O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

3.3. Agrosanoat majmuasi uchun ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi 
sohaning hozirgi holati va rivojlanish yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi 1-sohasining ayrim tarmoqlari yaxshi 
rivojlangan. Jumladan, kimyo sanoati agrosanoat majmuasi 1-sohasining nisbatan kuchli 
rivojlangan tarmog’i sanaladi. Respublika eksportida kimyo sanoatining ulushi 5-7 foizni 
tashkil etmoqda.
Respublikamizda asosan azotli va fosforli ma’danli o’g’itlar ishlab chiqarilar edi. 
Kaliyli o’g’itlar ishlab chiqarish uchun maxsus zavodlarning yo’qligi tufayli bu turdagi 
o’g’itlarni asosan import qilinar edi. Mustaqillik yillarida Qashqadaryo viloyatining 
Dehqonobod tumanida kaliyli o’g’it ishlab chiqarish zavodi tashkil etildi va yiliga 120 ming 
tonnadan ortiq mahsulot ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi.
Respublikada mamlakat agrosanoat majmuasining 1-sohasiga kiruvchi traktorsozlik, 
paxta terish mashinalari ishlab chiqarish tarmoqlari yaxshi rivojlangan. O’zbekiston 
Respublikasi paxta terish mashinalarini komples holda ishlab chiqaradigan ikki davlatning 
biri hisoblanadi.
Respublikada qishloq xo’jaligi mashinasozligi mamlakat sanoatining asosiy 
tarmoqlaridan biri hisoblanadi. Mamlakatda 300 dan ortiq qishloq xo’jaligi mashinalar va 
ularning butlovchi qismlarini ishlab chiqaruvchi sanoat korxonalari bor. Ayniqsa, paxta 


50 
terish mashinalari va agregatlari ishlab chiqarish tizimi yaxshi rivojlangan. Paxta terish 
mashinalari bilan bog’liq barcha mexanizmlar O’zbekistonda ishlab chiqariladi. 
Mamlakatda ishchi mashinalar – pluglar, ekish agregatlari, chizellar, boronalar va ko’plab
turdagi ish qurollari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Albatta, ularning sifatini 
yaxshilash talab qilinadi.
Respublikada don o’rish kambaynlari, maxsus avtomobillar kabi juda zarur vositalar 
ishlab chiqarish tarmoqlari hali tashkil etilmagan. Ular respublikada ishlab chiqarish uchun 
Germaniya davlati bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilmoqda. 
Respublika agrosanoat majmuasining birinchi sohasini rivojlantirish juda murakkab 
bo’lib, bu katta mablag’ va vaqtni talab qiladi.
Respublikada mavjud holatni chuqur o’rganib hamda agrosanoat majmuasi 
tarmoqlarining talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar lizingi rivojlantirilmoqda. Lizing 
yo’li bilan chetdan eng zarur asosiy vositalar keltirilmoqda. Masalaning bu tariqa hal etilishi 
ham malakat iqtisodiyoti ayniqsa, qishloq xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega. 
Xulosa qilib aytganda, respublikada agrosanoat majmuasi 1-sohasining rivojlanishi 
talab darajasida yuqori emas. SHu sababli, bu sohani rivojlantirish mamlakat hukumati 
iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin