirilgan bosqich - yo`nalishlarni alohida - alohida modullashtirish, loyiha sifatida kiritish yaxshi natijalarga olib keladi.
EO`UM – bu barcha tarkibiy qismlari elektron hujjat shaklida tayyorlanadigan fanning o`quv-uslubiy majmuasidir. EO`UM o`z ichiga majburiy va qo`shimcha qismlarni qamrab oladi.
Majburiy qism qo`yidagi 4 ta komponentdan iborat:
1. Dasturiy komponent:
Fan dasturi – uslubiy me’yoriy hujjat bo`lib, davlat ta’lim standartining muayyan fan bo`yicha bakalavr (magistr)darajasi va mutaxassisligi bilim, ko`nikma, va malakalariga qo`yilgan talablarga muvoffiq ishlab chiqiladi;
Fanning ishchi dasturi – uslubiy me’yoriy hujjat bo`lib, fan dasturi bo`yicha bakalavr (magistr) bilim, ko`nikma va malakalariga qo`yilgan talablarga muvoffiq ishlab chiqiladi.
2. Fanning mazmunini belgilovchi komponentlar:
Elektron o`quv qo`llanma (yoki ma’ruzalar matni) – davlat ta’lim standarti va o`quv dasturlariga muvoffiq ravishda o`quv fanining to`liq yoki alohida bo`limlarining tizimli bayoniga ega bo`lgan yagona kompyuter dasturi muhitida gipermatnli texnologiya asosida multimedia komponentlaridan foydalangan holda interaktiv muloqot imkoniyatini yaratuvchi, zarur hollarda qo`shimcha dasturiy modullarga ega bo`lgan elektron o`quv nashri.
Virtual amaliy-laboratoriya – o`tilgan nazariy materiallarni o`zlashtirishga, amaliy bilim va ko`nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladigan, tadqiqot obyektiga bevosita muloqotga chiqmagan holda turli hil hodisa va jarayonlarni modellashtirish orqali tajriba-sinov o`tkazish imkonini beruvchi maxsus dasturiy vositalar majmuasi.
Elektron lug`at – kompyuter yoki boshqa elektron tashuvchida o`rnatilgan lug`at bo`lib, zarur so`zlarni uning morfologiyasi yoki u bilan bog`liq so`z jumlasi orqali tezlik bilan topish imkonini beradi. Uning ichki tuzilishi lug`at maqolalari jamlamasidan iborat ma’lumotlar bazasi shaklida qurilgan bo`lib, tarjima qilish yo`nalishini o`zgartirish funksiyasiga (misol uchun: ruscha-o`zbekcha, o`zbekcha-ruscha) ega bo`ladi. An’anaviy lug`atlardan farqli ravishda elektron lug`at matn va grafikaviy tasvirlar bilan bir qatorda video va animatsion lavhalar, tovush, musiqa va boshqalar bilan birga media-obektlarning butun spektrlarini o`z ichiga olishi mumkin.
3. Metodik komponentlar:
O`qituvchiga mo`ljallangan metodik komponent: elektron metodik qo`llanma (yoki ma’ruzalar matni) – pedagogik tajribani umumlashtirish va o`zatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va tarqatish shakli. Elektron uslubiy qo`llanmada pedagogik tajriba mashg`ulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari, elektron yoki unga ugirilgan shaklda yaratilgan talabalar ishlarini darslar bo`yicha rejalashtirilgan shaklida ko`rsatiladi. Unda mashg`ulotlar uchun texnologik xarita va didaktik materiallar beriladi. Didaktik materiallarga o`qitilishi va o`rganilishi lozim bo`lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchilar tushuniladi. Nazariy va amaliy mashg`ulotlarda o`quv-didaktik materiallar sifatida qo`llaniladigan matnli - vizual vositalar, amaliy mashg`ulotlarda ko`rs materiallari, uslubiy qo`llanmalar, jadvallar, jihoz yoki asbobni ishlatish bo`yicha ko`rsatmalar hamda elektron ta’lim resurslari ro`yxati beriladi.
Talabaga mo`ljallangan metodik komponent: seminar, amaliy va laboratoriya ishlar va ularni bajarishga mo`ljallangan metodik tavsiyalar; mustaqil ishlar va ularni bajarishga mo`ljallangan metodik tavsiyalar;
4. Baholash komponentlari:
Joriy, oraliq va yakuniy nazorat bo`yicha elektron test savollar, elektron topshiriqlar, nazorat ish variantlari, muammoli vaziyatli topshiriqlar, boshqotirmalar, taqdimotlar, kurs ishi mavzulari va h.k.
Elektron testlar – saqlangan, ishlov berilgan va testlashtiruvchiga kompyuter yoki telekommunikasion texnikasi yordamida taqdim etiladigan testlar. Testlashtiruvchi «qog`oz» blankalarni to`ldirib, so`ngra unga kompyuterda ishlov bersa, bular kompyuterli test bo`lib hisoblanmaydi.
Elektron topshiriqlar-o`qituvchiga ta’lim oluvchilarning individual imkoniyatlarini hisobga olgan holda mustaqil va nazorat ishlari uchun tartibga keltiradigan topshiriqlar majmuini o`zida aks ettiruvchi axborot manbasining muhim ko`rinishidir. Yaratilgan topshiriqlar ta’lim oluvchilarga an’anaviy «qog`oz» li va elektron variantlarida taqdim etiladi.
EO`UMning qo`shimcha qismlari elektron xrestomatiya, elektron jurnallar, Internet saytlar kabi manbalardan iborat bo`ladi.