O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan muhandislik–pedagogika instituti «kimyoviy texnologiya»


Oksidlanish darajasi haqida tushuncha



Yüklə 346,19 Kb.
səhifə54/69
tarix28.11.2023
ölçüsü346,19 Kb.
#168776
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69
Namangan muhandislik-pedagogika instituti-fayllar.org

Oksidlanish darajasi haqida tushuncha. Biz yuqorida vodorod atomi 1 ta elektron biriktirib olib, vodorod
ioniga aylanadi va suv hosil bo’ladi deb aytdik. Kimyoviy bog’lanish degan temada suvdagi kimyoviy bog’lanish, ionli 
xarakterga emas, balki qutbli kovalent bog’lanish xarakteriga ega degan edik. Buni qanday tushunish mumkin? Biz bu
yerda vodorodning valentligi o’zgardi deb qarashimiz mumkin, lekin ba’zi kimyoviy reaksiyalarda elementlarning 
valentligi o’zgarmaydi, ammo oksidlanish va qaytarilish jarayonlari sodir bo’ladi:

Shuning uchun shartli ravishda oksidlanish darajasi tushunchasi qabul qilingan:


Kimyoviy birikma batamom ionli tuzilishga ega deb faraz qilinganda, uning tarkibidagi element atomining 

qo’shni element atomiga bergan yoki undan qabul qilib olgan elektronlar soni shu elementning oksidlanish darajasi


deyiladi. 
Birikmalardagi elementlarning oksidlanish darajasi qanday aniqlanadi? HCl, H

2
SO


4

, KNO
3


, Fe(NO

3
)


2

,
Al


2

(SO
4


)

3
, CH

3
-CHO, CH
3
COOH. Oksidlanish darajasini aniqlash uchun birikmadagi elementlarning elektromanfiyli-

giga e’tibor berish zarur.




Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Oksidlovchi va qaytaruvchilar. Element atomlari yoki ionlarining 
oksidlanish darajasi o’zgarishi bilan boradigan reaksiyalar oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari deyiladi.
Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalarida bir element atomi oksidlanib, albatta ikkinchi element atomi qaytariladi. 

Oksidlangan element qaytaruvchi, qaytarilgan element esa oksidlovchi vazifasini o’taydi. Element elektron bersa oksi-


dlanadi, qaytaruvchi bo’ladi va aksincha elektron qabul qilib olsa qaytariladi, oksidlovchi bo’ladi. 
Elementlarning oksidlovchilik va qaytaruvchilik xossalari ham D.I.Mendeleevning elementlar davriy siste-

masida davriy ravishda o’zgaradi. Atom og’irligi, shuningdek atomning yadro zaryadi ortib borishi bilan guruhlarda


metallarning oksidlovchilik xususiyati kamayib, qaytaruvchilik xususiyati ortib boradi; metalmaslarning oksidlovchilik 
xususiyati kamayib, qaytaruvchilik xususiyati ortib boradi. Davrlarda oksidlovchilik xususiyati ortib, qaytaruvchilik
xususiyati kamayib boradi. 
Elementlarning oksidlovchilik yoki qaytaruvchilik xususiyatlari, ularning birikmalardagi oksidlanish darajasiga 

ham bog’liq.


Xrom o’z birikmalarida 0, +2, +3 va +6 oksidlanish darajalarini namoyon qiladi, masalan metall Cr

o
, CrO (+2), 


Cr
2

O


3
(+3), K

2
Cr


2

O
7


(+6) lardan Cr (0) metali faqat qaytaruvchi; CrO (+2) va Cr

2
O



(+3) larda ham oksidlovchi, ham


qaytaruvchi; K
2
Cr

2


O
7
(+6) faqat oksidlovchi xossasiga ega bo’ladi. 

Tarkibida qaytariluvchi element bo’lgan moddalar oksidlovchilar, oksidlanuvchi element saklovchi moddalar 




qaytaruvchilar deyiladi.
Oksidlovchilar tarkibidagi element o’z oksidlanish darajasini pasaytiradi, qaytaruvchilar tarkibidagi element o’z 

oksidlanish darajasini oshiradi.


Muhim oksidlovchilar: 


1. Oddiy moddalar: F

2
, Cl

2
, Br

2
, J

2
, O

2
, S.


Kimyoviy reaksiyalar vaqtida bu moddalar elektronlar biriktirib olib, manfiy zaryadlangan zarrachalarni hosil 


qiladi: F

, Cl


, Br


, J


, O

2–
, S

2–
.


2. Kislorodli kislotalar: H


2
SO

4
, HNO

3
va ularning tuzlari: KMnO
4
(kaliy permanganat), K

2
Cr


2

O
7


(kaliy bixro-

mat); xlorning kislorodli kislotalari (HClO, HClO


3
, HClO

4
) va ularning tuzlari (gipoxloritlar, xloratlar va perxloratlar); 


ba’zi kislotalarning angidridlari, masalan, CrO
3
(xrom (VI)-oksid), Mn

2
O


7

(marganes (VII)-oksid), O


3
(ozon), H

2
O


2

(vodorod peroksid), metallarning peroksidlari (Na


2
O

2


, CaO
2
) va boshqalar. 

3. Metallarning yuqori oksidlanish darajasiga ega bo’lgan ionlari, masalan: Fe


3+
,Au

3+
, Cu

2+
, Sn

4+.


Muhim qaytaruvchilar:
1. Metallar, ayniqsa ishqoriy metallar (Li, Na, K va boshqalar ) va ishqoriy-er metallari (Ca, Sr, Ba). 

2. Vodorod, uglerod (koks), uglerod (II)-oksid CO.


3. Kislorodsiz kislotalar va ularning tuzlari: gidridlar tarkibidagi vodorod ioni H

(NaH, KH, CaH

2
va b.). 


Ba’zi moddalar sharoitga qarab ham oksidlovchi, ham qaytaruvchi vazifasini bajarishi mumkin (masalan, 

HNO
2


, H

2
SO


3

).




Yüklə 346,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin