O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
NAMANGAN MUHANDISLIK –TEXNOLOGIYA INSTITUTI
“Kimyo-texnologiya” fakulteti
“Organik kimyo” fanidan
Bajardi: 1d-21 guruhi talabasi
_____________
Qabul qildi: Hoshimov F
NAMANGAN – 2020 yil
Sikloalkanlar. Tuzulishi izomeriyasi Nomenklaturasi. Fizik xossalari. Tuzulishining Fiziki xususiyati .
Reja:
Sinflanishi va nomlanishi
Izomeriyasi
Olinish usullari
Sikloalkanlar tuzilishi nazariyasi
Fizik va kimyoviy xossalari
Sikloalkanlar kabotsiklik birikmalar sinfiga mansub bo’lib, CnH2n umumiy formula bilan ifodalanadilar. Bu yerda n3 bo’lishi shart. Sikloalkanlarni sikloparafinlar yoki naftenlar deb ham ataladi.
Tuzilishi. Izomeriyasi. sikloalkanlarning tegishli to’yingan uglevodorodlar nomi oldiga siklo- old qo’shimchasi qo’shib hosil qilinadi. Masalan:
siklopropan siklobutan siklopentan
Sikloalkanlar izomerlarining soni tegishli teng uglerod atomlari tutgan alkanlar izomerlari sonidan bir necha marta ko’p. Bunga sabab, ularda struktura (tuzilish) izomeriyasi bilan bir qatorda izomeriyaning boshqa turlarini ham mavjudligidadir.
Masalan: C6H14 tarkibli alkanlar uchun beshta izomer mavjud bo’lsa, C6H12 tarkibli sikloalkanlar uchun mavjud bo’ladigan izomerlarning soni 10 dan ortiqdir.
Halqadagi uglerod atomlarining soniga nisbatan izomeriya:
propilsiklopropan etilsiklobutan
metilsiklopentan siklogeksan
O
’rinbosarlardagi uglerod atomlarining soniga nisbatan izomeriya:
metilpropilsiklopropan dietilsiklopropan
O
’rinbosarlarning halqada tutgan o’rniga nisbatan izomeriya:
1,2-dimetil- 1,3-dimetil- 1,4-dimetil-
siklogeksan siklogeksan siklogeksan
Agar halqada bitta o’rinbosar bo’lsa, unday birikmalar uchun sterioizomeriya mavjud bo’lmaydi. Ikki almashgan sikloalkanlarda geometrik va optik izomerlar mavjud bo’ladi.
Masalan, buni 1,2-dimetil siklopropan misolida ko’radigan bo’lsak:
sis-1,2-dimetilsiklopropan trans-1,2-dimetilsiklopropan
Ikki almashgan barcha sikloalkanlar uchun (geminal tuzilishga ega bo’lganlaridan tashqari) geometrik izomeriya mavjud bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |