O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

4.3. Agrosanoat majmuasining qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlovchi, saqlovchi, 
qayta ishlovchi va tayyor mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib beruvchi sohasining 
hozirgi holati va rivojlantirish yo’nalishlari 
 
O’zbekiston Respublikasida agrosanoat majmuasining 3-sohasi nisbatan yaxshi 
rivojlangan. Jumladan, agrosanoat majmuasining 3-sohasiga kiruvchi meva va savzavotlarni 
qayta ishlash sanoati jadal va barqaror rivojlanmoqda. O’zbekiston Respublikasida oziq-
ovqat sanoati ham yaxshi rivojlangan tarmoqlar qatoriga kiradi. Respublika oziq-ovqat 
sanoati quyidagi tarmoqlarni o’z ichiga oladi: 

bevosita qishloq xo’jaligi mahsulotlarani qayta ishlash tarmoqlari. Bularga: un-krupa, 
yog’-moy, kraxmal, sut, go’sht, choy, shakar, vinochilik uchun xomashyo mahsulotlarni 
tayyorlash sanoati kabi tarmoqlar kiradi; 

oziq-ovqat sanoati korxonalarining mahsulotlaridan keng foydalangan holda qishloq 
xo’jaligi mahsulotlarani ishlab chiqaruvchi tarmoqlar. Bularga: mevasabzavot sanoati 
korxonalari, sut va go’sht mahsulotlaridan konservalar ishlab chiqaruvchilar, pivo va vino 
ishlab chiqarish sanoati korxonalari kiradi; 

non va non mahsulotlari, makaron, salqin ichimliklar, qandolatchilik, kolbasa, 
rafinadlangan qand, oziq-ovqat kontsentratlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar; 

baliq va boshqa suv hayvonlari mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar;

Tuz ishlab chiqarish korxonalari. 
O’zbekiston keyingi yillarda vaqtinchalik baliq va boshqa suv hayvonlari 
mahsulotlarini qayta ishlovchi statsionar korxonalar tugatilgan. Albatta keyinchalik bozor 
talabi va mavjud iqtisodiy sharoit ushbu korxonalarning istiqbolini belgilaydi. 
1991 yilda mamlakat yalpi ichki mahsulotida sanoatning ulushi 9 foizni tashkil etgan 
bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 24,1 foizni 2015 yil yakunlariga ko’ra 25,2 foizni tashkil 
etdi. 2016 yilning birinchi yarim yilligida sanoatning ulushi 33,5 foizga yetdi.
2004 yilda mamlakatda ishlab chiqarilayotgan jami sanoat mahsulotlarining 13,2 foizi 
oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarilgan bo’lsa 2014 yilda bu ko’rsatkich 15,1 foizni tashkil 
etdi.
Mamlakatda juda katta yog’-moy ishlab chiqarish quvvatlari tashkil etilgan. Bu sohada 
asosiy muammo yog’-moy ishlab chiqarish uchun homashyoning nisbatan yetishmasligidir. 
Demak respublikada moy beradigan ekinlarni ko’paytirish maqsadga muvofiq. 


54 
Respublikada, ayniqsa, go’shtni, sutni qayta ishlash sanoatining quvvati juda katta. 
Lekin keyingi yillarda chorvachilikning to’liq xususiylashtirilishi yirik chorva fermalarining 
tugatilishiga olib keldi. Natijada sutni va go’shtni qayta ishlaydigan yirik zavodlar yil 
davomida deyarli bekor qola boshladi. Bu, quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda:

sohada ishlaydigan ishchi, xodimlarning asosiy qismi o’z ishlarini o’zgartirishlariga 
majbur bo’lishmoqda yoki ularning vaqtincha ishsiz qolishlariga sabab bo’lmoqda; 

davlat byudjetiga to’lanadigan soliq va boshqa to’lovlarning shu soha bo’yicha 
kamayishga olib kelmoqda; 

chova mollarini go’shtga so’yish natijasida olinadigan ayrim xomashyoning (ikkinchi 
darajali mahsulotlar: qon, ichki bezlar, birinchi qorin bo’shlig’ida bo’ladigan yem-
xashak, suyak kabi mahsulotlar) nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda; 
Hozirda mamlakat go’sht zavodlari quvvatidan foydalanish 4-18, sut zavodlari 
quvvatlaridan foydalanish darajasi 25-62 (turli viloyatlar va korxonalarda turlicha) foizdan 
oshmaydi. Demak, bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’p. Respublikada mavjud 
qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq va samarali 
foydalanishning mo’’tadil yechimlarini topish ustida ilmiy va amaliy ishlar olib borilishi 
zarur. 
2014 yilda yengil sanoat respublika sanoatida 14,1 foizni tashkil etdi. Hozirda asosiy 
e’tibor o’zimizda yetishtirilayotgan homashyoni 3-4 bosqichda qayta ishlash vazifasi 
tkribdi. Bu paxta tolasi bo’yicha bir so’mlik homashyo o’rniga 7 so’mlik tayyor mahsulot 
ishlab chiqarishni ta’minlaydi va mamlakatdagi ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni 
yaxshilash imkoni beradi. Bu O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotni 
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlardan bo’lib, hozirda ushbu masalaga ustivorlik statusi 
berilgan.
Yuqoridagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublika agrasanoat 
majmuasida yetishtirilgan paxta tolasi dunyo talablariga to’liq javob beradigan sifat 
ko’rsatkichlariga ega bo’lmoqda.



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin