O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachalarga



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə7/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

a) moddalar nihoyatda mayda zarrachalar — atomlardan tuzilgan, atom yanada kichikroq zarrachalarga 

bo’lina olmaydi; 

b) har qaysi kimyoviy element faqat o’ziga xos «oddiy» atomlardan tuzilgan bo’lib, bu atomlar boshqa ele-

ment atomlaridan farq qiladi, har bir elementning atomi o’ziga xos massa va o’lchamga ega; 

v) kimyoviy reaksiya vaqtida turli elementlarning «oddiy» atomlari o’zaro aniq va o’zgarmas butun sonlar 

nisbatida birikib, «murakkab» atomlarni hosil qiladi; 

g) faqat boshqa-boshqa xossalarga ega bo’lgan atomlargina o’zaro birika oladi, bir elementning atomlari 

hech qachon o’zaro kimyoviy reaksiyaga kirishmaydi. Ular bir-biridan itariladi.
Dalton atomistik ta’limotga asoslanib, kimyoviy element tushunchasiga aniq ta’rif berdi:


Kimyoviy element bir xil xossalar bilan xarakterlanadigan atomlar turidir. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
9

Dalton ta’limotida kamchiliklar borligi o’sha vaqtdayoq ma’lum bo’ldi. Birinchidan, oddiy moddalarning


molekulalari real mavjud bo’lishini inkor etdi. Ikkinchidan, murakkab moddalarning tuzilishini talqin qilishda bir ele-
mentning bir atomi ikkinchi elementning faqat bir atomi bilan birikadi, deb faraz qildi. U holda suv NO, ammiak NH,
etilen SN kabi formulalar bilan ifodalangan bo’lar edi. Shuning uchun ba’zi elementlarning atom massalari ikki xil 
qiymatli bo’lib chiqdi. Demak, atom bo’linishi mumkin deb faraz qilishga to’g’ri keladi, bu esa atom bo’linmaydi degan
fikrga ziddir. 
Ko’rinib turibdiki, atom-molekulyar ta’limotning mohiyati chuqur ilmiy asoslanganligi sababli atomistik
ta’limotda yechilmagan masalalarni ham yoritib berilganligini ko’rsatadi. 


Stexiometrik qonunlar. Stexiometriya kimyoning reaksiyaga kirishayotgan moddalar orasidagi massa va hajmiy
nisbatlar ko’rib chiqiladigan bo’limidir. «Stexiometriya» so’zi grekchadan tarjima qilinganda «tarkibiy qism» va 
«o’lchayman» degan ma’nolarni anglatadi.
Stexiometriyaning asosini stexiometrik qonunlar: moddalar massasining saqlanish qonuni, ekvivalentlar qonuni, 
karrali nisbatlar qonuni, hajmiy nisbatlar qonuni va Avagadro qonuni tashkil etadi.



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin