O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


Tuzlarning gidrolizlanishi. Gidrolizlanish darajasi va konstantasi



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə52/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Tuzlarning gidrolizlanishi. Gidrolizlanish darajasi va konstantasi. Toza suvda vodorod va gidroksid ion-
larining konsentratsiyalari teng bo’lib, rNq7 ga teng. Agar suvda tuz eritilsa, suvning dissotsilanish muvozanati vodorod
va gidroksid ionlarining konsentratsiyalari o’zgarishi hisobiga buzilishi mumkin va pH=7 dan o’zgaradi. pH ning 
o’zgarishi tuz molekulalarining gidrolizga uchraganligini bildiradi.
Tuz ionlari bilan suv o’rtasida boradigan va ko’pincha muhitning o’zgarishi bilan boruvchi o’zaro ta’sir 

reaksiyalari tuzlarning gidrolizi deb ataladi.


Gidroliz natijasida tuz ionlari suv ionlari bilan yomon dissotsilanuvchi komplekslar (yoki ion, molekulalar) ni 
hosil qiladi. Agar gidroliz mahsulotlari eruvchan bo’lsa, jarayon qaytar bo’ladi. Gidroliz natijasida ba’zan oson
uchuvchan va yomon eruvchi moddalar hosil bo’lishi mumkin. Bu hollarda reaksiya qaytmas bo’lib, oxirigacha boradi. 
Kuchli kislota va kuchsiz asosdan, kuchsiz kislota va kuchli asosdan hamda kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan
hosil bo’lgan tuzlar gidrolizga uchraydi. Kuchli kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlar gidrolizlanmaydi. 
1) Kuchli kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanishiga misol:
NH
4

Cl + H
2


O  NH

4
OH + HCl 


NH
4




+
Cl


+ H

2
O  NH

4
OH + H

+
+ Cl


NH


4
+


+ H

2
O  NH

4
OH + H

+
Bunda eritmaning muhiti kislotali va pH<7 bo’ladi. 


2) Kuchsiz kislota va kuchli asosdan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanishiga misol:


Na
2

CO
3


+ H

2
O  NaHCO


3
+ NaOH

2Na
+


+

CO
3


2–
+ H

2
O  Na

+
+ HCO

3

+ Na

+
+ OH


CO

3
2–


+ H

2
O  HCO

3

+ OH


Bunda eritmaning muhiti ishqoriy va pH>7 bo’ladi. 


3) Kuchsiz kislota va kuchsiz asosdan hosil bo’lgan tuzlarning gidrolizlanishiga misol:


CH
3

COONH
4


+ H

2
O  CH

3
COOH + NH
4
OH

CH
3


COO


+ NH

4
+
+ H

2
O  CH

3
COOH + NH
4
OH

Bunda eritmaning muhiti qariyb neytral va pH qiymati 7 ga yaqin bo’ladi.






«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
52
Yuqoridagi ko’rib chiqilgan hollarda eritmadagi tuzlarning hammasi gidrolizga uchramaydi, faqat bir qismi
gidrolizlanadi. Eritmada tuz bilan gidroliz mahsulotlari o’rtasida muvozanat vujudga keladi. Moddaning gidrolizga 
uchragan qismi gidroliz darajasi deb ataladi.
Gidrolizni xarakterlovchi miqdorlardan biri gidroliz konstantasidir. 
KCN + H
2

O  HCN + KOH 


Bu reaksiyaning gidroliz konstantasi quyidagicha yoziladi:


[HCN] [KOH] 
K
gidr.

= ———————— .


[KCN]

Gidroliz konstantasi ayni tuzning gidrolizlanish qobiliyatini xarakterlaydi; K


gidr.

ning qiymati qancha katta


bo’lsa, gidroliz shuncha yaxshi boradi. Eritma harorati oshirilganda gidroliz darajasi ham oshadi.
Yog’ochni qayta ishlash sanoati hamda qishloq xo’jaligi chiqindilarini gidrolizlab, etil spirt, glyukoza va
boshqa moddalar olinadi. Yog’larning gidrolizi, sovun pishirish va glitserin olishning asosini gidroliz tashkil etadi. 
Gidroliz asosida ichimlik va sanoat suvlari tozalanadi.
Nazorat uchun savol va mashqlar. 

1. Tuzning gidrolizlanishi deb nimaga aytiladi? Kanday tuzlar gidrolizga uchraydi? 


2. Ushbu tuzlar gidrolizining qisqartirilgan ionli tenglamalarini tuzing: kaliy sulfid K
2
S, temir (III)-sulfid Fe

2
S


3

,
mis (II)-sulfat CuSO


4
va kaliy fosfat K

3
PO


4

.
3. AlCl

3
tuzining gidroliz reaksiyasi tenglamasini yozing. 
4. NaCl tuzi nima uchun gidrolizga uchramaydi?
Mavzuga oid tayanch iboralar. 

1. Gidroliz

2. Gidroliz darajasi

3. Gidroliz konstantasi


4. Vodorod ko’rsatkich 

5. Eruvchanlik ko’paytmasi.


Foydalanilgan adabiyotlar: 

1. Rahimov X.R. «Anorganik ximiya», T.: «O’qituvchi»-1984, 146-147 betlar. 


2. Parpiev N.A., Rahimov X.R., Muftaxov A.G. Anorganik kimyo. Nazariy asoslari. - T.:O’zbekiston, 2000. –5-9
b.

3. Axmerov Q, Jalilov A, Sayfutdinov R. Umumiy va anorganik kimyo. - T.:O’zbekiston, 2003.


4. Axmerov K.M., Jalilov A., Ismoilov A. «Umumiy va noorganik ximiya», T.: «O’qituvchi»-1988. 
5. Rasulov K., Yo’ldoshev O., Qorabolaev B. «Umumiy va anorganik kimyo», T.: «O’qituvchi»-1996, 106-108
betlar.

6. Глинка Н.Л. «Общая химия», Л.: Изд. «Химия»-1982, С.251-257.


7. Новиков Г.Л. «Основы общей химии», М.: «Высшая школа»-1988, С.120-121. 



«Umumiy va noorganik kimyo» fanidan ma’ruzalar matnlari. 
53



Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin