66
1). Yer tabiatda chegaralangan. Uni insoniyat xohlaguncha ko’paytirish imkoniga ega
emas.
2). Yer – tabiat mahsuli. Bu ham bizning oldimizga qator vazifalarni qo’yadi. Uni
yaratishda inson mehnati aralashmagan. Albatta bozor munosabatlari
talablaridan kelib
chiqib yerning bahosi shakllanadi. Lekin bu baho uning haqiqiy narxi qancha ekanligini
aniq belgilay olmaydi. Yerni oldi-sotdi jarayonlarida bu xususiyalarni hisobga olish lozim.
Bozor munosabatlarining rivojlanishi yerni oldi-sotdi ob’ektiga aylantiradi. Bundan tashqari
yerlarni iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanish uchun qishloq xo’jaligidan ajratib beryotganda
uning narxini bilish ijobiy ahamiyatga ega. Imkoni boricha qishloq xo’jaligidan yer boshqa
sohalar uchun ajratilganda past unumli, qishloq xo’jaligi uchun qimmati past yerlardan
ajratish maqsadga muvofiq. SHu sababli yerning bozor narxini aniqlash tartibi mavjud.
Yerning narxi quyidagi formula yordamida aniqlanadi.
100
х
Сф
Ерр
Ерн
Bunda: Yer n – yerning narxi, so’m;
Er r – yer rentasi, so’m;
Sf - ssuda foizi.
3). Yer abadiy ishlab chiqarish vositasidir. Bu degani yerdan o’z bilganimizcha
abadiy foydalanish mumkin degani emas.
4). Turli joylarda mavjud
yer maydonlari turli sifatga, ya’ni unumdorlikka ega.
Yerning tabiiy, sun’iy va iqtisodiy unumdorligi bir – biridan farqlanadi.
5). Yerni bir joydan ikkinchi joyga ko’chirish mumkin emas.
Bularning barchasi mavjud yerlarda qaysi ekin turlarini joylashtirish, texnikaning
qanday turlaridan foydalanish va ishlab chiqarishning hajmi qanday bo’lishi maqsadga
muvofiqligi to’g’risida inkor etib bo’lmaydigan talablarni keltirib chiqaradi.
Er to’g’risidagi asosiy ma’lumotlar Davlat yer kadastrida mujassam etiladi. Davlat yer
kadastri quyidagilarni o’z ichiga oladi:
erdan foydalanuvchilarni davlat ro’yxatiga olish;
erni miqdor va sifat jihatdan uchetga (hisobga) olish;
erni baholash (tuproq bonitirovkasi va iqtisodiy baholash).
Dostları ilə paylaş: