50
terish mashinalari va agregatlari ishlab chiqarish tizimi yaxshi rivojlangan. Paxta terish
mashinalari bilan bog’liq barcha mexanizmlar O’zbekistonda ishlab chiqariladi.
Mamlakatda ishchi mashinalar – pluglar,
ekish agregatlari, chizellar, boronalar va ko’plab
turdagi ish qurollari ishlab chiqarish ham yo’lga qo’yilgan. Albatta, ularning sifatini
yaxshilash talab qilinadi.
Respublikada don o’rish kambaynlari, maxsus avtomobillar kabi juda zarur vositalar
ishlab chiqarish tarmoqlari hali tashkil etilmagan. Ular respublikada ishlab chiqarish uchun
Germaniya davlati bilan hamkorlik ishlari yo’lga qo’yilmoqda.
Respublika agrosanoat majmuasining birinchi sohasini rivojlantirish
juda murakkab
bo’lib, bu katta mablag’ va vaqtni talab qiladi.
Respublikada mavjud holatni chuqur o’rganib hamda agrosanoat majmuasi
tarmoqlarining talablaridan kelib chiqib, asosiy vositalar lizingi rivojlantirilmoqda.
Lizing
yo’li bilan chetdan eng zarur asosiy vositalar keltirilmoqda. Masalaning bu tariqa hal etilishi
ham malakat iqtisodiyoti ayniqsa, qishloq xo’jaligi uchun muhim ahamiyatga ega.
Xulosa qilib aytganda, respublikada agrosanoat majmuasi 1-sohasining rivojlanishi
talab darajasida yuqori emas.
SHu sababli, bu sohani rivojlantirish mamlakat hukumati
iqtisodiy siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida belgilangan.