47
2.4. Agrosanoat majmuasini rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasida mustaqillik yillarida quyidagi
o’zgarishlar yuz berdi:
1.
Bozor iqtisodiyoti munosabatlarini yuzaga kelishiga imkon beruvchi huquqiy baza
yaratildi va takomillashtirilib kelinmoqda (qonunlar, farmon va qarorlar, me’yoriy
hujjatlar);
2.
Mulkiy munosabatlar rivojlantirildi va ko’pukladli iqtisodiyot yuzaga keltirildi.
Davlat, kooperativ, shaxsiy mulk qatoriga xususiy mulk qo’shildi. Xususiy mulk esa bozor
munosabatlarining asoslaridan biri sanaladi.
3.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllari vujudga keldi.
Agrofirmalar, fermer xo’jaliklari, dehqon xo’jaliklari shalkida tashkil etildi. Tarmoqda
yetishtirlayotgan mahsulotlarining 99,6 foizi nodavlat sektorda ishlab chiqarilmoqda.
4.
Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini qo’llab-quvvatlash maqsadida keng iqtisodiy
dastak va instrumentlar joriy etildi. Bular: soliq, kreditlash, lizing, melioratsiya va
irrigatsiya tadbirlari uchun davlat byudjetidan ajratmalarda, eksport va bojxona
yengilliklarida o’z aksini topmoqda.
5.
Agrosanoat majmuasining ilmiy ta’minoti, kadrlar bilan ta’minlanishi davlat
xarajatlari hisobidan amalga oshrilmoqda.
6.
Yangicha fikrlaydigan tadbirkorlar qatlami shalklandi va ularning safi kengayib
bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi agrosanoat majmuasi tarmoqlari oldida quydagi asosiy
maqsadli vazifalar turibdi.
1.
Mahsulotlar miqdorini ko’paytirish va assortimentini yaxshilash (ishlab chiqarishni
diversifikatsiyalash).
2.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarningsifatining yuqori va tannarxini past
bo’lishini ta’minlash.
3.
Mamlakat agrosanoat majmuasi tarmoqlarida, ayniqsa, qishloq xo’jaligida, mehnat
unumdorligini oshirish.
4.
Majmua tarmoqlarini bir-biri bilan, o’zaro mutanosib holda rivojlanishini
ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: