O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə13/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

3-ma’ruza 

ATOM TUZILISHI 

Reja: 


1. Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi. 

2. Rezerford tajribasi. Atomning planetar modeli. 

3. Bor nazariyasi. 

Muammoli savollar: 

1. Elektronning yadro atrofidagi harakati qanday tushuntiriladi? 

2. 1ta elektron yadroga qulaganda yadroda qanday o’zgarish kuzatiladi? 

3. «Vodorodsimon zarracha» qanday ma’noni anglatadi? 

Atom to’g’risidagi tasavvurlarning paydo bo’lishi. Modda tuzilishining diskretligi haqidagi tushunchalar
qachondan boshlanganligi noma’lum. Atomni, ya’ni materiyaning boshqa bo’linmaydigan eng kichik zarrachasi
haqidagi tushunchalarning asoschilari bo’lib, qadimgi grek filosof olimlari Levkipp (eramizgacha V asr) va uning
o’quvchisi Demokrit (eramizgacha 470-357 yillar) hisoblanishadi. O’z zamondoshlaridan farq qilib, ular atom haqidagi 
tasavvurlarning turli xil aspektlarini ishlab chiqdilar. Materiyaning juda mayda bo’linmaydigan, bir-biridan o’lchamlari
(shuningdek, massasi) va formasi bilan farq qiladigan zarrachalarni Demokrit "atom" (bo’linmaydigan) degan termin 
bilan atashni kiritdi.
XIX asrning oxiriga qadar, atom bo’linmas zarracha deb hisoblanar edi. Bu tasavvur atomning tabiatini va 

uning tuzilishini o’rganishga ko’p vaqt to’sqinlik qilib keldi. XIX asrning boshida Moskva Davlat Universitetining prof-


essori M.G.Pavlov atomning tuzilishi murakkab, uning tuzilishida elektr zaryadi ishtirok etadi, atomning tuzilishi plane-
tar tuzilishdir, degan fikrni maydonga tashladi. 1815 yilda ingliz olimi Prout ham elementlar atomi murakkab tuzilgan va
ular vodoroddan iborat degan fikrni bildirdi. XIX asrning oxirida katod nurlari, anod nurlari, rentgen nurlari, nurlan-
ishning kvant nazariyasi, radioaktivlik hodisasi kabi bir necha kashfiyotlar qilinishi natijasida atomning murakkab tuzil-
ganligini isbotlab berildi.
Eritmalar (XIX asr 30 y. ingliz olimi M.Faradey) va gazlardan elektr tokini o’tishini o’rganish; past bosimdagi 

gazlarda katodlar orasida birinchi - musbat zaryadli ionlar, ikkinchi - manfiy zaryadli ionlar elektronlarning tartibli


harakatini ko’rsatuvchi kanal nurlari (1886y.) va katod nurlari (1895 yil, ingliz olimi Kruks) ning kashf etilishi; el-
ektronning mavjudligini isbotlash (1897 y. J.Tomson) va uning tavsifi (zaryadi va massasi)ni o’lchash; radioaktiv
hodisasi (1896 y. A.Bekkerel) va boshqa bir qancha tadqiqotlar moddalarning atomlari turli turdagi zaryadlangan zar-
rachalardan tarkib topib, murakkab tuzilishga ega ekanligini ko’rsatadi.


Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin