O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


Rezerford tajribasi. Atomning planetar modeli



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə14/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Rezerford tajribasi. Atomning planetar modeli. Boshlang’ich eksperimental-strukturaviy tajribalar
E.Rezerfordning (1871-1937 y.) yupqa metall plastinka sirtida (

-zarrachalarning yoyilishi tajribasi orqali ko’rsatildi. 

Bu yoyilish atomning deyarli barcha massasi musbat zaryadlangan yadroga yig’ilganligi bilan izohlanadi. 1911 yilda


Rezerford atomning planetar modelini taklif qildi; atom yig’ilgan, kichkina hajmdagi (atom hajmining 10-15 qism 
hajmini tashkil qiluvchi) musbat zaryaddan tarkib topgan yadro va uning neytrallab turuvchi, hamda hajm bo’yicha
orbitallarda harakatlanuvchi (xuddi quyosh atrofida planetalar harakatlangani singari) elektrondan iborat sistemadir. 
Rezerford, shogirdi Chadvik bilan mis, oltin va platina metallaridan yasalgan plastinkalar (qalinligi taxminan 

0,0005 mm) sirtiga



-zarrachalar yog’dirib, ularning metaldan o’tish yo’llarini tekshirdi. Metall sirtida 


-zarrachalar 


harakat yo’nalishining o’zgarishini kuzatishdi. Ko’pchilik

-zarrachalar metalldan to’g’ri o’tib ketadi. 


-zarrachalarning 


ozgina qismi o’z harakat yo’nalishini o’zgartiradi. Tajribada 10000 tadan bitta

-zarracha metall sirtidan o’tishda o’z 

harakat yo’nalishini o’zgartirishi yoki orqaga kaytishini aniqlandi. Bu tajribaga asoslangan holda Rezerford, atomning


yadrosida musbat zaryadlangan zarrachalar (protonlar) yig’ilgan holatda joylashadi, uning atrofida protonlar soniga teng 
miqdordagi elektronlar xuddi quyosh atrofida planetalar xarakatlangani kabi katta tezlik bilan aylanadi, degan xulosaga
keldi.


-zarrachalarning metall plastinka sirtida yoyilishi:





«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
14

Shunday qilib, atomning hajmi markazida kichik bir yadro bo’lib, uning atrofida elektronlar aylanib yuradi. 


Demak, atom hajmining ko’p qismi bo’shliqdan iborat bo’ladi.


Atomning diametri 10
-8
sm bo’lsa, yadro diametri 10

-13
-10

-12
sm dir. Yig’ilgan 1 sm
3
hajmdagi yadrolar massasi 

116 mln. tonnaga teng bo’ladi.


Rezerford tajribasini Vilson boshqa usul bilan bajarib ko’rdi.

Agar havoda chang bo’lib, bunday havo suv bug’iga to’yinsa, bug’ chang atrofida darhol kondensatlanadi, ya’ni 


mayda suv tomchilariga - tumanga aylanadi. Agar havo toza bo’lsa-yu, lekin havoda zaryadli zarrachalar - ionlar
bo’lsa, suv bug’i ionlar atrofida kondensatlanadi. Agar havoda chang ham, ionlar ham bo’lmasa, havo sovitilganda 
undagi to’yingan bug’ kondensatlanmaydi. Vilson ana shundan foydalanib, atomning yadroli tuzilishga ega ekanligini
yana bir bor tasdiq etdi. U devorlari oynali kameraning bir tomoniga porshen o’rnatib, kamera ichini changsiz toza havo 
bilan to’ldirdida, bu havoga suv bug’i qo’shdi. Shundan keyin kamera orqali

-zarrachalar o’tkaza turib, porshenni 

sirtga tomon tez tortish yo’li bilan havoni sovutdi.



-zarrachalar havo orqali o’tar ekan, molekulalarni bombardimon 

qilib, ularni ionlashtiradi. Zarrachalar atrofida darhol tuman tomchilari paydo bo’ladi va o’tgan har bir



-zarrachalar 

yo’lida tuman chizig’i vujudga keladi. Bu chiziqlarni fotosuratga olish mumkin.



-zarracha yadroga duch kelmay yoki 

yaqin bormay o’tsa, uning yo’lida to’g’ri tuman chizig’i hosil bo’ladi. Agar



-zarracha yadro yonidan o’tsa, tuman 

chizig’i ozgina burilgan holda ko’rinadi. Agar



-zarracha biror yadroga duch kelsa, tuman chizig’i keskin ravishda 

sinadi. Bu tajribada taxminan 10 000 ta to’g’ri chiziq orasida bitta siniq chiziq bo’ladi.




Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin