«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
10
Agar ikki element o’zaro ta’sirlashib bir necha birikmalar hosil qilsa, elementlardan birining shu birikma-
lardagi ikkinchi elementning bir xil massa miqdoriga to’g’ri keladigan massa miqdorlari o’zaro kichik butun sonlar
nisbati kabi nisbatda bo’ladi.
Bu xulosa tez orada eksperiment yo’li bilan isbotlandi. Dalton o’sha zamonda ma’lum bo’lgan ikkita uglevo-
dorod metan bilan etilen tarkibini tekshirib (1-jadval) uglerodning bu birikmalarida bir og’irlik qism vodorodga to’g’ri
keladigan og’irlik miqdorlari o’zaro 3:6 yoki 1:2 nisbatda bo’lishini topdi.
1-jadval
Birikma nomi
Tarkibi, % hisobida
Tarkibi, og’irlik qism hisobida
uglerod
vodorod
uglerod
vodorod
Metan CH
4
75
25
3
1
Etilen C
2
H
4
85,71
14,29
6
2
Karrali nisbatlar qonunidan ikkita muhim xulosa kelib chiqadi:
1) Bir xil elementlardan hosil bo’lgan birikmalar o’z og’irlik tarkiblari jihatidan odatda, bir-biridan katta farq qi-
ladi. Masalan, azot oksidlarida bir og’irlik qism azotga 0,57 og’irlik qism kislorod, yoki bundan 2-5 barobar or-
tiq kislorod to’g’ri keladi. Demak, ma’lum elementlardan hosil bo’lgan birikma xuddu shu elementlardan tuzil-
gan boshqa birikmaga aylantirilganda, tarkib to’satdan (sakrash bilan) o’zgaradi.
2) Birikadigan elementlar orasidagi miqdoriy nisbatlarning o’zgarishi hamma vaqt yangi sifat paydo bo’lishiga
olib boradi. Masalan, azot oksidlari (N
2
O, NO
2
, N
2
O
5
va b.) garchi bir xil elementlardan tuzilgan bo’lsa ham si-
fat jihatdan bir-biridan farq qiladi. Bunday farq tabiatning umumiy qonuniga — miqdorning sifatga o’tish
qonuniga yaqqol misoldir.
Dostları ilə paylaş: