O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)
1.2. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fanining predmetini o’rganish usullari Barcha fanlar o’z o’rganish predmetiga ega. Ular o’z predmetlarini o’rganishda turli
tuman usullardan foydalanadilar.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani o’z predmetini o’rganishda quyidagi
muayyan usullardan ko’proq foydalanadi. Fan o’z predmetini o’rganishda foydalanadigan
usullarni ikki guruhga bo’lish mumkin. Birinchi guruhga o’rganishning umumfan usullari
kiradi. Bu usullarga: ilmiy abstraktsiya, induktsiya, deduktsiya, qiyosiy tahlil, tarjiba, faraz,
kabilar kiradi. Ikkinchi guruhga maxsus usullar kiradi. Bularga: monografik tadqiqotlar,
iqtisodiy–matematik modellashtirish, iqtisodiy tahlil va sintez, iqtisodiy taqqoslash,
iqtisodiy-statistik, balans, hisob konstruktorlik kabi usullar kiradi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani tarixiy fandir. U o’z shakllanish va rivojlanish
tarixiga ega. Fanning muammolarini o’rganish juda qadim davrlarga borib qadaladi. Lekin
alohida fan sifatida shakllanganiga uncha katta vaqt bo’lgan emas. Adabiyotlarda
“agrosanoat integratsiyasi”, “agrobiznes”, “agrosanoat majmuasi” tushunchalarining paydo
bo’lishi 1950 yillar oxiriga to’g’ri keladi. “Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” alohida fan
sifatida 1960 yillardan boshlab o’rganila boshlandi. Bizning mamlakatimizda bu fan 1970
yillarning o’rtalarida shakllandi va mutaxassislar tomonidan o’rganilib, rivojlantirilmoqda.
Fan o’z predmetini o’rganishda tarixiy–dealektik rivojlanish usulidan ham keng
foydalanadi. Bunda majmuaga kirgan bir tarmoqda yuz bergan o’zgarish uning boshqa
tarmoqlari foliyatida o’z aksini topishi doimiy hisobga olinib turiladi. Demak, “Agrosanoat
majmuasi iqtisodiyoti” fani boshqa iqtisodiy fanlar kabi iqtisodiyotda yuz berayotgan
barcha o’zgarishlarni bir-biriga bog’liq holda o’rganadi.