Majmuaning asosiy maqsadi – fanning o’qituvchisi tomonidan fanning
mazmunini chuqur nazariy, uslubiy va amaliy tarzda talabalarga yetkazish va
o’quvchining fanni mukammal o’zlashtirishi uchun zarur bo’lgan asosiy o’quv-
uslubiy va axborot-resurs manbaini yaratish hisoblanadi.
O’quv-uslubiy majmua “Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)” ta’lim
yo’nalishlari uchun mo’ljallangan bo’lib, quyidagi tarkibiy tuzilishga ega:
fanning me’yoriy-uslubiy ta’minoti,
fanning mazmuni va axborot-resurs ta’minoti,
fanni o’qitishning interaktiv texnologiyalari,
talabalarning bilimini baholash uslubiyoti,
qo’shimcha elektron ta’lim resurslarini o’z ichiga olgan.
Ilg’or xorijiy tajribalar bilan uzviylik. Mazkur majmua ilg’or xorijiy tajribalarni keng o’rganish, umumlashtirish va
undan ta’lim va tadqiqotlar jarayonida samarali foydalanish mahsulidir.
Belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida ta’lim va tadqiqotlarning
mazkur axborot-resurs manbaini ishlab chiqishda Meriland Universiteti, Arkanzas
Universiteti, Montana davlat universiteti, Oxoyo davlat universiteti, Oksford
Universiteti, Bat Universiteti va London Metropoliten Universiteti (Buyuk
Britaniya), Bremerxafen Universiteti (Germaniya), Vaseda Universiteti (Yaponiya),
Kemyong Universiteti (Koreya Respublikasi), SHanxay Universiteti (XXR) va
boshqa yetakchi xorijiy universitetlar boy ijobiy tajribasidan samarali foydalanildi.
Majmuani takomillashtirish masalalari. Elektron o’quv-uslubiy majmua o’quv yili mobaynida xalqaro va milliy
iqtisodiyot tizimidagi o’zgarishlar va tendentsiyalar, yangi qabul qilingan qonunlar,
ularga kriritilgan o’zgartirishlar, farmonlar va qarorlarni, xorijda va respublikada
chop etilgan yangi o’quv va ilmiy adabiyotlarni, fan-texnika va texnologiya
borasida erishilgan yangi yutuqlarni hisobga olgan holda muntazam
takomillashtirilib boriladi.