53
Mevalar – 15%, sabzavot – 10%, poliz mahsulotlari – 5%, uzum – 23%, teri –
26%, jun – 15%, go’sht – 25%, sut – 5%, paxta xomashyosi – 25%.
Rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda yalpi mahsulotni
yetishtirishda kichik va
o’rta korxonalar salmog’i 60-70% tashkil etmoqda. O’zbekiston Respublikasida yalpi
mahsulotni yetishtirishda kichik korxonalarni salmog’i 1991 yilda 1,5% tashkil etgan bo’lsa,
2000 yilga kelib u 31%ni 2015 yil yakunlarga ko’ra 56,7 foizni tashkil etdi.
Qishloq xo’jalig mahsulotlarani saqlash va qayta ishlash bo’yicha Markaziy Osiyo
davlatlari xalqlari uzoq yillik tajriba va bilimga ega. Qishloq xo’jaligi mahsulotlarini
saqlash va qayta ishlash masalalari bo’yicha Markaziy Osiyoda 9-12 asrlarda bir qator
asarlar paydo bo’lgan. Ibn Al Xaysam (965-1035), Ibn Xatib ar Roziy (1149-1209), Ibn
Rashta (12-asr), Xazrad Mashhadiy Sayid Muhammad (12-asr) kabilarning asarlarida
qishloq ho’jalik
mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash haqida ma’lumotlar berilgan.
Yuqoridagilardan ko’rinib turibdiki, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini qayta ishlash va
saqlash masalalari juda qadimdan o’rganilgan va yillar o’tishi bilan takomillashib rivojlanib
borgan.
Dostları ilə paylaş: