Oksidlanish darajasi haqida tushuncha. Biz yuqorida vodorod atomi 1 ta elektron biriktirib olib, vodorod
ioniga aylanadi va suv hosil bo’ladi deb aytdik. Kimyoviy bog’lanish degan temada suvdagi kimyoviy bog’lanish, ionli
xarakterga emas, balki qutbli kovalent bog’lanish xarakteriga ega degan edik. Buni qanday tushunish mumkin? Biz bu
yerda vodorodning valentligi o’zgardi deb qarashimiz mumkin, lekin ba’zi kimyoviy reaksiyalarda elementlarning
valentligi o’zgarmaydi, ammo oksidlanish va qaytarilish jarayonlari sodir bo’ladi:
Shuning uchun shartli ravishda oksidlanish darajasi tushunchasi qabul qilingan:
Kimyoviy birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinganda, uning tarkibidagi element atomining
qo’shni element atomiga bergan yoki undan qabul qilib olgan elektronlar soni shu elementning oksidlanish darajasi
deyiladi.
Birikmalardagi elementlarning oksidlanish darajasi qanday aniqlanadi? HCl, H
2
SO
4
, KNO
3
, Fe(NO
3
)
2
,
Al
2
(SO
4
)
3
, CH
3
-CHO, CH
3
COOH. Oksidlanish darajasini aniqlash uchun birikmadagi elementlarning elektromanfiyli-
giga e’tibor berish zarur.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlovchi va qaytaruvchilar. Element atomlari yoki ionlarining
oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida bir element atomi oksidlanib, albatta ikkinchi element atomi qaytariladi.
Oksidlangan element qaytaruvchi, qaytarilgan element esa oksidlovchi vazifasini o’taydi. Element elektron bersa oksi-
dlanadi, qaytaruvchi bo’ladi va aksincha elektron qabul qilib olsa qaytariladi, oksidlovchi bo’ladi.
Elementlarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari ham D.I.Mendeleevning elementlar davriy siste-
masida davriy ravishda o’zgaradi. Atom og’irligi, shuningdek atomning yadro zaryadi ortib borishi bilan guruhlarda
metallarning oksidlovchilik xususiyati kamayib, qaytaruvchilik xususiyati ortib boradi; metalmaslarning oksidlovchilik
xususiyati kamayib, qaytaruvchilik xususiyati ortib boradi. Davrlarda oksidlovchilik xususiyati ortib, qaytaruvchilik
xususiyati kamayib boradi.
Elementlarning oksidlovchilik yoki qaytaruvchilik xususiyatlari, ularning birikmalardagi oksidlanish darajasiga
ham bog’liq.
Xrom o’z birikmalarida 0, +2, +3 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi, masalan metall Cr
o
, CrO (+2),
Cr
2
O
3
(+3), K
2
Cr
2
O
7
(+6) lardan Cr (0) metali faqat qaytaruvchi; CrO (+2) va Cr
2
O
3
(+3) larda ham oksidlovchi, ham
qaytaruvchi; K
2
Cr
2
O
7
(+6) faqat oksidlovchi xossasiga ega bo’ladi.
Tarkibida qaytariluvchi element bo’lgan moddalar oksidlovchilar, oksidlanuvchi element saklovchi moddalar
qaytaruvchilar deyiladi.
Oksidlovchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini pasaytiradi, qaytaruvchilar tarkibidagi element o’z
oksidlanish darajasini oshiradi.
Muhim oksidlovchilar:
1. Oddiy moddalar: F
2
, Cl
2
, Br
2
, J
2
, O
2
, S.
Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan zarrachalarni hosil
qiladi: F
–
, Cl
–
, Br
–
, J
–
, O
2–
, S
2–
.
2. Kislorodli kislotalar: H
2
SO
4
, HNO
3
va ularning tuzlari: KMnO
4
(kaliy permanganat), K
2
Cr
2
O
7
(kaliy bixro-
mat); xlorning kislorodli kislotalari (HClO, HClO
3
, HClO
4
) va ularning tuzlari (gipoxloritlar, xloratlar va perxloratlar);
ba’zi kislotalarning angidridlari, masalan, CrO
3
(xrom (VI)-oksid), Mn
2
O
7
(marganes (VII)-oksid), O
3
(ozon), H
2
O
2
(vodorod peroksid), metallarning peroksidlari (Na
2
O
2
, CaO
2
) va boshqalar.
3. Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan ionlari, masalan: Fe
3+
,Au
3+
, Cu
2+
, Sn
4+.
Muhim qaytaruvchilar:
1. Metallar, ayniqsa ishqoriy metallar (Li, Na, K va boshqalar ) va ishqoriy-er metallari (Ca, Sr, Ba).
2. Vodorod, uglerod (koks), uglerod (II)-oksid CO.
3. Kislorodsiz kislotalar va ularning tuzlari: gidridlar tarkibidagi vodorod ioni H
–
(NaH, KH, CaH
2
va b.).
Ba’zi moddalar sharoitga qarab ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi vazifasini bajarishi mumkin (masalan,
HNO
2
, H
2
SO
3
).
Dostları ilə paylaş: |