qay.
= E · m; t
Eritmalarda zaryadlangan zarrachalar mavjudligini 1818 yilda T.Grotgus aniqlagan. Shuning uchun eritmalar-
muz.
, P
osm.
kabilar kutilganidan yuqori bo’lishi, molekulyar massasi krioskopik va ebulioskopik usullarda topilganida uning haqiqiy
molekulyar massasidan kam bo’lishi kuzatiladi.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
48
Moddalarning tuzilishiga qarab, ularning dissotsiatsiyasi ham turlicha bo’ladi. Suvli muhitda gidratlangan ion-
laring hosil bo’lishi quyidagi ikki mexanizm bo’yicha boradi:
1. Ion tuzilishdagi kristallarning eritmadagi dissosiatsiyasi. Natriy xlorid NaCl kristallari suvga tushirilganda
kristallar yuzasidagi Cl
–
ionlariga suvning qutbli molekulalari o’zining musbat zaryadlangan tomoni, Na
+
ionlariga esa
manfiy tomoni bilan elektrostatik tortiladi (ion-dipol o’zaro ta’sir). Ionlarining suvni dipollari bilan bunday o’zaro ta’siri
natijasida kristallning ionlari o’rtasidagi o’zaro bog’lanish bo’shashadi va ular eritmaga
gidratlangan ionlar holida
o’tadi.
2. Qutbli tuzilishdagi moddalarning erishdagi dissosiatsiyasi. Qutbli molekulalarning (masalan, HCl) suv bilan
o’zaro ta’siri natijasida (dipol-dipol o’zaro ta’sir) dipollararo bog’lanish vujudga kelib, eruvchi modda molekulasi qut-
blanadi. Natijada eruvchi modda ionli holatga o’tadi va ionlarga parchalanadi. Qutbli molekuladan hosil bo’lgan ionlar
ham gidratlanadi.
Elektrolitlarning dissotsilanishi natijasida erkin ionlar hosil bo’lmay, balki bu ionlarning erituvchi molekulalari
bilan hosil qilgan birikmalari vujudga keladi. Bunday birikmalar umumiy qilib
ionlarning solvatlari deyiladi. Dissotsi-
lanish tenglamalarini yozishda odatda ionlarning formulalari yozilib, ularning gidrat
yoki solvatlari formulasi
ko’rsatilmaydi, chunki ionlar bilan bog’langan erituvchi molekulalari soni eritmaning konsentratsiyasi va boshqa sha-
roitlarga bog’liq holda o’zgaradi.
Erituvchi molekulalarining qutbliligi ion va molekulyar tuzilishdagi moddalarning dissotsilanishi uchun imkon
beradi.
Suvdan tashqari, qutbli molekulalardan tashkil topgan boshqa suyuqliklar ham (etil spirti, ammiak, chumoli
kislota va boshqalar) ionlashtiruvchi erituvchilar hisoblanadi. Bu suyuqliklarda erigan tuzlar, kislotalar va asoslar ion-
larga ajraladi.
Elektrolitik dissotsilanish ham qaytar jarayondir:
CH
3
COOH CH
3
COO
–
+ H
+
Dissotsiatsiyaga teskari jarayonni molekulyarizatsiya deyiladi. Dissotsiatsiya va molekulyarizatsiya jarayonlari
tezliklari
tenglashib, muvozanat qaror topadi. Bunda ionlarga ajralgan molekulalar sonini umumiy erigan molekulalar
soniga nisbati
elektrolitik dissotsilanish darajasi deyiladi:
= x/n yoki
= x/n · 100%
bu yerda:
- dissotsilanish darajasi;
x - elektrolitning eritmadagi erkin gidratlangan ionlari mollar soni;
n - eritish uchun olingan elektrolitning umumiy mollar soni.
Elektrolitning dissotsilanish darajasi qiymatiga qarab, elektrolitlar:
– kuchsiz elektrolitlar:
= 0-3% gacha;
– urtacha kuchli elektrolitlar:
= 3-30% gacha;
– kuchli elektrolitlar:
= 30-100% gacha bo’lgan turlarga bo’linadi.
KCl uchun
= 86%, CuSO
4
uchun
= 38%, HNO
3
uchun
= 92%,
H
2
SO
4
uchun
= 58%, KOH uchun
= 91%, HCl uchun
= 91%.
Kuchsiz elektrolitlar eritmasidagi ionlar o’rtasida vujudga keladigan muvozanatga massalar ta’siri qonunini
qo’llab, muvozanat konstantasini chiqarish mumkin. Bunda muvozanat konstantasi elektrolitning dissotsilanish konstan-
tasi deyiladi.
HA H
+
+ A
–
uchun
С
1
1
)
-
С(1
C
C
[HA-]
][A-]
[H
K
дисс
Bu tenglama Osvaldning suyultirish qonuni tenglamasidir. Dissotsiatsiya darajasi eritma suyultirilishi bilan
oshib boradi. Juda kam dissotsilanadigan elektrolit eritmalari uchun Osvaldning suyultirish qonuni tenglamasi:
K =
2
· C
ko’rinishga ega bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: