O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə18/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Atom yadrosining tarkibi. Izotoplar. Atomdagi musbat zaryadning hammasi va atom massasining asosiy
qismi yadroga joylanadi. 
Atom yadrosi proton va neytronlardan tuzilgan. Proton (R)ning massasi taxminan 1 uglerod birligiga va zaryadi 

+1 ga teng.


Neytron (n) — elektroneytral zarracha bo’lib, uning massasi taxminan proton massasiga teng. Proton va ney-

tronlar birgalikda nuklonlar degan nom bilan ataladi va atomning massa soni deb yuritiladi. Atomning massa soni tax-


minan elementning atom massasi soni bilan ifodalanadi: 
N = A – Z

A = N + Z


bu yerda: N-neytronlar; A-atom massa; Z-tartib nomeri.

Yadroning proton va neytronlardan hosil bo’lishidan ajralib chiqadigan energiya qiymati yadroning bog’lanish


energiyasi deb ataladi va yadroning barqarorligini xarakterlaydi, ya’ni ajralib chiqadigan energiya miqdori qancha ko’p 
bo’lsa, yadro shunchalik barqaror bo’ladi. Har bir elementning hamma atomlari yadrolari bir xil zaryadga ega bo’ladi,
ya’ni yadro teng sondagi protonlarni saqlaydi. Lekin bu atomlar yadrolaridagi neytronlar soni har xil bo’lishi mumkin. 
Bir xil yadro zaryadiga ega bo’lgan, lekin har xil sondagi neytronlarni tutuvchi atomlar izotoplar (grekcha 

«izos» — bir xil, «topos» — joy) deb ataladi. Masalan, tabiiy xlor massasi sonlari 35 va 37 ga teng bo’lgan izotoplardan


iborat, magniyning massa sonlari 24, 25 va 26 ga teng bo’lgan tabiiy izotoplari bor. 
Izotoplar deyarli hamma elementlarda uchraydi. Ayni elementning barcha izotoplari o’zlarining kimyoviy xos-

salari jihatidan bir-biriga juda yaqin bo’lgani uchun o’sha element izotoplarini bir-biridan ajratish juda qiyin: izotoplar


bir-birlaridan kimyoviy usullar yordamida ajratiladi. 
Izotoplarning kashf etilishi bilan kimyoviy element tushunchasiga quyidagi tarif berildi:


yadrolarining zaryadlari bir xil bo’lgan atomlar turi kimyoviy elementdir.
Kimyoviy va biologik jarayonlarning mexanizmini o’rganishda izotop indikatorlar yoki ―nishonli atom‖ lar 

keng qo’llaniladi. Buning uchun ma’lum miqdordagi izotop o’simlik yoki xayvon organizmiga yuboriladi va uning


yurish yo’li tekshirib boriladi. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
18
Masalan, kislorodning og’ir izotopi 

18
O ni qo’llash bilan o’simliklar tomonidan karbonat angidridning 


o’zlashtirilishi tekshiriladi.



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin