O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


 Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari



Yüklə 5,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/124
tarix05.12.2023
ölçüsü5,02 Mb.
#173167
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n (2)

8.3. Yerdan foydalanish darajasi va samaradorligini oshirish yo’llari 
 
O’zbekiston Respublikasida yer va suv resurslari umummilliy boylik hisoblanadi. 
O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 55-moddasida “Er, yer osti boyliklari, suv 
o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummilliy boylikdir, ulardan 
oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”

deb belgilab qo’yilgan. 
O’zbekiston Respublikasida yerdan foydalanish bilan bog’liq huquqiy munosabatlarni 
1998 yil 30 aprelda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasining “Er kodeksi” bilan 
tartibga solinadi. Respublikada yer resurslaridan foydalinishni samarali yuritish maqsadida 
1998 yil 24 iyulda O’zbekiston Respublikasi Yer resurslari davlat qo’mitasi tashkil etildi.
Er va suv resurslaridan foydalanish darajasi va samarasini oshirish quyidagi 
yo’nalishlarda amalga oshiriladi:

Eng avvalo, qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini yer va suv resurslarining talabi va 
imkoniyatidan kelib chiqqan holda joylashtirish lozim.

Erlarning bir sifat holatidan ikkinchi holatga o’tishi umumiy holda yer tranformatsiyasi 
deyiladi. Yer transformatsiyasi ijobiy (yomon yerlarning yaxshi yerlar safiga o’tishi) va 
salbiy (yaxshi yerlarning yomon yerlar safiga o’tishi) bo’ladi. Imkon boricha salbiy yer 
transformatsiyasiga yo’l qo’ymaslik lozim.

Eng zarur omillardan biri yer va suvdan foydalanuvchilarning samaradorlikni 
oshirganliklari uchun manfaatdorligini ta’minlashdir.

Tanlangan ishlab chiqarish turini texnologiyalarini buzmasdan bajarish, melioratsiya va 
irrigatsiya tadbirlarini o’z vaqtida samarali o’tkazish qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi
yerdan foydalanish samaradorligini oshiradigan muhim omillardan biri hisoblanadi.

Er va suvdan foydalanish samaradorligini oshirish ko’p jihatdan ilg’or texnologiyani 
ishlab chiqarishga joriy etish bilan bog’liq. 

Fan yutuqlarini ishlab chiqarishga joriy etish ham yer va suv resurslaridan foydalanish 
samaradorligini oshiradi. Ishlab chiqarishga paxta va bug’doyning tezpishar, suvga chidamli 
navlarini joriy etish bunga misol bo’la oladi. 

Ekologik muhit talablarini hisobga olgan holda kimyolashtirishni rivojlantirish ham yer 
va suv resurslarining samaradorligini oshirishga ijobiy ta’sir etadi.

Qishloq xo’jaligiga yaroqli yerlarni suv va shamol erroziyasidan asrash ham juda muhim 
tadbirlardan biridir. Masalan, ekin maydonlarining 2,1 mln. gektari shamol, 0,7 mln. gektari 
suv erroziyasiga, shuningdek, mavjud 22,1 mln. gektar yaylovning 6 mln. gektari shamol va 

Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. Т.: Ўзбекистон, 1999,-32 б. (13 бет)


69 
3 mln. gektari suv erroziyasiga uchragan. Bu holat agrosanoat majmuasi iqtisodiyotiga 
sezilarli salbiy ta’sir qiladi. SHu sababli yerlarni asrash asosiy vazifalardan biridir. 



Yüklə 5,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   124




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin