Ma’ruzaning funksiyalari - professional ta’lim berish va dunyoqarashni shakllantirish, talabalarga tarbiyaviy ta’sir ko`rsatish, ularni axloqiy, ma’naviy jihatdan barkamol bo`lishi, mehnatga munosabati, sosial-psihologik hislatlarini shakllantirish, bilim berish, o`rganayotgan fani bo`yicha axborot olish, olgan axboroti asosida tadqiqot o`tkazib, xulosa chiqarishga o`rgatish.
Matnlar – mashg`ulot mavzusi bo`yicha tayyorgarlik ko`rishda, mashg`ulot davomida shuningdek bilimlarni mustahkamlashda foydalanish uchun ta’lim oluvchilarga taqdim etiladi.
Matnli vositalar-o`qituvchi va o`quvchilar uchun: o`quv predmetini o`qitish metodikasi bo`yicha qo`llanmalar, shaxsiy metodika, o`qituvchilar tomonidan tayyorlangan metodik ishlanmalar, mantiqiy strukturalar, fan darsliklari, mavzu yuzasidan kelib chiqqan holda Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari badiiy adabiyotlar, fan bo`yicha ma’ruzalar matni.
Muammo - ilmiy bilishni rivojlantirish zarurligini ifodalashning subyektiv shaklidir. U muammoli vaziyatda, ya’ni jamiyat rivojlanish jarayonida bilish va bilmaslik o`rtasida obyektiv ravishda vujudga keladigan vaziyat. Ta’lim maqsad va vazifalariga ko`ra muammoli va an’anaviy bo`lishi mumkin.
Muammoli ta'lim -Ta'lim mazmunini muammoli tarzda taqdim qilish orqali ta'lim oluvchi faoliyatini faollashtirish usullaridan biri. Bunda ilmiy bilimni obyektiv qarama-qarshiligi va uni hal etish usullarini, dialektik mushohadani shakllantirish va rivojlantirishni, amaliy faoliyatga ularni ijodiy tarzda qo`llashni mustaqil ijodiy faoliyati ta’minlanadi.
Nazorat varaqalari – mashg`ulot yakunida ta’lim oluvchilarning o`zlashtirgan bilimlarini tekshirishda qo`llanilib, ular test savollari, masalalar va shu kabi shakllarda bo`lishi mumkin.
O`quv – uslubiy materiallar – o`quv materiallar, o`zlashtirilgan o`quv materiallarini mustahkamlash uchun mashqlar. Bular talabalarning mustaqil ishlashlarini faollashtirishga yordam beradilar (Ish varaqasi, eslatma, nazorat varaqasi, matnlar).