O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə4/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Kimyo fanining tarixi. Insonlar qadim zamonlardan beri kimyoviy ishlab chiqarish bilan shug’ullanganlar. 

Kimyoviy ishlab chiqarish Hindistonda, Xitoyda, ayniqsa, qadimgi dunyoning madaniy markazi bo’lgan Misrda taraqqiy


etgan. Masalan, eramizdan avvalgi 6000-5000 yillarda insonlar oltin, kumush, mis va metiorit temirini bilishgan, 
eramizdan avvalgi 4000-3000 yillarda rudalardan mis ajratib olishni, so’ngra bronza tayyorlashni, eramizdan avvalgi




«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
5

2000 yillarda rudalardan temir ajratib olishni bilishgan. Kishilar eramizdan 4500 yil oldin shisha yasaganlar; vino, sirka,


dori-darmon tayyorlash, terini oshlash, matolarni bo’yash, kulolchilik kabi ishlar yaxshi taraqqiy etgan. Nil bo’yog’ining 
eramizdan 1500-1000 yil ilgaridan beri ishlatib kelingani ma’lumdir. Shunday qilib, amaliy kimyoni sharq tarixining
uzoq o’tmishlarida uchratamiz. Ammo nazariy kimyoni dastavval yunon faylasuflarining asarlarida ko’rish mumkin. 
To’gri, olam, materiyaning barcha turlari bir necha oddiy materiyadangina tuzilgan, degan fikrlar qadim hind, misr,
xitoy falsafasidan ham bor. Lekin materiya to’g’risidagi aniq tushunchalarni tarixda birinchi bo’lib yunon faylasuflari 
ifoda etishgan.
Miloddan avvalgi VII asrda yashagan Fales Miletskiy barcha moddalar suvdan hosil bo’lgan, VI asrda 

yashagan Anaksimen esa havodan hosil bo’lgan, degan fikrni maydonga tashladilar. V asrda yashagan Geraklit


tabiatdagi barcha o’zgarishlarning boshlang’ichi - olov, havo va tuproq ekanligini, Empedokl esa hamma moddalar 
4 ta asosiy elementdan: suv, havo, olov va tuproqdan iborat bo’lishini aytishgan. Mashhur faylasuf Levkipp va uning
shogirdi Demokrit zamondoshlari qarashlaridan farqli o’laroq, barcha moddalar ko’zga ko’rinmaydigan darajada mayda 
zarrachalardan iborat, degan fikrni ilgari surib, bu zarrachalarni atomlar deb atadilar. Ularning fikricha, moddalarning
atomlari bir materiyaning o’zidan tuzilgan bo’ladi; atomlar shakli va katta-kichikligi bilan bir biridan farq qiladi; 
atomlar doimo harakatda bo’ladi; ular orasida bo’shliq bo’ladi. Ammo qadimgi materialistlarning bu nazariyasini o’z
zamondoshlari tushunishmadi.

Eramizdan uch asr ilgari yashagan mashhur faylasuf Aflotunning shogirdi va Iskandar Zulqarnayning ustozi 


Arastu (384-322 yy) moddalar bitta asosiy materiyadan tuzilgan; to’rtta xossa — sovuqlik, issiqlik, namlik,


quruqlikning asosiy materiyaga har xil nisbatda birikishidan to’rtta element — havo, suv, tuproq va olov paydo bo’ladi, 
degan fikrni maydonga tashladi.
Arastu ta’limotiga ko’ra, asosiy materiyaga namlik va sovuqlik qo’shilsa suv, issiqlik va namlik qo’shilsa havo 

hosil bo’ladi; bu elementlarni bir-biriga aralashtirish mumkin. Masalan, havo sovutilsa, issiqligini yo’kotib, suvga


aylanadi. Arastu fikricha, asosiy materiya abadiy, u yo’qolmaydi va yo’qdan bor bo’lmaydi, uning mikdori kamaymaydi
va aksincha ortmaydi. Ammo Arastu materiyani sust, abstrakt narsa deb tasavvur qildi. U abstrakt materiyaga g’ayri
material - beshinchi ruhiy, ilohiy element birikkandagina u haqiqatga aylanadi, deb tushuntiradi. Arastu fikricha, oddiy 
metallarni oltinga aylantirish, turli kasalliklarni davolash, yoshlikka kaytish (yosharish) va x.o. bo’lishi mumkinligi
ilgari suriladi. Shuningdek, uning zamondoshlari bu beshinchi elementni "filosofik tosh", "sog’lik elliksiri", "universal 
erituvchi" deb nomlashadi; simob, oltingugurt va tuzni barcha metallarning boshlang’ichi deb hisoblashadi.
Arastuning ta’limotida materialistik qarashlar bilan birgalikda asosan idealistik ta’limotni ilgari suriladi. Uning ta’limoti 
kimyoda eramizning XVIII asriga qadar xukm surib keldi.
Arablar VIII asrda Ispaniyani zabt etgandan so’ng kimyo fanining rivojlanishi Ispaniyaga, Ispaniya orkali esa 

yevropaga o’tdi. Arab olimlari, faylasuflari va kimyogarlari kimyo falsafasi, ayniqsa, kimyo amaliyoti ustida ko’p


ishladilar. Mashhur arab olimlaridan Jabr ibn Hayyon, Abubakr Muhammad al-Razi, o’zbek olimlari Farobiy (950 yilda 
vafot etgan), Abu Rayhon Beruniy (973-1048), Abu Ja’far ibn Muso Xorazmiy (IX asrda yashagan), Abu Ali ibn Sino
(980-1037), Ulug’bek Muhammad Torog’ay (1394-1449) va boshqalarning nomi butun dunyoga mashhurdir.
Beruniyning 150 dan ortiq asari bo’lib, bu asarlarning ko’pchiligi ma’danlarga oiddir. Beruniy simob, oltin va ko’pgina
ma’danlar hamda qimmatbaxo toshlarning solishtirma og’irligini juda aniq qilib o’lchadi. Tarixchi, geograf, minerolog 
va faylasuf bo’lgan Beruniy, matematik va faylasuf bo’lgan Farobiy, tabib va faylasuf bo’lgan Ibn Sino materiya
abadiydir, materiya har xil shakllarda mavjud bo’la oladi, degan fikrni ilgari surdilar. 
Evropada kimyo cherkov ta’siri ostida edi. Cherkov Arastu ta’limotining materialistik tomonlarini uloqtirib 

tashlab, eng noto’g’ri va reaksion tomonlarini saqlab qoldi va uni yana kengaytirdi. Tarixda Arastu ta’limoti


rivojlantirishga uringanlarni ―Alkimyogar‖lar deb atashadi. Ular falsafa toshi va obi-hayotni izlashdi; mis, temir kabi 
metallarni oltinga aylantirishga urinishdi. Abu Ali ibn Sino bu fikrga tamomila qarshi edi. Alkimyogarlar o’zlarining
natijasiz izlanishlari, ya’ni oltin olish uchun urinishlari bekor ketgan bo’lsa ham, qator noorganik moddalar: sulfat,
xlorid, nitrat kislotalar, zar suvi, fosfor, nashatir spirti, turli ishqorlar va boshqalarni sintez qildilar.
Keyinchalik Arastu ta’limoti nazariy kimyoning rivojlantirilishiga halaqit berdi, lekin ko’pgina olimlar va 

hunarmandlar amaliy kimyoni taraqqiy ettirishda katta hizmat qildilar.


Kristallanish, haydash, erish kabi ko’pgina kimyoviy jarayonlar o’rganildi; turli bo’yoqlar, dori-darmonlar

kislotalar, tuzlar, ishkorlar hosil qilindi. Rudalardan metallarni ajratib olish, qotishmalar ishlab chiqarish kabi jarayonlar


yo’lga qo’yildi. 
XIV-XVI asrlarda ko’pgina olimlar, turli metallardan oltinni sintez qilishga ishondilar va ayrimlari esa texnik 

kimyo, ya’ni dorivor mahsulotlar tayyorlash va boshqa ishlar bilan shug’ullanishgan. XVII asr boshlarida shveysar


hakimi Paratsels turli tuzlar, simob, oltingugurt birikmalarini hosil qildi va ular yordamida yuqumli kasalliklarni davolay 
boshladi. Ayrim kimyogarlar esa tabiiy o’simliklardan dorivor moddalarni ajratib olishni yo’lga qo’yishdi. Kimyo
sohasidagi bu yangilik ―yatrokimyo‖ deb ataldi.
O’sha paytning progressiv kimyogarlari dastavval Italiyada, keyinchalik Fransiya, Angliya va boshqa 

mamlakatlarda ko’payib bordi va o’zlarining maktablarini yaratishdi. Shunday ilmiy jamiyat asoschilaridan biri ingliz


olimi Robert Boyl (1627-1691) dir. Boyl va uning safdoshlari bir necha elementlarni real va tajriba asosida topishdi. 
Bundan tashqari, Boyl fransuz olimi Rene Dekart (1596-1694) izidan borib, atom haqidagi Demokrit 

tushunchalariga aniqlik kiritdi va uning asoslarini kimyoviy o’zgarishlarni kuzatish bilan bog’ladi. U murakkab


moddalar parchalanganda hosil bo’ladigan eng oddiy moddalarni element deb atadi va elementning haqiqiy ma’nosini 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
6

birinchi bo’lib fanga kiritdi. Boyl kimyoviy tajribalarga, ya’ni tahlil va sintez masalalariga katta ahamiyat berdi hamda


kimyoviy jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy qonuniyatlarni topish mumkin, degan fikrni ilgari surdi.
XVIII asrning boshlarida nemis olimi G.Shtal yonish, oksidlanish, qaytarilish jarayonlarini izohlash uchun 

flogiston nazariyasini yaratdi (flogiston so’zi yunoncha bo’lib, uning ma’nosi yonuvchanlik demakdir). Bu nazariyaga


muvofiq, metall yondirilganda yoki qizdirilganda undan flogiston ajralib chiqadi, metallning o’zi zangga aylanadi. 
Flogiston yengillik beradi, chunki u ―manfiy massa‖ qiymatiga ega, shu sababli metaldan flogiston ajralib chiqqanda
metall zangi og’irlashadi, deb tushuntiriladi. Bu nazariya oksidlanish-qaytarilish jarayonlarini tushuntirishga imkon 
beradi. Hozirgi zamon kimyo tili bilan uni quyidagicha talqin qilish mumkin:
Fe
2

O
3


+ 3C = 3CO + 2Fe 

4Fe + 3O


2
= 2Fe

2
O



C + O
2


= CO

2
.


Bu nazariyaga muvofiq, yonuvchi moddalar (vodorod, oltingugurt, ko’mir, shuningdek metallar) o’z tarkibida


flogiston tutadi. Ko’mir asosan flogistondan iborat. Ko’mir yonganda flogiston uchib ketadi, ikkinchi qism kuyindi holi-
da qoladi. Rudalarga (yoki zanglarga) ko’mir qo’shib qizdirilganda ko’mirdagi flogiston zangga o’tib, zangni metallga
aylantiradi. Bu nazariya ko’pgina jarayonlarni tartibga solish va guruhlash uchun hizmat qildi hamda yangi gaz holatdagi 
moddalar kashf etilishiga asos bo’ldi. Ammo bu nazariyaning mohiyati noto’g’ri bo’lganidan, ma’lum bir davr o’tgach,
fanning rivojlanishiga to’skinlik qila boshladi va o’z mohiyatini yo’qotdi.
Flogiston nazariyasi mohiyatining noto’g’riligini Lomonosov tomonidan yaratilgan modda massasining saqlan-
ish qonuni orqali izohlash mumkin. 



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin