9-ma’ruza
KIMYOVIY MUVOZANAT. MUVOZANAT KONSTANTASI. MUVOZANATNI
SILJITISH OMILLARI
Reja:
1. Qaytar va qaytmas reaksiyalar.
2. Kimyoviy muvozanat. Muvozanat konstantasi.
4. Muvozanatni siljitish omillari.
3. Le-Shatele prinsipi.
Muammoli savollar:
1. Katalizator kimyoviy muvozanatga qanday ta’sir ko’rsatadi?
2. Muvozanat konstantasining kimyoviy jarayonlardagi ahamiyati qanday?
3. Muvozanatni siljitishning sanoatdagi ahamiyatini ko’rsating.
Qaytar va qaytmas reaksiyalar. Kimyoviy reaksiyalarni ikki xil guruhga bo’lish mumkin: qaytar va qaytmas
reaksiyalar. Qaytmas reaksiyalar oxirigacha, ya’ni o’zaro reaksiyaga kirishuvchi moddalardan biri batamom sarf
bo’lguncha boradi. Masalan:
Zn + 4HNO
3
= Zn(NO
3
)
2
+ 2NO
2
+ 2H
2
O.
Berilgan reaksiyada nitrat kislota yetarli bo’lsa, reaksiya rux batamom erib bo’lgach tugaydi. Agar rux metali
ortiqcha olingan bo’lsa, reaksiya nitrat kislotasi butunlay tugagach to’xtaydi. Agarda rux nitrat eritmasi orqali azot (IV)-
oksid gazi o’tkazilsa, nitrat kislota va rux metali hosil bo’lmaydi, ya’ni reaksiya teskari yo’nalishda bormaydi. Demak,
bu reaksiya qaytmas reaksiyadir.
Qaytar reaksiyalar oxirigacha bormaydi. Bunday reaksiyalarda reaksiyaga kirishuvchi moddalardan hech biri
to’liq sarf bo’lmaydi. Qaytar reaksiyalar to’g’ri yo’nalishda ham, teskari yo’nalishda ham boradi. Masalan, ammiak
sintezi:
N
2
+ 3H
2
2NH
3
Reaksiya uchun sharoit yaratilgandan keyin gazlar aralashmasi analiz qilinsa, sistemada faqat reaksiya
mahsuloti bo’libgina qolmay, dastlabki moddalar ham bo’ladi. Demak, ammiak sintezi qaytar reaksiyadir.
Ikki qarama-qarshi yo’nalishda boradigan jarayonlar qaytar reaksiyalar deyiladi. Qaytar reaksiyalarda tenglik
o’rniga qarama-qarshi strelka qo’yiladi. Dastlab to’g’ri reaksiyaning tezligi yuqori bo’lib, sekin-asta uning tezligi ka-
malashib boradi, teskari reaksiya tezligi esa shunga mos ravishda ortib boradi.
Dostları ilə paylaş: |