57
ta’mirlashga, 2,2%
transport xizmatlarga, 1% ma’danli o’g’itlarni kiritish va o’simliklarni
zararkunandalarga qarshi kimyoviy kurashiga, 0,2% chorvachilik fermalariga texnik xizmat
ko’rsatishga va 13,5% boshqa turdagi xizmatlar ulushiga mos kelmoqda.
Mamlakat agrosanoat majmuasi infratuzilmasi juda katta ahamiyatga ega. CHunki,
infratuzilmasiz agrosanoat majmuasida mo’’tadil faoliyat yuritishi mumkin emas.
Infratuzilmasi agrosanoat majmuasida ishlab chiqarishning uzliksiz tashkil etilishini
ta’minlaydi. Agarda har bir korxona barcha ish va xizmatlarni o’zi bajarishga harakat qilsa,
bu juda qimmatga tushadi. Ko’p holatlarda buni amalga oshirish mumkin ham emas.
Masalan, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishni tashkil etish uchun urug’lik, yoqilgi – moylash
materallari, ma’danli o’g’itlar, turi kimyo mahsulotlari,
dori-dormonlar, elektr, suv
ta’minoti, kadrlar yetishtirish, aloqa xizmatlari ko’rsatish, xo’jalikda mavjud texnikalarni
ta’mirlash ishlari va boshqalarni olaylik. Bu ish va xizmat turlarini bir xo’jalik
bajarishi
uchun qanchadan qancha mutaxassis, transport, texnikalar va boshqa resurslar kerak bo’ladi.
Bu xizmatlarni tashkil etish uchun xo’jalikda na mutaxassislar, na moliyaviy resurslar
yetarli. CHunki, ayrim xizmat turlari ta’minoti bir xo’jalik uchun emas, balki o’n, yuzlab va
minglab tashkilotlarga xizmat ko’rsatadi. Masalan, elektr bilan ta’minlash va h.k. Ularni har
bir xo’jalik o’zi aholida tashkil eta olmaydi. SHu sababli ham
bu ish va xizmat turlari
aholida mustaqil tizimlarni tashkil etadi.
Agrosanot majmuasi infratuzilmasi iqtisodiyotda katta o’rinni egallaydi. Eng avvalo,
bu ish va xizmatlar ishlab chiqarishning rivojlanishiga olib keladi. Iqtisodiyot rivojlangan
sari esa, infratuzilma xizmatlariga talab ortadi. Natijada, ishlab chiqarishning samaradorligi
oshadi. Mehnatga layoqatli aholining katta qismi infratuzilmaga ish joylashadi. Iqtisodiyoti
rivojlangan davlatlarda jami ishlayotganlarning 60-70 foizi xizmat ko’rsatish
tizimida
ishlaydi. Bizda esa bu ko’rsatkich 40 foizdan kamroq. Natijada qishloq xo’jaligi korxonalari
o’ziga xos bo’lmagan ko’pgina xizmat turlarini o’zlari bajaradilar.
Dostları ilə paylaş: