42
nima ishlab chiqarish lozim degan masalaning yechimini topish ustida ilmiy asaslangan
fikrlar yuritadi.
2.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlardan qancha va qanday ishlab
chiqarish kerak degan savolga ham javob izlaydi. Bu savolga javob topish uchun mamlakat
o’z resurslarining qancha qismini ushbu ne’matlarni yaratishga ajrata olishini ham hisobga
olish kerak bo’ladi. Yechimlar uzoq yoki qisqa muddar uchun bo’lishidagi farqlarni hisobga
olishni o’rgatadi.
3.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani ne’matlarni kim uchun, qaysi muddatlarda
ishlab chiqarish lozim degan savolga ham javob izlaydi. Agrosanoat majmuasi
mahsulotlariga bo’lgan talabni o’rganish masalalarini tahlil qiladi va tegishli qarorlar qabul
qilish bo’yicha ilmiy asoslangan ishlanmalar chiqarish usullarini o’rgatadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani har bir tarmoq iqtisodiyotini alohida-alohida
emas, balki ulardan har biriga tegishli ma’lumotlar asosida oxirgi mahsulot ishlab
chiqarishni ko’paytirish, uning tannarxini pasaytirish, mehnat unumdorligini oshirish va
mahsulotlar sifatini yaxshilashni ta’minlovchi mexanizmni yaratish nuqtai nazardan
o’rganadi.
“Agrosanoat majmuasi iqtisodiyoti” fani “Iqtisodiy nazariya”, “Mikroiqtisodiyot”,
“Makroiqtisodiyot”, “Marketing”, “Menejment”, “Iqtisodiy statistika”, Iqtisodiy
geografiya”, “Mintaqa iqtisodiyoti”, “Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti”, “Korxona
iqtisodiyoti”, “Mehnat iqtisodiyoti” kabi qator fanlar bilan uzviy bog’liq. Fan juda ko’plab
iqtisodiy fanlar bilan uzviy bog’liq holda rivojlanadi va ularda erishilgan yutuqlar bilan
boyib boradi, o’z navbatida, boshqa iqtisodiy fanlarning rivojiga ham salmoqli hissa
qo’shadi.
Dostları ilə paylaş: