54
Respublikada, ayniqsa, go’shtni, sutni qayta ishlash sanoatining quvvati juda katta.
Lekin keyingi yillarda chorvachilikning to’liq xususiylashtirilishi yirik chorva fermalarining
tugatilishiga olib keldi. Natijada sutni va go’shtni qayta ishlaydigan yirik zavodlar yil
davomida deyarli bekor qola boshladi. Bu, quyidagi salbiy oqibatlarni keltirib chiqarmoqda:
sohada ishlaydigan ishchi, xodimlarning asosiy qismi o’z ishlarini o’zgartirishlariga
majbur bo’lishmoqda yoki ularning vaqtincha ishsiz qolishlariga sabab bo’lmoqda;
davlat byudjetiga to’lanadigan soliq va boshqa to’lovlarning shu soha bo’yicha
kamayishga olib kelmoqda;
chova mollarini go’shtga so’yish natijasida olinadigan ayrim xomashyoning (ikkinchi
darajali mahsulotlar: qon,
ichki bezlar, birinchi qorin bo’shlig’ida bo’ladigan yem-
xashak, suyak kabi mahsulotlar) nobud bo’lishiga sabab bo’lmoqda;
Hozirda mamlakat go’sht zavodlari quvvatidan foydalanish 4-18, sut zavodlari
quvvatlaridan foydalanish darajasi 25-62 (turli viloyatlar va korxonalarda turlicha) foizdan
oshmaydi. Demak, bu borada qilinishi lozim bo’lgan ishlar ko’p. Respublikada mavjud
qayta ishlash korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq
va samarali
foydalanishning mo’’tadil yechimlarini topish ustida ilmiy va amaliy ishlar olib borilishi
zarur.
2014 yilda yengil sanoat respublika sanoatida 14,1 foizni tashkil etdi. Hozirda asosiy
e’tibor o’zimizda yetishtirilayotgan homashyoni 3-4 bosqichda qayta ishlash vazifasi
tkribdi. Bu paxta tolasi bo’yicha bir so’mlik homashyo o’rniga 7 so’mlik tayyor
mahsulot
ishlab chiqarishni ta’minlaydi va mamlakatdagi ko’plab iqtisodiy va ijtimoiy masalalarni
yaxshilash imkoni beradi. Bu O’zbekiston Respublikasi uchun iqtisodiyotni
rivojlantirishning asosiy yo’nalishlardan bo’lib, hozirda ushbu
masalaga ustivorlik statusi
berilgan.
Yuqoridagi amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida respublika agrasanoat
majmuasida yetishtirilgan paxta tolasi dunyo talablariga to’liq javob beradigan sifat
ko’rsatkichlariga ega bo’lmoqda.