O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə15/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

N.Bor nazariyasi. Atom tuzilishining ajoyib bosqichlaridan biri — 1913 yilda Daniya olimi Nils Bor taklif
qilgan vodorod atomining tuzilishi nazariyasi bo’ldi. N.Bor o’z nazariyasini yaratishda Rezerford fikriga va kvantlar
nazariyasiga asoslandi. 
N.Bor nazariyasining birinchi postulatiga ko’ra, elektron yadro atrofida faqat kvantlangan, ya’ni ma’lum ener-

giya darajasiga muvofiq keladigan orbitallar bo’ylab aylanadi.


Bu orbitallardan qaysi birining elektron bilan band etilishi atomning energiyasiga bog’liq. Agar atomning ener-

giyasi minimal qiymatga ega bo’lsa elektron yadroga eng yaqin birinchi orbita bo’ylab harakat qiladi; atomning bu ho-


latini qo’zg’almagan, normal yoki asosiy holat deyiladi. Bu holda elektron yadro bilan eng mustahkam bog’langan 
bo’ladi.
Qo’shimcha energiya qabul qilgan atom qo’zg’algan holatga o’tadi. Lekin atomning qo’zg’algan holati ni-

hoyatda qisqa muddatlidir (sekundning yuz milliondan bir ulushi vaqtda).


Elektron uzoq orbitadan yaqin orbitaga o’tganda atom elektromagnit nur chiqarib o’z energiyasini kamaytiradi. 

N.Bor nazariyasining ikkinchi postulatiga ko’ra, elektron bir orbitadan ikkinchi orbitaga o’tgandagina atom o’z 


energiyasini o’zgartiradi: elektron kvantlangan orbitalar bo’ylab aylanganda, atom energiya chiqarmaydi va energiya
yutmaydi. 
Elektron yadrodan uzoqda turgan orbitadan yadroga yaqin orbitaga o’tganda atom yorug’likning bir kvantiga
teng energiya chiqaradi. Bu kvantning kattaligi dastlabki va oxirgi holatlarning energiyalari orasidagi ayirmaga tengdir:
E = E
1

– E

2
= h




bu yerda: E
1
va E

2
- dastlabki va oxirgi holatlar energiyalari; 


h - Plank doimiysi, 6,624·10
–34

joul/sek;


- nurning 1 sekunddagi tebranishlar soni (chastotasi): 

= c/


bu yerda: c - yorug’lik tezligi; 



- yorug’likning to’lqin uzunligi. 


Nazorat uchun savol va mashqlar 

1. Atom tuzilishi haqidagi nazariyaga asoslanib kimyoviy elementga ta’rif bering. 





«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
15
2. Rezerford tajribasining mohiyati nimadan iborat?
3. N.Bor nazariyasining mohiyatini tushuntiring. 
Mavzuga oid tayanch iboralar 

1. Atom
2. Atom hakidagi tasavvurlar 


3. Rezerford tajribasi
4. Vilson tajribasi 
5. Bor nazariyasi
6. Atomning energetik holati 
Foydalanilgan adabiyotlar 

1. Glinka N.L. Umumiy ximiya. – T.: O’qituvchi, 1986.


2. Rahimov X.R. Anorganik ximiya. – T.: O’qituvchi, 1984.
3. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9 
b.
4. Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003. 

5. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. Umumiy va noorganik kimyo. – T.: O’qituvchi, 1996.


6. Новиков Г.И. Основы общей химии. – М.: Высшая школа, 1988. 
7. Ibroximova G., Axmerov K. Umumiy ximiyani mustaqil o’rganish. – T.: O’qituvchi, 1993.
15. Рэмсден Э.Н. Начало современной химии. – Л.: Химия, 1989. – 784 с. – Пер. изд.: Великобритания, 
1985.
16. Химия: Справ. изд./ В.Шретер, К.-Х.Лаутеншлегер, Х.Бибрак и др.: Пер. с нем. – М.: Химия, 1989. – 

648 с.
17. Спицын В.И., Мартыненко Л.И. Неорганическая химия. Ч.1: Учебник. – М.: Изд-во МГУ, 1991. – 480 с. 


8. Shamshidinov I., Mo’minova B., Abdullaev M. «Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matni. –
Namangan, 1999 y. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
16

Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin