O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə114/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

Agrosanoat majmuasi
– qishloq xo’jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash, 
qayta ishlash, saqlash va iste’molchilarga yetkazib berish maqsadida, o’zaro texnologik va 
xo’jalik aloqalar bilan bog’langan iqtisodiyotning tarmoqlari va xizmatlari yig’indisidan 
iborat, yagona maqsad yo’lida ishlaydigan majmuadir. Agrosanoat majmuasi murakkab 
tarkibga ega. Unga agrosanoat majmuasiga kiruvchi tarmoqlaga ishlab chiqarish vositalari 
ishlab chiqaradigan yirik sanoat korxinalari (qishloq xo’jaligi mashinasozligi sanoati, 
omuxta yem ishlab chiqarish sanoati, meneral o’g’itlar ishlab chiqaruvchi zavodlar,
kimyoviy vositalar va qishloq xo’jaligi maqsadlari uchun dori-darmonlar ishlab chiqaruvchi 
korxonalar), qishloq xo’jaligining o’zi, qishloq xo’jaligi mahsulotlarini tayyorlaydigan 
korxona va tashkilotlar, qishloq xo’jaligi mahsulotlarin qayta ishlovchi korxonalar, ularni 
saqlaydigan, tashiydigan va tayyor mahsulotni iste’molchilarga yetkazib beradigan ulgurji 
va chakani savdo tashkilotlari kiradi. Bundan tashqari agrosanoat majmuasi mo’’tadil 
ishlashini ta’minlaydigan ko’p tarkibli xizmat ko’rsatish infratuzilmasiga ham egadir. 
Agrosanoat majmuasi agrosanoat integratsiyasining mahsuli sifatida shakllanadi. 
Agrosanoat integratsiyasi
– sanoat va qishloq xo’jaligi tarmoqlarining iqtisodiy 
munosabatlarning chuqurlashishi asosida bir butun tizimga aylanishi. Uning asosini 
iqtisodiy, fan va texnika, texnologiya va boshqa xo’jalik imkoniyatlarini birlashtirish orqali 
ishlab chiqarish va mehnatning umumlashtirilishi tashkil etadi. Agrosanoat 
integratsiyasining rivojlanishi qishloq xo’jaligiga sanoatning kirib kelishini, qishloqning 
iqtisodiy va ijtimoiy masalalarini optimal yetish imkoniyatini kuchaytiradi.
Agrotexnologiya
– dehqonchilik texnologiyasi, qishloq xo’jalik ekinlarini 
yetishtirish usullari tizimi. Agrotexnologiyaning nazariy asosi agronomiya hisoblanadi. 
Agrotexnologiya quyidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi: tuproqqa ishlov berish; almashlab 
ekish; o’g’itlar solish; urug’likni ekishga tayyorlash; ekish; ekinlarni parvarishlash; begona 
o’tlar, kasalliklar va hasharotlarga qarshi kurash; hosilni yig’ib olish. Bu tadbirlarning har 
biri o’z navbatida agrotexnologiya usullari yig’indisidan iborat. Masalan, yerni haydash
tekislash, boronalash va ekishga tayyorlash usullari tuproqqa ishlov berish 
texnologiyasining asosini tashkil etadi. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   110   111   112   113   114   115   116   117   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin