Bunda vertikal ustunlarga xossalari jihatidan bir-biriga o’xshash bir xil valentlikka ega bo’lgan elementlar joy-
lashadi, masalan litiy va natriy, berilliy va magniy va h.o.
Birinchi davrdan boshqa hamma davrlar ishqoriy metall bilan boshlanib, inert gaz bilan tugaydi. Katta davr-
larda elementlarning soni ko’p bo’lganligi uchun bir elementdan ikkinchi elementga o’tganda elementlarning xossalari
element joylashgan. Bu elementlar lantanoidlar nomi bilan yuritiladi va jadvalda alohida bir qatorga joylashtirilgan.
«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari.
23
shuning uchun har bir vertikal guruh guyoki elementlarning tabiiy oilasini tashkil etadi. Jadvalda bunday guruhlarning
soni 8 ta bo’lib, guruh nomerlari rim rakamlari bilan ko’rsatilgan.
II va III davr elementlarini D.I.Mendeleev
tipik elementlar deb atadi. Har qaysi guruh ikkita guruhchaga
bo’linadi. Tipik elementlarga ega guruhcha asosiy guruhcha nomi bilan yuritildi. Katta davrlarning toq qatorlari ele-
mentlari esa
yonaki yoki qo’shimcha guruhcha deb ataldi.
Davriy sistemada elementlar o’rtasidagi o’xshashlik 3 yo’nalishda namoyon bo’ladi.
1. Gorizontal yo’nalishda.
2. Vertikal yo’nalishda.
3. Diogonal yo’nalishda.
Elementlarning xossalari (atom massasi, valentliklari, kimyoviy birikmalarining asos yoki kislotalilik
xususiyatlari va hokazo) davriy sistemada davr ichida ham, guruh ichida ham ma’lum qonuniyat bilan o’zgaradi. Bino-
barin, har qaysi element davriy sistemada o’z urniga ega va bu o’rin o’z navbatida ma’lum xossalar majmuisini ifoda-
laydi va tartib nomeri bilan xarakterlanadi. Shu sababli agar biror elementning davriy sistemada tutgan o’rni ma’lum
bo’lsa, uning xossalari haqida to’la fikr yuritish mumkin. Kimyoviy elementning davriy sistemadagi o’rniga qarab uning
elektron tuzilishini aniqlash mumkin. Buning uchun quyidagi qonuniyatlarni bilish kerak.
1. Atomdagi elektronlar joylashadigan energetik pog’onalarning soni elementlar davriy sistemasidagi davr
nomeriga teng bo’ladi.
2. Asosiy guruhcha elementlari atomlari tashqi energetik pog’onasidagi elektronlar soni shu element joylashgan
davriy sistemaning guruh nomeriga teng. Masalan, 20-element kalsiy II-guruhning asosiy guruhchasida, 4-davrda joy-
lashgan. Kalsiy atomining tashqi pog’onasidagi elektron konfiguratsiyasi 4s
2
dir. Surma 51-element bo’lib, u V-
guruhning asosiy guruhchasi va 5-davrda joylashgan. Uning tashqi pog’onasining elektron konfiguratsiyasi 5s
2
5p
3
dir.
Asosiy guruhcha elementlarining tashqi energetik pog’onasidagi elektronlar kimyoviy o’zaro ta’sirlashadigan valent
elektronlar hisoblanadi.
3. III-VII guruhlarning qo’shimcha guruhchalari elementlari hamda VIII-guruhning qo’shimcha guruhchasidagi
3 ta element (Fe, Ru, Os)ning atomlaridagi tashqi energetik pog’onaning s-pog’onachasidagi va tashqidan oldingi ener-
getik pog’onaning d-pog’onachasidagi elektronlarning umumiy soni guruh soniga teng. Masalan, reniy 6-davr VII-
guruhchasining qo’shimcha guruhchasida joylashgan, uning valent qavatlarining elektron konfiguratsiyasi 5d
5
6s
2
dir.
4. I va II-guruhning qo’shimcha guruhchasi elementlarida tashqidan oldingi energetik pog’onaning d-
pog’onachasi elektronlarga to’lgan (d
10
) bo’lib, tashqi energetik pog’onadagi elektronlar soni guruh nomeriga teng.
Masalan, simobning elektron formulasining oxiri 5d
10
6s
2
ko’rinishida bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: