58
Xizmat bozorida raqobat muhitini rivojlantirish agrosanoat
majmuasi ishlab chiqarish
infratuzilmasini rivojlantirishning boshqa bir yo’nalishidir. Bu eng katta ahamiyatga ega
yo’nalishlardan biridir. Raqobatning bo’lmasligi ko’rsatilyotgan xizmatlar narxning
yuqori bo’lishini ta’minmoqda. Ko’rsatilayotgan xizmatlarning
sifatining pastligi ham
raqobat yo’qligidan yoki uning deyarli yo’qligadandir. Masalan, hozirda yurtimizda 112
ta muqobil mashina – traktor parklari mavjud. Lekin ularning texnik imkoniyatlari juda
past bo’lganligi sababli, qishloq xo’jaligi korxonalari asosan,
davlat aktsiyadorlik
jamiyatlari maqomida tashkil etilgan 180 ta mashina-traktor parki xizmatlaridan
foydalanishga majburdirlar;
Xizmat ko’rsatish sohasida katta imkoniyatlar xo’jaliklarning o’zlari
tomonidan
birgalikda tashkil etiladigan “ittifoq”lardadir. Masalan, texnikadan birgalikda
foydalanish ittifoqlarini tashkil etish masalasi ijobiy natijalar
berishi mumkinligiga
qarmasdan bu soha rivojlangan emas. Bunga asosiy sabab xo’jaliklarni boshqarayotgan
rahbarlarda bunday ishlarga tajriba, bilim yo’qligidadir. Agarda
ittifoq tuzilgan holda
ham uni tashkil etgan barcha xo’jaliklar uchun undagi texnikadan samarali foydalanish
bo’yicha manfaatli tartib – qoidalar ishlab chiqilmagan. Demak, bu boradagi ishlarni
rivojlantirish zarur.
Dostları ilə paylaş: