2. Eritmalarning bug’ bosimi. Raulning I va II - qonunlari.
3. Elektrolitik dissotsiatsiya.
4. Elektrolitik dissotsiatsiya darajasi. Kuchli va kuchsiz elektrolitlar.
5. Asos, kislota va tuzlarning dissotsiatsiyalanishi.
Muammoli savollar:
1. Osmotik bosimning tabiatda va inson hayotidagi roli qanday?
2. Elektrolit eritmalarining elektrolitmas eritmalariga nisbatan qaynash haroratining yuqoriligi va muzlash ha-
roratining pastligiga sabab nima?
3. Suv 0
O
C da qaynashi mumkinmi?
Osmotik bosim. Vant-Goff qonuni.Eritmadagi erigan modda va erituvchi zarrachalarining tartibsiz harakati
tufayli eruvchi modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekisda taqsimlanadi. Agar silindrga qandning konsen-
trlangan eritmasini quyib, uning ustiga ehtiyotlik bilan suyultirilgan qand eritmasini solsak, qandning konsentrlangan
eritmadan suyultirilgan eritmaga o’tishi, suvning esa suyultirilgan eritmadan konsentrlangan eritmaga o’tishi yuz beradi.
Har bir modda o’zining konsentratsiyasi kam bo’lgan tomonga o’ta boshlaydi. Ana shunday moddalarning o’z-o’zidan
o’tishiga, ya’ni ular konsentratsiyalarining tenglashishiga olib keluvchi jarayon diffuziya deyiladi.
Agar shishi silindrga KMnO
4
ning eritmasini quysak va unga chayqatmasdan turib, suv qo’shilsa, diffuziya
hodisasini kuzatish mumkin. Avval keskin chegara kuzatiladi, lekin sekin-asta chegara yo’qola boshlaydi; bir necha
vaqtdan keyin erigan modda erituvchining butun hajmi bo’yicha bir tekis taqsimlanadi va butun suyuqlik bir xil rangga
kiradi. Bunda erituvchi va eruvchi moddalar zarrachalari qarama-qarshi yo’nalishda diffuziyalanadi. Bu jarayonni ikki
yoqlama diffuziya deb ataladi.
Agar ikki eritma orasiga erituvchi o’ta oladigan, lekin eruvchi modda o’ta olmaydigan to’siq parda qo’yilsa,
ahvol boshqacha bo’ladi. Bunday pardalar yarimo’tkazgich pardalar deb ataladi. Ular tabiatda ham uchraydi va sun’iy
yo’l bilan ham hosil qilinadi. Masalan, mis ko’porosi eritmasi shimdirilgan g’ovak sopol silindr kaliygeksatsiano (II)-
ferrat eritmasiga tushirilsa, silindr g’ovaklariga mis geksatsiano (II)-ferrat cho’kib qoladi. Shunday usul bilan ishlangan
silindr yarimo’tkazgich parda xossasiga ega bo’lib qoladi. Silindrga shakar eritmasi solinib, suvga botirilsa, faqat suv
molekulalarining o’tishi hisobiga sopol idishdagi eritmaning hajmi ko’paya boshlaydi, undagi qandning konsentratsiyasi
kamaya boshlaydi. Yarimo’tkazgich orqali bo’ladigan bunday bir yoqlama diffuziya osmos deb ataladi. Eritmaning
ko’tarilishi hisobiga nayda suv ustunining ortiqcha bosimi vujudga keladi. Bunday gidrostatik bosim eritmaning osmotik
bosimi deyiladi. Gidrostatik bosim ma’lum qiymatga yetganda osmos to’xtaydi va muvozanat hosil bo’ladi.
Osmos hodisasi xayvonlar va o’simliklar organizmi hayotida muhim rol uynaydi. Xujayralar po’sti suv yaxshi
o’ta oladigan, lekin xujayra ichi suyuqligida erigan moddalar deyarli o’ta olmaydigan pardadan iborat.
Turli eritmalarning osmotik bosimini o’lchash natijasida 1886 yilda golland olimi Vant-Goff elektrolit
bo’lmagan moddalarning uncha yuqori bo’lmagan konsentratsiyali eritmalarini osmotik bosimini konsentratsiya va haro-
ratga bog’-liqligini aniqladi (Vant-Goff qonuni):
P = C · R · T
bu yerda:
P - eritmaning osmotik bosimi;
C - eritmaning molyar konsentratsiyasi;
R - gazlarning universal doimiysi;
T - harorat.
Eritmaning molyar konsentratsiyasi:
V
n
С
Bundan:
M
m
n
. U holda:
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 47
M
mRT