64
qilish uchun oila boshlig’iga berilgan tomorqa yer uchastkasida qishloq xo’jaligi mahsuloti
yetishtiradi va realizatsiya qiladi”
2
.
Dehqon xo’jaliklarining faoliyati 1998 yilda qabul qilingan O’zbekiston
Respublikasining “Dehqon xo’jaligi to’g’risida”gi qonuni asosida olib borilmoqda. Dehqon
xo’jaliklari qonunda belgilangan tartibda yuridik shaxs maqomini olishi mumkin.
Yuridik
shaxs maqomini olgan dehqon xo’jaligida ishlayotganlar ixtiyoriy ravishda O’zbekiston
Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi huzuridagi Pensiya
jamg’armasiga badallar to’lab borishlari mumkin. SHunday hollarda Pensiya
jamg’armasining tuman bo’limlarida ularga mehnat daftarchasi
belgilangan tartibda
yuritiladi.
Dehqon xo’jaliklari qishloq aholisini ijtimoiy foydali mehnatga va tadbirkorlikka
jalb etish yordamida qishloq joylardagi (aholi uy xo’jaligidagi) resurslardan samarali
foydalanish maqsadida tashkil etilmoqda. Dehqon xo’jaliklari aholining ish bilan bandligini
oshiradi, qishloq xo’jaligi mahsulotlari ishlab chiqarishni ko’payishiga olib keladi. Natijada,
mamlakatning qishloq xo’jaligi mahsulotlarini eksport salohiyatini
oshiradi va oziq-ovqat
xavfsizlini ta’minlashda ijobiy rol o’ynaydi.
Dehqon xo’jaligi qishloq xo’jaligi sohasida faoliyat yurituvchi kichik tadbirkorlik
shakllaridan biri sifatida bir qator afzalliklarga ega. Bu afzalliklarga quyidagilarni kiritish
mumkin:
1.
ishlab chiqarish hajmining kichikligi tufayli bozordagi talab va taklifning o’zgarishiga
nisbatan tez moslashadi hamda ko’p mablag’
sarflamay, o’z faoliyati yo’nalishlarini
qayta tashkil eta oladi;
2.
xalqimizda qadimdan shakllanish kelayotgan dehqonchilik madaniyatini avloddan-
avlodga o’tkazish imkonini beradi;
3.
oila a’zolari mehnatiga tayanish uy bekalari, qariyalar
va bolalar mehnatidan ham
unumli foydalanish imkonini yaratadi;
4.
xususiy mulk egaligi hamda yerning meros qilib qoldirish huquqi bilan umrbod egalikka
berilishi mulkdan (erdan) samarali foydalanish uchun imkon beradi;
5.
yosh avlod uchun katta tarbiya maktabi rolini o’ynaydi.
2
Ўзбекистон Республикасининг “Деҳқон хўжалиги тўғрисида”ги қонуни. –Т.: Ўзбекистон, 1998. 3б.